1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




Download 1.66 Mb.
bet12/15
Sana24.03.2017
Hajmi1.66 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Gazlardan elektr tokining o'tishini qay tarzda hosil qilish mumkin?

  2. Nima sababdan havo isitilganda undan elektr toki o'tadi?

  3. Gazlarda elektr o'tkazuvchanlikda qanday zarralar ishtirok etadi?

  4. Rekombinatsiya deb qanday jarayonga aytiladi?


5. O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.

1) Mis kuporosining suvdagi eritmasidan iborat bo’lgan elektrolitdan 40 C zaryad o’tdi. Elektrolitga botirilgan katodda qancha miqdorda mis yig’ilgan?

2) Elektorliz vaqtida katodda 25 mg miqdorda mis yig’ilishi uchun elektrolitdan qancha zaryad o’tishi kerak?

3) 2 soat davom etgan elektrolizda katodda 40 mg nikel yig’ildi. Elektroliz vaqtida elektrolitdan o’tgan tok kuchini toping

48-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektr razryadning turlari va ulardan foydalanish
Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga elektr razryadning turlari, ulardan foydalanish, elektr yoy razryadi, uchqun razryadi, iltillama razryad haqid anazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash



Dars turi: yangi bilim berish

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Nomustaqil razryad deb nimaga aytiladi?

2) Mustaqil razryad deb nimaga aytiladi?

3) Kuchlanishning katta qiymatida to’yingan holatdagi tok kuchi nima sababdan keskin orta boradi?

4) Anod va katod orasidagi kuchlanish katta bo’lganda, katoddan elektronlarning ajralib chiqish sababi nimada?
3.Yangi mavzu bayoni:

Gaz razryadining bir necha turi mavjud. Gazlardan elektr toki o'tganda turli xil razrayadlarni vujudga keltiradi. Razryadlarning turiga qarab ulardan turli maqsadlarda

foydalaniladi.

Razryadning turlaridan biri — elektr yoy razryadi.

Ikkita ko'mir elektrod olib, ularga 40—50 V kuchlanish beraylik. Ularning uchlarini bir-biriga tekkizib, biroz uzoqlashtiraylik. Bunda elektrodlar uchlari orasida ko'zni qamashtiradigan yarqirash — elektr yoy razryadi hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan elektr yoy elektrodlar orasidagi kuchlanish olinmaguncha davom etadi. Kichikroq yoyda tok kuchi bir necha amperga yetadi. Katta yoyda kuchlanish 50 V atrofida bo'lsa ham, tok kuchi bir necha yuz amperga teng bo'ladi.

Elektr yoy razryadi juda quvvatli yorug'lik manbayidir. Bunday elektr yoylardan projektorlarda, mayoqlarda va boshqa qurilmalarda foydalaniladi.

Elektr yoy temperaturasi juda yuqori bo'lganligidan undan metallarni eritish va payvandlashda, turli qotishmalar olishda ham qo'llaniladi. Yuqori navli po'lat olishda kuchli elektr yoydan foydalanish qo'l keladi.

Bir-biridan izolatsiyalangan ikkita elektrodni yuqori kuchlanish manbayiga ulaylik. Elektrodlardagi kuchlanish ma'lum katta qiymatga yetgach, ular orasida chaqnash — uchqun razryad hosil bo'lganini ko'ramiz. Uchqun razryad vaqtida o'ziga xos charsillash eshitiladi va ko'zni qamashtiradigan darajada ravshan yorug'lik chiqadi.

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida o'tkazgich sim metall tayanchga izolator orqali bog'langan bo'lishiga qaramay, ba'zi hollarda kuchli elektr razryad sodir bo'lishi mumkin. Uchqun chiqmasligi uchun elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish qanchalik yuqori bo'lsa, tayanch bilan o'tkazuvchi sim orasidagi izolator shunchalik katta bo'lishi kerak.

Uchqun razryadni maxsus ravishda suratga olib o'rganilgan. Bunda uchqun razryad uzluksiz o'tadigan tok emasligi, balki uzuq-uzuq chaqnashlardan iborat ekanligi ma'lum bo'lgan.

Odatdagi sharoitda havodagi elektr maydon kuchlanganligi 3 000 000 N/C ga yetganda uchqun razryad hosil bo'ladi.

Uchqun razryad tabiatda chaqmoq tarzida yuz beradi. Chaqmoq bulutlar orasida yoki bulut bilan yer orasida sodir bo'lishini bilasiz.



Miltillama razryad

Yopiq shisha nay olib, uning ichiga qarama-qarshi qilib anod va katodlar o'rnatilgan. Nay ichidagi bosim atmosfera bosimiga teng bo'lganda, uning ichidagi havodan tok o'tmaydi. Lekin nay ichidagi havo maxsus nasos yordamida sekin- asta so'rib olinsa, undan tok o'ta boshlaydi.

Naychadagi havo taxminan o'n marta siyraklashtirlganda, razryad sezila boshlaydi. Havo odatdagiga nisbatan bir necha yuz marta siyraklashtirilsa, anod va katod orasini miltillagan yorug'lik qoplaydi. Shuning uchun bunday razryad miltillama razryad deb ataladi. Bunda katodga yaqin joy qorong'iligicha qoladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Atamalarni izohlash:



  • Elektr yoy razryadi

  • Uchqun razryad

  • Miltillama razryad

Darslikning 102 – betidagi masalalardan yechish
5. O’quvchilarni baholash:Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6, Uyga vazifalar.



      1. Darslikdan 37- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.


49-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Magnetizm haqida dastlabki ma’lumotlar

Darsning maqsadi.

  1. o'quvchilarda elektr zaryadlarining harakati bilan bog'liq magnit

hodisalari bilan tanishtirishni boshlash;

b) magnetizm haqida Markaziy osiyolik mutafakkirlarning fikrlari bi­lan

tanishtirish orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Osiyo (yun. Asia, ehtimol ossuriycha asu - sharq) - Yer sharidagi eng katta qitʼa (butun quruqlik maydonining 30 % chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi..

d) O’quvchilarning tasavvurini va fikrlash qobiliyatini kengaytirish, fanga qiziqtirish



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars materiallari va jihozlari:

    1. 8-sinf «Fizika» darsligi.

    2. Taqasimon va to'g'ri magnitlar.

    3. Magnit strelkasi (ignaga o'rnatilgan).

    4. Plakatlar.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism. Yangi bob boshlanishi munosabati bilan, o'tgan bobdagi asosiy natijalar qisqa muddatda takrorlanadi. Buning uchun darslikning yakuniy suhbatida keltirilgan fizik-lug'atdan foydalaniladi.

2. O’tilganlarni eslash

1) Elektr yoy razryadi qanday hosil qilinadi?

2) Elektr yoy razryadidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

3) Uchqun razryad qanday hosil qilinadi?

4) Tabiatda chaqmoq qanday hosil bo’ladi?

5) Uchqun razryaddan qandya maqsadlarda foydalaniladi?

6) Miltillama razryad qanday hosil qilinadi?

3. Yangi mavzu bayoni:

So'ngra, magnit strelkasi, doimiy magnitlar bilan tajriba namoyishlar ko'rsatiladi. Bu tajribalar darslikdagi 61, 62-rasmlarda keltirilgan.

Doimiy magnitlarning temir va uning birikmalari bilan ham ta'sirlashishlari ko'rsatib o'tiladi.

Temir (lot. Ferrum), Fe - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat.

Magnit strelkasini doimiy ravishda shimoliy tomonga qarab turishini namoyish qilib, o'quvchilarga savol tashlanadi.



Nima sababdan magnit strelkasi bir tomonga qarab turadi?

O'quvchilar boshlang'ich geografiya kursi, tabiatshunoslik fanlaridan magnitlar haqida qisman eshitganliklari sababli, Yerning ulkan magnit ekanligi unda ham Shimoliy va Janubiy qutblari borligi aytiladi. Darslikda bu qutblarning geografik koordinatalari keltirilgan.

Yerning magnit qutb­lari, geografik qutblari bilan ustma-ust tushmasligi aytiladi.



«Magnit» so'zi Kichik Osiyodagi qadimiy Magnesiya shahri nomidan kelib chiqqan. Bu yerda topilgan temirni tortuvchi toshni «magnesiya toshi» deb atashgan.

Buyuk yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1047) o'z asarlarida magnitni “Ohanrabo” - “temirni tortuvchi”- deb atagan. Beruniy qum aralash oltin zarralari orasidan temir zarralarini ajratib olishda magnitdan foydalanilishi haqida yozib qoldirgan. U magnitning bir xil nomli qutblari o'zaro itarilishi, turli qutblari esa tortilishi, magnitga ishqalangan po'lat ham magnitlanib qolishini tajriba orqali asoslab bergan.

Hozirgi paytda elektrotexnika va radiotexnikada, asosan, sun'iy magnitlar qo'llaniladi.

Tabiiy magnit uzoq vaqt ta'sir ettirilganda magnitlangan po'lat boiaklari sun’iу magnitlar deb ataladi.

Sun'iy magnitlarning xossalari tabiiy magnitlarning xossalari kabi bo'ladi. Tabiiy va sun'iy magnitlarning barchasi doimiy magnitlardir.

O'zining magnitlangan holatini uzoq vaqt yo'qotmaydigan jism doimiy magnit yoki oddiygina qilib magnit deb ataladi.



4. Mavzuni mustahkamlash:

Darsni mustahkamlash va predmetlararo aloqani yo'lga qo'yish uchun magnit va u bilan bog'liq hodisalar aks etdirilgan badiiy asar va kinolardan parcha aytib beriladi. Bunday parchani Beruniy asarlaridan olish mumkin. Ular haqida darslikning shu bobga kirish suhbatida aytib o'tilgan. Bunga qo'shimcha ravishda Jyul Vernning «O'n besh yoshli kapitan» asarida oshpaz Negoroning kema kompasi yoniga temir bo'lagini tiqib qo'yganligi, natijada uning strelkasi burilib, boshqa tomonga qarab qolganligi, natijada kemaning Afrikaga borib qolganligini aytib berish mumkin.

Afrika - kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi.
Unga qiziqqan o'quvchilar romanni o'qib, Dik Send qanchalik dovyurak, mard bo'lmasin, lekin bilimi yetishmasligi oqibatida shunday aldanib qolganligini tushunib yetadilar. Bundan yoshlarni chuqur bilimlar olishga intilish hissi kuchaytiriladi.


Atamalarni izohlash:

  • Magnit

  • Beruniy

  • Sun’iy magnit

  • Doimiy magnit

  • Globus

  • Magnit maydon




5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga topshiriqlar. Qo'lga taqiladigan kompasdan foydalanib, dunyo tomon- larini aniqlab kelish. Doimiy magnit bo'laklari bo'lsa, tajribalar o'tkazib ko'rish.

50-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Tokning magnit maydoni

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarda magnit maydon haqida tasavvur holsil qilish, tokning magnit maydoni haqida nazariy bilimlar berish

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish

d) O’quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, ijodkorlik qobiliyatini kuchaytirish



Dars turi: yangi bilimlar beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Magnit so’zi qayerdan kelib chiqqan?

2) Beruniyning magnit haqidagi ta’limotlari haqida nimalarni bilasiz?

3) Sun’iy magnit nima?

4) Doimiy magnit deb qanday jismga aytiladi?

5) Gilbert tomonidan aniqlangan magnit xossalarini tushuntirib bering


3. Yangi mavzu bayoni:

Magnit maydonning elektr toki bilan bog'liqligini tajribada birinchi bo'lib 1820- yilda daniyalik fizik Xans Kristian Ersted (1777-1851) aniqladi.

Ersted tajribasini o'zimiz ham o'tkazib ko'rishimiz mumkin. Buning uchun 137- rasmda tasvirlangan zanjirni yig'aylik.

O'tkazgich simlaridan biri janubdan shimolga tomon tarang tortilgan bo'lsin. Magnit strelkasini rasmda ko'rsatilgandek shu simning ostiga qo'yaylik. Bunda strelka simning yo'nalishida turgan bo'ladi.

Endi kalitni ulab, o'tkazgichdan tok o'tkazaylik. Shu zahoti tok o'tayotgan sim ostidagi magnit strelkasi 90° ga burilib, simga perpendikular joylashib qoladi (138- rasm).

Ersted tajribasi tok o'tayotgan o'tkazgich atrofida magnit maydon bor ekanligini ko'rsatdi.

Elektr toki o'tayotgan o'tkazgich atrofida magnit maydon mavjudligini quyidagi tajribada ham isbotlash mumkin.

Plastmassadan yasalgan plastinaning o'rtasidan teshib, ingichka metall steijenni o'tkazamiz. Plastmassa ustiga temir kukunlarini sochib, steijendan tok o'tkazaylik.

Tokning magnit maydoni ta'sirida temir kukunlari steijen atrofida aylanalar bo'ylab joylashib qoladi. Bu aylanalar magnit kuch chiziqlarini tavsiflaydi.

To'g'ri tokning magnit kuch chiziqlari shu tok o'tayotgan o'tkazgichni o'rab olgan ayla­nalar bilan tavsiflanadi.

Tajribani davom ettirib, tok o'tayotgan sterjen atrofiga mayda magnit strelkachalarni qo'yaylik. Shu zahoti strelkachalar magnit kuch chiziqlarining yo'nalishida tartibli joylashib qoladi . Steijendagi tok yo'nalishini o'zgartiraylik. Shu zahoti barcha magnit strelkalari 180°ga buriladi

Agar parmaning ilgarilanma harakati yo'nalishi o'tkazgichdagi tokning yo'nalishida bo'lsa, parma dastasining aylanish yo'nalishi shu tok magnit kuch chiziqlarining yo'nalishini ko'rsatadi.

Ersted tomonidan tokli o'tkazgichning magnit maydoni kashf etilishi elektromagnetizm sohasidagi tadqiqotlarga turtki bo'ldi. Shu yiliyoq, ya'ni 1820- yilda fransuz fiziklari Andre Mari Amper (1775-1836) va Dominik Fransua Arago (1786-1853) o'tkazgich simni yog'och o'zakka o'rab g'altak yasadilar. Undan tok o'tkazib, to'g'ri tok maydonidan ancha kuchli bo'lgan magnit maydonni hosil qildilar.

Metall simdan spiral yasab, undan tok o'tkazaylik. Spiralning ikki tomoniga ikkita magnit strelkachani yaqinlashtiraylik. Ikkala strelkacha spiral o'qi tomon buriladi. Bunda strelkalarning qutblari bir xil yo'nalishda bo'lib qoladi.


4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

X” va “O” o’yini



Ersted tajribasi


G’altakning magnit

maydoni


Dominik Fransua

Arago


To’g’ri tokning magnit maydoni

Magnit maydon

Tokning magnit kuch chiziqlari

Parma qoidasi


Andre Mari Amper

Yerning magnit maydoni


5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.



      1. Darslikdan 39- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

51-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektromagnitlar

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga magnit maydon, elektromagnitning qo’llanilishi haqidagi nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berishda hamkorlik qilish

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash



Dars turi: yangi bilim berish

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Ersted tajribasi nimadan iborat?

2) To’g’ri tokning magnit kuch chiziqlari qanday yo’nalishga ega?

3) Parma qoidasini aytib bering

4) G’altakning magnit kuch chiziqlari qanday yo’nalishda bo’ladi?

5) Tokli g’altakni magnit strelkasiga qiyoslash mumkinmi?


3. Yangi mavzu bayoni:

150- rasmda tasvirlangan zanjirni yig'aylik. G'altakning o'qini Yerning janubiy va shimoliy qutblari yo'nalishiga perpendikular qilib qo'yaylik. G'altak uchidan 10-15 sm uzoqlikka magnit strelkachasini qo'yib, kalitni ulasak, u g'altak tomonga ma'lum burchakka buriladi.

G'altak ichiga temir o'zak kiritilsa, strelkacha yanada kattaroq burchakka buriladi. Demak, temir o'zak g'altakning magnit maydonini kuchaytiradi.

Odatda, o'zakli g'altakni hosil qilish uchun temir o'zakka izolatsiyalangan sim o'raladi.

Temir o'zakka bir necha qavat qilib izolatsiyalangan o'tkazgich (sim) o’rab hosil qilingan g’altak elektromagnit deb ataladi

Elektromagnit qurilma 1825- yilda ingliz artilleriyachisi Vilyam Sterjen tomonidan kashf etilgan. U yaratgan elektromagnitning g'altagi faqat bir qatlamli simdan iborat edi. 1828- yilda amerikalik fizik Jozef Genri (1797-1878) temir o'zak ustiga izolatsiya­langan simni ko'p qatlam qilib o'rab, katta kuchga ega bo'lgan elektromagnitni yaratdi.

Elektromagnitning tortishish kuchi undan o'tayotgan tok kuchiga to'g'ri proporsionaldir



4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslikning 112, 113 – betidagi rasmlarni izohlash:



5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.


      1. Darslikdan 40- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

52-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: 6 – nazorat ishi

Darsning maqsadi.

a) masalalar yechish orqali o'quvchilarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini mustahkamlash.

b) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash



Dars turi: bilim va ko’nikmalarni shakllantirish

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, test sinovi.

Dars rejasi.

    1. Tashkiliy qism - 2 minut.

    2. Nazorat ishi - 40 minut.

3. Uyga vazifa-3 minut

Darsning borishi



      1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni, test sinovi uchun test topshiriqlarni tayyorlab qo'yadi.

Nazorat ishi.

O'qituvchi tomonidan avvaldan tuzib qo'yilgan test- topshiriqlar asosida test sinovi o'tkaziladi.

1. Elektr tokining bajargan ishi formulasini belgilang

A) A = I Ut B) A = mgh C) A = F∙S D) A = Rt



2. 1 k W soat necha Joul? A) 1000 B) 360000 J C) 1000000 J D) 3,6∙106 J

3. Cho’ntak fonari lampasining kuchlanishi 4 V. tok kuchi esa 0,25 A bo’lsa, lampadan o’tuvchi elektr toki 5 minutda qancha ish bajaradi?

A) 5 J B) 300 J C) 3000 J D) 4800 J



4. 2 Ω va 4 Ω li qarshilik zanjirga parallel ulangan. Zanjirning umumiy qarshiligini toping

A) 8 Ω B) 6 Ω C) 1,33 Ω D) 0,75 Ω



5. Xonadondagi elektr hisoblagichning oy boshida ko’rsatgan raqami 1350 oy oxirida esa 1450 bo’ldi. Xonadonda qancha elektr energiyasi sarflangan. (KW∙soatlarda)?

A) 100 B) 1000 C) 360000 D) 1000



6. “Tok urgan odamni tokdan ajratish uchun uning…… tortish kerak”. Gapni to’ldiring

A) qo’lidan B) oyog’idan C) bo’ynidan D) kiyimidan




Download 1.66 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

Download 1.66 Mb.