• 3.1. Quyosh energetikasi va uning rivojlanish istqbollari.
  • -mavzu: Quyosh energiyasi va undan foidalanish. Quyosh energetikasining rivojlanish istqbollari




    Download 2.57 Mb.
    bet13/29
    Sana12.05.2023
    Hajmi2.57 Mb.
    #59009
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
    Bog'liq
    3.2.ЭЭ
    toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
    3-mavzu: Quyosh energiyasi va undan foidalanish. Quyosh energetikasining rivojlanish istqbollari.
    Reja:
    1. Quyosh energetikasi va uning rivojlanish istqbollari
    2. Quyosh energetikasini turli davlatlarda qo‘llanilishi
    3. Quyosh batareyalari ishlab chiqarish texnologiyalari
    4. Quyosh energiyasi iste’molchilari
    3.1. Quyosh energetikasi va uning rivojlanish istqbollari.
    Quyosh energiyasidan foydalanuvchi, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish bilan farqlanadigan qurilmalarning dunyo bozori tez rivojlanmoqda. Ushbu yuqori o‘sish rivojlangan iqtisodiyotli mamlaktalar uchun xarakterlidir (Yaponiya, Germaniya, AQSH). Ekspertlarni kutishi bo‘yicha, XXI asrning o‘rtalarigacha fotovoltaika butun dunyodagi energetikaga bo‘lgan talabni 20-30%ini ta’minlab beradi.
    Xozirgi paytda quyosh issiqlik energiyasidan iliq va issiq iqlimli mamlakatlar va mintaqalarda (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Afrika, Janubiy Yevropa) keng foydalanilmoqda. Quyosh issiqlik nurlarini to‘plovchi past, o‘rta va yuqori haroratli issiqlik kollektorlari farqlanadi.
    Past haroratlilardan ko‘p hollarda basseynlarni isitish uchun foydalaniladi.
    O‘rta haroratlilar turar-joy va sanoat binolarini va zamonaviy “aqlli” uylarni ventilyatsiyasi uchun ishlatiladi. Ushbu energiya manbai 60-70%gacha yuqori FIKga ega va boshqa energiya manbalaridan tannarxi bo‘yicha ustunroq turadi.
    Yuqori haroratlilardan quyosh nurlarini konsentratsiyalash uchun issiqlik tashuvchini sanoat maqsadlarida 300°Cgacha qizdirishga qodir oyna va linzalar sifatida foydalaniladi.
    Jahonda quyosh panellarini ishlab chiqarish, o‘rnatish va ishlatish uchun narxlar asta-sekin pasayib bormoqda. Harajatlarni kelgusi pasayishi quyosh energiyasidan foydalanishni sezilarli kengaytirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishi mumkin.
    Yerga kelib tushayotgan quyosh energiyasining miqdori neft, gaz, ko‘mir va boshqa energetik resurslarni, jumladan tiklanuvchilarning barcha dunyoviy zahiralaridan ortiqdir. Quyosh energiyasidan faqatgina 0,0125% foydalanish jahon energetikasini bugungi barcha talabini ta’minlashi, 0,5% dan foydalanish esa kelgusida butunlay talabni qoplashi mumkin. Quyosh energiyasining salohiyati shunchalik ulkanki, mavjud baholarga ko‘ra har bir minutda Yerga kelib tushayotgan quyosh energiyasi insoniyatning energiyaga bo‘lgan global talabini yil davomida qondirish uchun yetarli.
    Quyosh energiyasini o‘zgartirishda foydalaniladigan tamoyil bo‘yicha quyosh qurilmalari fotoelektrik o‘zgartirgichlar yordamida quyosh energiyasini elektrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish uslubini amalga oshiruvchi fotoelektrik va quyosh energiyasi avval issiqlik mashinasining termodinamik siklida issiqlikka aylanib, o‘z navbatida mexanik energiyaga o‘zgartiriladigan, keyinchalik esa generatorda elektrga o‘zgaruvchi termodinamik qurilmalarga bo‘linadi. Jahonda quyosh fotoelektrik qurilmalari keng tarqalgan (QFEQ).
    2013 yil oxiri holati bo‘yicha, turli baholashlarga ko‘ra Germanida 20 GVt atofida QFEQ o‘rnatilgan, jahondagi QFEQlarning umumiy o‘rnatilgan quvvati esa – 40 GVt atrofida.
    QFEQlarning 1 kVt o‘rnatilgan quvvatining qiymatini (2013 yilda taxminan 3000 doll./kVt) pasayishi QFEQga bo‘lgan talabga bog‘liq. Qiymatning pasayishiga FIKni oshirish, texnologik harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish rentabelligi hisobiga erishilmoqda. 1 KVt quvvat qiymatini kamayish salohiyati texnologiyaga bog‘liq va yiliga 5%dan 15% gacha diapazonda yotadi.
    2013 yilga kelib jahondagi fotovoltaika bozori 22 GVt atrofini tashkil etdi, bunda o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 2008-2013 yillarda 32%, Yevropa fotovoltaika assotsiatsiyasi esa fotovoltaikani rivojlanishini keng diapazonda: 2020 yilga kelib 120-240 GVtga bashorat qilmoqda.
    Quyosh energetikasi va uning rivojlanish istqbollari haqida baxs va munozaralar ko‘p yillardan beri olib boriladi. Ko‘pchilik quyosh energetikasini kelajak energetikasi, butun insoniyatning umidi deb hisoblaydi. Masalan, Germaniya quyoshli mamlakat bo‘lmagan holda ushbu sohada dunyoda yetakchi bo‘ldi. Quyosh energiyasi sohasidagi ishlanmalar bilan Xitoyda ham jiddiy shug‘ullanishmoqda. International Energy Agency optimistik bashoratiga muvofiq 2050 yilga kelib quyosh elektr stansiyalari dunyo elektr energiyasining 20-25 % igacha ishlab chiqarishlari mumkin.
    Zamonaviy quyosh batayereyalari yangi kaptial qo‘yilmalarsiz o‘nlab va yuzlab yil ishlashga qodir. Shuning uchun uzoq muddatli istqbolda quyosh energiyasidan foydalangan holda olingan elektr energiyasi nafaqat rentabelli, balki o‘ta daromadli bo‘ladi.
    2014 yilda quyosh energetikasining quvvati dunyo bo‘yicha 138 dan 185 GVtgacha o‘sdi. Ya’ni bir necha yillarda gelioenergetika 2,5 martadan ziyodga o‘sdi va uning hajmi ortib bormoqda. Dunyo energetikasining umumiy quvvati – 6000 GVtatrofidaligini e’tiborga olgan holda quyosh elektr stansiyalarining (QES) ulushi 3 foizdan oshdi.

    Download 2.57 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




    Download 2.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Quyosh energiyasi va undan foidalanish. Quyosh energetikasining rivojlanish istqbollari

    Download 2.57 Mb.