fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan




Download 128.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.11.2022
Hajmi128.87 Kb.
#29405
Bog'liq
Energiya - Vikipediya
Uzbekistan, O\'zbekistonda Millatlar aro Munosabatlar, 14-mavzu, 6044 485 13.00.02 (1), Elektrolitlarda elektr toki, inson huquqlari, 4 класс 2 чт, 30-psixolog, Eshquvvatova Mohinur, маъруза матни, «umumiypedagogika», a, 1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org, 1693


Energiya
Energiya (
qadimgi yunoncha
: ἐνέργεια
[1]

fizik tizimning
 boshqa fizik tizimlarga nisbatan 
ish
bajara olish qobiliyati miqdoridir.
[2][3]
Energiya (
yun.
— harakat, faoliyat) — har qanday koʻrinishdagi materiya, xususan, jism yoki
jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqalar
zarralar bilan taʼsirlarining miqdoriy oʻlchovi. 
Xalqaro birliklar tizimi
da energiya xuddi ish kabi
joul
da; atom fizikasi, yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasida esa elektronvolt on
oʻlchanadi. Energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va mavjud energiya yoʻqolmaydi, faqat u bir turdan
ikkinchi turga oʻtadi (qarang 
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni
). Fizika materiya oʻzaro
bogʻlangan 
modda
va maydon shaklida oʻrganiladi. Materiyaning harakatlariga mos holda
energiya shartli ravishda mexanik, 
ichki
, elektromagnit, kimyoviy va boshqalar turlarga ajratib
Yashin
 natiasida 500 
megajoul elektromagnit maydon energiyasi
 jami 500 megajoul 
yorugʻlik energiyasi

tovush
energiyasi

issiqlik energiyasi
 va hokazolarga aylanadi.


tekshiriladi. Masalan, kimyoviy energiya 
elektron
larning 
kinetik energiya
si hamda
elektronlarning bir-biri va atom yadrolari bilan oʻzaro taʼsirlari natijasida vujudga kelgan
energiyalar yigʻindisiga teng. Muayyan tizimning holatini ifodalovchi parametrlarga bogʻliq
boʻlib, tizimning har bir holatiga aniq bir energiya qiymati toʻgʻri keladi. Tizim1shng istalgan
holatidagi energiya qiymati tizim bu holatga qanday usul bilan kelganligiga bogʻliq emas.
Binobarin, energiya tizim holatining funksiyasidir. Tutash muhit yoki maydon uchun energiya
zichligi va energiya oqimi tushunchalari qoʻllaniladi. Birlik hajmdagi energiya energiya zichligi va
energiya zichligining uning tarqalish tezligiga koʻpaytmasiga teng kattalik esa energiya oqimi
deb ataladi. Tartibsiz harakatlanuvchi juda koʻp zarralardan iborat tizimlarning, yaʼni
makroskopik jismlarning oʻzaro taʼsirida issiklik miqdori muhim rol oʻynaydi. Tizimning mexanik
harakatlanishi uchun tashqi kinetik energiyasini, boshqa tizimlar bilan maydonlarning oʻzaro
taʼsiri tashqi potensial energiyasini hosil qiladi. Tizimning tashqi energiyasi tashqi kinetik va
tashqi potensial energiyalari yigʻindisiga teng. Makroskopik harakatsiz, boshqa tizimlar va
maydonlar bilan oʻzaro taʼsir qilmagan tizim energiyasi uning ichki energiyasi boʻladi. Tizimning
har qanday holatidagi ichki energiyasi aniq qiymatga ega, yaʼni ichki energiya holat
funksiyasidir. Tizimni tashkil qilgan atomlar va molekulalarning energiyalari, ular tarkibidagi
elektronlar, yadrolarning oʻzaro taʼsir energiyalari va h.k. ichki energiya tarkibiga kiradi.
Termodinamika
da erkin energiya va bogʻlangan energiya tushunchalari qam keng qoʻllaniladi.
Baʼzan energiya turlari ichida issiqlik energiyasi ham mavjud. Tizim zarralarining betartib
harakat energiyasi issiqlik energiyasi deb ataladi. Har qanday jism yoki elementar zarra
energiyaga ega ekan, u 
massa
ga ham ega. Ammo shunday zarralar ham mavjudki, ularning tinch
holatdagi massasi nolga teng, binobarin tinch holatdagi energiyalar ham nolga teng. Fotonlar va
neytronlar shular jumlasiga kiradi. Atom yadrosi nuklonlardan tashkil topgan. Yadroning tinch
holatdagi massasi nuklonlarning tinch holatdagi massalari yigʻindisiga teng emas Bu ikki
massa ayirmasi AM yadroning massa defekti deyiladi. Klassik fizika tushunchalariga asosan
har qanday tizimning holatlari uzluksiz ravishda oʻzgarib, energiyasi uzluksiz qiymatlarga ega
boʻlishi mumkin. Ammo kvant nazariyasiga asosan harakatlari chegaralangan hajmdagi fazoda
sodir boʻlayotgan mikrozarralar har qanday holatlarda boʻla olmaydi, u faqat maxsus
holatlardagina boʻlishi mumkin, binobarin bu holatlarga tegishli energiya uzlukli qiymatlarga ega
boʻladi. Tashqaridan energiya kvantini qabul qilgan tizim koʻproq energiyali holatga oʻtadi.
Energiya kvantini tashqariga chiqarish natijasida tizim kamroq energiyali holatga qaytadi.
Barcha tabiat hodisalari, insonning butun hayoti va faoliyati energiya bilan bogʻliq. Keng koʻlamli
energetika sohasi energiya tushunchasiga asoslangan. Energiya shakllarini oʻzaro almashtirish,
energiyani uzoq masofalarga uzatish, uning maʼlum manbalaridan foydalanish, yangi energiya
manbalarini qidirish kabi masalalar fan va texnika uchun asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Suv, shamol, oʻrmon, koʻmir, neft, gaz kabi cheklangan yer boyliklaridan katta surʼatlar bilan
foydalanilishi natijasida ular tobora kamayib bormoqda, binobarin kishilik jamiyati oldida turgan


Soʻnggi tahrir 1 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
dolzarb masala yangi energiya manbalarini qidirib topish. Hozirgi kunda diqqatga sazovor
boʻlgan yangi energiya manbalari 
Quyosh
(qarang 
Geliotexnika

Geliofizika
) va atom yadrosi
hisoblanadi. Ogʻir element yadrolarining parchalanishidan hosil boʻladigan energiyadan xalq
xoʻjaligida tobora keng foydalanilmoqda (qarang 
Atom reaktori

Atom elektr stansiyasi
). Yengil
element yadrolari qoʻshilishidan ogʻirroq element yadrolari paydo boʻlishida ajralib chiqadigan
energiyadan foydalanish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Energiya&oldid=2917079
" dan 
olindi
Manbalar


Download 128.87 Kb.




Download 128.87 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan

Download 128.87 Kb.
Pdf ko'rish