• Qisqa nazariy ma’lumot Matematik modelni qurish bosqichlari.
  • Matematik modellarni sinflash.
  • 1-Amaliy mashg’ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar yechish Darsning maqsadi




    Download 207.42 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana20.09.2022
    Hajmi207.42 Kb.
    #26124
      1   2
    Bog'liq
    1-Amaliy mashg’ulot
    7-SINF-Geometriya, 1699703101, Новый документ


    1-Amaliy mashg’ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar yechish 
     
    Darsning maqsadi: Talabalarga turli masalalarni yechisning matematik 
    modellarini qurish ko’nikmalarini hosil qilish 
    Qisqa nazariy ma’lumot 
    Matematik modelni qurish bosqichlari. Obektni о‘rganish. Bu bosqichda obyektga doir, 
    uning dinamikasini, tabiatini xarakterlovchi ma’lumotlar yiginadi. 
    1. Yigilgan ma’lumotlarni sistemalashtirish. Ishchi gipotezalar qabul qilish. Obyektni 
    obyekt osti bloklarga ajratish, bloklarda о‘zgaruvchilarni aniqlash, bloklar va ulardagi 
    о‘zgaruvchilar orasidagi bog‘liqliklarni о‘rnatish. Obyekt uchun ikkinchi, uchinchi darajani 
    faktorlar aniqlanib, bu faktorlar tashlab yuboriladi. 
    2. Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida obyekt buysunadigan qonun yoki qonuniyatlar tanlanadi 
    (variatsion prinsip yoki analogiya prinsipi). Ushbu qonunlar asosida obyekt matematik tilda 
    yoziladi. Matematik modelni nazariy tadqiqoti о‘tkaziladi. 
    3. Obyektni taklif etilayotgan matematik modeli “jihozlanadi”. Masalan, obyektni 
    boshlang‘ich holati beriladi (jism tezligi, boshlang‘ich vaqtda populyatsiya soni va shunga 
    uxshash). Shu bilan matematik formallashtirish, ya’ni matematik modelni yozish jarayoni tugaydi. 
    4. Obyektni matematik modeli asosida diskret modeli quriladi va diskret model asosida 
    dastur tuzilib, kompyuterda qо‘yilgan matematik masala yechiladi. Bu bosqichda HE utkaziladi. 
    HE natijasida matematik model real obyektga muvofiqligi tekshiriladi. Modelni modelda ishtirok 
    etayotgan faktorlarga nisbatan sezgirligi о‘rganiladi. Modelda qatnashayotgan kattalik yoki 
    parametrlarni о‘zgarish chegaralari aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu bosqichda MMni 
    real obyektga moslashtirish ushbu bosqichda bajariladi. 
    Matematik modellarni sinflash. 
    Hozirgi vaqtda matematik modellarni sinflarga ajratishga turli yondashishlar mavjud.
    Biz yuqorida sistemalarning turli nomlarin keltirib utdik. Model yordamida 
    o’rganiqlayotgan sistemaning nomiga monand dinamik, statik, determinirlangan, stoxastik, 
    ochiqq, yopiq modellar haqida gapirish mumkin. Shu munosabat bilan modellarni dinamik va 
    statik modellarga, determinirlangan va stoxastik modellarga, ochiqq va yopiq modellarga ajratish 
    mumkin. Shuningdek matematik modellarning deskriptiv, optimallash, ko’p kriteriyli, extimoliy, 
    uyinli, imitatsion deb nomlanuvchi sinflarini uchratish mumkin.
    Optimallash modellaridan matematik programmalashtirish masalalari, extimaliy 
    modellardan ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi, statistik qqabul nazorati, ishonchlilik 
    nazariyasi, uyinlar nazariyasi masalalari jarayonlar tadqiqoti ko’rsida o’rganiqladi. Buni e‘tiborga 
    olib qo’yida biz matematik modellardan deskriptiv modellarni optimallash modellaridan 
    funksiyalarning ekstremumkini topishga keltiriladigan modellarni, extimoliy modellardan Markov 
    zanjirlariga keltiriladigan modellarni o’rganamiz.
    Matematik modellashtirish masalalarining tadqiqotining rivojida uzbek olimlarining 
    xissalari katta. Extimoliy, uyinli modellarning tarakkiyotiga S. X. Sirojiddinov, T. A. Azlarov, Sh. 
    K. Farmonov, N. Yu. Satimov uz shogirdlari bilan katta xissa kushdilar. V. K. Kobulov, F. B. 
    Abutaliev, T. Buriev, N. Muxitdinov, M. Adxamov, M. Irmatov, M. I. Eydelg’mant va boshqalar 
    uz faoliyatlarini matematik programmalashtirish va matematik modellashtirishning boshqa 
    soxalariga bag’ishladilar.

    Download 207.42 Kb.
      1   2




    Download 207.42 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy mashg’ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar yechish Darsning maqsadi

    Download 207.42 Kb.
    Pdf ko'rish