1. Boshqaruv hisobining nazariy asoslari




Download 22,93 Kb.
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi22,93 Kb.
#102312
  1   2
Bog'liq
1. Boshqaruv hisobining nazariy asoslari-fayllar.org


1. Boshqaruv hisobining nazariy asoslari

1.Boshqaruv hisobining nazariy asoslari.
Boshqaruv hisobining konseptual asoslari va asosiy tamoyillari. Boshqaruv hisobi, uning ahamiyati va hisob tizimidagi o`rni. Xo`jalik yurituvchi sub’ektning axborot tizimida boshqaruv hisobi. Boshqaruv va moliyaviy hisobning bog`liqligi va o`zaro taqqoslanishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv hisobini tokomillashtirishning zaruriyati. Boshqaruv hisobining o`ziga xosligi.
Boshqaruv hisobining nazariy asoslari Boshqaruv hisobi va uning mazmuni.
Boshqaruv hisobining predmeti va metodi. Boshqaruv hisobining oldiga qoʻyilgan vazifalar. Boshqaruv hisobini tashkil qilish muammolari. Boshqaruv hisobini boshqaruvchilarni iqtisodiy axborotlar bilan taʼminlashdagi roli. Boshqaruv hisobining tamoyillari. Boshqaruv va moliyaviy hisobning oʻzaro bogʻliqligi. Boshqaruv hisobini tashkil etishning xuquqiy asoslari. Boshqaruv hisobi maʼlumotlarining tavsifi va ularni saqlash tartibi. Boshqaruv hisobini amalga oshiruvchi buxgalter-tahlilchining funksiyalari. Boshqaruv hisobini tashkil etishning korxonada buxgalteriya hisobini yuritish siyosatiga mos kelishi.
«Bozor iqtisodiyoti sharoitida xar bir xo`jalik yurituvchi sub’ekt ishbilarmonlik faoliyati yuzasidan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda biznes reja, me’yoriy, texnologiya, hisob va analitik m’lumotlarga asoslanadi. Boshqaruvning asosi bo`lgan nazorat va moslashtirish biznes-reja ma’lumotlari bilan tezkor hisob ma’lumotlarini taqqoslash natijasidagina amalga oshiriladi. Boshqaruv qarorlarining natijalarini baholash va ularning bajarilishining ma’sulligi faqatgina ichki hisobot ma’lumotlariga asosan amalga oshiriladi. Xo`jalik yurituvi sub’ekt kelgusida rivojlanishining rejalashtirish va muqobillashtirish o`ziga xos usullar yordamida hisoblangan analitik hisoblashishlarga asoslanadi. Xo`jalik yurituvchi sub’ektning informasiya tizimida ushbu vazifani faqatgina boshqaruv hisobi bajaradi. Aniq bir xo`jalik yurituvchi sub’ektning sharoitlariga moslashtiriladigan boshqaruv hisobining tizimi boshqaruvning maqsadi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanishi yoki ishlab chiqilishi lozim. «Boshqaruv hisobi» fanini o`qitish buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi iqtisodchilarni tayyorlash bo`yicha
qo`yilgan talablardan kelib chiqadi. Asosiy maqsad esa kelajakda shu sohadagi mutaxassisliklarga buxgalteriya hisobini tashkil qilish, ishbilarmonlik faoliyati bo`yicha mustahkam nazariy bilim berish, ya’ni tajribalarni o`rganish, moliyaviy siyosat va iqtisodiyotni boshqarishda asoslanadigan va tegishli qarorlar qabul qiladigan axborotlarni yig`ish va ularga ilmiy asosda ishlov berish usullarini o`zlashtirishdir. Buxgalteriya hisobi va audit bo`yicha yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimida «Boshqaruv hisobi» fani mutaxassislik fan hisoblanib, yetakchi o`rinni egallaydi. CHunki, ular o`qish jarayonida mutaxassisligi bo`yicha bilimini chuqurlashtirish maqsadida «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv tahlili», «Moliyaviy tahlil», «Audit asoslari», «Ichki va tashqi audit» kabi fanlarni chuqur bilishi kerak. Boshqaruv hisobini o`rganayotganda uning asosiy prinsiplariga asosiy e’tiborni qaratish lozim: - ishlab chiqarishning biznes-rejasini tuzishda va uni hisobga olishda o`lchovning bir xil reja-hisob birligidan foydalanish; - xo`jalik yurituvchi sub’ekt bo`linmalarining faoliyatini baholash; - zarur o`lgan axborotlarning to`liqligi va mukammalligini ta’minlash; - xo`jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini yoritishda davriylikka ahamiyat berish; - sarflangan xarajatlar ustidan smeta va me’yoriy nazoratni o`rnatish. Uzluksiz ta’lim tizimining oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda tuzilgan va tasdiqlangan namunaviy hamda ishchi o`quv dasturlarga muvofiq «Boshqaruv hisobi» fani 9 ta mavzudan tashkil topgan. Ushbu mavzularni o`rganishda ma’lum ketma-ketlik va uzviy bog`lanishlardan kelib chiqib induktiv va deduktiv usullar qo`lanilgan, ya’ni oddiylikdan asta-sekin murakkablikka o`tib borish maqsad qilib qo`yilgan. «Boshqaruv hisobi» fanini o`rganish jarayonida internet sahifalari, PowerPoint dasturi, kineskop, slaydlarni namoyish qilish dastgohlari kabi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv, aqliy xujum, klaster, guruhlarga bo`lish va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo`llaniladi.
Boshqaruv hisobi prinsiplari - sub’ekt faoliyatining uzluksizligi; - rejalashtirish va hisob (reja-hisob) uchun yagona o`lchov birliklarini qo`llash va sub’ekt bo`linmalari faoliyatining natijalarini baholash; - boshqaruv maqsadida birlamchi
va oraliq ma’lumotni keyinga qoldirish va ko`p marta ishlatilishi; - boshqaruv pog`onalari o`rtasida ichki hisobot ko`rsatkichlarini kommunikasion aloqalar asosi sifatida shakllantirish; - har xil moliyalar, tijorat faoliyatini boshqarishning budjet (smeta)li uslubini qo`llash; - hisob ob’ekti haqida to`liq ma’lumot bilan ta’minlovchi to`liqlik va analitiklik; - hisob siyosati tomonidan o`rnatilgan sub’ektning ishlab chiqarish va tijorat siklini aks ettiruvchi davriylik va xokazolar.
Boshqaruv hisobining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish istiqbollari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uning me’yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirishga bevosita bog`liq. Mamlakatimiz qonunchiligida xo`jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqaruv hisobini yuritishning ayrim jihatlarini belgilab beradigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud. Ularni quyidagi jadvalda ifodalash mumkin. Korxonalarda boshqaruv hisobining me’yuriy-huquqiy bazasini takomillashtirishda ular tomonidan ishlab chiqiladigan ichki boshqaruv (segmentar) hisobotlari alohida o`rin tutadi. Bu hisobot shakllari materiallar va butlovchi qismlar zahiralari to`g`risida, tugallanmagan ishlab chiqarish bo`yicha, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to`g`risida, xarid qilingan qiymatliklar to`g`risida, tayyor mahsulot zahiralari to`g`risida, sotishlar to`g`risida, pul mablag`lari harakati to`g`risida, debitorlik va kreditorlik qarzlari to`g`risida hisobot kabilardan iborat bo`ladi. Mazkur boshqaruv hisoboti shakllari korxona rahbariyatini javobgarlik markazlari (bo`linmalari)da moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari harakati to`g`risidagi axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
2.Boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy jihatlari.
Boshqaruv hisobi elementlari respublikamiz iqtisodiYOti uchun yangilik emas. Sobiq ittifoq davrida yuqoridan markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitida reja va
moliyaviy bo`limlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin ajralib chiqishi unga buxgalteriya vakolatining bir o`ismini berilishiga imkon tug`dirdi. Buxgalter va boshqa iqtisodchi mutaxassislar (reja bo`yicha iqtisodchi, mehnat va ish hao`i bo`yicha iqtisodchi, moddiy-texnika ta’minoti bo`yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalashtirish bilan cheklanib o`oldilar. Respublikamizda boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: - korxonalar faoliyatini budjetlashtirish (rejalashtirish); - boshqaruv hisobini yuritishga mo`ljallangan yangi schetlar rejasini ishlab chiqish; - xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlashning zamonaviy usul va tizimlarini qo`llash imkoniyatlarini baholash; - investisiya loyihalari bo`yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish; - segmentlar bo`yicha hisob yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilish; - korxonalarda transfert bahoni shakllantirish usullarini joriy etish. Korxonalarda boshqaruv hisobi tizimida budjetlashtirishni amalga oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki, uning yurdamida rejalashtirilgan hisobot davrida korxona rahbari va xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalarni shakllantirish, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromad va xarajatlarni aniqlash, amalga oshiriladigan hisob-kitoblar to`g`riligini kuzatib borish mumkin.
Boshqaruv hisobining konseptual asoslari va uni rivojlantirish masalalari. Boshqaruv hisobi - bu sub’ektdagi umumiy hisob tizimining chetga chiqishlar bo`yicha boshqaruv usullarini keng qo`llagan holda, buxgalteriya hisobi, tezkor-texnik va statistik hisob funksiyalarini iqtisodiy tahlil, rejalashtirish, nazorat, tartibga solish va istiqbolni belgilash funksiyalari bilan o`zaro hamkorligini ta’min etadigan qismidir. Undan tashqari, boshqaruv hisobi doirasiga xarajatlarning hosil bo`lish joylari va javobgarlik markazlari bo`yicha hisobga olish, hisobning ilg`or tizim va usullarini yaratish hamda tadbiq etish ham kiradi. Boshqaruv hisobining mazmuni ko`rib chiqilayotganda, xorijiy mamlakatlarda uning umumiy buxgalteriya hisobi tizimidan ajratish sababini aniqlash lozim bo`ladi. SHu bilan birga, bizning mamlakatimizda buxgalteriya hisobining bu ikki turini ajratishning qanchalik maqsadga muvofiqligini aniqlash zarur hamda uni boshqaruv tizimidagi o`rnini ochib berish kerak. o`zgaruvchan, doimiy xarajatlar va foyda o`rtasidagi
aloqadorlik tahlil qilinadi. Boshqaruv hisobi faqatgina xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulyasiyasi bilan shug`ullanibgina qolmasdan, balki korxona rahbariga joriy va istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilishda ko`maklashishi zarur. Boshqaruv hisobi korxonaning ichki vazifalarini hal qilishga mo`ljallangan bo`lib, bu uning “nouxau”sidir. Xo`jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqaruv hisobining muhim vazifalari quyidagilardan iborat: - korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish borasida istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar manbasini shakllantirish va rahbarlarni ular bilan ta’minlash; - korxona moliyaviy-xo`jalik faoliyatini tezkor boshqarishda menejerlarga ishonchli, yuqori samarador axborotlarni o`z vaqtida yetkazib berish; - mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini to`g`ri aniqlash, belgilangan me’yorlardan chetlanishlar va ularning yuzaga kelish sabablarini ko`rsatib berish va h.k. Boshqaruv hisobi axborotlari korxonaning tezkor va strategik vazifalarini amalga oshirishga ko`maklashadi: Tezkor vazifalarga quyidagilar kiritiladi: - ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini aniqlash; - ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish; - mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar turlari, ularni sotishning muvofiq hajmini rejalashtirish; - qo`shimcha buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish; - baholarni shakllantirish bo`yicha qarorlar qabul qilish. Strategik vazifalar uzoq muddatga mo`ljallangan bo`lib, quyidagilardan iborat: - uzoq muddatli kapital qo`yilmalarni jalb qilish; - biznes tarkibini o`zgartirish; - mahsulotlarning yangi turlarini o`zlashtirish. Boshqaruv hisobining strategiyasi istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, istiqbolni belgilash, budjetlashtirish, javobgarlik markazlari bo`yicha segmentar hisobotni tuzish, oqilona transfert baholarini o`rnatish va boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish tizimini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi taktikasi esa joriy davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulyasiyasi bo`yicha hisob yuritish, dalillash, qabul qilingan qarorlarni tahlil va nazorat qilish, shuningdek, ularning ijrosi uchun javobgarlik kabilardan iborat. 2. Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi Respublikamizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo`nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish
jarayonini o`rganish zaruratini yuzaga keltiradi. Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobi taraqqiyotida mustaqil fan sifatida rasman 1972 yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assosiasiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo`yicha bitiruvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Kalkulyasiya hisobi xo`jalik hisobi paydo bo`lishi bilan bir vaqtning o`zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bo`lib hisoblangan. “Kalkulyasiya” so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, so`zma-so`z tarjimada «calcul» - toshcha ya’ni “toshchalar bilan sanash” ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo`lishi kalkulyasiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog`onaga ko`tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulyasiya hisobining ajratib ko`rsatilishi esa buxgalteriya hisobini hnada takomillashtirish imkonini berdi. Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobini mukammallashtirish, jumladan axborotlarni o`z vaqtida foydalanuvchilarga yetkazish, tijorat sirini saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasini ikki mustaqil o`ism: moliyaviy va kalkulyasiya hisobiga bo`linishini shart qilib o`o`ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil o`ismlarga bo`linishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kalkulyasiya hisobini esa nomarkazlashtirishga sabab bo`ldi. Natijada, kalkulyasiya hisobi o`z vazifalariga ega bo`la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlash, korxona bo`linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. XX asrning 40-yillari ohirida AQSH va G`arbiy yevropaning ayrim mamlakatlarida “ishlab chiqarish hisobi” atamasi asta-sekin “boshqaruv hisobi” atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqaruv siyosatini shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta
Boshqaruv hisobi» fani, uning predmeti va metodi Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida xo`jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining barcha jarayonlarida iqtisodiy axborotlarga nisbatan haqqoniylik, o`z vaqtidalik, xolislik va aniqlik kabi talablar qo`yiladi. Hozirgi paytda olingan iqtisodiy axborotlar ichki va tashqi foydalanuvchilar talabini to`liq qondirishi hamda eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf qilgan holda shakllantirilishi lozim. «Boshqaruv hisobi»
fanining predmeti xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulyasiyasi, javobgarlik markazlari bo`yicha boshqaruv hisobini tashkil etish, budjetlashtirish, istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, segmentlar bo`yicha hisobot tuzish, samarali transfert baholarini shakllantirishning nazariy-uslubiy hamda tashkiliy asoslarini yoritish hisoblanadi. Boshqaruv hisobi - bu bozor munosabatlari zaruriyati bilan paydo bo`lgan va uning turli bo`g`inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to`g`risidagi ahborotni taqdim etuvchi; - korxona hisob siyosatiga muvofiq yuritiladigan, tarkibiga korxona moliyaviy-xo`jalik faoliyatini budjetlashtirish, investisiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatlarni hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyasiya qilishning ilg`or usullarini qo`llash, javobgarlik markazlari bo`yicha segmentar hisobot tuzish, ichki xo`jalik bo`linmalari o`rtasidagi muomalalarda foydalaniladigan transfert baholarni shakllantirish; - evolyusion yo`l bilan rivojlanib boruvchi ichki xo`jalik hisobining sintetik tizimi, bir nechta iqtisodiy fanlar majmuasida tug`ilgan kompleks fandir. Korxonalarda boshqaruv hisobini samarali yuritish dastlabki va yig`ma hujjatlarni aylanish tezkorligi, qabul qilingan ichki hisobot shakllari, ularning tuzish davriyligi hamda taqdim qilish muddatlari, axborotlar tizimini takomillashtirishga mosligi ta’sir qiladi. Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizasiya, baholash va kalkulyasiya, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv, balansda umumlashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qo`llaniladi. Boshqaruv hisobini tashkil etilishi va o`z vaqtida yuritilishi oqilona boshqaruv qarorlarini o`z vaqtida qabul qilinishi, korxona faoliyatini rejalashtirish, tahlil va nazorat qilish imkonini berib, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Odatda, korxonalarda boshqaruv hisobi quyidagi faoliyat turlari bo`yicha yuritiladi: - ta’minot-tayyorlov faoliyati; - ishlab chiqarish faoliyati; - moliya-tijorat faoliyati; - tashkiliy faoliyat. Korxonalarda ta’minot-tayyorlov faoliyati takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil etish va uning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. SHu sababli, mazkur sohada dastlabki boshqaruv axborotlari
yig`iladi va qayta ishlanadi. Boshqaruv hisobi axborotlarini shakllantirishda ishlab chiqarish faoliyati muhim o`rin tutadi. Unda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, o`zgarishi, ularni javobgarlik markazlari bo`yicha hisobini tashkil qilish, shuningdek, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyasiyasini yuritish, sarflangan xarajatlar bo`yicha chetlanishlarni hisobga olish amalga oshiriladi. Moliya-tijorat faoliyatida esa korxona iqtisodiy bo`linmalari (segmentlari) bo`yicha sotish, ma’muriy xarajatlar budjeti tuziladi va ularning bajarilishi nazorat qilinadi. Tashkiliy faoliyat bo`yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish alohida bo`linmalar menejerlari zimmasiga xarajatlar hajmi, ularning samaradorligi to`g`risidagi axborotlarni shakllantirish vazifasini yuklaydi. Bunda ishlab chiqarish zararsizligi nuqtasining dastlabki hisob-kitoblari amalga oshiriladi, boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o`rnatish sohasida faoliyat yurita boshladilar.

Download 22,93 Kb.
  1   2




Download 22,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Boshqaruv hisobining nazariy asoslari

Download 22,93 Kb.