• Nazorat savollari
  • 1. Amaliy. Kirish. Kompozitsion materiallar to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Kompozitsion materiallardan qurilishda foydalanish. Fanning maqsad va vazifalari




    Download 19.88 Kb.
    Sana21.09.2022
    Hajmi19.88 Kb.
    #26206
    Bog'liq
    Javascript, 35. Yulduzlarning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi, o-zbekistonda-paxta-ishi-o-zbek-ishi-kampaniyalari-boshlanishi-va-uning-qashqadaryo-viloyatida-amalga-oshirilishi (1), 007.2, MATNLINGVISTIKASI, Biznes muloqot va akademik yozuv [@iqtisodchi kutubxonasi], Baxromov Firdavs & Berdiboyev Mirkomil Biznesdagi biznes madaniyati, 1000-V-gacha-va-undan-yuqori-kuchlanishdagi-kommutatsion-apparatlar, 12312312, Matematika 01

    1.Amaliy.Kirish. Kompozitsion materiallar to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Kompozitsion materiallardan qurilishda foydalanish. Fanning maqsad va vazifalari.

    Yangi, sifatli kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar va uskunalarning qo‘llanilishida texnikaviy progress katta imkoniyatlar yaratadi. Texnikaviy progressning asosiy yo‘nalishlaridan biri mahsulotning sifatini yaxshilashdir. Kapital qurilishda borgan sari ko‘proq yuqori markali sementlar, sifatli kompozit armaturalar, yengil, serg‘ovak betonlar, issiqlik izolyatsiya materiallari ishlatilmoqda. Yuqori sifatli qurilish materiallarini ishlatish bino va qurilmalarning chidamliligini oshiradi va ularni ishlatish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi.


    Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda va ularni ishlatishda muhim vazifalardan biri-atrof muhitni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishdir. Bu sohada qilinayotgan ishlar juda ko‘p. Misol uchun, sement ishlab chiqarish va uni ishlatishda changdan saqlash uchun maxsus siklonlar va pnevmo uzatgichlar qo‘llaniladi.
    Kompozitsion qurilish materiallari ishlab chiqarishda texnikaviy yutuqlarni keng joriy qilishda mahsulot sifatini oshirishda mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilarini atrof-muhitni muhofaza qilish masalasida va bir qator boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar qurilish materiallari sohasidagi fan va texnika yutuqlariga asoslanib olib borilmoqda. Qurilish materiallari fanini boyitishda olimlardan V.M. Butt, Yu.M. Bajenov, V.D. Gluxovskiy, G.I. Gorchakov, V.A. Vorobyov, K.S. Ahmedov, N.S. Kansepolskiy, I.A. Ribyov, I.K. Qosimov va boshqa olimlarning xizmatlari juda kattadir.
    Qurilish materiallari va buyumlarini bino va qurilmalarda ishlatish sharoitiga ko‘ra 2 guruhga bo‘lish mumkin.

    1. Konstruksion materiallar— bular binolarning yuk ko‘taradigan qismlarida ishlatiladi. Bunday materiallarga quyidagilar kiradi:

      1. tabiiy tosh materiallari;

      2. mineral va organik bog‘lovchi materiallar;

      3. sun’iy tosh materiallar;

      4. mineral bog‘lovchilar asosida olinadigan buyumlar (betonlar, temir-beton, silikat g‘isht va boshqalar);

      5. pishirib olinadigan buyumlar (sopol materiallar va buyumlar, shisha, sitallar);

      6. polimerlar;

      7. yog‘och materiallar;

      8. kompozitsion materiallar (asbestotsement, betonopolimer, fibrobeton, shisha plastiklar va h.k.).

    2. Maxsus materiallar— bular bino va konstruksiyalarni atrof muhit ta’siridan saqlash, ishlatish xossalarini yaxshilash va qulayliklar yaratish uchun ishlatiladigan materiallar bo‘lib, ularga qo‘yidagilar kiradi:

      1. issiqlik izolyatsiya materiallari;

      2. akustik (tovush izolyatsiya) materiallari;

      3. gidroizolyatsion (namdan saqlaydigan) tombop va germetik materiallar;

      4. pardozbop materiallar;

      5. karroziyaga chidamli materiallar;

      6. o‘tga chidamli materiallar;

      7. radioaktiv ta’sirlarga chidamli materiallar.

    Har bir material bir qator xossalarga ega bo‘lib, shu xossalarga ko‘ra ularning ishlatish sohalari aniqlanadi.

    Nazorat savollari:


    1. Fanning maqsad va vazifasi;

    2. Fanni ishlab chiqarishdagi o‘rni;

    3. Respublikamizda qurilish materiallarini ishlab chiqarishning rivojlanishi;

    4. Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xomashyo sarfini kamaytirish imkoniyatlari;

    5. Kompozitsion materiallardan qurilishda foydalanish;

    6. Kompozitsion materiallar to‘g‘risida asosiy tushunchalar;

    Kompozitsion qurilish materiallarining o‘rni va roli.
    Download 19.88 Kb.




    Download 19.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Amaliy. Kirish. Kompozitsion materiallar to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Kompozitsion materiallardan qurilishda foydalanish. Fanning maqsad va vazifalari

    Download 19.88 Kb.