• UMUMIY QOIDALAR
  • 1 – amaliy mashG‘ulot o‘zbekiston respublikasining metrologiya to‘G‘risida”gi qonunini o‘rganish Tayanch so‘zlar




    Download 20.99 Kb.
    Sana31.01.2023
    Hajmi20.99 Kb.
    #40358
    Bog'liq
    1 ameliy
    , G\'arbiy frontda o\'zgarish yo\'q [uzsmart.uz], 47926, CEFR, Ikromov Muhammadyusuf, 22-M, 21-Mavzu, Organik birikmalar klassifikatsiyasi, 1-topshiriq, 3160 январ ойи ҳ777, 8-sinf Algebra va Geometriya 1-4 chorak, pythonda sodda masalalarni dasturlash, urazov farrux BMI 2, 1680589327 (1)

    1 – AMALIY MAShG‘ULOT


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING METROLOGIYa TO‘G‘RISIDA”GI QONUNINI O‘RGANISh
    Tayanch so‘zlar: metrologiya, o‘lchash vositasi, davlat etaloni, davlat metrologiya nazorati, metrologik xizmat, metrologik ta’minot va boshqalar

    Zamonaviy pedagogik texnologiya elementlaridan, masalan interaktiv metodini qo‘llab dars o‘tiladi.


    Darsda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi (kodoskop, proektor, plakat va hokazo). Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar. Talabalar mustaqil fikrlashi uchun to‘la sharoit yaratiladi.



        1. UMUMIY QOIDALAR




    qilingan.


    Qonun 5-ta bo‘lim, 21 moddadan iborat bo‘lib, 1993 yil 28 dekabrda qabul

    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:


    «metrologiya» — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash

    usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
    «yagona o‘lchov birligi» — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
    «o‘lchov vositasi» — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
    «birlik etaloni» — o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
    «davlat etaloni» — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
    «metrologiya xizmati» — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
    «davlat metrologiya nazorati» — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
    «o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;

    «o‘lchov vositalarini kalibrlash» — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi (markazi) bajaradigan operatsiyalar majmui;
    «o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (ѐki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
    «metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish»
    — metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining belgilangan akkreditatsiya qilish sohasida o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;
    «yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditatsiya qilish» — yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining, kalibrlash laboratoriyalarining (markazlarining) belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;
    «o‘lchovlarning bajarilish uslubiѐtlarini metrologik attestatsiya qilish» — o‘lchovlarni bajarish uslubiѐtining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
    «o‘lchovlarning bajarilish uslubiѐti» — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi.
    «sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
    «sinov vositasi» — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo‘lgan texnik qurilma, modda va (ѐki) material..
    Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) amalga oshiradi.
    «O‘zstandart» agentligi vakolatiga:
    metrologiya sohasida yagona davlat siѐsatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
    milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash;
    o‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
    davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
    metrologiya masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda qabul qilish;
    metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayѐrlash;
    O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
    metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish;
    O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
    iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.
    Download 20.99 Kb.




    Download 20.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – amaliy mashG‘ulot o‘zbekiston respublikasining metrologiya to‘G‘risida”gi qonunini o‘rganish Tayanch so‘zlar

    Download 20.99 Kb.