• MODULLARNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTЕRFAOL TA’LIM MЕTODLARI “AQLIY HUJUM” MЕTODI
  • YELPIG‘ICH” MЕTODI
  • RЕZYUMЕ” MЕTODI
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридагиолий таълим тизими педагог ва раҳбар кадрларини қайта тайёрлаш вауларнинг малакасини оширишни ташкил этиш




    Download 2.57 Mb.
    bet6/29
    Sana12.05.2023
    Hajmi2.57 Mb.
    #59009
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    3.2.ЭЭ
    toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr
    TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
    Ta’limni tashkil etish shakllari aniq o‘quv materiali mazmuni ustida ishlayotganda o‘qituvchini tinglovchilar bilan o‘zaro harakatini tartiblashtirishni, yo‘lga qo‘yishni, tizimga keltirishni nazarda tutadi.
    Modulni o‘qitish jarayonida quyidagi ta’limning tashkil etish shakllaridan foydalaniladi:
    - ma’ruza;
    - amaliy mashg‘ulot;
    - mustaqil ta’lim.
    O‘quv ishini tashkil etish usuliga ko‘ra:
    - jamoaviy;
    - guruhli (kichik guruhlarda, juftlikda);
    - yakka tartibda.
    Jamoaviy ishlash – Bunda o‘qituvchi guruhlarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv maqsadiga erishish uchun o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.
    Guruhlarda ishlash – bu o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarish uchun tashkil etilgan, o‘quv jarayonida kichik guruxlarda ishlashda (3 tadan – 7 tagacha ishtirokchi) faol rol o‘ynaydigan ishtirokchilarga qaratilgan ta’limni tashkil etish shaklidir. O‘qitish metodiga ko‘ra guruhni kichik guruhlarga, juftliklarga va guruhlarora shaklga bo‘lish mumkin.
    Bir turdagi guruhli ish o‘quv guruhlari uchun bir turdagi topshiriq bajarishni nazarda tutadi.
    Tabaqalashgan guruhli ish guruhlarda turli topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi.
    Yakka tartibdagi shaklda - har bir ta’lim oluvchiga alohida- alohida mustaqil vazifalar beriladi, vazifaning bajarilishi nazorat qilinadi.

    MODULLARNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTЕRFAOL TA’LIM MЕTODLARI
    AQLIY HUJUM” MЕTODI
    Metod talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o‘z tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. U yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal (o‘ziga xos) yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. Metod mavzu doirasida ma’lum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
    Uni samarali qo‘llashda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

    Mashg‘ulotda metodni qo‘llashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:








    YELPIG‘ICH” MЕTODI


    Bu metodi murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan.
    Metodining mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
    Bu interfaol metodi tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
    “Yelpig‘ich” metodi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
    “Yelpig‘ich” metodi umumiy mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarda qo‘llanishi mumkin.
    -boshida: o‘z bilimlarini erkin faolashtirish;
    -mavzuni o‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
    -yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
    1-guruhga vazifa:

    2-guruhga vazifa:

    RЕZYUMЕ” MЕTODI


    “Rezyume” metodi- murakkab, ko‘p tarmoqli mumkin qadar muammoli mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Uning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yo‘la mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan: ijobiy va salbiy tomonlari afzallik va kamchiliklar, foyda va zararlar belgilanadi. Ushbu metodning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarning erkin, mustaqil, taqqoslash asosida mavzudan kelib chiqqan holda o‘quv muammosini yechimini topishga ham kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoa o‘z fikrini bilan ta’sir etishga, uni ma’qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishga mavzuga umumiy tushuncha berishda o‘tilgan mavzulardan egallangan bilimlarni qo‘llay olish o‘rgatish.
    Mavzuga qo‘llanilishi: Ma’ruza darslarida, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarni yakka yoki kichik guruhlar ajratilgan tartib o‘tkazish, shuningdek, o‘yga vazifa berishda ham qo‘llash mumkin. Mashg‘ulot foydalaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatdagi qog‘ozlarida (guruh soniga qarab) tayyorlangan tarqatma materiallar markerlar yoki rangli qalamlar.
    Metodning mavzuga qo‘llanilishi:

    Elektr energiya turlari

    Quyosh yordamida ishlab chikarilgan elektr energiya

    Shamol yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiya

    Suv yerdamida ishlab chiqarilgan elektr energiya

    Afzalligi

    Kamchiligi

    Afzalligi

    Kamchiligi

    Afzalligi

    Kamchiligi



















    Xulosa:




    Download 2.57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 2.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридагиолий таълим тизими педагог ва раҳбар кадрларини қайта тайёрлаш вауларнинг малакасини оширишни ташкил этиш

    Download 2.57 Mb.