Quyosh batareyalari ishlab chiqarish texnologiyalari




Download 2.57 Mb.
bet15/29
Sana12.05.2023
Hajmi2.57 Mb.
#59009
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
3.2.ЭЭ
toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
3.3. Quyosh batareyalari ishlab chiqarish texnologiyalari.
Bugun QESni ishlashi uchun yarim o‘tkazgichli fotoelementlar qo‘llanilmoqda, ular o‘zi bilan katta maydonli yarim o‘tkazgichli diodlarini ifodalaydi.
Quyosh batareyalari uchun quyosh fotoelementlarini ishlab chiqarishni asosiy texnologiyalari bori uchta - polikristall kremniyli (c-Si multi), monokristall kremniyli (c-Si mono) va yupqa tasmali (Thin Film – TF, a-Si, μ-Si, CIGS, CdTe). Quyosh fotoelementlarini kelajakda ishlab chiqarishni boshqa texnologiyalari: linza-konsentratorlarni (HCPV), nanotarkibli, kaskadli fotoelektrik o‘zgartirgichlarni qo‘llash orqali.
Kremniyli quyosh batareyaning kremniyni fizik-texnik xususiyatlari bilan aniqlanadigan FIKsi – 16% atrofida. FIKni oshirish uchun yorug‘lik quyosh batareyasining yuzasidan aks etmasligi kerak va shuning uchun unga maxsus aks ettirishga qarshi qoplama surtiladi.
Fotoelementlar FIKsini elektron-teshik generatsiyasi uchun kerak bo‘lgan turli yarimo‘tkazgichlar asosida va turli energiyali fotoelementlarni o‘zaro almashtirib oshiriladi. Uch pog‘onali kremniyli fotoelementlar uchun FIK 44% va undan yuqorigacha erishiladi.
Qimmatroq bo‘lgan monokristalli fotoelementlar FIKsi polikristallilarga nisbatan bir muncha yuqori (atigi 1%ga ). Polikristall kremniyli fotoelementlar bugunda 1 Vatt generatsiya qilinayotgan elektr energiyasini eng arzon qiymatini ta’minlab bermoqda.
Masalan, parabolik oynali (concentrated photovoltaics) kremniyli fotoelement uchun 16 o‘rniga 40% FIKga erishish mumkin, bunda oyna quyosh batareyasiga qaraganda anchagina arzonroq. Ammo quyosh ortidan kuzatish uchun ishonchli mexanika zarur. Ulkan oynali aylanuvchan lagan mustahkam o‘rnatilgan va kuchli shamol ta’sirlaridan va atrof muhitning agressiv omillaridan himoyalangan bo‘lishi lozim. Shuning uchun parabolik oynali quyosh batareyalari o‘rnatish qiymati bo‘yicha qimmat va xizmat ko‘rsatishda harajatli.
Eng muhim masala bo‘lib quyosh elementlarida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini saqlash hisoblanadi. Masalan Xitoyda ishlab chiqilgan litiyli batareyalarda bir Vt∙s taxminan 0,4 dollar turadi, bu esa ancha qimmat. Eng arzon akkumulator bo‘lib qo‘rg‘oshin-kislotalilar hisoblanadi. Ushbu unchalik ekologik bo‘lmagan tizimlarning ulgurji narxi bir Vt∙sga 0,08 dollar. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar shuningdek litiylilar kabi 3-6 yil ishlashga hisoblangan. Qo‘rg‘oshinli akkumulatorlar FIKsi 75 %ni tashkil etadi.
Eng tejamli quyosh elektr energiyasini (1 Vt ga 0,5 dollar) bugungi kunda polikristall quyosh batareyalari yordamida olinmoqda, Quyosh energiyasi yordamida elektr olishni qolgan barcha usullari anchagina qimmat. Xozirgi paytda xizmat muddati uch yildan olti yilgacha bo‘lgan akkumulator tizimlari quyosh batareyalarining o‘zidan bir necha barobar qimmat.
Quyosh energiyasidan uzoq muddatli istiqbolda foydalanish masalasini ko‘rib chiqishda quyidagi shart-sharoitlarni e’tiborga olish zarur:
- qazilma yoqilg‘ining qiymati uning zahiralari kamaygan sari tinimsiz ortadi;
- oqil davlat siyosati quyoshli elektr stansiyalaridan foydalanishni foydaliroq qiladi;
- taraqqiyot joyida turmaydi! Quyosh elektr stansiyalarining FIKsi oshmoqda, elektr energiyasini generatsiyalash va akkumulyatsiyalashni yangi texnologiyalari ishlab chiqilmoqda.
Kremniyli quyosh modullarining Yevropa ulgurji bozorlaridagi minimal qiymati 125 yevro/kVtni tashkil etadi, Amerika bozorida 1700 doll./kVt. “Ishga tayyor” QESni tayorlash qiymati tarmoq kompaniyalari uchun 3400 doll./kVt, uy egalari uchun 6500 doll./kVtni tashkil etadi. Tarmoq QESlarini ishlab chiqarish qiymati 1000 doll./kVtga, quyosh modullariniki esa 500 doll./kVtgacha kamayishi bashorat qilinmoqda.

Download 2.57 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Download 2.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh batareyalari ishlab chiqarish texnologiyalari

Download 2.57 Mb.