Suyuqliklarda tovushning tarqalishi




Download 2.52 Mb.
bet214/230
Sana15.06.2021
Hajmi2.52 Mb.
#15054
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   230
Suyuqliklarda tovushning tarqalishi. Suyuqlikda zarrachalar gazlarga nisbatan zichroq joylashganligi tufayli ularda tovushning tarqalish tezligi kattaroq bo'ladi. Tovushning suvdagi tezligini birinchi marta 1826-yilda J. Kolladon va Yci. Shturm Shveysariyadagi Jeneva ko'lida o'lchashgan. 8°C li suvda o'lchangan tezlik 1440 m/s ni tashkil etgan. Anhorlarda cho'milganda suv tagida ikkita toshni urib ko'rib, uning ovozini eshitgan o'quvchilar bo'lsa kerak. Tashqarida turib suv ichida hosil qilingan ovozlarni nega eshitmaymiz? Shunga qarab baliqlar ovoz chiqarmaydi, degan xulosaga ham borganmiz. Rus tilidagi «Baliqdek soqov» degan ibora shundan qolgan. Aslida baliqlar ham, boshqa suv hayvonlari - kitlar, delfinlar ham ovoz chiqarib, bir-biri bilan muloqotda bo'ladi. Faqat suvda hosil qilingan ovozning 99,9% suv sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi shunday, havoda hosil qilingan ovoz ham suv ichiga o'tmaydi.



Download 2.52 Mb.
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   230




Download 2.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuqliklarda tovushning tarqalishi

Download 2.52 Mb.