Elektron ta‘lim tizimining afzalliklari va kamchiliklari




Download 34,8 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2024
Hajmi34,8 Kb.
#231405
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zbekistonda elektron ta’limni rivojlantirish yo‘nalishlari

2.Elektron ta‘lim tizimining afzalliklari va kamchiliklari.
Elektron ta‘lim - bu platformalar yoki raqamli muhitlar orqali bilimlarga kirishni targ’ib qiluvchi ta‘lim modeli hisoblanadi.
Elektron ta‘lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan bilimlarini na faqat eshitish, balki ko’rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g’oya va mazmunini chuqur anglab yetishlariga samarali yordam beradi.
Raqamli axborot va internet resurslaridan foydalanishning huquqiy asoslarini bilish zamonaviy o‘qituvchi uchun juda muhim, chunki u ham elektron resurslarning iste‘molchisi, ham ularni ishlab chiquvchisi sifatida ishlay oladi. Masofaviy ta‘lim texnologiyalari doirasida elektron materiallardan foydalangan holda o’qituvchi talabalarni mahalliy va global tarmoqlardan foydalangan holda ma‘lumot almashishga jalb qiladi. O’qituvchi Internetdan qanday qilib qonuniy ravishda foydalanishi mumkinligini bilishi muhimdir. U o’z talabalari bilan tarmoq aloqasini tushunarli qonuniy asosda qurishi, ularning e‘tiborini muammoli masalalarga qaratishi va malakali axborot xatti-harakatlarining namunalarini ko’rsatishi kerak.
Elektron ta‘lim platformalarining ham yutuqlari va kamchiliklari mavjud bo’lib, bunga bafurja to’xtalib o’tsak.
Ushbu turdagi platformalarning ba'zi bir afzalliklari:
 Avvalambor moslashuvchan va arzon o’qitish.
 Internet bilan texnologik uskunalar kuchining birlashtirilganligi.
 Geografik va vaqtinchalik masofalarni bekor qilish.
 Minimal bilim bilan platformadan foydalanishga imkon beradi.
 Taklif qilingan vaqtda o'rganish va tezligidagi erkinlik.
Elektron ta‘lim platformalarining kamchiliklari
 Yuzma-yuz kursdan ko’ra talabning va bosimning yuqoriligi.
 Yuklangan o’quv materiallarining kamligi
 O’qituvchilar uchun yanada noqulaylik, chunki siz nafaqat o'zingizning mavzuni
o’rgatishni, balki AKTni o'qitish haqida ham bilishingiz kerak.
 Talabalarga darsdan chalg’ish uchun vaqtning yetarliligi.
 Ta‘limdan chalg’ituvchi omillarning hila-xilligi.
Elektron ta‘lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e‘tibor qaratish kerak bo’ladi:
− o’quv materiallarga qo’yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish;
− animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik;
− namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o’qituvchi va talabalar tomonidan ikki
tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi;
− namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab,
yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;
− o’qitish natijalarini baholash me‘zonlarini aniqlash. 4
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, elektron ta'lim platformalarining afzalliklari
va kamchiliklari soni jihatidan bir-biriga juda o'xshashdir, agar siz o'qitishning bir turiga boshqasidan ko'ra ko'proq tanlasangiz, bu sizga bog'liq.
Zamonaviy ta‘limda elektron ta‘lim o‘z o‘rniga va bu tizim quyidagi qulayliklarga ega:
1)Malakali va sifatli ta‘lim – kurslar soxaning yetakchi mutaxasislari guruhi tomonidan tuzilgan bo‘lib, har bir dars sifatli bo‘ladi.
2)Kurslarning ochiqligi- kurs tinglovchilari ushbu kurslarni internet tarmog‘iga ulangan holda o‘qiy olishligi.
3)Elektron ta‘limda kurslarni tinglovchilarga yetkazib berishning arzonligi, bunda internet trafiklari uchun pul to‘lanadi.
4)Elektron kurslarda modullarga ajratib o‘qitish – tizimdagi har bir kurs alohida modullarga ajratilgan bo‘ladi, bu esa kursni o‘rganishni osonlashtirib ko‘plab ma‘lumotlarni taqdim etishga imkon beradi.
5) O‘quv jarayoninig moslashuvchanligi – tinglovchi o‘zi tanlagan kursni davomiyligi va ketma-ketligi, butun kursni o‘zlarining ehtijoylaridan kelib chiqib moslashishi.
6) Istalgan joyda turib o‘qish – tinglovchilar o‘z uylaridan yoki ishxonalaridan turgan holda ta‘lim olish imkoniyati.
7) Elektron kurslar foydalanuvchilari: o'qituvchilar va talabalar zamonaviy texnologiyalar va standartlarga mos ravishda o'z bilim va ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Elektron kurslar shuningdek, o'quv materiallarini o'z vaqtida va tezda yangilab turishga imkon beradi.
8) Axborotni baholash mezonlarini aniqlash qobiliyati - elektron o'quv jarayonida talabaning ta'lim jarayonidagi bilimlari baholanadigan aniq mezonlarni belgilash imkoniyati mavjud.
Elektron ta‘lim tizimi pedagoglarning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O‘qitilayotgan kurslarni doimiy takomillashtirish, tinglovchilarning ijodiy faolligini va ularning malakasini oshirish, kiritilgan innovatsiya va yangiliklarga mos bilim berish jarayonlarini muvofiqlashtirishi zarur.



Download 34,8 Kb.
1   2   3   4   5




Download 34,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron ta‘lim tizimining afzalliklari va kamchiliklari

Download 34,8 Kb.