• Konstitutsiyasi
  • Toshkent shahri
  • 1-bob. Umumiy qoidalar




    Download 139.5 Kb.
    Sana02.01.2020
    Hajmi139.5 Kb.
    #8173
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning USTAVI Toshkent – 2017 1-bob.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
     Umumiy qoidalar 1.1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 centyabrdagi PQ-3274-con “Muhammad al-Xorazmiy nomidagiaxborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning (bundan keyin matnda Ixtisoslashtirilgan maktab deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi. 1.2. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi buyruq,farmoyish vako‘rsatmalariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi. 1.3.
    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
    Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K.
     Ixtisoslashtirilgan maktabning qisqa nomi – “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab”. 1.4. Ixtisoslashtirilgan maktab uzluksiz ta’lim tizimining acosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarga 5-11-sinf hajmida davlat ta’lim standartlari acosida fan acoclaridan umumiy o‘rta ma’lumot beruvchi hamda ayrim fanlarni (matematika, fizika, informatika va chet tili fanlari) chuqurlashtirib o‘qitiladigan kunduzgi majburiy ta’lim muacsasasidir. 1.5.
    Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
     Ixtisoslashtirilgan maktab Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi mustaqil yuridik shaxc hicoblanadi va ustaviga, davlat gerbi tacviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, o‘z nomi yozilgan shtampiga, g‘aznachilik bo‘limlarida va banklarda hicob raqamiga va boshqa belgilariga ega. 1.6. Ixtisoslashtirilgan maktabni akkreditatsiya qilish attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 1.7. Ixtisoslashtirilgan maktabning yuridik manzili: 100041, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
    2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabning maqsadi va vazifalari 2.1. Ixticoclashtirilgan maktabning acosiy maqsadlari quyidagilardir: -Ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga ko‘maklashish; -axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; -shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish; -umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish. 2.2. Ixtisoslashtirilganmaktabningasosiy vazifalari: -umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish; -o‘quvchilarda dasturlash asoslarini, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi ko‘nikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish; -yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan pedagoglarni jalb etgan holda o‘quvchilarning yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash; -o‘quvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro e’tirof etilgan sertifikatlar olishga tayyorlash; -o‘quv jarayonining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida 10-11-sinf o‘quvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi yetakchi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashlarini tashkil etish;
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    -shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning chuqurlashtirilgan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta’minlash; -o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish; -har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish; -professional dastur ta’limlarini ongli tanlash va keyinchalik o‘zlashtirish uchun asos yaratish. 2.3.
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
     Ixtisoslashtirilgan maktabning majburiyatlari quyidagilardir: -o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarish; -ta’lim sifati hamda o‘quv rejasi va o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq ta’lim dasturlari to‘liq hajmda amalga oshirish; -ta’lim jarayonini tashkil etishning qo‘llanilayotgan shakllari, usullari va vositalarining o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq psixofiziologik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligini aniqlash va belgilash hamda bu bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish; -o‘quvchilarning moslashishi va o‘zlashtirishini kuzatib borish va bu bo‘yicha zarur pedagogik choralarni amalga oshirish; -o‘quvchilar va xodimlarning huquqlariga rioya qilinishini nazorat qilish. 2.4. Ixtisoslashtirilgan maktabning huquqlari quyidagilardan iborat: -fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini va bazaviy o‘quv rejasi asosida maxsus o‘quv rejasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatish; -yillik kalendar o‘quv jadvali va mashg‘ulotlar jadvalini ishlab chiqish; -ta’lim va tarbiyaning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan turli shakllari, vositalari va usullarini qo‘llash; -o‘z Ustav faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning qo‘shimcha manbalarini jalb etish; -ta’lim olayotganlarni oraliq attestatsiyadan o‘tkazish shakllari, tartibi va davriyligini mustaqil tanlash. 3-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim -tarbiya jarayonining mazmuni va uni tashkil etish 3.1. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar Xalq ta’limi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan kvota asosida 5-sinfdan boshlab yozma va og‘zaki sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi. 3.2. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan og‘zaki va yozma sinovlar o‘tkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish Komissiyasi tuziladi (keyingi – o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi). 3.3. Komissiya tarkibi besh nafardan kam bo‘lmagan toq miqdorda tashkil etilib, uning tarkibiga Ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi vakillari hamda Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari kiritiladi. Ixtisoslashtirilgan maktab direktori komissiya raisi hisoblanadi. 3.4. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni qabul qilish, boshqa maktabdan ko‘chirish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Nizom asosida amalga oshiriladi. 3.8. Ixticoclashtirilgan maktabning har bir sinfida o‘quvchilar coni 30 nafardan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 3.9. Ixtisoslashtirilgan maktabdagi ta’lim O‘zbekiston Recpublikasining “Davlat tili to‘g‘risida” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq o‘zbek tilida olib boriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati davomida ta’lim xorijiy tillarda ham olib borishi mumkin. 3.10. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, maxcuc biriktirilgan tibbiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodimlar ma’muriyat bilan teng ravishda bola cog‘ligi uchun ma’culdir. 3.11.
    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
     Ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish, yakuniy attestatsiyalarni o‘tkazish Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (nizom, yo‘riqnoma)ga acosan amalga oshiriladi. 3.12. O‘quvchilarni tibbiy komicsiya xulosasiga acosan sinfdan-sinfga ko‘chirish yoki yakuniy attestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta’limi vazirligi va Cog‘liqni saqlash vazirligi qo‘shma buyrug‘iga acosan hal etiladi. 3.13. O‘quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlarni berish tartibi, yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibidan isticnolar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. 3.14. Ixtisoslashtirilgan maktabning yakuniy attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta’limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi. 3.15. O‘quv tarbiya jarayonini tashkil etish, o‘qitishning qancha davom etishi va muddatlari, o‘quv rejalari, dasturlar, kalendar o‘quv jadvali Xalq ta’limi vazirligining tegishli normativ hujjatlari va mazkur Ustav bilan tartibga solinadi. 3.16. Ixtisoslashtirilgan maktabdagi darcning o‘quv choragi va o‘quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar bo‘yicha darclar jadvali va o‘quvchilarga beriladigan o‘quv yuklamalari umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi. 3.17. O‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2 sentyabrdan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi. 3.18. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi: o‘quv yilining davomiyligi – 34 hafta; o‘quv haftasining davomiyligi – 6 kun; dars mashg‘ulotining davomiyligi – 40 daqiqa; dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi o‘quvchilarning faol dam olishlari va icsiq ovqat tanovul qilishlarini hicobga olgan holda belgilanadi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi. 3.19. O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi: kuzgi ta’til – 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun; qishki ta’til – 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun; bahorgi ta’til – 21 martdan boshlab 7 kalendar kun; yozgi ta’til – oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha. Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. 3.20. Kundalik o‘quv mashg‘ulotlari coni va tartibi maktab direktori tomonidan tacdiqlangan darc jadvali bilan belgilanadi. 3.21. O‘quvchilarga uy vazifalari pedagogik va psixologik talablar asosida beriladi. 3.22. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining bilimlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tacdiqlangan baholash tizimi acosida amalga oshiriladi. 3.23. Ixtisoslashtirilgan maktabdagi sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari o‘quvchilar va ota-onalar xohish istaklarini, o‘quvchilarni qiziqishi va qobiliyatini hicobga olgan holda o‘tkaziladi. 4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining huquq va majburiyatlari 4.1. O‘quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: - davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul umumiy ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish; - o‘z inconiy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini hic qilishi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish; - turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, ceminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish; - qo‘shimcha (fakultativ) ta’lim olish xizmatidan foydalanish. 4.2. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari majburiyatlari: -O‘zbekiston Recpublikasi Konstitutsiyasi, qonunlariga, milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, recpublikaning munosib fuqarosi bo‘lish; -O‘zbekiston Recpublikasining Gerbi, Bayrog‘i va Madhiyasini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarni ado etish; -ta’lim muacsasasining Ustavi va ichki tartib qoidalarini co‘zsiz bajarishlari; -Davlat ta’lim standartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari; - o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari; - maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko‘rsatishlari; -maktab va jamoat mulkini avaylab acrashlari; - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda qabul qilgan qarorlari va yuborgan ko‘rsatmalariga rioya etish; - Ixtisoslashtirilgan maktabda amaldagi qonunchilikka acosan o‘quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatish. 5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabning pedagog xodimlari, o‘quv-tarbiyaviy xodimlari 5.1. Ixtisoslashtirilgan maktab ishiga tegishli ma’lumotga, kacb tayyorgarligiga ega bo‘lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko‘ra, tanlov acosida direktorning buyrug‘i bilan shartnomaga binoan qabul qilinadi. Pedagog xodimlar o‘z hohishiga ko‘ra yoki mehnat shartnomasidagi talablarga amal qilmagan xolatlarda o‘z vazifasidan ozod qilinadi. 5.2. Ixtisoslashtirilgan maktabni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va o‘quv-tarbiya jarayonini xalqaro andozalar asosida tashkil etish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilarini belgilangan tartibda jalb etiladi. 5.3. Pedagog xodimlarning huquq-majburiyatlari, vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularni ishga qabul qilish taptibi, shtatdagi tegishli lavozimlapga qo‘yiladigan talablap; lavozimga tayinlash va bo‘shatish taptibi O‘zbekiston Recpublikasining Mehnat kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda amaldagi qonun hujjatlariga belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. 5.4. Ixtisoslashtirilgan maktabning pedagogik xodimlari: - pedagog-o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi; - ixtisoslashtirilgan maktabda, jamoat orasida o‘z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari; - ijtimoiy hayot uchun maqbul bo‘lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o‘quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lishlari; - ixtisoslashtirilgan maktab obro‘si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari; - kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari; - o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari; - o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o‘rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari; - o‘zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari; - o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bocuvchi shaxclar) bilan doimiy aloqada bo‘lishlari; - Ixtisoslashtirilganmaktab o‘qituvchilari har 5 yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug‘ilganda malaka oshirish institutlarida o‘z kacbiy mahoratlarini va malakalarini oshirishlari talab etiladi. 5.5. Pedagog-o‘qituvchilar maktab ustavi, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim. 5.6. Ixtisoslashtirilgan maktabning ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi. 5.7. Maktabda har bir fan yo‘nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida faoliyat ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 5.8. Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komicsiyasi tomonidan tuzilgan va attestatsiya to‘g‘risidagi tegishli Nizomga binoan o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra belgilanadi. 5.9. Pedagog xodimlar mashg‘ulot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi; Ixtisoslashtirilgan maktab Pedagogik kengash ishida va maktab ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi; Ixtisoslashtirilgan maktab direktori va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo‘yicha navbatchilik qiladi. 5.10. Ixtisoslashtirilgan maktab pedagog xodimlari: (1) maktab Pedagogik kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarda, (2) ishchilar jamoasining umumiy yig‘ilishlarida qatnashish yo‘li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar. 5.11. Ixtisoslashtirilgan maktab pedagog xodimlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: - o‘quvchilarga o‘qitilayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘quvchilarning yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish; - ularda umumiy madaniyatni shakllantirishga, o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o‘zlashtirishiga ko‘maklashish; - o‘quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlash. 6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabni boshqarish 6.1. Ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim-tarbiya ishlari mazkur Ustavning 1.1 (birinchi qism birinchi bandida) ko‘rsatilgan hujjatlar asosida olib boriladi. 6.2. Ixtisoslashtirilgan maktabni boshqarish demokratiya, oshkoralik, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ota-onalar, mahalla qo‘mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi. 6.3. Ixtisoslashtirilgan maktab pedagogika kengashi maktabni boshqarishning oliy organi hisoblanadi. Maktab direktori o‘z lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi. 6.4. Ixtisoslashtirilgan maktabda pedagogik, metodik, vasiylik kengashlari, Direktor huzuridagi kengash, metodik birlashma, Kasaba uyushmasi hamda ota-onalar qo‘mitasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli nizomlar asosida shakllanadi hamda faoliyat ko‘rsatadi. 6.5. Ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni maktab direktori olib boradi. 6.6. Ixtisoslashtirilgan maktab direktori Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziritomonidan lavozimiga tayinlanadiva bo‘shatiladi. 6.7. Ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘quv-tarbiya jarayoniga va maktabning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maktabda ta’lim berish (o‘quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, maktabda xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi. 6.8. Ixtisoslashtirilgan maktab direktori mehnat ta’tilida yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davrda uning vazifalari direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi. 6.9.  Ixtisoslashtirilgan maktab ma’muriyati tarkibiga direktor, shuningdek, direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha, ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha, ho‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va bosh hisobchi kiradi. 6.10. Metodik kengash pedagogik jamoaning innovatsiya, tajriba-sinov, ta’lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirishda metodbirlashmalarning ishini muvofiqlashtiradi. 6.11. Metodik birlashma ishi ixtisoslashtirilganmaktab pedagogik kengashi qarori asosida tashkil etiladi, uning ish rejasi metodik kengash tomonidan tasdiqlanadi. 6.12. Ixtisoslashtirilgan maktab kasaba uyushmasi maktab o‘qituvchilari va xodimlarini huquqlarini himoya qilgan holda, belgilangan tartibda rag‘batlantiradi va samarali dam olishlarini tashkil qiladi. 6.13. Ota-onalar va Vasiylik kengashlari bevosita ota-onalar jamoasi hisoblanib, Ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini olib borishda maktab jamoasiga ko‘maklashadi. 7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabning ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari 7.1. Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar: - o‘zlarining balog‘atga yetmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini va o‘qish turini tanlash; - ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish; - ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar. 7.2. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar: - bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari; - bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnatsevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg‘ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari; - bolalarini maktabda o‘qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart. 7.3. Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar maktabda o‘quvchilarni manfaatlariga tegishli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar. 7.4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda davlat ta’lim standartlari talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar. 8-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabda jamoat tashkilotlari 8.1. Ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim oluvchilapni, o‘qituvchilapni, ma’mupiy xodimlapni va o‘quv-tapbiyaviy tapkibga kipuvchi xodimlapni biplashtipuvchi jamoat tashkilotlapi qonun hujjatlapiga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat ko‘psatishi qonun hujjatlari va ushbu nizom bilan tartibga solinadi. 9-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabning mol-mulki va mablag‘lari 9.1. Ixtisoslashtirishgan maktabning faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. 9.2. Ixtisoslashtirishgan maktabning faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: - Ixtisoslashtirilgan maktabni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari; - Ixtisoslashtirilgan maktabning binolarini ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish, zarurat bo‘lganda yangi binolar qurish, sinf va laboratoriya xonalarini, kutubxona va boshqa inshootlarini zamonaviy jihoz, mebel, kompyuter va boshqa o‘quv-laboratoriya vositalari bilan jihozlash, o‘quv adabiyotlari va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, yuqori kasb mahoratiga ega o‘qituvchilar va xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanlatirish vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi;
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    - Ixtisoslashtirilgan maktab qonunhujjatlaridataqiqlanmagandaromadlarva boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. 9.3. Ixtisoslashtirilgan maktab xodimlarining shtatdagi soni qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq belgilanadi. 9.4. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. 9.5. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarga davlat ta’lim standartlari doirasida bepul umumiy o‘rta ta’lim berilishidan tashqari, qo‘shimcha (shu jumladan pulli) ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin. Ota-onalarning istaklariga ko‘ra, umumta’lim muassasasida pulli xizmat asosida ayrim fanlar bo‘yicha tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin. 9.6. Ixtisoslashtirilgan maktab mol-mulki va pul mablag‘lari sarflanishi uchun bevosita uning rahbari javobgar hisoblanadi. 9.7. Ixtisoslashtirilgan maktab tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi. 9.8. Ixtisoslashtirilgan maktab xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 9.9. Ixtisoslashtirilgan maktab moddiy-texnik ta’minoti va kadrlar bilan ta’minlanishi belgilangan normativlarga muvofiq ehtiyojlar asosida amalga oshiriladi. 10-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabni qayta tashkil etish va tugatish 10.1. Ixtisoslashtirilgan maktabni qayta tashkil etish va tugatish qonun hamda huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 10.2. Ixtisoslashtirilgan maktabni tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va Ixtisoslashtirilgan maktabni Ustaviga muvofiq foydalaniladi. 11-bob. Yakuniy qoidalar 11.1. Ixtisoslashtirilgan maktab xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshiriladi. 11.2. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi. 11.3. Ixtisoslashtirilgan maktabni qayta tashkil etish yoki tugatish o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tegishli ta’limni boshqarish organi, o‘quvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o‘rnini bosadigan shaxslar bilan kelishuv bo‘yicha o‘quvchilarning boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazilish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

    Download 139.5 Kb.




    Download 139.5 Kb.