|
1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 389,3 Kb. | | #230783 |
Bog'liq 3-Amaliy mashg\'lot
1-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Havoning nisbiy namligini o‘lchash asboblari va ularning parametrlarini hisoblash
Namlik bu 1m3 havoda sig‘ishi mumkin bo‘lgan suv bug‘laridir.
Nisbiy namlik - atmosferadagi suv bugʻining haqiqiy bosimini shu temperaturadagi uning maksimal bosimiga nisbatining foizlarda olingan qiymatidir. Mutlaq quruq havoda Nisbiy namlik nolga teng, toʻyingan havoda esa 100% boʻladi. Nisbiy namlik — biror bir havoning mutlaq yoki solishtirma namligining shu temperaturadagi toʻyingan holati uchun mutlaq yoki solishtirma namligiga nisbati deb ham qaralishi mumkin.
= *100
Gigrometr (grekcha: gigro «suyuq» + metros «oʻlchayman») — havo namligini oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Asbobga asos qilib olingan usulga bogʻliq holda Gigrometr quyidagi xillarga boʻlinadi:
absorbsion,
tarozili yoki mutlaq soch tolali,
tasmali,
diffuzionmanometrli,
kondensatsion,
elektrolitik,
spektral Gigrometrlar va psixrometr.
Masalan, tarozili Gigrometr yordamida mutlaq namlik (g/m3) gigroskopik moddaning nam havodan suv bugʻini singdirishiga asosan aniqlanadi. Meteorologik amaliyotda soch tolali, tasmali Gigrometrlar va psixrometr koʻproq ishlatiladi. Soch tolali Gigrometrda yogʻsizlantirilgan soch tolasi havo namligining oʻzgarishi natijasida uzayadi yoki qisqaradi. Uning shkalasi 0 dan 100 gacha boʻlaklarga boʻlingan. Havoning namligi ortsa, Gigrometrdagi soch tolasi uzayadi, asbob mili oʻngga buriladi, havoda suv bugʻi kamayganda soch tolasi qisqarib, mil chapga buriladi, shkala koʻrsatkichiga qarab namlik aniqlanadi.
Bitta doimiylikni unutmaslik kerakki, atmosfera havosi turli haroratda turlicha miqdorda bug‘larga to‘yinadi.
0o — 5 gr —100 %
10o — 9 gr —100 %
20o — 17 gr —100 %
30o — 30 gr —100 %
Psixrometr (yun. psychros — sovuq va ...metr) — havo namligi va temperaturasini aniqlashda ishlatiladigan asbob. Oddiy psixrometr 2 qoʻshaloq (quruq va namlangan) termometrlardan iborat. Quruq termometr havo temperaturasini kursatadi. Namlangani (hoʻl latta bilan oʻralgani) issiqlik qabul qilgich hisoblanadi. Termometrning simobli uchini hoʻl doka bilan oʻrab, suvli idishga solinadi. Hoʻl dokadan suv bugʻlanganda termometrdan issiqlik yoʻqolishi kuzatiladi. Shu tufayli quruq termometrga nisbatan namlangan termometrning temperaturasi doim past boʻladi. Ikkala termometrning temperaturalar farqiga koʻra, maxsus psixrometrik jadval, diagramma, nomogrammalar yordamida havo namligi hisoblanadi.
Psixrometrning:
stansion,
aspiratsion
distansion xillari bor.
Stansion Psixrometrning termometrlari meteorologik budkaning maxsus shtativiga mahkamlanadi.
Aspiratsion Psixrometrning termometrlari maxsus ramkalarga oʻrnatiladi.
Distansion Psixrometrda qarshilikli termometrlar, termistorlar, termoparalardan foydalaniladi.
|
| |