• 3.1. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning ahamiyati.
  • 3.2. Mikro tarmoqlar texnologiyasi.
  • -mavzu: Qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalar bilan ta’minlangan kichik energetik tizimlari, ularning ahamiyati va rivojlanishi




    Download 2.57 Mb.
    bet17/29
    Sana12.05.2023
    Hajmi2.57 Mb.
    #59009
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
    Bog'liq
    3.2.ЭЭ
    toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
    4-mavzu: Qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalar bilan ta’minlangan kichik energetik tizimlari, ularning ahamiyati va rivojlanishi.
    Reja:
    1. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning ahamiyati
    2. Mikro tarmoqlar texnologiyasi.
    3. Mikro tarmoqli energetikaning asosiy yutuqlari
    Tayanch so‘z va iboralar: qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalar, jarayonlar va uskunalar, mikro tarmoq texnologiyalar.
    3.1. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning ahamiyati.
    Iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni muntazam yangilash va modernizatsiyalash lozim. Favqulodda avariyalar sababli elektr ta’minotidagi uzilishlar oldini olish va respublikaning chekka hududlarida joylashgan iste’molchilarniham muntazam sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash dolzarb vazifadir. Hozirgi kunda energetika rivojlanishining muhim jihatlaridan biri bu yangi texnologiyalar asosidagi kichik elektr energetika tizimini ya’ni “aqlli” mikro tarmoqlarni yaratishdir.
    So‘nggi 15 yillikda bir necha davlatlar (AQSH, Daniya, Shvetsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Germaniya va Turkiya) ning energetika tizimida yirik avariyalar sodir bo‘lishi natijasida megapolislar hamda yirik sanoat korxonalari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzilib qoldi. Sodir bo‘lgan avariyalarning asosiy sabablaridan ma’lum bo‘lishicha, elektr energetika ta’minotida an’anaviy energiya manbalarining yetarli darajada emasligidadir.
    Mamlakatimizda elektr energiyaning asosiy qismi markazlashgan holdagi yirik issiqlik elektr stansiyalari (ES) va gidroelektr stansiyalar hisobiga ishlab chiqariladi. So‘nggi yillarda ba’zi hududlardaekologik jihatdan toza hisoblangan qayta tiklanlanuvchi energiya (QTE) manbalaridan foydalanib elektr energiyani hosil qilish afzal ko‘rilmoqda.


    3.2. Mikro tarmoqlar texnologiyasi.
    Mikro tarmoq - bu uncha katta bo‘lmagan hududni o‘z ichiga qamrab olgan holda o‘rta va kichik quvvatli energiya manbalari (generatorlar) yordamida elektr (issiqlik) energiyasini ishlab chiqaruvchi, to‘plovchi va uni iste’molchilarga taqsimlovchilardan iborat energetika tizimidir (4.1-rasm). Hozirgi vaqtda mavjud mikro tarmoqlarning qariyib 90% ni egallagan maydoni 1 km2 dan, ularda o‘rnatiladigan generatorlarning umumiy quvvati esa 1 MVt dan oshmaydi.
    Mikro tarmoqlarni bir nechta variantlari mavjud bo‘lib, ular avtonom yoki hududiy elektr tarmoqlari tizimiga ulangan holda ishlashi mumkin. Mikro tarmoqlar elektr energetika tizimiga ulanganda salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Mikro tarmoqlarda hosil qilingan elektr energiyasi asosan shu hududdagi iste’molchilar tomonidan iste’mol qilinishi sababli elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonida elektr tarmoqlarida sodir bo‘luvchi isroflar kamayadi hamda o‘rnatilgan quvvatlarga mos ravishda elektr energetika tizimiga ko‘p miqdorda elektr energiyauzatilmasiligi mumkin. Mikro tarmoqlarni qurish uchun eng qulay joy markazlashgan elektr ta’minotidan uzoqroqda joylashgan qishloq joylari (tog‘li hudud) bo‘lishi mumkin. Shu kabi hududlarda QTE manbalaridan foydalanish uchun ham keng imkoniyatlar mavjud.
    Mikro tarmoqlar klassik tarzda elektr energiyasini ishlab chiqarish,uzatish va taqsimlashga nisbatan ko‘proq istiqbollarga egadir. Mikro tarmoqlarda yoqilg‘i-energetika resurslarisiz,ya’nifotoelektrik stansiya, mikro (mini) GES, biogaz, kogeneratsion ES, shamol generatori va geotermal ESlar yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin.

    4.1 - rasm. “Aqlli” mikro tarmoqlarning namunaviy ko‘rinishi.
    FES - fotoelektrik stansiya, SHES - shamol elektr stansiya, IEM - issiqlik energiya markazi, A - akkumulator, DES - dizelli elektr stansiya, Smart House - aqlli uy
    Mikro tarmoqlar yordamida ishlab chiqariladigan hamda iste’mol qiladigan elektr energiyasi o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilash mumkin. Elektr energetika tizimida kunning tig‘iz vaqtlarida quvvat tanqisligi vujudga kelganda ularni yumshatish uchun zahira elektr energiya manbalaridan foydalanish va aksincha ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini jamg‘arish imkoniyati mavjud. Elektr energiyasini jamlovchi qurilma (akkumulator)larni to‘g‘ri tanlash natijasida mikro tarmoqlarda generatsiyalovchi quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentini oshirish mumkin. Akkumulatordan to‘g‘ri foydalanish mikro tarmoqlarda quvvat balansini rostlash bilan birgalikda, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash va elektr ta’minotini ishonchliligini oshirish imkoniyatini yaratib beradi.
    Mikro tarmoqlarda elektr energiyasi bilan bir qatorda issiqlik energiyasini ham ishlab chiqarish mumkin. Birlamchi energiya manbalaridan foydalanishda avvalo ularni imkoniyatlari va tannarxidan kelib chiqqan holda foydalanish kerak.
    Mikro tarmoqlarni amalda qo‘llash quyidagi afzalliklarni yaratib beradi:
    - iste’molchilar avtonom tarzda elektr energiyasi bilan ta’minlanadi;
    - elektr energiyaning sifat ko‘rsatgichlariniyaxshilash mumkin;
    - ekspluatatsion harajatlar qiymati nisbatan past bo‘ladi;
    - atrof-muhit ifloslanishi kamayadi;
    - elektr ta’minotida ishonchlilik va xavfsizlik darajasi ortadi;
    - elektr energiyasini talabga qarab ishlab chiqarilishi sababli qurilmalardan foydalanishni optimallashtirish mumkin;
    - istemolchi hohishiga ko‘ra o‘zi uchun qulay narxdagi elektr energiyasidan foydalanishi mumkin;
    - elektr tarmoq (qurilma)larni monitoring qilish tizimi yaxshilanadi va h.z.
    Mikro tarmoq texnologiyasi kuzatuvchanlik, avtomatlashtirish, nazorat qilish va integratsiya kabi asosiy tamoyillariga ega bo‘lishi bilan birgalikda quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: energoresurslarni avtomatlashtirilgan hisobini olish, intellektual himoya, energiyaning alternativ manbalarining taqsimlangan generatsiyasini tarmoqqa ulash, elektromobillardan foydalanish va boshqalar.
    Mikro tarmoqda asosan kichik generatsiya boshqaruvchanligi va energiyani jamlash imkoniyati mavjudligi hisobiga taqsimlovchi tarmoqni stabilligini yaxshilash mumkin.
    Energetika sohasida shug‘ullanuvchi Yevropa Hay’atining fikricha, mikro tarmoq moslashuvchan, foydalanish uchun qulay, tejamkor, elektr ta’minoti ishonchli va elektr energiyasi sifatli bo‘lishi kerak.
    Mikro tarmoqlarni boshqarish va monitoring qilishda doimiy o‘zaro axborot almashinuvi simsiz aloqa vositalari orqali ham amalga oshiriladi. Mikro tarmoqlarni boshqarish va ekspluatatsiya ishlari bilan uy egalari, shirkat ho‘jaligi yoki korxona va hokazolar shug‘ullanishi mumkin. Bu yerda iste’molchi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi bo‘lishi bilan bir qatorda o‘zining mikro ES (akkumulator) larini ekspluatatsiyalovchi shaxs ham bo‘lishi mumkin. Mikro tarmoqlarni samaradorligi ularni boshqaruv tizimini ishlashiga, birlamchi energiya manbalarini optimal tanlanishiga va elektr energiyasini ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
    Xozirgi kunda taqsimlangan holda elektr energiya ishlab chiqarilish masshtabi cheklanganligiga qaramasdan, kelejakda bosqichma-bosqich mustaqil markazlashmagan elektr energetika tizimlarini shakllanishini kutishimiz mumkin. Dunyo mamlakatlarining 70 dan ortiq mamlakati mikro tarmoqlar tizimi asosida energiya ishlab chiqarish yuzasidan o‘z milliy dasturiga va ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik tizimiga ega.
    Taqsimlangan elektrstansiyalar quyidagi sohalarda qo‘llanilishi mumkin: sanoat, telekomunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, AYOQSH, xizmat ko‘rsatish sohasi, turar joy shirkat xo‘jaligi, sog‘lomlashtirish markazlari, oromgoxlar, savdo do‘konlari, orollar,poligon va bir qator joylar.

    3.2 - rasm. Bu sxemada hudud miqyosida mikro tarmoqli tizim asosida elektr energiya ishlab chiqarilishini rivojlantiruvchi va undan foydalanish darajasini oshiruvchi faktorlar





    Download 2.57 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




    Download 2.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalar bilan ta’minlangan kichik energetik tizimlari, ularning ahamiyati va rivojlanishi

    Download 2.57 Mb.