• 2. O’tgan mavzuni so’rash
  • Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars usullar




    Download 2.52 Mb.
    bet135/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2.52 Mb.
    #15054
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   230
    Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

    Dars usullar: Suhbat, demonstratsion.

    Dars materiallari:1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.

    2. Tajriba-namoyish uchun zaruriy jihozlar.



    Darsning borishi:

    1.Tashkiliy qism.

    O’quvchilarga Suv, bimetall plastina, qattiq jism, gaz shtativ, probirka yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. O’quvchilar bir daqiqadan so’ng guruh nomini taqdim qiladilar.



    2. O’tgan mavzuni so’rash

    “Qo’shningni top “ o’yini orqali so’rab olinadi.



    3. Yangi mavzuning bayoni.

    Issiqlikning bir joydan ikkinchi joyga o'ta olishini hamma biladi. Pechka yoki isitish batareyalaridan chiqqan issiqlik butun uyga tarqaladi. Stakanga quyilgan choyga qoshiqcha solib qo'ysangiz, qoshiqcha isib qoladi. Quyoshdan chiqqan issiqlik ham Yerga yetib keladi. Xo'sh, issiqlik qanday uzatiladi? Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz, issiqlik uzatilishi undagi molekulalar harakati bilan bog'liq, degan xulosaga keltiradi. E'tibor bergan bo'lsangiz, tutun ba'zan yuqoriga ko'tariladi, ba'zan yoyilib tarqaydi. Havoda ba'zan bulutlar ancha muddat o'zgarishsiz tursa, ba'zan shiddat bilan harakatga tushib qoladi. Ularni qanday tushunish mumkin? Pechka yonidagi havo qiziganda u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi ta'sirida u yuqoriga ko'tariladi. Uning o'rniga zichligi katta sovuq havo oqib keladi. Natijada isitilganligi turlicha bo'lgan havo qatlamlari orasida oqim vujudga keladi. Bu hodisaga konveksiya (lotincha- olib kelish) deyiladi. Konveksiyani quyidagi tajribada oson kuzatish mumkin . Konveksiya faqat gazlarda emas, balki suyuqliklarda ham bo'ladi. Idish tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli yuqoriga ko'tariladi. Suyuqliklarda konveksiyani namoyish qilib ko'rsatadigan tajribani o'ylab toping.

    Qattiq jismlarda zarrachalar bir joydan ikkinchisiga ko'chmaydi. Ular faqat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar bir-biriga yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali bir-biriga uzatadi. Bunday usulda issiqlikni uzatishga issiqlik o'tkazuvchanlik deyiladi. Turli moddalarning issiqlik o'tkazuvchanligi turlicha.

    Suyuqliklarning issiqlikni qanday o'tkazishini o'rganish uchun quyidagicha tajriba o'tkazaylik. Uzun pro- birka olib, uning tagiga muz bo'laklarini solaylik. Usti- dan metall sharcha bilan bostirib qo'yaylik. Sharcha ustidan suv quyib, rasmda ko'rsatilgan holatda yuqori qismidan qizdiraylik. Suv isib bug'lana, so'ngra yuqori qismi qaynay boshlasa-da, probirka tagidagi muz erimasdan turadi. Sababi haqida o'ylab ko'ring.

    Havo ham suyuqlik kabi issiqlikni yomon o'tkazadi. Yonib turgan gugurt yoki qizigan pechka yaqiniga qo'limizni yaqin tutib, kuydirmasdan tura olamiz.



    Download 2.52 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   230




    Download 2.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars usullar

    Download 2.52 Mb.