• Tadqiqotda qo‘llaniladigan usullarning xususiyatlari;
  • I BOB. Raqamlashtirishning nazariy asoslari. Raqamlashtirishning asosiy konsepsiyalari.
  • Raqamli texnologiyalar: 1
  • Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti




    Download 1.12 Mb.
    bet4/21
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.12 Mb.
    #59773
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Diplom Ishi-Ikromov Iskandar
    IW 5 Aziza Razzokova, 1-Topshiriq. Ekologiya fanidan. (2), 101453, DAVLAT BOSHQARUVI SHAKLI, Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, карта пулни кайтариш, 55 days listening, Adabiyotlar ro, Переписка Амира Темура, MUSTAQIL ISH UCHUN TAQRIZ, Bayroq, 1705227202 1705227010 Don Miguel Ruiz The Four Agreements libgen.li 1 83
    Ish tuzilishining xususiyatlari;
    Ushbu diplom ishi uch bobdan iborat. Birinchi bob nazariy savollarga bag'ishlangan. Unda raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotning mohiyati va tuzilishi va xususiyatlari, raqamlashtirishning iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omillari va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati va roli, ijobiy va salbiy jihatlari o‘rganiladi. Ikkinchi bobda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi va mamlakatlar raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonidagi modellar va strategiyalari, shu bilan birga rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning iqtisodiy raqamlashtirish orasidagi farqlar tahlili. Uchinchi bobda O`zbekistonda raqamli iqtisodiyotning holati va OECDning O`zbekiston uchun bergan taklifi ko`rib chiqildi.
    Tadqiqotda qo‘llaniladigan usullarning xususiyatlari;
    Ishda ishlov berishning statistik usullaridan foydalanilgan, ya’ni kerakli statistik ma’lumotlar yig’ilgan va ular qayta ishlangan. Xitoyn va AQSHning so’nggi-yillardagi raqamlashtirishdagi holati, raqamli iqtisodiyotga bergan e`tiborlari bo’yicha statistikalar bilan ishlangan. Ish uchun axborot asosi Jahon banki va OECD rasmiy saytlari, Xitoy va AQSH statistika qo’mitasi sayti va boshqa manbalar.
    I BOB. Raqamlashtirishning nazariy asoslari.

      1. Raqamlashtirishning asosiy konsepsiyalari.

    Biz 21-asr, “Raqamli texnologiyalar” asrida yashayapmiz deymiz, lekin aslida buning tum mohiyatini anglamaymiz. O`zi raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot nima, qanday konsepsiyalari bor deyarli barchamiz bundan bexabarmiz. Quyida bu iboralarning asl ma`nosi nima ekanini bu sohada katta bilimga ega olimlarning asarlaridan olgan bilimlarim orqali tushuntirib berishga harakat qilaman.
    Raqamli texnologiyalar:1
    Raqamli texnologiyalar - bu ma'lumotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadigan vositalar, tizimlar va qurilmalar to'plami. Raqamli texnologiyalar bizning yashash va ishlash tarzimizda inqilob qildi, innovatsiyalar va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Ular, shuningdek, kiberxavfsizlik tahdidlari, maxfiylik muammolari va raqamli tafovut kabi yangi muammolarni ko'tardilar. Raqamli texnologiyalar rivojlanishda davom etar ekan, ulardan xavfsiz va samarali foydalanishni ta'minlash uchun eng so'nggi ishlanmalar va ilg'or amaliyotlardan xabardor bo'lish muhim ahamiyatga ega.
    Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:



    • Raqamli texnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini barpo etishni tushunamiz:

    • Raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’umotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar. sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin:

    • Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob’yekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy. aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi. Raqamli texnologiyalar quyidagi tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlarining amalga oshishi:

    • buyumlar interneti va masofaviy ta’limning paydo bo‘lishi:

    • blokcheyn texnologiyalar va u vositasida yurutiladigan turli-tuman jarayonlar;

    • mayning jarayoni hamda mustaqil biznes yuritish imkoniyatining hosil bo‘lishi;

    • yangi bank-pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining paydo bo‘lishi;

    • katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayonining tadbiq etilishi;

    • yangi kadrlar va yangi ish joylarining paydo bo‘lishi;

    • yangi korporativ madaniyatning yuzaga kelishi;

    • yangi boshqaniv va nazorat usullarining tadbiq qilinishi;

    • katta ma’lumotlar bazalari (big data) tarkib topishi;

    • sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarhiing amalga oshishi;

    • mustaqil pul birligi sifatida kriptovalyutalarning paydo bo‘lishi ;

    • bundan boshqa juda katta imkoniyatlarning yuzaga kelishi; 2

    Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilami keltirishimiz inumkin:



    Download 1.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

    Download 1.12 Mb.