III BOB. O’zbekiston iqtisoiyotida raqamlashtirishning ta`siri va kelajagi




Download 1.12 Mb.
bet15/21
Sana15.05.2023
Hajmi1.12 Mb.
#59773
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Diplom Ishi-Ikromov Iskandar
IW 5 Aziza Razzokova, 1-Topshiriq. Ekologiya fanidan. (2), 101453, DAVLAT BOSHQARUVI SHAKLI, Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, карта пулни кайтариш, 55 days listening, Adabiyotlar ro, Переписка Амира Темура, MUSTAQIL ISH UCHUN TAQRIZ, Bayroq, 1705227202 1705227010 Don Miguel Ruiz The Four Agreements libgen.li 1 83
III BOB. O’zbekiston iqtisoiyotida raqamlashtirishning ta`siri va kelajagi.

    1. O`zbekistonda raqamli iqtisodiyotning hozirgi davrdagi holati

Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi 21-asrning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Albatta bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin albatta. Aql-zakovat va ilm - taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning choʻqqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda koʻzga tashlanadi. Toʻrtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi koʻrinishi - “raqamli iqtisodiyot” boshlanganini anglatadi. Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo‘lgan ulkan maqsadlarga egamiz.Buning uchun bizga albatta yetuk kadrlar,mutaxassislar kerak. Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko’p jihatdan ta’sir qiladi, shu jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali; xizmat ko’rsatishning kuchli tarkibiy qismiga ega bo’lgan yangi mahsulotlar; ma’lumotlarning iqtisodiy o’sish omili sifatida roli; sun’iy intellect (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish; va platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo bo’lishi. Shu sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan o’zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va farovonligi demakdir. Shuningdek,barcha sohalarda korxonalar, tashkilotlar uchun samaradorlik, vaqt, bandlike,ko’nikma,daromadlarni to’g’ri taqsimlash ,atrof muhit va tashqi olamga katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirda biz asosan O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatorida bo’lish uchun harakatdan to'xtamasligimiz zarur.Xorijiy davlatlarda bizga qaraganda raqamli iqtisodiyot ancha rivojlangan.Iqtisodiyotning raqamlashishi bu mamlakat taraqqiyoti uchun muhim.Bugungi kunda raqamli iqtisod rivojlanishi barcha sohalar rivoji bilan chambarchas bog’liq. Asosiy qism. Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dolzarb mavzulardan biridir.Asosan bu mavzuni O’zbekistonda qanday rivojlantirish bu biz yoshlar qo’lidadir. ”Raqamli iqtisodiyot’’ atamasi birinchi bo’lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan. “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da xavfxatar” (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo’tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog’lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko’rsatiladi. Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʻlmaydi. Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining 66 foizi - 365 trillion AQSH dollari inson kapitaliga, yaʼni asosan shaxsning ilm darajasiga toʻgʻri kelmoqda. AQSHda ushbu koʻrsatkich milliy boylikning 77 foizi - 95 trillion dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz rahbari joriy-yil Murojaatnomada “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!”degan fikrni alohida keltirib oʻtdi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning oʻzida milliy yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning oʻzida transport, geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarni toʻliq raqamlashtirish belgilangan edi. Zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT-park”lar ham fikrimiz dalilidir. Aholining barcha qismida ham raqamli malakaning yetarli emasligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻldagi yana bir toʻsiq boʻlib kelgan. Shuningdek, raqamli tovar aylanmasi ham past hisoblandi. Bu borada texnologiya olamida koʻpchilikka maʼlum boʻlgan “Microsoft” korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikrini eslash oʻrinli: “Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud boʻladi. Birinchisi, internet orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompaniyalar”. Tadbirkorlar mana shu jihatni inobatga olgan holda, dunyoga mashhur biznes isteʼmolchi uchun, biznes biznes uchun, isteʼmolchi isteʼmolchi uchun tamoyillari asosida oʻz faoliyatini tashkil etishi maqsadga muvofiq. O‘zbekiston raqamli sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta muhim shartni belgilab olish zarur. Raqamli muhitni me’yoriy tartibga solish (konsepsiya, dastur va qonun), infratuzilmaviy rivojlanish (data markaz, mobil, internet, biznes va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qurilmalari) va mutaxassislarni tayyorlash sog‘lom bozorni yaratishda tirgak bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyot bu - real voqe’llikni to‘ldirib turadigan virtual muhitdir. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash. Horij tajribasini hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish kabi bir qancha vazifalarni oldimizga maqsad qo’yib va uni amalga oshirish kerak. Raqamlashtirish iqtisodiyoti iqtisodiyotning alohida sohasi sifatida ikkita sababga ko'ra mavjud. Birinchidan, yangi iqtisodiy modellar kerak, chunki raqamli dunyoda ma'lumot haqidagi ko'plab an'anaviy taxminlar endi mavjud emas. Ikkinchidan, raqamlashtirish natijasida hosil bo'lgan ma'lumotlarning yangi turlari tahlil qilish uchun yangi usullarni talab qiladi. Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo’llabquvvatlagan holda qulay ekotizmni yaratishi lozim. Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa onlayn toʻlovlarga imkon beruvchi toʻlov tizimlari mavjud boʻlishiga qaramay mobil toʻlovlar, internet, kommunal toʻlovlar uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish koʻrsatkichi yuqori emas. 2017-yilda 34 foiz hisob egalari raqamli toʻlovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu koʻrsatkich Buyuk Britaniyada 96 foizga teng. Bizda shu sohani rivojlantirib elektron tijoratni,elektron o’tkazmalarni rivojlantirishimiz zarur.Raqamli to’lov O’zbekistonda 34 foizni tashkil etayotgan bo’lsa,biz bu ko’rsatkichni 100 foizga chiqarish zarur. Asosan kiberxavfsizlik ham raqamli iqtisodiyotning muhuim sharti, nozik joyi desak ham bo’ladi.Iqtisodiyotni raqamlashtirganimizdan so’ng albatta xavfsizlik choralarini ham mukammal bartaraf etish kerak. Raqamlashuv va kiberxavfsizlik tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini taʼminlash muhim hisoblanadi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qanchalik eʼtibor qaratilayotgan boʻlsa, kiberxavfsizlikni taʼminlash ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. Oʻzbekiston kiberxavfsizlik global indeksida oʻzi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93- oʻrinni egallagan boʻlsa, 2018-yilda 52-oʻringa koʻtarildi. Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir koʻrinishi boʻlish bilan axborotlarni saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak maʼnaviyatdan oʻzgacharoq tushuncha. U koʻproq texnik jarayonlarga oid boʻlib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy tarmoqlar, toʻlov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni oʻrnatish, oʻz shaxsiy kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq maʼnoda esa kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu maʼlumotlar konfidensialligini saqlash, ularning butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning toʻlaqonli ishlashini anglatadi. “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tahlillariga koʻra, 2019-yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi-yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonda barcha tizimla vaqt sayin,kun sayin raqamlashmoqda. Ayniqsa, koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga boʻlgan talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan toʻlovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy taʼlim olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin. Raqamli xizmatlar anʼanaviy turga qaraganda qogʻozbozlik, rasmiyatchilikning yoʻqligi, vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini raqamli koʻrinishda olsangiz, sizga belgilangan toʻlovning 10 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi. Raqamlashtirish katta va misli ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, bunday transformatsion texnologiyalarni rivojlanishida jiddiy noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar va ushbu paydo bo’layotgan texnologiyalar ularning boshqaruv faoliyatida yuzaga keladigan tanqidiy muammolarni chuqurroq tushunishga intilishlari kerak.
Mamlakatimizda soliq tizimida elektron davlat xizmatlari va axborot tizimlari orqali ma'lumotlar bazasiga tushayotgan murojaatlar soni-yildan-yilga keskin oshib borayotganligi sababli ma'lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilishni takomillashtirishni kun tartibiga qo'ymoqda. Davlat soliq qo'mitasining mavjud server qurilmalarining xotira hajmi bugungi kunda 90 foiz band. Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi qurilmalari eskirganligi hamda elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn nazorat kassa mashinalari hamda tashqi manbalar orqali shakllangan katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish uchun mavjud serverlar quvvati etishmasligi holatlari yuzaga kelib turibdi. Bu borada cun'iy aql va katta hajimli ma'lumotlar texnologiyalarini joriy etish qo'l keladi.

Shu bois Prezidentimizning 2021-yil 17-fevraldagi “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi qarorida ham “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, soliq sohasida ham yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llashga alohida ahamiyat qaratilgan.


Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “Soliq ma'muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlariga asosan, 2022-yilning may oyiga borib, soliq sohasida yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llash dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish belgilangan, 2023-yil iyuniga kelib esa, katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Big Data” texnologiyalarini yo'lga qo'yish mo'ljallanmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra 2015-2016-yillarda Moliya vazirligining g'aznachilik departamenti va Davlat soliq qo'mitasi bilan hamkorlikda byudjetdan tashqari mablag'larni to'g'ridan-to'g'ri Moliya vazirligi g'aznachiligiga tushirishni yo'lga qo'yish maqsadida ma'lumotlar markazi serverlarining bir qismi yangilagan, biroq mazkur elektron qurilmalar bugungi kunga kelib ancha eskirgan.


Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda coliq tizimiga Big Data texnologiyasini joriy etish muddatlarini yanada jadallashtirish zarur. Agar u blokcheyn texnologiyasi birgalikda qo'llansa, tizim serverlarida zo'riqishlar yuzaga kelishi kamayadi hamda ma'lumotlarni uzatish tezlashadi. Chunki, blokcheyn ma'lumotlarni serverlarda emas, tarmoq bo'ylab saqlaydi.


2021-yilning 28-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro'yxatdan o'tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining qabul qilinishi bu yo'ldagi yana bir muhim qadam bo'ldi. Shu-yilning 1-iyunidan tatbiq etiladigan bu xizmatlarning xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida elektron ma'lumotlarning tizimli va izchil almashinuvini ta'minlash, birlamchi buxgalteriya hujjatlarini avtomatlashtirish hamda soliq to'lovchilarga soliq yukini keskin kamaytirish imkoniyatini yaratishi ko'zda tutilgan


Prezidentimizning “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi qaroriga ko'ra, joriy-yilning 1-martidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining tashkil qilinishi “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish; mazkur yo'nalishda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borishdagi ahamiyati katta bo'ladi.


Nazarimizda, shu bilan birgalikda, raqamli texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi va sohaning malakali mutaxasislarga ehtiyojini oshishi oliy ta'lim muassasalarida “Soliq va raqamli texnologiyalar” bo'yicha alohida o'quv yo'nalishini tashkil etilishni taqozo etmoqda. Bu eng avvalo, tizimning salohiyatli kadrlar bilan ta'minlanishiga yanada keng yo'l ochadi.


Jahon tajribasi ko'rsatib turibdiki, sun'iy aql va Big Data texnologiyalari nainki soliq idoralari ishini jadalashtirishga, shu bilan birga, “elektron hukumat” faoliyati samaradorligining oshishini hamda mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning rivojlanishiga va eng muhimi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga ham yordam beradi.



Download 1.12 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Download 1.12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III BOB. O’zbekiston iqtisoiyotida raqamlashtirishning ta`siri va kelajagi

Download 1.12 Mb.