• 3. Yangi mavzuning bayoni.
  • Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar fikrini tinglash




    Download 2.52 Mb.
    bet177/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2.52 Mb.
    #15054
    1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   230
    Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar fikrini tinglash . Bu uchun quyidagi savollar bilan o’quvchilarga murojaat qilinadi.

    1. Beruniy bobomiz yorug’lik hodisalarini qanday tushuntirgan deb o’ylaysiz?

    2. Ibn Sino bobomiz yorug’lik hodisalarini qanday tushuntirgan deb o’ylaysiz?

    3. Beruniy va Ibn Sino bobolarimiz orasida o’tkazilgan savol-javoblar haqida nimalarni bilasiz?

    3. Yangi mavzuning bayoni.

    Yorug'lik hodisalari allomalarimiz bo'lgan Beruniy va Ibn Sinoning ham e'tiborini jalb qilgan. Oldingi mavzularda Yerdagi energiyaning (issiqlikning) asosiy manbayi Quyosh deb ko'rsatilgan edi. Bu haqda Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida quyidagicha bayon qiladi:

    «Quyosh nuridagi mavjud haroratning sababi haqida ba'zilar bunga sabab nur desalar, ba'zilar esa nur aksi - burchaklarining o'tkirligi sabab deganlar. Unday emas, balki nurning o'zida harorat mavjud» - deydilar. Beruniyning bu fikri Quyoshdan Yerga issiqlik nurlanish tufayli kelishini isbotlaydi.

    Yorug'lik tezligi haqida quyidagicha yozadi: «Ba'zilar u zamonsizdir, chunki jism emas - desa, ba'zilar esa uning zamoni tez, lekin undan ham tezroq biror narsa yo'q va nur tezligini sezib bo'lmaydi». Bu fikrlari bilan tabiatdagi biror jism yoki zarraning tezligi yorug'lik tezligiga teng yoki undan katta bo'la olmasligini ta'kidlagan. Beruniy Oy va Quyosh tutilishining sabablarini quyidagicha izohlaydi: «Oyning tutilishiga sabab uning Yer soyasiga kirishidir. Quyosh tutilishi Oy bilan Quyoshning bizdan tutilishi (ya'ni, Quyosh bilan, Yerning orasiga Oyning kirib qolishi) tufaylidir. Shuning uchun Oyning qorayishi g'arb tomondan va Quyoshning tutilishi esa sharq tomondan boshlanmaydi. Quyosh tutilishi oldidan Oy g'arb tomondan kelib bir parcha bulut berkitgandek uni (Quyoshni) to'sadi. Turli joy (shahar)larda berkitiladigan sathi turlicha bo'ladi. Ammo Quyoshning berkituvchisi (Oy) katta emasdir. Oyni berkituvchisi (Yer) kattadir». Beruniyning bu fikrlari qanchalik to'g'ri ekanligi haqida o'ylab ko'ring. Yorug'lik sinishi haqida Beruniy va Ibn Sinoning bir-biriga yo'llagan savol va javoblarida quyidagilar bor. Beruniy shunday deb so'raydi: - «Oq, yumaloq, tiniq bir shishani tiniq suv bilan to'ldirilsa, kuydirishda bamisoli yumaloq tosh (linza) xizmatini bajaradi. Agar u shisha suvdan bo'shatilib, havo bilan to'ldirilgan bo'lsa, kuydirmaydi va Quyosh shulasini to'plamaydi. Nima uchun shunday bo'ladi?». Savolga Ibn Sino quyidagicha javob beradi: «Albatta suv qalin, vazmin, zich tiniq bir jism bo'lib, uning zotida rang bordir. Shunday sifatdagi har qanday narsadan yorug'lik akslanadi (sinadi). Shuning uchun suv bilan to'ldirilgan dumaloq shishada yorug'lik akslanadi. Shulaning to'planishidan kuydirish quvvati paydo bo'ladi. Ammo havodagi shula kuchli akslanmaydi. Chunki havo nozik (siyrak) va tiniqdir». Bu fikrlarning qanchalik to'g'riligini keyingi «linza» haqidagi mavzuda o'rganasiz.

    Ko'rish va uning sabablari haqida Beruniy Ibn Sinoga shunday savol yuboradi: «Ko'z nuri vositasi bilan idrok qilish - ko'rish qanaqa, nima uchun tiniq suvning tagidagi narsa ko'rinib turadi, holbuki, ko'z nurining ravshanligi tiniq jismlardan akslanadi (sinadi)? Suvning sathi silliq va yaltiroq-ku».

    Ibn Sino o'zining javoblarini keyinchalik «Fizika», «Tib qonunlari» nomli asarlarida aniqroq tavsiflaydi. «Agar ko'zimizdan nur chiqib, buyumlarni yoritadigan va oqibatida biz buyumlarni ko'radigan bo'lsak, nima uchun kechasi ko'rmaymiz? Nahotki ko'zimizdan chiqqan nur butun olamni yoritishga yetsa?»- deya Aflotunning fikrini rad etadi. Ibn Sino ko'rishning asosiy sababi aksincha, buyumlardan kelayotgan nurlarning ko'zimizga tushishi va ko'z gavharidan o'tib sinishi, so'ngra ko'zdagi to'r pardada tasvirning paydo bo'lishi natijasida deb tushuntiradi.

    Osmonda ba'zan yomg'irdan key in ko'rinadigan kamalak (Hasan-Husan kamalagi) hodisasini ham to'g'ri tushuntiradi. Uning sababi Quyosh nurlarining atmosferadagi bulutlardan o'tgan vaqtda rangli nurlarga ajralishdir. Uning yoy shaklida bo'lishi sababi, Yer atmosferasining sharsimonligidandir.

    Shunday qilib, allomalarimiz yorug'lik hodisalarini turli afsonalarga emas, balki o'zlarining ilmiy kuzatishlariga asoslanib tushuntirishgan.





    Download 2.52 Mb.
    1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   230




    Download 2.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar fikrini tinglash

    Download 2.52 Mb.