• XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda siyosiy vaziyat MAVZUSIDA “O`zbekiston Tarixi”
  • Oq o’rdaning tashkil topishi
  • Zokirov Farruxbekning XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda siyosiy vaziyat




    Download 79.13 Kb.
    bet1/3
    Sana11.12.2022
    Hajmi79.13 Kb.
    #34155
      1   2   3
    Bog'liq
    tarix
    privacy, 777777, 2022114, Ingiliz tilidan kurs ishi, OFIS JIHOZLARIGA TEXNIK XIZMAT KO2, 4 MAVZU, akademik yozuv 2-amaliy ish, lecture-1, ab4f10a9-2931-43ec-bc71-a320d6271cd4, C87BFB6A-B432-426B-B4EB-C3B41B9C620A.Algoritm-3-18, Sirdaryo viloyati Zakovat klubi Professional ligasi kuzgi mavsum 10-tur savollari (03.11.2023), Mundarija kirish I. Ko’p qavatli binolarda zilziladan so’ng qutq, 4-topshiriq ion, “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
     
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
     
    “Dastur injinering” yo’nalishi
    I-HSM004- guruh talabasi
    Zokirov Farruxbekning
    XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda siyosiy vaziyat
    MAVZUSIDA  
    “O`zbekiston Tarixi” fanidan tayyorlagan
    Mustaqil ishi
    O’qituvchi: Ibadullayeva Gulhayo
    Toshkent – 2022
    XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda siyosiy vaziyat
    Kirish
    1.Oq o’rda (“o’zbeklar mamlakati”)ning tashkil topishi
    2. Shayboniylarning taxtga kelishi
    3. Xiva xonligidagi hokimiyat
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar
    Kirish
    Biz bu mavzuni o’rganishimiz davomida XV asr oxiri XVI asr
    boshida Movorounnahrda sulolalar kelishi, xonliklarga bo’linish
    ular o’rtasidagi munosabatlar, xalqaro aloqalar va ichki
    ziddiyatlar haqida bilishimiz mumkin.
    Xonliklardagi ichki ziddiyatlar oqibatida saltanatlarning parchalanishga olib
    kelishi rivojlangan davlatlardan orqada qolishining sabablarini o’rganamiz.
    Shayboniylarning davlatni birlashtirishdagi qilgan ishlari va O’rta Osiyoning
    XV asr oxiri XVI asr boshidagi holati va vaziyati.
    Oq o’rdaning tashkil topishi
    XIV asr boshlariga kelib, 1236-yilda Botuxon tomonidan asos solingan Oltin O‘rda davlati ikki qismga bo‘linib ketdi va uning sharqiy qismida Oq O‘rda davlati tashkil topdi. Ayrim tarixiy manbalarda bu hududlar “0 ‘zbeklar mamlakati” deb ham eslatiladi. XV asrning o‘rtalariga kelib Sharqiy Dashti Qipchoq hududlarida Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon urug‘idan bo‘lgan Abulxayrxon ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga asos soldi va Movarounnahrdagi o‘zaro kurashlardan foydalanib Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi. Shayboniylar sulolasining kuchli rivojlangan va bevosita Movarounnahrga aloqador davri Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon nomi bilan bogʻliq.
    U 1451- yilda tugʻilgan. Bobosi, Abulxayrxon va otasi Shoh Budogʻ Sulton oʻlimidan soʻng boshlangan qirgʻinlardan Movarounnahrga qochib qutulgan. Avval Samarqand, keyin Buxoro madrasalarida ta’lim olgan. Uzoq harakatlar natijasida nufuzli ruhoniy va Oʻrta Osiyoning zadagonlari yordamida XV asr oxirlariga kelib Muhammad Dashtu qipchoq nomi bilan mashhur boʻlgan yerlarda oʻz hukmronligini oʻrnatishga muvaffaq boʻladi. Oldiga qoʻygan asosiy maqsadi Turkiston zaminidagi siyosiy beqarorlikni tugatish, kuchli markazlashgan davlat tuzish edi.
    XV asrning so‘nggi choragiga kelib temuriy shahzodalar o‘rtasidagi toj-taxt uchun o‘zaro kurashlar avj olib, ko‘pgina mulk va viloyatlar, xususan, Farg‘ona, Hisor, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm o‘zlarini mustaqil hisoblab, ko‘p hollarda bir-birlari bilan kurash olib borar edi. Shuning uchun ham Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo‘Iinib ketdi, Shayboniyxon esa bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalanishga harakat qildi.

    Download 79.13 Kb.
      1   2   3




    Download 79.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zokirov Farruxbekning XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda siyosiy vaziyat

    Download 79.13 Kb.