O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalining umumiy




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana19.02.2022
Hajmi0.6 Mb.
#17834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
6-maruza.-Internet-texnologiyalari
Doc1, Dars mavzulari, chiziqli 2 mustaqil ish, Toshkent – 2022 Mavzu Signallarning lokal va integral xususiyat-fayllar.org
O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalining umumiy 
ko'rinishi 
 
 
O'zbekiston 
Respublikasi 
ochiq 
ma'lumotlar 
portalining 
ayrim 
bo'limlarining ko'rinishi 
 
O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalining ta'lim bo'limi. 
Ushbu bo'limda O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi ma'lumotlar taqdim 
etilgan. 
 
TA'LIMDA PORTAL TEXNOLOGIYALARI 
Ta'lim 
tizimini 
isloh 
qilishning 
muhim 
yo'nalishlaridan 
biri 
axborotkommunikatsiya 
texnologiyalari 
bilan 
o'quv 
jarayonini 
tizimli 
integratsiyalash hisoblanadi. Bunda o'quv jarayonini tashkil etish va uning 
mazmunini tubdan yangilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitida 
o'qituvchining pedagogik faoliyati va talabaning ta'lim olish jarayonini tashkil etish 
strategik masala sifatida namoyon bo'ladi. 


16 
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning 
keskin ko'payib borayotganligi va ulardan o'qitish jarayonida foydalanish uchun 
vaqtning chegaralanganligi ta'lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni 
taqozo etmoqda. Ta'lim mazmunini takomillashtirishning yo'nalishlaridan biri 
ta'lim oluvchilar uchun mustaqil ta'lim olish imkoniyatlari, ta'limning axborot 
manbalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan 
iboratdir. Ta'lim-tarbiya jarayonlarining asosini yuqori sifatli va yuqori 
texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan 
murakkab sanalsada, ammo bunday muhit ta'lim tizimini takomillashtirishga
ta'limda axborot texnologiyalarini tub ma'noda joriy etishga xizmat qiladi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari talabalar uchun ma'lumotlarni yetkazish, 
saqlash, qidirish kabi jarayonlarda katta imkoniyatga ega. Hozirda ta'lim 
muassasalarida elektron shaklda ko'plab axborot-ta'lim resurslari yaratilgan. 
Ta'lim-tarbiya jarayonlarini axborotlashtirishni rivojlantirish yo'nalishi turli 
ta'lim axborot resurslarining birlashtirilishi orqali axborot-ta'lim muhitlarini 
yaratish bilan bevosita bog'liq. Bunday muhitni tashkil etishda, avvalom bor, ta'lim 
muassasalarida axborotlashtirishni tashkil etish, ya'ni barcha o'quv, ma'muriy va 
xo'jalik xizmatlarni, kutubxona va boshqaruv (rektorat, dekanat, o'quv bo'limi va 
boshq.) bo'limlarini yagona tarmoqqa birlashtirish, ularni INTERNET tizimiga 
chiqish imkoniyatlarini yaratish, ta'lim muassasida o'quv jarayonini nazorat qilish, 
hujjatlar elektron almanishuvini tashkil etish, axborot texnologiyalari negizida 
maxsus o'quv- metodik majmualarni yaratish orqali talabalarning mustaqil ta'lim 
faoliyatini tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshirish zarur bo'ladi. 
Hozirda bunday vazifalarni bajarishda portal texnologiyalarini yaratish 
orqali axborot-ta'lim resurslaridan foydalanishni tashkil etish mumkin. 
Ta'lim muassasining yagona axborot-ta'lim muhitini rivojlantirishning 
muhim yo'nalishi sifatida o'quv jarayonida axborot va telekommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Axborotlarni tizimlashtirish axborot-
ta'lim resurslaridan foydalanishni yengillashtiradi. Axborot- ta'lim portallarining 
yaratilishi axborotlarni mantiqiy tartiblash va tizimlashtirishga yordam beradi. 
Axborot-ta'lim portallarini yaratish va uni rivojlantirishda tizimli yondashuv 
zarur hisoblanadi. Chunki portal texnologiyalari asosida ta'lim muhitini yaratishda 
tahliliy tayyorgarlikning yaxshi darajada bo'lishi, mazmunning maqsadga 
muvofiqligi, axborotlarning tizimlashtirilishini ta'minlash muhim sanaladi. 
Portal – bu foydalanuvchiga axborotlarni oddiy navigatsiya va keng ko'lamli 
qulay interfeys orqali yetkazish uchun turli axborot resurslarini birlashtiruvchi 
tarmoq telekommunikatsiya tuguni hisoblanadi. Bundan kelib chiqib portallarga 
quyidagi talablarni qo'yish mumkin: 
- ko'p sonli foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishi; 
- axborotlar ko'lamining kengligi; 
- asosiy tarmoq formatlarni qo'llashi; 
- oson va samarali qidirish tizimini joriy etishi; 
- axborot resurslarining integratsiyasi; 
- axborot xavfsizligini ta'minlashi; 
- axborotlarni tabaqalashtirishi; 


17 
- bilimlarni boshqarish-tahlil etishi. 
Portallarning ko'rsatkichi unda mujassamlashgan axborotlarning ko'lami, 
ya'ni axborot resurslari hajmi bilan aniqlanadi. 
Har qanday portalning maqsadi – foydalanuvchiga unga zarur axborotlarni 
qisqa vaqtda va turli interfeyslar orasidagi o'tishlarni ortiqcha hattiharakatlarsiz 
taqdim etishdan iborat bo'ladi. 
Portalning foydalanuvchi interfeysi unda joylashtirilgan resurslarning 
tarkibini ko'rgazmali namoyish etishi, bir bo'limdan boshqa sahifalarga mantiqiy va 
tezkor o'tishni ta'minlashi lozim. 
Taqdim etilayotgan axborot-ta'lim resurslari mustaqil ta'lim uchun 
topshiriklarni, o'zlashtirilgan bilimlarni tekshirish uchun test sinovlarini, ijodiy 
tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni, bilimlarni mustahkamlashga 
qaratilgan mashqlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'ladi. 
Portal uchun multimedia materiallarini tanlashda ularning axborotmazmuni, 
tuzilma tarkibi, uzviyligi va axborotlarni taqdim etish shakllariga e'tibor qaratish 
kerak. Multimedia materiallari axborotlarni oson o'zlashtirish uchun xizmat qilishi: 
ularning mazmunini ochib berishi, ya'ni axborotlarning mustaqil manbai sifatida 
foydalanish imkonini berishi lozim. 
Texnologik jihatdan axborot-ta'lim portallariga quyidagi talablar qo'yiladi: 
- ilovalarni bajarish; 
- hamkorlikdagi faoliyatni ta'minlash; 
- o'zida mavjud resurslarni boshqarish; 
- foydalanuvchilarni boshqarish; 
- nazorat olib borish; 
- bilimlarni boshqarish; 
- kommunikatsiyani ta'minlash; 
- qidiruvni ta'minlash; 
- barcha resurslarni ruxsat etilmagan kirishlardan himoyalashi, ya'ni axborot 
xavfsizligini ta'minlash, tizimga ruxsat berish, ya'ni qayddan o'tishni tashkil etishi 
zarur. 
Bilim sohalari yoki fanlar bo'yicha axborot-ta'lim portali faqat ta'lim 
muassasalari bilan chegaralanib qolmaydi. An'anaviy va elektron shakldagi o'quv 
materiallari yagona ta'lim muhitining tarkibiy qismi sifatida bir- birlarini to'ldirishi 
muhimdir. Yangi axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish ayrim 
pedagogik muammolarni yechishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga xizmat 
qiladi. 
Axborot-ta'lim 
portallarini 
fan-ta'lim-ishlab 
chiqarishning 
samarali 
integratsiyasini ta'minlovchi, uning rivojlanishini, ilmiy-pedagogik salohiyatdan 
samarali foydalanishni tashkil etish sharoitini yaratuvchi sifatida qarash mumkin. 
U ta'lim muassasalarning bitiruvchilariga ehtiyojlari bo'lgan buyurtmachilar uchun 
ham foydalidir. Portal bitiruvchilar bo'yicha axborot manbai bo'lib xizmat qiladi. 
Qolaversa, ta'lim xizmatlarini taqdim etuvchilar va uning iste'molchilari bilan 
yangi shakldagi o'zaro aloqani yo'lga qo'yadi. 
Bunday portalni yaratish, uni rivojlantirish uchun, avvalo, ta'lim 
muassasalarini 
kompyuterlashtirishni 
takomillashtirish, 
telekommunikatsiya 


18 
tarmoqlarini yanada rivojlantirish, axborotlarni tizimlashtirish va ularni portalda 
joylashtirish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik kadrlarni yangi axborot 
texnologiyalaridan ta'lim tizimida foydalanish bo'yicha malakalarini shakllantirish, 
ularni muntazam tarzda oshirib borishni rivojlantirish muhimdir. Yagona axborot-
ta'lim muhitini rivojlantirishning muhim sharti portalning o'quv-metodik 
ta'minotini rivojlantirish, elektron o'quv nashrlarni yaratishni takomillashtirish 
sanaladi. 
Axborotlashtirish jarayonini samarali rivojlanishini ta'minlash uchun axborot 
infratuzilmasini mukammal shakllantirishga e'tibor qaratmoq zarur bo'ladi. 
Internet resurslaridan ta'lim jarayonida foydalanish O'quv jarayonlarida 
Web-saytlardan foydalanishning ko'pgina yutuqlari mavjud. Shu bois bunday 
saytlarni yaratish va mazmunan yangilab borish ta'lim muassasasi faoliyatida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan o'quv muassasalari uchun bag'ishlangan 
saytlarni yaratish har bir ta'lim muassasasi oldida turgan birlamchi vazifalar 
qatoriga kiradi. Bunday saytlarni yararish uni o'rganish mobaynida internet tizimi 
bilan bog'liq omillarni hisobga olish lozim. Bunday omillar sifatida quyidagilarni 
ko'rsatish mumkin: 
- Dunyo bo'yicha internet xizmati imkoniyatlarining kengligi; 
- Veb-saytlar xizmatidan foydalanishning oddiyligi; 
- Web-texnologiyalarni tarqatishdagi qulaylik; 
- real vaqt masshtabida axborotlarga bo'lgan talablar; 
- muassasa va xususiy shaxslarning o'zlari to'g'risidagi axborotlarni 
internetga joylashtirishga intilishi; 
- tarmoq ma'lumotlar bazasida global mashstabdagi ixtiyoriy ma'lumotlarni 
to'plash. 
Bugungi kunda internetga joylashtirilgan Web - saytlarning quyidagi turlari 
mavjud: 
1. Reklama sayti-ixtiyoriy reklama singari internet informatsion muxitidagi 
aniq mahsulot va xizmat yoki brendni reklama qilish uchun xizmat qiladi. Katta 
miqdordagi grafik element va multimedia vositalari (Flash) sahifalarida 
qo'llanilishi bilan farqlanadi. 
2. Informatsion sayt-mijozlarning virtual uyushmasini tuzish to'g'risidagi 
qarorni qabul qilishda “informatsion to'siq” ni olib tashlash uchun tashrif 
buyuruvchilarni mahsulot va xizmat turlari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan to'la-
to'kis boxabar etish uchun xizmat qiladi. Saxifalar tashqi ko'rinishining ko'rkamligi 
(ixchamligi) bilan ajratib turadi, chunki bu Web107 saytdagi barcha elementlar 
kerakligi axborotlarni tez va qulay usulda qidirib topit uchun xizmat qiladi. 
3. Biznes-sayt-kompaniyaning alohida tashqi biznes-jarayonlarni tashkil 
qilish uchun xizmat qiladi, (masalan, ta'minotchi va dilerlarning ombordagi 
mahsulotlar; mahsulot yoki xizmatlarga ega bo'lishdagi buyurtmalari, xizmatchi va 
dilerlarni o'qitish; suhbatlar olib borish jarayonlari to'g'risida). 
Biznesjarayonlarni tashkil etish uchun dasturiy modullar (internet-ilova) 
mavjudligi bilan farqlanadi. 
4. Korporativ portal kompaniya ichki va tashqi biznes- jarayonlarining 
servislarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga 


19 
kompaniyaning turli xil bo'limlari o'rtasida axborot almashuvi, buxgalteriya 
ilovalari, ombor, kadrlar bo'limi, statistik va analitik axborotlar, spravochnik, o'quv 
axborotlari; 
ta'minotlar, 
dilerlar, 
iste'molchilar 
bilan 
ishlash 
uchun 
avtomatlashtirilgan vositalar va b.q. kiradi. 
Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun internet- ilova, kompaniya 
(buxgalteriyasi, ombor, rejalashtiruvchilar va b.q.) da foydalaniladigan amaliy 
dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi bilan farklanadi. 
5. Ta'lim va tarbiyaga bag'ishlangan saytlar. Bunday saytlar asosan ta'lim 
muassasasi xaqida ma'lumotlar keng ommaga tanishtirish, ta'lim muassasasida 
faoliyat olib boruvchilar hamda o'quvchilarni ta'lim muassasasi bilan doimiy 
aloqasini ta'minlab turish maqsadida yaratiladi. Shuningdek ta'lim va tarbiyaga 
bag'ishlangan bir necha saytlar mazmunan va mantiqan birlashtirilib ta'limiy 
portalni tashkil qilishi mumkin. 
Yuqoridagidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o'quv muassasalarida 
faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar ayniqsa, informatika o'qituvchilari 
hamda o'quv muassasasi o'quvchilari orasida qiziqishi katta bo'lgan o'quvchilar 
birgalikda ushbu o'quv muassasasining saytini yaratish, mazmunini yangilab 
borishda muhim ishtirokchilar hisoblanadilar. 
O'quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati Internet 
texnologiyalarining imkoniyatlari kengligi va sodda ekanligi internetdan 
foydalanuvchilarning daqiqa sayin ortib borishiga olib kelmoqda. Bu 
foydalanuvchilar orasida ko'pchilik qismini albatta, talabalar, o'quvchilar, ilmiy 
izlanish bilan band bo'lgan xodimlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib aytish 
mumkinki, ta'lim jarayonida Internet texnologiyalaridan, xususan o'quv 
muassasalariga bag'ishlangan veb - saytlardan foydalanish ta'lim sifati va 
samaradorligini sezilarli darajada yuqori bosqichga olib chiqishga yordam beradi. 
Yangi axborot texnologiyalar vositalari takomillashib va rivojlanib 
borayotgan hozirgi sharoitda o'quv muassasasida tahsil olayotgan o'quvchi 
yoshlarning (umuman har qanday sohada faoliyat ko'rsatuvchilarning) zarur 
axborotlarni Internet tizimidan mustaqil ravishda topa olishi, ular duch keladigan 
mavjud mutaxassisligiga oid muammolarni to'la va to'g'ri hal qila olishidagi 
muhim sharoitlardan biriga aylanib bormoqda. 
Ta'lim jarayonida Internet saytlaridan foydalanish imkoniyatlarini, uning 
samaradorligini aniklashda avval Internet hizmatining turlari va ularning 
harakterini aniqlab olish nihoyatda muhimdir. Aynan ana shu aniqlangan 
ma'lumotlar Internet tarmog'ida ishlashning tashkiliy jihatdan shakli va usullarini 
ajratib olishga yordam beradi. Klassifikatsiyalashga asos qilib internetning ishlash 
uslubini olish mumkin. Bu holda Internet server xizmatlarini ikkiga: axborotli va 
kommunikatsion xizmat turlariga ajratish kerak. 
Axborotli xizmatga WWW (ma'lumotlar majmuasi) va G'TR (dasturlar 
majmuasi) lar kiritiladi. 
Kommunikatsion xizmatni esa ikkiga: bevosita (PC, chat) va bilvosita 
muloqot (elektron pochta, forum, telekonferensiya) turlariga ajratish mumkin. 
Internetdagi barcha “o' .uv muassasa uchun yaratilgan sayt” larni o'z 
navbatida bir necha turga ajratish mumkin: 


20 
- o'rgatuvchi internet manbalari; 
- maslahat beruvchi internet manbalari; 
- axborotli internet manbalari; 
- baholovchi internet manbalari; 
- taqdimotli internet manbalari; 
Quyida ularning har biriga alohida to'xtalib o'tamiz. 
O'rgatuvchi internet manbalariga masofaviy ta'lim, virtual maktablar, 
laboratoriyalar va veb sinflarni misol sifatida keltirish mumkin. 
Maslahat beruvchi internet manbalariga turli telekonferentsiyalar, virtual 
pedagogik kengashlar, virtual uslubiy, birlashmalar muammoviy kengashlar, 
virtual kafelar va hokazolarni misol keltirish mumkin. 
Axborotli 
internet 
manbalariga 
elektron 
o'quv 
qo'llanmalar, 
ma'lumotnomalar, elektron kutubxonalar, lug'atlar, kataloglar, virtual muzeylarni 
keltirish mumkin. 
Baholovchi internet manbalarga teletesting, masofaviy konkurslar, turli 
viktorinalar, olimpiadalarni misol keltirish mumkin. 
Taqdimotli internet manbalariga ta'lim muassasalarining ta'lim yo'nalishlari 
haqida atroflicha ma'lumotlar yoritilgan alohida sahifalarni keltirish mumkin. 
O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o'qituvchilar ta'lim 
oluvchilarga masofadan turgan holda bilim olishlariga imkon yaratadilar. O'quv 
muassasalari uchun yaratilgan saytlar ayniqsa o'qitish joylariga qatnashi qiyin 
bo'lgan ta'lim oluvchilarga qulaydir. Bulardan tashqari ta'lim oluvchilar axborot 
texnologiyalari bilan ishlash madaniyati, ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar 
O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan dars jarayonida foydalanish juda 
katta imkoniyatlar yaratadi. 
O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o'qitish, o'quv 
jarayonini a'nanaviy tashkil etishning asosiy shakllarini o'z ichiga oladi. 
Ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya amaliyoti, nazorat 
tizimi, tinglovchilarning ilmiy tadqiqot va mustaqil ishlari shular jumlasidandir. 
O'quv jarayonini tashkil etishning ushbu barcha shakllari amaliyotda 
tinglovchilarni mustaqil bilish faoliyati turli axborot manbalari bilan osongina 
birlashtirishni, kurs olib borayotgan o'qituvchi yoki tyutor bilan tezkor va tizimli 
aloqa qilish hamda tinglovchilarning guruh bo'lib ishlarni amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. 
O'quv jarayonida o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan 
foydalanish o'qituvchilarga: 
- internet tarmog'i yordamida u yoki bu o'quv fanlardan to'plangan tajriba va 
uslublarni boshqa kasbdoshlari bilan almashish; 
- bir vaqtning o'zida turli toifadagi talabalar uchun har xil o'qitish uslublarini 
amalga oshirish orqali o'quv jarayonini individuallashtirish; 
- o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi nazorat topshiriqlaridan 
mashq sifatida foydalanish natijasida talabalarda fan bo'yicha egallangan bilimlarni 
ko'nikma va malaka darajasiga yetkazish; 
- qo'lda bajariladigan ishlarni kamaytirish hisobidan talabalarga yakka 
tartibda ishlash va o'z qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini yaratish; 


21 
- talabalarni mustaqil bilim olish jarayonini samarali tashkil etish kabi 
imkoniyatlarni yaratadi. 
O'qitishda o'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish 
talabalarda: 
- o'z hohishlariga qarab o'qish holatlarini tanlash; 
- tayyorgarliklar va psixofizik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'zlariga 
mos o'qish metodlari va bayon etish usullarini tanlash; 
- oldin o'rganilgan materiallarga qaytish, o'qish jarayonini to'xtatib qo'yish 
va unga ixtiyoriy vaqtda murojaat qilish; 
- turli jarayonlarning dinamikasini va mexanizmlarni o'zaro ta'sirini 
kuzatish; 
- o'rganilayotgan ob'ektlarni boshqarish va ularning mos natijalarini ko'rib 
borish; 
- kompyuterda muloqot qilish psixologik xarakterdagi to'siqlardan holi 
bo'lishga (kulgu bo'lmaslik, jur'at etmaslik, uyalmaslik kabilar) olib kelishi; 
- tayyorgarlik darajalari yetarli bo'lgunga qadar kompyuterdan sabr bilan 
foydalanish kabi imkoniyatlarga ega bo'ladilar. 
O'quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning ta'lim sohasidagi quyidagi 
afzalliklarini sanab o'tish munkin: 
- fanlarni o'zlashtirilishni yaxshilanishi; 
- tarmoq savodxonligini ortishi (Kompyuter va Inernet bilan muloqot 
qilishdagi yangiliklar); 
- o'rganishga bo'lgan munosabatni yaxshilanishi; 
- mustaqil ta'lim va tadqiqotlar malakasini takomillashishi; 
- amaliy malaka samaradorligini oshirish. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalining umumiy

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish