• 1.1.Texnikaviy taraqqiyotda energetikaning roli va istiqbollari.
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридагиолий таълим тизими педагог ва раҳбар кадрларини қайта тайёрлаш вауларнинг малакасини оширишни ташкил этиш




    Download 2.57 Mb.
    bet7/29
    Sana12.05.2023
    Hajmi2.57 Mb.
    #59009
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
    Bog'liq
    3.2.ЭЭ
    toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
    III. NAZARIY MATЕRIALLAR MAZMUNI
    1-mavzu: Qayta tiklanuvchan va muqobil energetikasining taraqqiyoti va zamonaviy muammolari.
    Reja:
    1 Texnikaviy taraqqiyotda energetikaning roli va istiqbollari
    2.Energetika resurslaridan foydalanish

    Tayanch so‘z va iboralar: qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalar, jarayonlar va uskunalar, issiqlik nasoslar va texnologiyalar.


    1.1.Texnikaviy taraqqiyotda energetikaning roli va istiqbollari.
    Insoniyat jamiyati va uning yutuqlari taraqqiyoti bevosita ishlab chiqarish darajasi va kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘lik. Ilmiy-texnikaviy va sotsial taraqqiyot odatda iste’mol qilinuvchi energiyaning ortishi, energiyaning yangi – yanada samarali turlaridan foydalanishni o‘zlashtirish bilan hamohangdir.
    Hozirgi zamon mashinalarida iste’mol qilinuvchi energiya miqdori juda ko‘p. Buni quyidagi solishtirish asosida ifodalashimiz mumkin. Jahonning bar-cha ishga yaroqli aholisi bir yil davomida har sutkada 8 soat davomida to‘liq fi-zik kuch bilan ishlagan taqdirda ham hozirgi zamon issiqlik va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariluvchi energiyaning yuzdan biri miqdorida ham ener-giya ishlab chiqara olishmaydi. Energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini o‘sishini ta’minlagan holda oshib boradi.
    Energiyaga ehtiyoj uzluksiz ravishda ortib bordi. Bu o‘z navbatida yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa turga o‘zgar-tirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi. Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – quyosh energiyasi, organik yoqilgining ximiyaviy energi-yasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol ener-giyasi, og‘ir yadrolarning parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro energiyasidan foy-dalanish ananaviylashgan.
    Yuqori darajadagi texnik taraqqiyot va u bugungi kunda erishgan yutuqlar sifat jihatidan yangi turdagi energiyadan, xususan elektr energiyadan foydalan-masdan mumkin bo‘lmasdi. Elektr energiya xozirgi davr insoniyat taraqqiyotida keng foydalaniladi. Elektr energiya sanoatda turli mexanizmlarni harakatga keltirishda, bevosita texnologik jarayonlarda, transportda va madaniy-maishiy hayotda keng qo‘llaniladi. Zamonaviy a’loqa vositalari – telefon, telegraf, ra-dio, televideniye kabilarning ishlashi ham elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Usiz kibernetika, hisoblash texnikasi kosmik texnika kabilarni ri-vojlantirish mumkin bo‘lmas edi. Elektr energiyaning asosiy xususiyati shundan iboratki, u uzoq masofaga oson uzatilishi va nisbatan sodda va kam isrof bilan boshqa turdagi energiyalarga o‘zgartirilishi mumkin.
    Bir yil davomida quyosh kosmosga juda ko‘p mikdorda energiyani nurlanti-rib, undan yuzasi 5*108 km2 bo‘lgan yergacha taxminan 7,5*1017 kVt.soat energiya yetib keladi.

    1-rasm. Energetika sistemasining boshqa sistemalar bilan bog‘lanish sxemasi
    1983 yil davomida Yer yuzi bo‘yicha taxminan (80-83)*1012 kVt.soat miqdori-da birlamchi energiya foydalanildi. Birlamchi energiya resurslarini iste’mol qilishdagi o‘rtacha quvvat 9-10 mlrd.kVt ni tashkil etdi. Jahonda elektr energiya ishlab chiqarish 8360 TVt.soatni, barcha elektr stansiyalarning o‘rtacha quvvati 2 mlrd.kVt.soatni tashkil etdi.
    Elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqaruvchi energetika sistemasi bevosita yoqilgi bilan ta’minlash sistemasi, ya’ni birlamchi energiya bilan ta’minlash sistemasi bilan bog‘liqdir (1-rasm).
    Energetika sistemasini qurish va uning ish sharoitlari bevosita tabiiy faktorlar (masalan, suv xavzalarining mavjudligi, energetika resurslarining geografik joylashuvi va iste’molchilarning joylashuvi) bilan bog‘liqdir. Bio-seraning holati, uni energetika qurilmalarining ishi bilan bog‘liq ifloslan-ganlik darajasi energetika sistemasining texnik xarakteristikalari va ish ho-latlariga nisbatan ma’lum cheklovlarni vujudga keltiradi.
    Energetika sistemasini boshqarish faqat uning biosferaga ta’sirini emas, balki yoqilgi bilan ta’minlash sistemasining sotsial funksiyalari, sanoat, transport va boshka faktorlarning ham ta’sirini e’tiborga olib amalga oshi-riladi.

    Download 2.57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




    Download 2.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридагиолий таълим тизими педагог ва раҳбар кадрларини қайта тайёрлаш вауларнинг малакасини оширишни ташкил этиш

    Download 2.57 Mb.