Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




Download 156.06 Kb.
bet1/24
Sana22.11.2022
Hajmi156.06 Kb.
#31273
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
150тсутка uz-assistant.uz
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek


Kirish
Respublikamizda don mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘i 30 dan ortiq omixta yem korxonalari faoliyat yurgizmoqda. Hozirgi kunda omixta yem ishlab chiqarish tarmoqlarida texnologik jarayonlarni takomillashtirish, omixta yemlar assortimentini kengaytirish, ularni sifatini va oziqaviyligini oshirish dolzarb masalalardan biri hsoblanadi.(3)
Omixta yem sanoatining o‘ziga xos xususiyati xilma-xil komponentlaridan, turli xil retseptlardan foydalanib, jonivorlarning turi va yoshini hisobga olgan holda tayyor omixta yem mahsulotlarini ishlab chiqarishdir. Omixta yem-bu jonivorlarni to‘liq oziqlanishini taʼminlaydigan, ilmiy asoslangan retseptlar bo‘yicha chiqarilgan bir xil tarkibli murakkab aralashmadir. Qishloq xo‘jaligida chorvachilik, yilqichilik, qoramolchilik, parrandachilik, quyon boqish, mo‘ynachilik va baliqchilik sohalarini rivojlantirishda omixta yem sanoatining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Omixta yem mahsuloti jonivorlar uchun nihoyatda zarur bo‘lgan uglevodlar, oqsillar, moylar, vitaminlar, mineral moddalar bilan taʼminlaydi hamda yetishtirilayotgan go‘sht-sut, tuxum va boshqa turdagi muhim oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga bevosita taʼsir etadi.(1)
Bugungi kunning asosiy talablaridan biri-eng zamonaviy ilg‘or texnologiya va jixozlardan foydalanib, korxonaga kelayotgan turli-tuman xom ashyolarni (oziq-ovqat, qand, kraxmal, patoka, spirt, pivo, go‘sht va baliq sanoatining chiqindilarini) oqilona qayta ishlash orqali belgilangan retseplar asosida sifatli omixta yem mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Omixta yem mahsulotini oziqaviyligini oshiruvchi oqsil-vitaminli qo‘shimchalar va mineral moddalar jonivorlarning mahsuldorligini keskin oshishiga hizmat qiladi. Shuning uchun omixta yem korxonalarining o‘zida bunday biologik faol moddalarni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir.(4)
Mamlakatimiz rahbari mustaqilligiga erishish, don mahsulotlariga bo‘lgan talab-ehtiyojni respulikaning o‘zida yetishtirilgan hosil hisobiga qondirish masalasini muhim strategik vazifa qilib qo‘ydilar. Bu esa donni qayta ishlash
sanoatini ham rivojlantirish, tizim korxonalari ishini tubdan o‘zgartirish talabini kun tartibiga qo‘ydi. Yurtboshimiz 1994 yil 22 aprelda imzolangan “O‘zdonmahsulot” davlat konsernini “O‘zdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘risidagi farmoni, unda belgilib bergan maqsad va vazifalar tarmoqda misli ko‘rilmagan o‘zgarish va yuksalishlarga turtki bo‘ldi. Eng avvalo, tizim tasarrufidagi korxonalarning mulkchilik shakli o‘zgarib, aksariyat korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari sifatida faoliyat yurita boshladi. Donni saqlash, qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarish borasidagi jarayonlarga zamonaviy xorijiy texnologiyalar kirib keldi. Mehnat jamoalarining barchasi endilikda ishga yangicha ruh, yangicha munosabat bilan yondoshmoqdalar. (4)
“O‘zdonmahsulot” korparatsiyasi boshqarmalari mutaxassislarining saʼy-harakatlari bilan tramoqqa xorijiy sarmoyalar jalab qilinib, bir nechta qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Surxandaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida bir necha kunduzda 150 tonna donni qayta ishlashga quvvati yetadigan tegirmon kompleksiga ega “Alpomish” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ham Turkiya bilan hamkorlikda kuniga 70 tonna mahsulot ishlab chiqaradigan “Yoqut” korxonasi faoliyat yurita boshladi.(5)
Omixta yem sanoati mamlakat agrosanoat majmuidagi yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Sohaning chorvachilik va parrandachilikdagi ahamiyati beqiyos va biz kundalik hayotda isteʼmol qiladigan go‘sht, sut, tuxum kabi mahsulotlarning sifati bevosita shu sohaga bog‘liq.(5)
“O‘zdonmahsulot” DAK ning omixta yem sanoati boshqarmasidan berilgan maʼlumotlarga nazar tashlasak, 1991 yilgacha respublikamizda yiliga 2275.0 000 tonna omixta yem tayyorlangan, bu yo‘nalishda 30ta korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, istiqlol yillari korxonalar soni 11 taga ko‘payganining shohidi bo‘lamiz. Yillik ishlab chiqarish quvvati 2714,7 000 tonnaga yetkazildi.(6)
Mustaqillik yillariga qadar omixta yem sanoati uchun zarur qo‘shilma-premikslar sobiq ittifoq respublikalaridan keltirilar, bu esa ortiqcha sarf-
xarajatlarga sabab bo‘lardi. Ittifoq tarqab, iqtisodiy aloqalar chigallashib qolgach, sarf-xarajatlar undan-da ortib ketdi. Yuzaga kelgan muammo-xom ashyo tanqisligini bartaraf etish maqsadida “O‘zdonmahsulot” korparatsiyasi mutaxassislari premiks zavodi loyiha-smeta xujjatlarini tayyorladilar. 1996 yili “Toshkent don mahsulotlari” aksionerlik jamiyati imkoniyatlari, maydonlaridan samarali foydalanish hisobiga Vengriya bilan hamkorlikda “Makka IKR Babolna” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Markaziy Osiyoda yagona ushbu korxona ayni paytda yiliga 30 ming tonna mahsulot-chorva mollari va parrandalar ozuqasida vitaminlar va mikroelementlar manbai hisoblangan premikslar yetkazib berib turibdi.(4)
Keyingi ikki-uch yilda ham joylarda bir nechata omixta yem korxonalari bunyod etildiki, bu bilan iqtisodiy tejamkorlikka erishildi. Mahsulotlarni tashish xarajatlari, yonilg‘i-moylash materiallari bilan bog‘liq sarflar bir qadar qisqartirildi. Eng muhimi, o‘sha xududdagi talabgorlarning, fermer xo‘jaliklarining extiyojlari qondirildi. Xorazm viloyatining Shovot, Surxondaryo viloyatining Sherobod, Navoiyning Qiziltepa tumanlarida, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida kuniga 50 tonna, Farg‘onaning Bag‘dod, Andijonning Qo‘rg‘ontepa, Qoraqalpag‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanlarida kuniga 100 tonna miqdorida mahsulot tayyorlash quvvatiga ega omixta yem korxonalari ishga tushurildi. Respublika viloyatlaridagi shu tur korxonalarning aksarida servitamin o‘t uni liniyalari o‘rnatildi. Ushbu liniyalarning ishlab chiqarish quvvati ham yil sayin ortib, mahsulot sifati yaxshilanmoqda. 1998-1999 yillarda 3,5 ming tonna vitaminli o‘t uni chiqarilgan bo‘lsa, 2000 yilda mahsulot hajmi 5,5 ming tonnani tashkil etdi.(7)
Korxonalarda yana shu narsaga ahamiyati berilyaptii, endi omixta yem mahsulotlari zamonaviy talablar darajasida sifatli bo‘libgina qolmay, ularning to‘yimliligi, tarkibidagi ozuqa moddalarning belgilangan miqdorda yetarli bo‘lishi nazorat qilinmoqda. Chorva mollari, parrandalar va baliqlarning rivojnishida muhim hisoblangan, tarkibidagi protein moddasi mavjud bo‘lgan omixta yem endilikda granula shaklida, yaʼni qumoqlangan holda sotuvga chiqarilayapti. Ayni paytda granulali omixta yem liniyalari (6)
korporatsiyaning 7 ta korxonasida-Toshkent, Bag‘dod. Quva, Bog‘ot, Qo‘ng‘irot aksiyadorlik jamiyatlari, Samarqand va Navoiy don mahsulotlari aksiyadorlik uyushmalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.(5)
Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday eʼtibor va amaliy yordam tufayli 2012 yilda fermer xo‘jaliklarining g‘alla tayyorlashda 80,1 foizni tashkil qildi.(6)
Nafaqat tegirmon sanoatida, balki “O‘zdonmahsulot” DAK tizimidagi barcha tarmoq korxonalarida maqtanishga arzigulik ishlar qilinadi.



Download 156.06 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 156.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Download 156.06 Kb.