• q = l∆t
  • 4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • 5. O’quvchilarni baholash
  • 45-dars sana: 8-sinf Masalalar yechish Darsning maqsadi.
  • Dars turi
  • Darsning borishi 1.
  • 46-dars Sana: 8-sinf Mavzu: Elektrolizning qo’llanilishi Darsning maqsadi.
  • Darsning borishi Tashkiliy qism.
  • takrorlash
  • 3. Yangi mavzu bayoni: Mis ajralib olish
  • matritsa
  • 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Atamalarni izohlash
  • Rasm bilan ishlash 5. O’quvchilarni baholash
  • 47-dars Sana: 8-sinf Mavzu: Gazlarda elektr toki Darsning maqsadi.
  • 2 . Otilgan mavzuni takrorlash
  • 3. Yangi mavzu bayoni: Gazda elektr razryad
  • Nomustaqil va mustaqil gazlar
  • Faradeyning ikkinchi qonuni




    Download 1.66 Mb.
    bet11/15
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.66 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

    Faradeyning ikkinchi qonuni

    7- sinf kimyo darslarida valentlik (Z), modda miqdori (v), moddaning molyar massasi (M), Avogadro doimiysi (NA = 6,02 • 1023 mol-1) haqida ma'lumotlar olgansiz. Ushbu mavzuni o'rganishda ana shu olgan ma'lumotlaringizga tayanasiz.

    Elektrolitdan q = l∆t zaryad o'tgan bo'lsin. Elektrolitda bu zaryadni N ta ion tashiydi:

    q = N(Ze) = I∆t, (1)

    bunda: e — elementar zaryad, Ze — ionning zaryadi, Z — ionning valentligi, masalan, Na ioni uchun Z = 1, Cu2 uchun Z= 2, Al3 uchun Z = 3. (1) tenglikdan quyidagi ifoda kelib chiqadi:

    N = I∆t/Ze (2)

    Tok tashigan ionlar elektrodga o'tirib qoladi. Ularning to'liq massasini quyidagicha ifodalash mumkin: m = m0N,

    bunda m0 —bitta atomning massasi.

    Bitta atomning massasi shu modda molyar massasining Avogadro doimiysiga nisbati bilan aniqlanadi: m0 = M/NA

    Elektroliz vaqtida elektrolitda ajralib chiqadigan moddaning massasi shu moddaning molyar massasiga, tok kuchiga hamda vaqtga to'g'ri proporsional, valentligiga esa teskari proporsionaldir.

    Bu ta'rifning to'g'riligini quyidagi tajribada tekshirib ko'rish mumkin.

    Uchta elektrolit vanna olib, ularning birinchisiga NaCl eritmasini, ikkinchisiga CuS04 eritmasini, uchinchisiga esa AgN04 eritmasini quyamiz. Elektrolitlarga botirilgan elektrodlarni o'tkazgich simlar bilan 121- rasmda ko'rsatilgandek ketma- ket tutashtirib, elektr manbaga ulaymiz. Elektroliz hodisasi tufayli har bir elektrolitdan tok o'tadi. Ular ketma-ket ulangani uchun har bir elektrolitdan o'tayotgan tok bir xil bo'ladi. At vaqt ichida birinchi va uchinchi elektrolitdagi elektrodlarga bir xil sondagi ionlar keladi. Chunki bu ikkala elektrolitdagi ionlarning zaryadlari teng bo'ladi. Lekin elektrodlarda ajralib chiqqan natriy va kumush moddalarining massasi har xil bo'ladi.

    Kumush (lot. Argentum - oq kukun), Ag - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop - IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat.
    Sababi Na va Ag atomlarining massalari har xildir. Elektrodlarda ajralib chiqqan natriy va kumushning massasini o'lchab, ularning massasi shu moddalarning molyar massalariga to'g'ri proporsional ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.

    Tajribadagi ikkinchi elektrolitdagi elektrodga At vaqt ichida kelgan Cu2 ionlarning soni birinchi va uchinchi elektrolitlardagi elektrodlarga kelgan Na va Ag ionlari sonidan ikki marta kam bo'ladi. Chunki elektrolizda ishtirok etgan natriy va kumush moddalari bir valentli, mis esa ikki valentlidir. Bu tajriba elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralgan moddalarning massasi shu moddaning valentligiga teskari proporsional ekanligini tasdiqlaydi.


    4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1. Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan moddaning massasi uchun ifodalangan (4) tenglamani ta'riflab bering.

    2. Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan moddaning massasi shu moddaning molyar massasiga to'g'ri proporsional ekanligini tajribada qanday asoslash mumkin?

    3. Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan moddaning massasi shu moddaning valentligiga bog'liqligini tajribada qanday tekshirish mumkin?

    4. Faradeyning ikkinchi qonuni qanday ifodalanadi va qanday ta'riflanadi?

    5. Elementar elektr zaryadning qiymati qanday aniqlangan?
    5. O’quvchilarni baholash:. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

    6. Uyga vazifalar.

    1. Elektroliz jarayonida elektrolit sifatida NaCl eritmasidan foydalanilgan. Natriy uchun elektrokimyoviy ekvivalentni toping.

    2. Elektrolit sifatida CuS04 eritmasidan foydalanilgan. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlang.

    3. Elektroliz jarayonida AgN04 eritmasidan foydalanilgan. Elektrolitdan 1 soat davomida 2 A tok o'tib turgan bo'lsa, katodda qancha kumush ajralib chiqqan?

    45-dars sana: 8-sinf

    Masalalar yechish

    Darsning maqsadi.

    a) o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.

    b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

    d) Mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish



    Dars turi: bilim va ko’nikmalarni shakllantirish

    Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

    Dars rejasi.

          1. Tashkiliy qism - 2 minut.

          2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.

          3. Masalalar yechish - 25 minut.

          4. Mustaqil ishlash-5 minut

          5. O’quvchilarni baholash-2 minut

          6. Uyga vazifalar berish – 1 minut.

    Darsning borishi

            1. 1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

            2. 2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan « bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

            3. 3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.

    1) Mis kuporosi eritmasi orqali tok o'tayotganda plastinkalardan birida sof mis ajralib chiqadi. Mis simdan tok o'tayotganda esa mis ajralmaydi. Nima uchun?

      1. Katodda sof kumush ajratish uchun kumush nitrat eritmasi orqali tok o'tkazilmoqda. Bunda eritmada qanday hodisalar yuz beradi? Katodda kumush ajralib chiqish jarayonini qanday tezlashtirish mumkin?

      2. Tok manbayidagi mis kuporosining eritmasi orqali 500 C miqdordagi zaryadli ionlar o'tgan. Qoplamalardagi kuchlanish 2 V bo'lsa, tok qancha ish bajargan?

      3. Mis kuporosi eritmasi bilan to'ldirib, ichiga ikkita ko'mir elektrod o'z uzunligining yarmigacha tushirilgan elektrolit vamia orqali elektr tok o'tkazilmoqda. Quyidagi shartlardan faqat bittasi o'zgartirilsa, katodda bir xil kichik vaqt ichida ajralib chiqadigan mis miqdori qanday o'zgaradi: a) ko'mir anod xuddi shunday shakldagi va hajmdagi mis anod bilan almashtirilsa; b) ko'mir katod mis katod bilan almashtirilsa; d) elektrodlardagi kuchlanish orttirilsa; e) o'shanday konsentratsiyali elektrolitdan yana qo'yilsa; /) eritma konsentratsiyasi oshrilsa; /') elektrodlar yaqinlashtirilsa; /) anod kamroq botirilsa; k) katod kamroq botirilsa; 1) elektrolit eritmasi isitilsa?

      4. Ikkita bir xil A va B elektrolit vanna mis kuporosi eritmasi bilan to'ldirilgan. A vannadagi eritmaning konsentratsiyasi B vannadagiga qaraganda katta. Agar ular ketma- ket ulansa, qaysi vamiada ko'proq mis ajraladi? Vamialar parallel ulanganda-chi?

      5. Mis kuporosining suvdagi eritmasidan iborat bo'lgan elektrolitdan 40 C zaryad o'tdi. Elektrolitga botirilgan katodda qancha miqdorda mis yig'ilgan?

      6. Elektroliz vaqtida katodda 25 mg miqdorda mis yig'ilishi uchun elektrolitdan qancha zaryad o'tishi kerak?

      7. 2 soat davom etgan elektrolizda katodda 40 mg nikel yig'ildi.
        Nikel (nem. Nikel, lot. Niccolum), Ni - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 28, atom massasi 58,69. Tabiiy Nikel 5 ta barqaror izotop 58Ni (67,88%), 60Ni (26,23%), 61Ni (1,19%), 62Ni (3,66%) va MNi (1,04%) aralashmasidan iborat.
        Elektroliz vaqtida elektrolitdan o'tgan tok kuchini toping.


      8. Agar buyumga 1,8 g nikel qatlami o'tirgan bo'lsa, nikellash qancha vaqt davom etgan?

    4. Mustaqil ishlash
    1. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlashga doir tajriba o'tkazishda quyidagi ma'lumotlar olindi: tok o'tib turish vaqti 20 minut, tok kuchi 0,5 A, katodning tajribagacha bo'lgan massasi 70,4 g, tajribadan keyingi massasi 70,58 g. Bu ma'lumotlarga ko'ra, misning elektrokimyoviy ekvivalenti uchun qanday qiymat olingan?

    2. Nikel tuzi bilan to'ldirilgan vanna ketma-ket ulandi. Zanjir uzilgandan keyin birinchi vamiada 10 g nikel ajraldi. Ikkinchi vamiada qancha xrom ajraldi?



    5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

    6.Uyga vazifalar.

    1. Faradey doimiysini bilgan holda hamda kimyoviy elementlar davriy sistemasidan foydalanib, 2 va 4 valentli qalayning elektrokimyoviy ekvivalentini toping.

    46-dars Sana: 8-sinf

    Mavzu: Elektrolizning qo’llanilishi

    Darsning maqsadi.

    a) O’quchilarga elektorlizning qo’llanilishi, mis ajratib olish, galvanostegiya, galvanoplastika haqida ilmiy tushunchalarni hosil qilish

    b) O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.

    d) O’quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur ko’lamini rivojlantirish, ijodiy salohiyatini oshirish



    Dars turi: Yangi bilimlar berish va ilmiy dunyoqarashni kengaytirish darsi.

    Dars uslubi: suhbat, savol – javob

    Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

    Dars rejasi.

    1.Tashkiliy qism - 2 minut.

    2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

    3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

    4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

    5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

    6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

    Darsning borishi



            1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

    2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

    1) Faradeyning ikkinchi qonuni qanday ifodalanadi?

    2) Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan moddaning massasi shu moddaning valentligiga bog’liqligini tajribada qanday tekshirish mumkin?

    3) Elementar elektr zaryadning qiymati qanday aniqlanadi?

    4) Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan moddaning massasi uchun ifodalangan tenglamani ta’riflab bering

    3. Yangi mavzu bayoni:

    Mis ajralib olish

    Elekrotexnikada sof mis ko'p ishlatiladi. Misga ozgina boshqa moddalar aralashgan bo'lsa, uning elektr tokini o'tkazish xususiyati yomonlashib ketadi. Misni turli aralashmalardan quyidagi usul bilan ajratib olinadi.

    Katta elektrolit vannasi mis kuporosining eritmasi bilan to'ldiriladi. Uning ichiga sof misdan tayyorlangan yupqa plastinkalar parallel ravishda tushiriladi.

    Mis (lot. Cuprum - Kipr o. nomidan olingan), Si - Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 29,atom massasi 63,546. Tabiiy Mis ikkita barkaror izotop 63Si(69,1%) va 65Si(30,9%)dan iborat.
    Elektr manbaning manfiy qutbiga ulanadigan bunday sof mis plastinkalari katod vazifasini bajaradi. Katodlar orasiga parallel ravishda qalin anod plastinkalar tushuriladi. Anod vazifasini bajaradigan plastinkalar tozalanmagan misdan tayyorlangan bo'ladi.

    Galvanostegiya

    Temirdan yasalgan buyumlar sirti oksidlanishi natijasida tez zanglaydi. Zang esa sekin-asta metallni yemiradi va buyum teshiladi. Odatda, oksidlanadigan metall buyumlar sirti qiyin oksidlanadigan boshqa metallar — nikel, rux, kumush, oltin kabilar bilan qoplanadi (yugurtiriladi). Nikellangan qoshiq, pichoq, choynak, turli idish-tovoqlardan foydalanamiz.

    Pichoq - 1) bir tomoni charxlab oʻtkirlangan, plastinkasimon uzunchoq keskir asbob. P. asosan tigʻ va dasta (sop) dan iborat. Tigʻ P.ning kesadigan qismi hisoblanadi. Dastasi (sopi) yogʻoch, suyak, plastmassa va baʼzan temirdan ishlanadi.

    Elektrolizdan foydalanib, buyumlarning sirtini qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplash galvanostegiya deb ataladi.

    Buyumlarni elektroliz usulida nikellash jarayonini ko'rib chiqaylik. Buning uchun buyum sirti yog' va kirlardan tozalanib, elektrolitik vannaga tushiriladi.

    Buyum sirtiga kumush yugurtirish uchun elek­trolit sifatida kumush tuzlari eritmasi, anod sifatida kumush plastinka olinadi. Oltin yugurtirishda esa, elektrolit uchun oltin tuzlari eritmasi, anod uchun oltin plastinka ishlatiladi.
    Galvanoplastika

    Elektroliz yordami bilan murakkab sirtli naqsh va buyumlarning metall nusxalarini olish mumkin. Masalan, taxtaga o'yib ishlangan naqshning nusxasini olish kerak bo'lsin. Buning uchun taxtaning naqsh solingan qismiga juda yupqa qilib grafit surkaladi, natijada uning bu tomoni tok o'tkazadigan bo'lib qoladi. Tayyorlangan taxta mis kuporosi eritmasiga tushiriladi. Bu taxta sirtidagi grafit sim orqali manbaning manfiy qutbiga ulanadi, ya'ni grafit qatlam katod vazifasini bajaradi. Anod sifatida esa elektrolitga mis plastinka tushiriladi. Elektrolitdan tok o'tkazilganda elektroliz natijasida ajralib chiqqan mis taxta sirtidagi grafit ustiga o'tiradi. Grafit usti yetarli darajadagi mis qatlami bilan qoplangandan keyin elektroliz jarayoni to'xtatiladi va mis qatlam taxtadan ajratib olinadi. Bunda mis qatlamning shakli taxta sirtidagi naqshning negativ (teskari) tasviridan iborat bo'ladi. Taxtadagi chuqur joylar mis negativda qavariq bo'lib, qavariq joylar esa negativda chuqur bo'lib chiqadi.

    Bunday tarzda olingan negativ tasvir matritsa deb ataladi. Matritsa lotincha so'z bo'lib, ona degan ma'noni anglatadi.

    Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.
    Matritsa bosmaxonalarda terilgan harflarning nusxasini quyish, medal, tanga, shtamp kabilarni tayyorlash uchun ishlatiladigan qolipdir.
    Medal (frans. medaille, lot. metallum - metall) - biror voqea, arbob yoki joy sharafiga chiqariladigan, odatda 2 tomoniga tasvir tushirilgan va (yoki) yozuvi boʻlgan, koʻpincha, doyra, tuxumsimon yoki koʻpburchakli shakldagi, har xil oʻlchovli metall nishon.

    Shakl hosil qilish uchun buyumlar sirtiga elektrolitik usulda metall yugurtirish galvanoplastika deb ataladi.



    4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

    Atamalarni izohlash:

    • Mis ajratib olish

    • Galvanostegiya

    • Galvanoplastika

    • Matritsa

    Rasm bilan ishlash


    5. O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi
    6. Uyga vazifalar.


        1. Darslikdan 34- § ni o'qish.

        2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.


    47-dars Sana: 8-sinf

    Mavzu: Gazlarda elektr toki

    Darsning maqsadi.

    a) O’quvchilarga gazlarda elektr toki, gazda elektr razryad, gazlarning ionlanishi, rekombinatsiya haqidagi ilmiy tushunchalarni hosil qilish

    b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berishd ahamkorlik qilish, gazlardagi elektr toki bilan ishlash xavfsizlik qoidalarini o’rgatish

    d) O’quvchilarning mavzu yzuasidan bilim va malakalarini rivojlantirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish



    Dars turi: yangi bilim berish

    Dars uslubi: suhbat, savol – javob

    Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

    Dars rejasi.

    1.Tashkiliy qism - 2 minut.

    2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

    3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

    4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

    5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

    6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

    Darsning borishi



            1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

    2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

    1. Elektroliz yordamida mis qanday ajratib olinadi?

    2. Yana qanday metallarni elektroliz yordamida ajratib olish mumkin?

    3. Idish-buyumlar sirti qay tarzda qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplanadi?

    4. Galvanostegiya deb qanday jarayonga aytiladi?

    5. Galvanoplastika nima? Undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?



    3. Yangi mavzu bayoni:

    Gazda elektr razryad

    Yassi kondensatorni elektrometrga ulab, elektrometrni zaryadlaylik. Bunda ma’lum bir qiymatni ko’rsatib turgan elektrometr ko’rsatkichi deyarli qo'zg'almaydi, undagi zaryad kamaymaydi. Bu esa kondensator qoplamalari orasidagi havo orqali zaryad o'tmayotganligini, ya'ni havodan tok deyarli o'tmasligini ko'rsatadi. Quruq havoni xona temperaturasida dielektrik deb hisoblash mumkin.

    Sham yoqib, kondensator qoplamalari orasidagi havoni isitaylik. Shu zahoti elektrometr ko'rsatkichi pasaya boshlaydi, ya'ni kondensator zaryadsizlanadi. Demak, isitilgan havodan tok o'tadi.

    Gaz orqali elektr toki o'tishi jarayoni gaz razryadi deb ataladi.

    Havo tarkibida azot, kislorod, vodorod, suv molekulalaridan tashqari bir foizga yaqin neon, argon kabi inert gazlar ham mavjud. Xona haroratida havodagi barcha atom va molekulalar neytral holatda bo'ladi. Havo isitilganda neytral atomlar ionlarga aylana boshlaydi, ya'ni ionlashadi.

    Havo isitilganda ulardagi atom va molekulalarning harakat tezligi, bir-biri bilan to'qnasha ortadi. Natijada, ba'zi Ne atomlarining elektron qobig'ida aylanib yurgan elektronlardan biri atomni tark etadi. Bitta elektronini yo'qotgan Ne atomi Ne ioniga, Ar atomi esa Ar ioniga aylanadi.

    Temperatura qancha yuqori bo'lsa, havoda shuncha ko'p ionlar hosil bo'ladi.

    Elektr maydon ta'sirida Ne va Ar ionlari kondensatorning manfiy zaryadlangan qoplamasi tomon, atomlardan ajralib chiqqan elektronlar esa musbat zaryadlangan qoplamasi tomon harakatlanadi. Natijada, havodan tok o'tadi.



    Gazlarda elektr o'tkazuvchanlik elektr maydonda ionlar va elektronlarning tartibli harakatidan iborat.

    Gazlarda ionlashish boshqa tashqi ta'sirlarda, masalan, kuchli nurlantirishda ham sodir bo'ladi.

    Rekombinatsiya

    Elektr maydon olinib, ionlashtruvchi tashqi ta'sir to'xtatilganda, gazdagi elektron va ionlar bir-biri bilan qo'shilishi natijasida yana neytral atomlarni hosil qiladi.

    Elektron va musbat zaryadli ionlarning qo'shilishi natijasida, neytral atomlar hosil bo'lish jarayoni gazlarda zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi deb ataladi.

    Elektr maydon bo'lmaganda, tashqi ta'sir to'xtatilgan vaqtda zaryadli zarralar faqat rekombinatsiya tufayli yo'qoladi va gaz yana dielektrikka aylanadi.

    Elektr maydon bo'lmaganda, ionlashtiruvchi tashqi ta'sir paytida, bir tomondan, gazning ionlashishi, ikkinchi tomondan, zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi yuz beradi. Ionlashtiruvchi tashqi ta'sir o'zgarmas bo'lganda ionlashish va rekombinatsiya jarayoni tenglashadi, ya'ni dinamik muvozanat qaror topadi.

    Nomustaqil va mustaqil gazlar

    Gazlarda o'tayotgan tok kuchining qo'yilgan elektr maydon kattaligiga — elektr kuchlanishga qanday bog'liqligini ko'rib chiqaylik. Buning uchun sxemasi 125 - rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig'aylik.

    A anod va KК katodlarni yassi kondensator qoplamalari kabi bir-biriga parallel ravishda o'rnataylik. Anod va katod orasidagi kuchlanish V voltmeter bilan, anod va katod orasidagi gazdan o’tayoitgan tok kuchi G galvonometr bilan o’lchanadi. R rheostat yordamida anod va katod orasidagi kuchlanishni o’zgartira borish mumkin.

    Kuchlanish past bo'lganda, anod va katod orasida birlik vaqt ichida hosil bo'layotgan zaryadlarning bir qismigina anod va katodga yetib boradi. Kuchlanish ortishi bilan bu farq kamaya boradi. Kuchlanish ma'lum qiymatga erishganda, havoda hosil bo'lgan zaryadlarning hammasi anod va katodga yetib boradi.

    Anod tomon harakatlanayotgan elektronlar o'z yo'Iida gazdagi neytrnl atom bilan ko'p marta to'qnashadi. Elektronlarning tezligi kichik bo'lganda, uning kinetik energiyasi ham kichik bo'ladi. Kichik energiyali elektronlar bilan to'qnashganda, neytral atomlar ionlarga aylanmaydi. Kuchlanish ortishi bilan gazda hosil bo'lgan elektronlarning anodga tomon harakat tezligi ham orta boradi. Kuchlanish orttira borilsa, elektronlar shunday tezlikka erishadiki, ularning kinetik energiyasi o'z yo'Iida to'qnashgan neytral atomlar elektronini urib chiqarishga, ionlashtirishga yetarli bo'ladi. Hosil bo'lgan yangi erkin elektron katta kuchlanishh maydonda katta tezlikka erishib, boshqa ion va elektronlarni hosil qila boradi. Shu zaylda gazning ionlashishi keskin ortadi. Bu esa tok kuchining ham keskin ortishiga sabab bo'ladi.

    Agar tashqi ta'sir — ionizator o'chirib qo'yilsa ham, gazning ionlashishi

    to'xtamaydi. Elektr razryad ionizator ta'sirisiz ham mustaqil ravishda davom etaveradi.

    Ionizator ta'siri to'xtatilganda ham davom etaveradigan razryad ' mustaqil razryad deb ataladi.

    Gaz razryadidagi musbat ionlar katod tomon harakat qiladi. Katta tezlikka ega bo'lgan musbat ionlar katodga zarb bilan urilib, katoddan elektronlarni urib chiqaradi. Bu elektronlar ham yangi atomlarning ionlashishida va elektr o'tkazuvchanlikda ishtirok etadi.



    Download 1.66 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Faradeyning ikkinchi qonuni

    Download 1.66 Mb.