1. Abiotik omillar (yunoncha «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» hayot) tirik




Download 279.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.09.2023
Hajmi279.15 Kb.
#83707
Bog'liq
atamalar1
1- Amaliyot, tayyor Hozirgi zamon Ekologiya uchun 26 ta bilet savollari, Reja Ekosistema nima Agroekosistemalar-fayllar.org, 8000084, Анализ натижалари, Turexanov FF Hisobot 2022 (2), Kafedra Kuchirma (Omon)09.12.22 - копия, 6-laboratoriya, Geofizika va geokimyo, 333 Самарканд вилояти ер ости сувлари ва улардан самарали фойдаланиш, Lug\'atlar inglizcha, 1-amaliy, J3RPoWaI7bZgtvG9TXc7oMNk2KzQ-6Wo, AXBOROTNI HIMOYALASH (2), favqulodda-vaziyatlarda-zaharli-moddalar-ta-sirida-jabrlanganlarga-tibbiy-yordam-ko-rsatish


1. Abiotik omillar (yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik 
organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy 
qismlari. 
2. Agroekosistema (yunoncha – «agros» – dala) inson tomonidan qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yaratilgan sun’iy ekosistemalar.
3. Adaptatsiya (lot. «adaptatio» – moslanish) – tirik organizmlarning muayyan yashash 
muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi. 
4. Allogenez (yunoncha – «allos» – o‘zgacha, boshqa, «genesis» – rivojlanish) 
organizmlarda tashqi muhit sharoitiga moslanish jarayonida yangi belgi-xususiyatlar 
asosida xususiy moslanish (idioadaptatsiya)ni vujudga keltiradigan evolutsion yo‘nalish. 
5. Antropogen omillar – odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa 
tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi.
6. Arogenez (yunoncha – «airo» yuksalish, «genesis» – rivojlanish) organizmlarning 
tuzilishida yirik o‘zgarishlar – aromorfozlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq evolutsion 
yo‘nalish. Aerenxima (yunoncha – «аeg» – havo, «knchyma» – to‘qima) – suv va 
botqoqlikda o‘suvchi o‘simliklarning hujayralari orasida havo to‘playdigan to‘qima. 
7. Amensalizm – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati 
ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa 
bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi.
8. Bentos (yunoncha – «benthos» – chuqurlik) suv havzalarining tubida yoki suv tubining 
qatlamlarida hayot kechiradigan organizm.
9. Biogeotsenoz (yunoncha – «bios» hayot, «geo» – yer, «kaynos» – umumiy) tarixiy 
davrda tarkib topgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi tabiiy uyushma, biotsenoz va anorganik 
tabiat komponentlari bilan chambarchas bog‘langan mustahkam ekologik sistema. 
Biologik evolutsiya – tirik organizmlar va ular jamoalarining yo‘naltirilgan tarixiy 
rivojlanish jarayoni.
10. Biologik progress (lotincha – «progressus» – oldinga harakat) – organizmlarning 
ma’lum sistematik guruhlarining tashqi muhit sharoitlariga moslanishi bilan bog‘liq 
yuksalishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi.
11. Biologik regress (lotincha – «regressus» – qaytish, tubanlashish) – 234 
12. Biosfera (yunoncha – «bios» – hayot, «sphaira» – shar) – yerning tirik organizmlar 
istiqomat qiladigan va ular tomonidan yaratilgan qobig‘i.
13. Biotik omillar (yunoncha – «biotikos» – tirik, hayotiy). Tirik tabiat (tirik 
organizmlar)ning biror tirik organizmga ta’sir ko‘rsatadigan tarkibiy qismi.
14. Biotop (yunoncha – «bios» – hayot, «topos» – joy) – bir xil tashqi muhit omillariga ega 
bo‘lgan hudud.
15. Detrit (yunoncha – «eskirgan») – organizm hayot faoliyati yoki uning halok bo‘lishi 
natijasida hosil bo‘ladigan organik qoldiq.
16. Detrit tipidagi oziq zanjiri – detritdan boshlanadigan va detritofag, redutsentlar hamda 
mineral moddalar bilan tugallanadigan oziq zanjiri.
17. Divergensiya (yunoncha – rad etish, ajralish) – turli xil ekologik muhitda yashovchi, 
kelib chiqishi yaqin bo‘lgan organizmlar va ularning guruhlarida belgilarning ajralishi.
18. Genlar dreyfi – populatsiya genofondida genlarning uchrash chastotasining tasodifiy va 
kutilmaganda o‘zgarishi. 
19. Tirik modda – Yerda tarqalgan barcha tirik organizmlarning yig‘indisi. 
20. Zakazniklar – insonning xo‘jalik faoliyati vaqtinchalik taqiqlangan, davlat tomonidan 
himoya qilinadigan hududlar.
21. Qo‘riqxona – insonning xo‘jalik faoliyati butunlay taqiqlangan maxsus muhofaza 
qilinadigan hudud.
22. Optimum (lotincha – «optimus» – eng yaxshi) – omilning organizm o‘sishi, rivojlanishi 
va ko‘payishi samarali kechadigan diapozoni.


23. Zoosenoz (yunoncha – «zoo» – hayvon, «koitios» – umumiy) – ma’lum bir biotopda 
yashovchi hayvonlar populatsiyasi.
24. Sun’iy tanlash – bu inson ehtiyoji uchun eng qimmatli organizmlarni tanlab olib, ularni 
ko‘paytirib, amaliyotda foydalaniladigan jarayon. 
25. Katagenez («kata» – tuban tomonga harakat, «genesis» – rivojlanish) – organizm 
tuzilishining umumiy soddalashuviga – umumiy degeneratsiyaga olib keladigan 
evolutsion yo‘nalish. Kommensalizm (fransuzcha – «commensal» – hamtovoq) – 
birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladigan, 
ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabat turi.
26. Konvergensiya – (lotincha – «converger» – yaqinlashish) tabiiy tanlanish natijasida 
kelib chiqishi har xil organizmlarning bir sharoitda o‘xshash bo‘lishi.
27. O‘zaro raqobat (konkurensiya) – o‘xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar orasidagi 
munosabatlar.
28. Konsumentlar – tirik organik moddani iste’mol qiluvchi va undagi energiyani oziq 
zanjiri orqali uzatuvchi organizmlar.
29. Kosmopolitlar – keng tarqalgan, ya’ni Yer yuzining juda katta hududlarini egallagan 
turlar. Masalan, kalamushlar, suvaraklar, pashshalar, burgalar.
30. Tur mezonlari – turga xos bo‘lgan belgi-xususiyatlarning yig‘indisi. 235
31. Moddalar davriy aylanishi – Yer sayyorasi miqyosida quyosh energiyasi hisobiga sodir 
bo‘ladigan biologik muhim moddalarning bir bo‘g‘indan ikkinchisiga o‘tishi.
32. Kserofitlar (yunoncha – «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – namlik kam bo‘lgan 
muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar.
33. Cheklovchi omil – organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.
34. Mezofitlar (yunoncha – «mesos» – o‘rtacha) – mo‘tadil nam sharoitda o‘sadigan 
o‘simliklar. Mikosenoz (yunoncha – «mykos» – qo‘ziqorin, «koinos» – umumiy) – turli 
zamburug‘lar turlaridan iborat jamoa. 
35. Mikrobiotsenoz – (yunoncha – «micros» – kichik, «koinos» – umumiy) organik 
moddalarni mineral moddalargacha parchalaydigan mikroorganizmlar jamoasi.
36. Monokultura – (lotincha – «mono» – bir, yagona, «cultura» – ekin) – sun’iy 
ekosistemalarda ko‘p yillar davomida bir xil o‘simliklar o‘stirilishi.
37. Mutualizm (lotincha – «mutus» – o‘zaro) – har ikki populatsiya uchun o‘zaro manfaatli 
va majburiy munosabat turi.
38. Milliy (tabiiy) bog‘lar – ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga ega tabiiy majmualar 
joylashgan qo‘riqlanadigan hududlar va suv sathining cheklangan qismi.
39. Nekton (yunoncha – «nektos» – suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan, suv oqimiga 
qarshilik ko‘rsata oladigan, katta masofalarni suzib o‘ta oladigan organizmlar. 
40. Noosfera – kishilik jamiyatining ongi, tafakkuri, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan-
texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq holda biosferaning yangi qiyofaga ega inson 
jamoasini o‘z ichiga olgan Yer qobig‘i.
41. Tabiat yodgorliklari – ilmiy, madaniy – o‘quv yoki estetik jihatdan ahamiyatga ega
davlat tomonidan qo‘riqlanadigan tabiiy obyektlar. 
42. Parazitizm (parazit – xo‘jayin) – har xil turga mansub individlarning antogonistik 
munosabatlari, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan 
(xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi.
43. Oziq zanjiri – bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchisi (iste’molchi)ga moddalar va energiya 
o‘tadigan organizmlarning chiziqli ketma-ketligi.
44. Plankton (yunoncha – «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv qa’rida yashovchi, 
mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko‘chib yuruvchi organizmlar.
45. Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, «therme» – issiqlik) – 
tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir.


46. Tolerantlik (lotincha – «tolerantia» – sabr-toqat) zonasi – ekologik omil 
ko‘rsatkichlarining tirik organizmlar yashashi mumkin bo‘lgan chidamlilik chegaralari 
doirasi.
47. Produtsentlar (lotincha – «producens» – yaratuvchi) – anorganik moddalardan organik 
birikmalarni hosil qiluvchi, ya’ni avtotrof organizmlar.
48. Redutsentlar (lotincha – «reduco» – qaytaraman, tiklayman) 
– destruktorlar (lotincha «destruo» – parchalayman) – geterotrof organizmlar 
qoldiq organik birikmalarni anorganik moddalargacha parchalaydi. 236 
49. Simbioz (yunoncha – «sym» – birga, «bios» – hayot) birgalikda yashaydigan 
organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi.
50. Sklerofitlar (yunoncha – «scleros» – qattiq) – tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan 
sharoitda o‘sadigan, tuproqdagi namni zo‘r berib shimadigan o‘simliklar.
51. Stenobiontlar (yunoncha – «stenos» – tor, cheklangan, «biontos» – yashovchi) nisbatan 
doimiy muhit sharoitida yashashga moslashgan, harorat, namlik, atmosfera bosimi kabi 
omillarning tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan o‘simlik va hayvonlar.
52. Sukkulentlar (lotincha – «succulentus» – sersuv) – o‘z to‘qimalari va organlarida suvni 
zaxirada saqlaydigan o‘simliklar. 
53. Suksessiya (lotincha – «successio» – o‘rin almashish) – ma’lum hududdagi 
ekosistemalarni izchillik bilan inson va tabiat omillari ta’sirida boshqa ekosistemalarga 
aylanishi. 
54. Taksis (yunoncha – «taxis» – joylashuv) – bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar, bir 
hujayrali suvo‘tlari va yuksak o‘simliklarning jinsiy hujayralarining tashqi omillar 
(yorug‘lik, kimyoviy moddalar, kislorod) ta’sirida harakati.
55. Trofik daraja – ekologik piramidani tashkil qiluvchi organizmlar yig‘indisi. 
56. Fitosenoz (yunoncha – «phyton» – o‘simlik, «koidos» – umumiy) – muayyan hududdagi 
o‘simliklar jamoasi. 
57. Fotoperiod – yil fasllari bilan belgilanadigan kun uzunligi.
58. Fotoperiodizm (yunoncha – «photos» – yorug‘lik va davr) – kun uzunligining mavsumiy 
o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari.
59. Fototropizm (yunoncha – «trope» – burilish) – yorug‘lik ta’sirida o‘simliklarning 
harakatlanishi, bunda harakat yo‘nalishi yorug‘lik yo‘nalishiga bog‘liq. 
60. Evribiontlar (yunoncha – «eurys» – uzun, «bios» – hayot) – keng tolerantlik 
chegaralariga va ekologik sharoitda sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘lgan, katta hududlarni 
egallay oladigan organizm turlari.
61. Ekologik nisha – turning biotizim sifatida mavjudligi, yashashini belgilab beruvchi 
barcha abiotik va biotik omillarning yig‘indisi.
62. Gigrofitlar (yunoncha – «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq va yuqori 
namlikka ega havoda o‘sadigan o‘simliklar. 
63. Gidrobiontlar (yunoncha – «hydor» – suv, «bios» – hayot) – suv muhitida yashovchi 
organizmlar.
64. Gidrosfera – yerning suvli qobig‘i. 
65. Gomologik (yunoncha – «gomonos» – o‘xshash) – kelib chiqishi va tuzilishi o‘xshash 
organlar yoki ularning qismlari. 

Download 279.15 Kb.




Download 279.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Abiotik omillar (yunoncha «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» hayot) tirik

Download 279.15 Kb.
Pdf ko'rish