• Zo’riqtirilgan armaturali uzlukli va temperaturaviy – uzluksiz oraliq qurilmalar.
  • Zo’riqtirilgan armaturali uzlukli va temperaturaviy – uzluksiz oraliq qurilmalar




    Download 323.02 Kb.
    bet1/2
    Sana08.05.2023
    Hajmi323.02 Kb.
    #57591
      1   2
    Bog'liq
    Uzlikli oraliq qurulmalar konsturuksiyalari
    vocab Ielts, Vf IELTS, 2 5305265976227403014, 1667366601, chidamlilik-tushunchasi-chidamlilikning-turlari-ko-rsatgichlari-va-uni-rivojlantirish-metodlari, Davomat, python kitob, PowerPoint dasturi yordamida darslarga ko\'rgazmali qurollar tayyorlash, 95284, Kasrni algebraik irratsionallikdan qutqarish, 5-8-labaratoriya mb Umurov Azizbek 415-19, Саййид Туҳфа - Ансельм Турмеда, Btda yasalgan ub kuchaytirgich sxemasini tadqiq etish, Operatsion kuchaytirgich

    Uzlikli oraliq qurulmalar konsturuksiyalari


    1. Uzluksiz va konsolli oraliq qurilmalar konstruktsiyalari
    2. Temirbeton to’sinli ko’priklarning tayanch qismlari

    1. Ko’priklarni temirbeton konstruktsiyalarni yig’ma elentlarni tayyorlash va tashish asoslari

    Zo’riqtirilgan armaturali uzlukli va temperaturaviy – uzluksiz oraliq qurilmalar.
    Zo’riqtirilgan armaturali uzlukli oraliq qurilmalar plita va qovurg’ali asosga ega qismlardan yig’ma va yaxlit holatda quriladi. Ularga zo’riqtirilgan armaturali, uzunligi 6m dan 18m gacha bo’lgan g’ovak toshtaxtalar yig’indisidan iborat oraliq qurilmalar kiradi. Ular bir-biriga parallel yotqizilgan va beton Shponkalar bilan maxkamlangan, birgalikdagi ishlashini taminlovchi, toshtaxtalardan iborat (7 rasm)oraliq qurilmaning ko’ndalang qismdagi tashtaxtalar soni ko’prik gabaritidan kelib chiqadi.

    7.rasm Toshtaxtali oraliq qurilmani ko’ndalang kesimini aylana bo’shliqli bloklardan tuzish
    6m dan 9m gacha bo’lgan oraliqlarda tashtaxta sarrobga (rigel) 2qavat ruberoid va 2...3 sm qalinlikdagi qorishma yotqizib mindiriladi, undan katta oraliqlarda- rezina yooki metall tayanch qismlar orqali mindiriladi.
    Rossiyada avtomobil va shahar ko’priklarida uzunligi 6,9,12,13 va 18mli g’ovak toshtaxtalarning birlashtirilgani ishlab chiqilgan. Toshtaxtalar qalinligi mos ravishda 0.45; 0.6; 0.75m. Toshtaxtaning eni 1m bo’ladi, 6...9 m gacha bo’lgan toshtalarning bo’shlig’i aylana shaklida bo’ladi (8.a rasm), 6...18m gacha bo’lgan toshtaxtalarning bo’shlig’i oval shakliga ega (8b rasm).

    8.rasm Aylana shaklidagi bo’shliqga ega bo’lgan blokli (a) va oval shaklidagi (b) bo’shliqga ega bo’lgan blokli oraliq qurilmalar ko’ndalang kesimi Temirbeton toshtaxtalardagi teshiklar tuzilgan konus asosiga o’xshashi va balandligi bo’yicha diametri boshqa bo’lib toshtaxta qolipida ulurning ichki diametrlari bo’yicha titratuvchi (puasson) formalarni chiqarishda g’ovakning ichkiyuzalarni shikaslantirmasdan chiqarishni taminlash kerak.
    Temirbeton toshtaxtani armaturalash gorizontal va vertikal payvandlangan to’rlar bilan amalga oshiriladi. (9 rasm). Gorizontal to’r 1silliq sterjenlardan

    9.rasm Blokni zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan armaturalar bilan armaturalash:
    1- gorizantal to’rlar; 2- vertikal to’rlar; 3- armatura;
    150mm qadamli qilib tayyorlanadi. Bu turdagi armaturalar konstruktiv bo’lgani uchun, ularni hisoblanmaydi. Vertikal qovurg’a to’r 2 bo’ylama va ko’ndalang A1 sinfdagi diametri8...12mm gacha bo’lgan issiq yassilangan zo’riqtirilmagan sterjenlardan yasalgan. Oraliqning o’rtasiga ko’ndalang sterjenlar konstruktiv jixatidan 200mm qadamli, chekka qismlarida esa ko’ndalang kuchni qabul qilish uchun 100mm qadamli joylashtirilgan.
    Zo’riqtirilgan armatura 3ettita o’rilgan diametri 15mm K-7 simlaridan yoki diametri5mm bo’lgan qaytariladigan profilli Qo’shaloq simlardan joylashtirilgan. U toshtaxtaning pastki qismida, qovurg’aga tutash joydagi g’ovakni bo’luvchi qismida joylashadi.
    Toshtaxtalarni ko’ndalang birlashtirishbeton Shponkalari yordamida amalga oshiriladi. (10 rasm). Bu tugun faqat bloklar orasidagi ko’ndalang kuchni qabul qiladi, bu betonlash uchun etarli, chunki kichik oraliq qurilmalarda ko’ndalang yo’nalishdagi eguvchi momentlar mavjud bo’lmaydi.
    Rossiyada 12,15,18,21,24,va 33m oraliqlar uchun birxillashtirilgan oldindan zo’riqtirilgan qovurg’ali armaturalari tayanchga tortilgan oraliq qurilmalar ishlab chiqilgan.

    10. rasm Toshtaxtali qurilma blogining birlashtirilgan qismini betonlash
    Ular T shakliga ega bo’lib, butun xolatda tashib olib kelib joylashtiriladi. (11 rasm) Ko’prik kengligini o’zgartirish ko’prikning eni bo’yicha qo’shimcha to’sinlar sonini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi, ular orasidagi masofa 210...240mm ga teng. To’sinlarni o’tish qismida birlashtirish bo’ylama choklarni yaxlid betonlash oraqali amalga oshiriladi. Piyodalar yo’lagi odatiy baland bo’lmagan turdagi panjarava himoya to’sig’i bilan jixozlanadi. O’tish qismi to’shamasi odatiy qiyalik bilan bajariladi. Piyodalar yo’lkasida suv qochiruvchi quvurchalar o’rnatiladi.
    Tavr shaklidagi qovurg’ali oraliq qurilmalar konstruksiyasi 12 rasmda keltirilgan. T shaklidagi to’sinlarning balandligi taxminan 1/20 oraliqqa 15sm bo’lgan, xozir 18sm ga qalinlashtirilgan bu betonning himoya qatlamini 5sm gacha etkazish hisobiga amalga oshirilgan va u to’sinni uzoq xizmat qilishini taminlaydi. Qovurg’aning o’rta qismidagi qalinligi 16sm, tag qismidagi uning qalinligi 26sm gacha etadi. Tag qismi armaturalar to’plamlarini joylashtirish uchun kengaytirilgan.
    Oraliq qurilmaning chekka to’sinlari o’rtadagisidan to’plam armaturalar soni bilan farq qiladi, Shu bilan birga to’sindan bir tomonlama, chiqariladigan armaturalar mavjud bo’ladi.
    Bu to’sinlarning o’tish qismi plitalari tepa va pastki qismiga chekkalarida payvandlangan metall turlar qo’yiladi. Devori 2ta qo’yiladigan payvandlangan to’r, tashqi Yuza qismiga armaturalanadi. Ular konstruktiv bo’ylama sterjenlardan va ko’ndalang ishchi sterjenlardan iborat. Ko’ndalang sterjenlar devorgacha etkaziladi bu betonni tortishishiga qarshiliklar ko’rsatuvchi armatura vazifasini bajaradi.

    11.rasm Zo’riqtirilgan armaturali yig’ma qovurg’ali oraliq qurulmalar ko’ndalang kesimini tuzish:

    12.rasm Qovirg’ali to’sinlarni oraliqda va tayanchdagi ko’ndalang kesmlari va ularni zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan armaturalar bilan armaturalash:
    To’sinning pastki qovurg’asiga armaturalar to’plami joylashgan joyni qamrab oladigan zo’riqtirilgan armatura payvandlangan karkas joylashtiriladi. O’tish plitasi devorga biriktirilgan joyda devorga qiya joylashgan beton kirishishiga qarshi armatura joylashtiriladi. Bu to’sinlardagi zo’riqtirilgan armatura diametri 3...6mm li o’ta mustaxkam simdan ishlanadi. Bu metallni tejashga va armaturada katta kuchlanish xosil bo’lishini taminlaydi. O’ta mustaxkam 5mm diametrli simlardan armaturalashni osonlashtirish uchun ularni 1 to’plamga keltiriladi, to’plamdagi armaturalar soni 18dan 60 donagacha bo’ladi (13 rasm).
    To’plamdagi simlarni o’rab bitta umumiy markazga birlashtiriladi. Xar-bir qatorini ingichka sim bilan o’raladi. To’plam tayyor 7ta simdan eshilgan o’ram bo’lishi ham mumkin. To’siqlarni armaturalashda to’g’ri chiziqli va egri chiziqli armaturalar to’plamidan foydalaniladi (14 rasm).
    To’siqni pastki qismini to’g’ri chiziqli armaturalar to’plamidan armaturalash, egri chiziqli to’plamga qaraganda texnologiyasi samarali, lekin to’sinning Yuqori qismida oldindan zo’riqtirish xosil qilinganda katta cho’zuvchi kuchlanish xosil bo’lishi mumkin. Bu vaqtda to’sin faqat o’zining og’irligi bilan yuklangan va bir markazga ega bo’lmagan oldindan siqilgan kuchlar tasirida bo’ladi. Bu xolatda yoriq paydo bo’lishini oldini olish uchun to’g’ri chiziqli armatura to’plamlari joylashgan qismda, ularning bir qismini tayanch qismidagi ishlashidan ozod qilib ularning o’rniga polietilen trubka yoki kanobdan yasalgan qattiq material bilan ajratib qo’yiladi.
    To’g’ri chiziqli va poligonal armaturalar to’plamidan armaturalashda tayanch qismlarda oldingi xolatlar vujudga kelmaydi. Bundan tashqari tyanch qismlardagi gorizontal burchak osdida qo’yilgan oldindan zo’riqtirish kuchlanishi vujudga keladi. Bu to’plamdagi oldindan zo’riqtirish kuchlanishidan ko’ndalang kuchlar belgisiga qarama-qarshi bo’lgan kuchlanishning vertical tuzilmasi tayanch qismidagi ko’ndalang kuchlarni belgisini kamaytiradi. Tayanchdagi ko’ndalang kuchlar yig’indisini kamaytirish xomutlarga ketadigan metal chiqimini yoki devor qalinligini kichraytirish imkonini beradi.
    Armatura to’plamidan betonga kuchlanishni uzatish u qotgandan keyin mahsus ankerlar yordamida amalga oshiriladi. 15rasmda MIIT sterjen-karkasli ankerining konstruktsiyasi keltirilgan. U metal sterjen 4, uzunligining o’rtasida tirqishli diafragma 5 mahkamlangan, chekkalarida esa- krest(but) shaklidagi tayanch 2dan iborat.
    Ankerda eshilgan zo’riqtirilgan armaturalar to’plami to’rt qatorga ajratilgan va ularning oxiri krest(but) shaklidagi tayanchga similar o’rami 3 bilan birlashtiriladi. O’ramlar orasidagi bo;shliqqa betot kirb to’sin betoning ichiga armaturalar to’plamini siqib oladi. Kuchlanish uzatiladigan joyda betonni kuchaytirish uchun armature sprali qo’yiladi.
    Armaturalar to’plamini tayanchga tortish va zo’riqishni betonga uzatish uning 80% mustahkamlikka erishganda tortish simmetrikligiga amal qilib va simmetrik bog’lamni navbat bilan kesish yo’lini uzatishni ishlab chiqiladi.
    Agar butun tashib kelinadigan to’sinlarni etkazib berish imkoni bo’lmasa, u holatda armaturani betonga tortish bilan to’sinning uzunligi bo’yicha tuzilmasidan hosil bo’lgan orliq qurilma qo’llaniladi. Rossiyada orliq qurilmalarning birhillashtirilgan 15, 18, 24, 33 va 42m uzunlikdagi ulanadigan to’sinlar loyihasi ko’zda tutilgan.
    Yo’l to’sinlaridan yig’iladigan oraliq qurilma ko’ndalang yo’nalishda, butun – tashilashidigan to’sinlar kabi joylashtiriladi. Bunda ularni diafragmali yoki diafragmasiz barpo etish mumkin. Ko’prik kengligini o’zgartirishga to’sinlar sonini o’zgartirish orqali amalga erishiladi.
    Har bir to’sin oldindan tayyorlangan (16 rasm), karkas shaklidagi zo’riqtirilmagan armaturalardan armaturalangan bloklardan tuziladi. Zo’riqtirilgan armaturalarni blokda joylashtirish uchun ichki (berk) yoki tashqi (ochiq) bo’lishi mumkin bo’lgan kanallar qo’yiladi. Barcha oraliq (ichki) bloklar tashish va taxlash nuqtai nazardan 6m uzunlikda ishlab chiqiladi, chetki bloklar esa 3 yoki 4.5m qabul qilinadi, bu oraliq qurilma uzunligini loyiha uzunligi bo’yicha ta’minlash uchun.
    Oraliq qurilma to’sinlarini qurilayotgan ob’ekt maydonida bloklardan kattalashtirib yig’ish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bloklardan loyiha ketma ketligida joylashtiriladi va choklarini sement qorishmasi yoki kley bilan birlashtiriladi. Undan keyin kanallarga zo’riqtirilgan armatura tortiladi va unda tortish kuchlanishi hosil qilinadi, qaysiki tezda betonga uzatiladi. Chekka bloklarni qirralari qalinligi 20mm li metal list bilan qoplanadi, bunda ankerlar uchun armatura tortilayotganda tayanch bo’lib xizmat qiladi.
    Bu bloklardagi zo’riqtirilmagan armaturalar, butun – tashiladigan to’sinlardagi bilan bir xil bo’ladi. Lekin u to’sinni ko’ndalang choklarini betonlashda birikmaydi, bu ko’ndalang choklarni betonlashda ko’ndalang to’sinlarni ko’ndalang kuchlarga ishlash ishonchligini kamaytiradi.
    Zo’riqtirilmagan yig’uvchi armatura to’sin uzunligi bo’yicha diametri 5mm li similar to’plamidan bajariladi. Armaturalarni to’plamini bir qismi to’sinning butun uzunligi bo’ylab, ko’rinmaydigan kanallardan to’g’ri chiziq bo’yicha o’tadi, qolgan qismi to’g’ri chiziqli kanallarda yuqoriga egiladi.



    Download 323.02 Kb.
      1   2




    Download 323.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zo’riqtirilgan armaturali uzlukli va temperaturaviy – uzluksiz oraliq qurilmalar

    Download 323.02 Kb.