Noosfera bosqichi tushunchasi




Download 108.5 Kb.
bet11/11
Sana01.08.2021
Hajmi108.5 Kb.
#16771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Noosfera bosqichi tushunchasi

Insoniyat jamiyati o’zining barcha xususiyatlari bilan birga Yer yuzidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil sifatida nafaqat sayyoramiz, balki kosmik fazoni ham o’zgartirib yubormoqda. Kelajakda inson va biosferaning rivojlanishi qanday ketadi, degan savol tug’iladi. Qanday qilib biosferani parchalanib ketishining oldini olish mumkin?



Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyatning rivojlanish jarayonini to’xtatib bo’lmaydi. Ammo insonning biosferaga ta’sirini boshqarish orqali ularning har ikkisini ham rivojlanishiga ziyon yetkazmaslik mumkin. Biogenez bosqichidan boshlab hozirgi davrdagi hayot evolyutsiyasi aql yoki tafakkurning rivojlanish bosqichi, ya’ni neogenez deb qaraladi. Keyingi yillarda biosferaning asta-sekin noosferaga aylanishi kuzatilmoqda. Noosferaning lug’aviy ma’nosi “fikrlovchi qobiq” demakdir. V.I.Vernadskiy fikricha noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bo’lib, inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ongli aloqa munosabatlarini o’z ichiga oladi.

Download 108.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 108.5 Kb.