• Sifat analizida qo’llaniladigan tahlil usullari
  • Miqdor analizi
  • 1-amaliy mashg’ulot. Metallurgik jarayonlarning sifat ko‘rsatgichlarini xisoblash. Sifat analizi




    Download 492.5 Kb.
    bet1/2
    Sana11.09.2022
    Hajmi492.5 Kb.
    #25803
      1   2
    Bog'liq
    1- amaliy mashg\'ulot. Loyihalash.
    neft-quduqlarini-shtangali-chuqurlik-nasoslari-yordamida-ishlatish

    1-amaliy mashg’ulot.
    Metallurgik jarayonlarning sifat ko‘rsatgichlarini xisoblash.


    Sifat analizi — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasidagi elementlar, radikallar, funksional guruxlar va birikmalarni kimyoviy, fizikkimyoviy, fizikaviy aniklash va identifikatsiyalash usullari majmui. Sifat analizining muhim tavsifli usullari: 1) oʻziga xoslik (selektivlik) — qidirilayotgan elementni boshqa element ishtirokida aniklash usuli va 2) sezgirlik — nihoyatda oz miqdordagi elementni, yaʼni bir tomchi (0,01—0,03 ml) eritmadagi elementni aniklash. Sifat analizining hozirgi usullarida sezgirlik 1 mkg ga boradi. Anorganik moddalarning klassik Sifat analizi "quruq" yoki "hoʻl" usulda olib boriladi. Sifat analizining "quruq" usuli bir oz miqdorda bura (tanakor) yoki "fosfor tuzi" (NaNH4HPO44H2O) qoʻshib tekshirilayotgan modda kukuni (odatda, metall tuzlari yoki oksidlari) qizdirilganda gaz gorelkasi alangasi rangining oʻzgarishiga va rangli shishasimon qotishmalar hosil boʻlishiga asoslangan. Sifat analizining "hoʻl" usuli makro,"yarim makro", "yarim mikro", mikro va ultramikro usullarga asoslangan (yana qarang Ultramikrokimyoviy analiz, Tomchi analiz).
    Sifat analizida qo’llaniladigan tahlil usullari

    Moddaning tahlili – deganda turli (kimyoviy, fizikaviy) usullar yordamida moddaning kimyoviy tarkibiga doir ma’lumotlarni to‘plab tahlil etish tushuniladi.


    Tahlil asosini tashkil etuvchi tamoillar: bayoni tahlil usulini tashkil etadi.
    Tahlilning bajarilish tartibi – reaksiya sharoitiharorati kabi omillar bayoni, tahlil uslubi deyiladi.
    Analitik kimyo farmatsevtik, toksikologik farmakognoziya va dori vositalari texnologiyasi kabi mutaxassislik fanlarga zamin tayyorlaydi.
    Analitik kimyo 3 tarkibiy qismi:
    Sifat, miqdoriy va uskunaviy tahlil usullaridan iborat bo‘lib, uskunaviy usul dastlabki ikkala usulda xam qo‘llanadi [6].

    1. Kimyoviy sifat tahlilning maqsadi – modda tarkibidagi element, ion, atomlar guruxi, molekulalarni ochish – ya’ni mavjudligini isbotlash.

    2. Kimyoviy miqdoriy tahlilning maqsadi – moddaning miqdoriy tarkibi, ya’ni undagi element (ashyodagi moddalar) miqdoriy nisbatlarini aniqlashdan iborat.

    3. Uskunaviy usullarda moddaning sifat va miqdoriy tarkibi fizik asboblar vositasida modda (ashyo) fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish asosida bajariladi.

    Miqdor analizi, miqdoriy analiz — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; tekshirila-yotgan namuna tarkibidagi komponentlar miqdori (massasi, konsentratsiyasi va shahrik.) yoki miqdoriy nisbatlarni anikdash usullari. Komponentlar sifatida atomlar, molekulalar, izotoplar, funksional guruhlar, fazalar va shahrik. boʻlishi mumkin. Analiz qilish uchun olingan moddaning mik,doriga koʻra, makrousullar (namuna massasi 0,1 g dan ortiq), yarimmikro-usullar (0,01—0,1 g), mikrousullar (0,001—0,01 g), submikrousullar (0,1– 1 mg) va ultramikrousullar (0,1 mg dan kam) farq qilinadi. Analiz qilinayotgan modda komponentlarini namuna tarkibidagi miqdoriga koʻra, shartli ravishda asosiy (massasiga nisbatan 1 — 100%), asosiy boʻlmagan (0,01 — 1%) va iz yoki qoʻshimchalarga (0,01% dan kam) boʻlinadi.[1]
    Ikkilamchi qo’rg’oshinni qayta ishlashdan so’ng hosil bo’lgan ikkilamchi shlakning kimyoviy tarkibi,%


    Download 492.5 Kb.
      1   2




    Download 492.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg’ulot. Metallurgik jarayonlarning sifat ko‘rsatgichlarini xisoblash. Sifat analizi

    Download 492.5 Kb.