Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридагиолий таълим тизими педагог ва раҳбар кадрларини қайта тайёрлаш вауларнинг малакасини оширишни ташкил этиш




Download 2.57 Mb.
bet10/29
Sana12.05.2023
Hajmi2.57 Mb.
#59009
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
3.2.ЭЭ
toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
2.2. Bioyoqilg‘i energetikasi.
Bioyoqilg‘i – bu biomassadan – turli o‘tlardan olinadigan energiya manbai. YEI mamlakatlarida 6-8%gacha energiya bioyoqilg‘idan olinadi. Yetakchilar bo‘lib Finlandiya va Shvetsiya hisoblanadi, ulardagi bioyoqilg‘ini umumiy energiya iste’molidagi ulushi tegishlicha 16 va 20%ni tashkil etadi. Biroq umumjahon energiya iste’molida bu manba taxminan faqat 11%ni tashkil etadi.
So‘nggi yillarda dunyo bioiqtisodiyot, ya’ni energiya va materiallar ishlab chiqarish uchun tiklanuvchan xom-ashyodan foydalanuvchi biotexnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot erasiga kirib bormoqda. Ekologiyada bioiqtisodiyot atrof muhitni ifloslanishini oldini olish, issiqxona samarasini chaqiruvchi gaz chiqarish va boshqa zaharli moddalarni hajmlarini kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan bog‘liq ravishda qishloq xo‘jalik xom-ashyolaridan bo‘lgan tiklanuvchan energiya manbalaridan faol foydalanish AQSH, Yaponiya, Braziliya, Xitoy, Kanada, YEI mamlakatlarida qayd etilmoqda. Bioyoqilg‘iga – neftga tiklanuvchan muqobil manba sifatida qiziqishni keskin ortishi kuzatilmoqda.
Bioyoqilg‘ini tarqalishini harakatlantiruvchi omili bo‘lib energetik xavfsizlik, iqlimni o‘zgarishi va iqtisodiy pasayish xavfi hisoblanadi.
Biomassa energiyasi energiya ta’minotni ta’minlab, yashash darajasini oshirib, odamlarning turmush farovonligini ko‘targan holda, qazilma yoqilg‘i turlari va qator tiklanuvchan energiya manbalariga nisbatan sezilarli afzalliklarga ega. Biomassa asosidagi energetika tizimlari o‘zi bilan barqaror rivojlanish va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha potensial mexanizmni ifodalaydi va butun dunyoda borgan sari ko‘proq e’tiborga sazovor bo‘lmoqda.
Biomassa – energiyaning tiklanuvchan manbai. “Biomassa” tushunchasi energiya olish mumkin bo‘lgan barcha o‘simlik tarkibli materiallarga tegishli, quyidagilar bilan birga:
- yog‘och;
- o‘tlar;
- o‘simlik va yog‘och chiqindilari;
- yirik qoramol va cho‘chqalarning go‘ngi, va boshqa ko‘p narsalar.
Bioenergetika so‘nggi 10-15 yillarda “katta” energetikaning mustaqil sohasiga aylandi. Dunyoning ko‘pgina mamlaktalarida (Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (YEI), Xindiston, Xitoy, Braziliya va boshqalar) uning energobalansga qo‘shgan xissasi qolgan tiklanuvchan energiya manbalarining (TEM) umumiy hissasidan ko‘proq.
Bioenergetikaga bo‘lgan katta e’tiborning asosiy sabablari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin:
- hamma joydagi mavjudlik;
- zaruriyat bo‘yicha foydalaniladigan resurs: biomassa o‘zi bilan saqlasa bo‘ladigan yoqilg‘i energiyasi manbaini ifodalaydi, undan nomuntazam va mavsumiylik bilan xarakterlanadigan boshqa tiklanuvchan energiya manbalaridan farqli ravishda, har qanday vaqtda, energiya ta’minoti maqsadlarida foydalanish mumkin;
- universallik;
- iqlimga ta’sirinig yo‘qligi;
- qishloq aholisi uchun qo‘shicha umumiy daromad.
Keng ko‘lamli bioenergetik industriyani yaratish mamlakatda uning quyidagi tashkil etuvchilarini mavjudligini talab etadi:
- bioyoqig‘i ishlab chiqarishning amaliyotda sinalgan sanoat texnologiyalarini va uni energiyaning texnik turlariga o‘zgartirilishi;
- keng ko‘lamli xom-ashyo bazasi;
- yuqori rentabelli va ishonchli uskunalarni yaratish uchun ishlab chiqarish quvvatlari va ichki bozor tarafidan talabgorligi.
Bioyoqilg‘i – bu biomassadan termoximik yoki biologik usul bilan olinadigan qattiq, suyuq yoki gazsimon yoqilg‘i.
Bioyoqilg‘ining agregat holati bo‘yicha uchta turini ajaratish mumkin:
- suyuq bioyoqilg‘i;
- qattiq bioyoqilg‘i;
- gazsimon bioyoqilg‘i.
Bioyoqilg‘i birlamchi va ikkilamchiga ajaratiladi. Ikkilamchi bioyoqilg‘ini turli parametrlar asosida (masalan, qayta ishlash texnologiyasini turi, dastlabki xom-ashyo turi va rivojlanish darajasi) uchta avlodga ajratish mumkin:
- birinchi avlod bioyoqilg‘isi;
- ikkinchi avlod bioyoqilg‘isi;
- uchinchi avlod bioyoqilg‘isi.
Birinchi avlod bioyoqilg‘isini har qanday qishloq xo‘jalik xom ashyosidan, shakardan, kraxmaldan, o‘simlik moyi va hayvon yog‘idan tegishli texnologiyalarni qo‘llash vositasida (chirish kabi tabiiyga yaqin bo‘lgan biologik va termoximik jarayonlar) ishlab chiqariladi. Yoqilg‘ini ushbu turiga bioetanol v biodizel kiradi. Biomassadan energiya ishlab chiqarishni shartli samaradorligi birinchi avlod bioyoqilg‘ida taxminan 50%ni tashkil etadi. Xom-ashyoning asosiy manbai bo‘lib urug‘lar yoki donlar hisoblanadi.



Download 2.57 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Download 2.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридагиолий таълим тизими педагог ва раҳбар кадрларини қайта тайёрлаш вауларнинг малакасини оширишни ташкил этиш

Download 2.57 Mb.