Tokning quvvati formulasini belgilang




Download 1.66 Mb.
bet13/15
Sana24.03.2017
Hajmi1.66 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

7. Tokning quvvati formulasini belgilang A) p = J/U B) P=IU C) A = Rut D) J=U/L

8. Joul – Lens qonuni formulasini belgilang

A) Q=I2Rt B) A = JUt C) Q = Rt D) Q = cm(t2-t1)



9. Birinchi cho`g`lanma lampochkani kim kashf qilgan ?

A)J.Uatt B)A.N.Lodigin C)Joul D)Amper



10. Qarshiligi 40 bo`lgan sim spiraldan 5A tok o`tmoqda shu spiraldan 10 minut davomida qancha issiqlik miqdori ajraladi?

A)2000 J B) 10000 J C)20 J D) 600000 J



11. Qaysi kattalik parallelulangan o`tkazgichlarning barchasida bir xil bo`ladi ?

A ) J B) U C) R D)q



12. Manbaning turli qutb (fazalari) dan kelayotgan 2 elektr sim ochiq joyining bir - biriga tegib ketishiga ……… deyiladi.

A)Qisqa tutashuv B)Isitish asbobi C) o`tkazgich D)Iste `molchi



13. Elektr asboblarini tarmoqqa ulangan holda tamirlash …………….

A)Mumkin B)Mumkin emas C) qisqa tutashuv D)To`g`ri javob yo`q



14. Suyuqliklarda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini otkazadigan moddalar …………… deyiladi.

A) elektroliz B) ion bog’lanish C) elektrolit D) kovalent bog’lanish



15. Elektrolitdan tok o’tayotganda elektrodlarda modda ajralib chiqish hodisasiga……deyiladi

A) elektroliz B) elektrolit C) ion bog’lanish D) tok kuchi



16. Faradey I qonunini belgilang: A) q=Jt B) m=ρV C) m=m0N D) m=K∙q

17. Faradey II qonunini belgilang: A) K= B) m= C) m=Kq D) F=eNA

18. Faradey doimiysi qanchaga teng? A) 1,6∙10-19C B) 96500 c/mol C) 8,85∙10-12 D) 9,81

19. Gaz orqali elektr toki o’tishiga……deyiladi?

A) elektroliz B) elektrolit C) gaz zaryadi D) rekombinatsiya



20. Nomustaqil razryad nima?

A) ionizator ta’siri to’xtalishi bilan to’xtaydi B) ionizator ta’siri to’xtatilganda ham to’xtamaydi

C) kuchli zaryadlar oqimi D) barcha javob to’g’ri

Javoblar:

1

A

6

D

11

B

16

D

2

D

7

B

12

A

17

A

3

B

8

A

13

B

18

B

4

C

9

B

14

C

19

C

5

A

10

D

15

A

20

A



3. Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlash

53-dars Sana: 8-sinf

Laboratoriya ishi: Eng oddiy Elektromagnit qurilmasini yig’ish va ishlashini sinash
Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarning elektromagnit qurilmasini yig’ish va ishlashini sinash bo'yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash

b) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash

Dars turi: malakalarni oshirish

Dars uslubi: demonstratsion usul

Kerakli jihozlar: akkumulator, reostat, kalit, ulovchi simlar, kompas, g'altak, temir o'zak, o'zagi taqasimon bo'lgan elektromagnit

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2. Ish haqida tushuncha.

3.Ishni bajarish tartibi

1. Tok manbayi, reostat, g'altak va kalitdan iborat elektr zanjir yig'ing.



  1. Yig'ilgan elektr zanjirning sxemasini chizing.

3. Zanjirni ulab, kompas yordamida g'altak qutblarini aniqlang.

4. Kompasni g'altakning o'qi bo'ylab magnit maydon ta'siri keskin kamayguncha undan uzoqlashtiring.

5. G'altakning ichiga temir o'zak qo'yib, elektromagnitning kompas strelkasiga ko'rsatayotgan ta'sirini kuzating va xulosa chiqaring.

4. Mustahkamlash: Xulosalaringizni daftaringizga yozing.

Laboratoriya daftarlari terib olinadi.



5. Uyga vazifa: O’tilgan mavzularni takrorlab kelish


54-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektromagnit rele
Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga elektromagnit rele, relening tuzilishi va ishlash prinsipi, elektromagnit relening qo’llanilishiga misollar yuzasidan nazariy bilimlar berish

b) O’quvchilarga axloqiy va mehnat tarbiyasini berish, kasbga yo’llash

d)O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, ularda izlanuvchanlikni kuchaytirish, tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish



Dars turi: Yangi bilim berish darsi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



1.Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1. Eng oddiy elektr zanjir qanday elementlardan iborat?

2. Eng oddiy elektromagnit qanday yig'iladi?

3. Yig'ilgan elektromagnit kuch chiziqlari qanday yo'nalgan bo'ladi?

4. Elektromagnit deb nimaga aytiladi?

5. Elektromagnitning qo’llanilishi haqida nimalarni bilasiz?



3. Yangi mavzu bayoni:

Elektrornagnit rele tashqi ta'sir (signal) bo'yicha avtomatik ravishda elektr zanjirni uzib-ulab turadigan qurilmadir.

157- rasmda eng sodda rele sxemasi tasvirlangan. Relening asosiy qismi elektromagnit (1) dan iborat. Kalit ulanib, elektromagnit chulg'amidan tok o'tganida elektromagnit o'zagi magnitlanadi va yakor (2) ni o'ziga tortadi. Bu bilan yakor ishchi zanjirli kontakt (3) ni ulaydi.

Ish zanjiriga turli elektr iste'molchilar - elektr dvigatellar, elektr lampalar va boshqa elektr asboblari ulanishi mumkin. Rele zanjiri uzilganda prajina (4) yakor (2) ni yuqoriga tortadi va ish zanjiri uziladi. Ish zanjiriga dvigatel (5) ulangan.



«Rele» so'zi fransuzcha bo'lib, «almashtirib qo'shish» degan ma'noni bildiradi. Bu nom bilan Fransiyada aloqa bo'limlari atalgan. Aloqa bo'limlarida aloqa aravalarining charchagan otlari yangilariga almashtirib turilgan.

Elektrornagnit rele yakori (2) ning tortilishi uchun elektromagnitli zanjirga kichik kuchlanishli, masalan, 1,5-4,5 V kuchlanishli manba ulanadi.


Elektromagnit relening qo'Ilanilishiga misollar

Elektromagnit rele texnikaning barcha sohalarida, ayniqsa, avtomatika sohasida keng qo'llaniladi.



  1. Katta binolarda yong'in haqida xabar beruvchi quriimaning ishlashini ko'rib chiqaylik.

Xonaning shipiga o'rnatilgan termoelement yong'in sodir bo'lishi bilan qiziydi va unda tok hosil bo'ladi. Termoelement relega ulangan bo'lib, termoelement hosil qilgan tok rele kontaktlarini ulaydi. Shu zahoti sirena lampochkalari yonadi va yong'in o'chiruvchi nasoslar dvigatellari ishga tushadi yoki yong'in o'chirish idorasiga xabar beradi.

  1. Metroga kirishdagi o'tish joyida fotoelementli elektromagnit rele qo'llaniladi. Agar o'tish joyidan jeton tashlamasdan o'tmoqchi bo'lsangiz, ikki chekkadan kuraklar chiqadi va yo'lingizni to'sib qo'yadi. Sizning jeton tashlamasdan o'tayotganingizni kuraklar qanday sezadi?

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, o'tish joyining bir tomonidagi darchadan nur dastasi chiqib, ikkinchi tomondagi darcha ichiga tushib turadi. Yorug'lik nuri fotoelementga tushib turganida unda uzluksiz tok hosil bo'lib turadi va relening yakori elektromagnitga tortilgan holatda bo'ladi. Yakorning bu tortilib turishi ishchi zanjirni uzuq holatda ushlab turadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Qisqacha test

Nuqtalar o’rniga kerakli tushunchalarni qo’ying

1) ……………….tashqi ta’sir bo’yicha avtomatik ravishda elektr zanjirni uzib – ulab turadigan qurilma

2) “Rele” so’zi fransuzcha bo’lib, ……..degan ma’noni bildiradi

3) Metroning o’tish joyida……………………. rele qo’llaniladi

4) Ko’p qavatli binolarga eltuvchi liftlarda ………………rele qo’llaniladi

5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.



      1. Darslikdan 42- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.


55-dars Sana: 8-sinf

Laboratoriya ishi: Elektromagnit relening ishlashini o’rganish

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarning elektromagnit relening ishlashini o’rganish bo'yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash

b) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash

Dars turi: Malakalarni oshirish darsi

Kerakli jihozlar. elektromagnit releni yig'ish uchun zarur detallar, tok manbayi, kalit, taglikka o'rnatilgan lampochka, elektr tarmoqqa ulangan 220 V li rozetka, ulovchi simlar.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2. Ish haqida tushunchaberish

3. Ishni bajarish tartibi


    1. Tayyor detallardan elektromagnit rele yig'ing .

    2. Kalitni ulab, relening ishlashini tekshirib ko'ring.

    3. Tok manbayi va elektr lampochkadan iborat ishchi zanjirni tuzing.

    4. Rele zanjirini kalit bilan uzib-ulang va ish zanjirida bo'ladigan hodisalarni kuzating.

5. Tajriba sxemasini chizing, bajarilgan ishlarni va kuzatilgan hodisani daftaringizga yozing.



4. Mustahkamlash: Laboratoriya ishi bajarib bo'lingandan so'ng olingan natijalar yuzasidan xulosa yoziladi.

5, Uyga vazifa:Yangi mavzuga tayyorlanib kelish.

56-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Magnit maydonning tokli o’tkazgichga ta’siri

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga magnit maydonning tokli o’tkazgichga ta’siri, chap qo’l qoidasi haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash



Dars turi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar, tok manbai, doimiy magnit, elektr zanjir elementlari.

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Elektromagnit relening tuzilishini tushuntiring

2) Yong’in haqida xabar beruvchi qurilma qandya ishlaydi?

3) Elektromagnit qurilmaning ishlash prinsipini ayting.

4) Tajribada yig'ilgan elektromagnit detallarining har bin qanday vazifani bajaradi?

5) Rele zanjiri uzib-ulanganda lampaning o'chib-yonishi hodisasini tushuntiring.



3. Yangi mavzu bayoni:

Magnit maydondagi tokli o'tkazgichga kuch ta'sir etadi. Uni o'rganish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik.

163- a rasmda tasvirlangan zanjirni va qurilmani yig'aylik. Unda egiluvchan AB o'tkazgich shtativga osib qo'yilgan. O'tkazgich uchlari zanjirga ulangan. AB o'tkaz­gich magnit qutblari orasiga qo'yilgan, ya'ni magnit maydonga joylashtirilgan.

Zanjir ulanganda o'tkazgich harakatga keladi, ya'ni o'tkazgich magnitga tortiladi (163- b rasm). Agar magnit tortib olinsa, tokli o'tkazgich o'z holatiga qaytadi. Magnitning qutblari almashtirilsa, o'tkazgich magnitdan itariladi. Agar zanjirda tokning yo'nalishi o'zgartirilsa, o'tkazgich magnitga tortiladi.

Magnit maydonning tokli o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchining yo'nalishini chap qo'l qoidasidan foydalanib aniqlash mumkin

Chap qo'Ining kaftini unga magnit kuch chiziqlari kiradigan qilib tutib, to'rt barmoq tokning yo'nalishi bo'yicha tutib turilsa, 90°ga kerilgan bosh barmoq o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchning yo'nalishini ko'rsatadi

Agar tokning yo'nalishi o'zgartirilsa, ramka 180° ga buriladi. Magnit maydonda tokli ramkaning burilishi xossasidan elektr o'lchov asboblarida foydalaniladi.

166- rasmda eng oddiy ampermetrning tuzilishi tasvirlangan. Bunda (1) magnitda (2) qutb uchliklari mahkamlangan. Harakatlanuvchi qism - ramka (3) aluminiy karkasdan iborat, unga ingichka mis sim o'ralgan. Ramka qo'zg'almas (4) o'zak atrofida erkin aylana oladi. Ramka (5) o'qqa biriktirilgan. Chulg'amdagi (6) simning uchlari zanjirga ulanadi. Ramkaning o'z holicha aylanishiga (7) spiral qarshilik qiladi.

Ramka chulg'amlaridan tok o'tganda, magnit maydon ta'sirida ramka magnit qutblariga perpendikular holatga o'tishga harakat qiladi. Ramkaning 90° ga burilishiga spiral (7) qarshilik qiladi. Zanjirdagi tok qancha katta bo'lsa, o'q (5) ga mahkamlangan strelka (8) shuncha katta burchakka buriladi. Strelka darajalangan shkala (9) da tok kuchining tegishli qiymatini ko'rsatadi. Zanjirdagi tok uzilganda spiral ta'sirida ramka dastlabki holatiga, strelka esa 0 qiymatga qaytadi. Voltmetrning ishlash prinsipi ham ampermetrga o'xshashdir.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslikdagi rasmlar bilan ishlash

5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.


      1. Darslikdan 44- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

57-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: O’zgarmas tok elektr dvigateli

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga o’zgarmas tok elektr dvigateli, uning ishlash prinsipi va qo’llanilishi haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini kengaytirish, ijodkorlikka undash, hozirjavoblikni oshirish



Dars turi: aralash

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Chap qo’l qoidasini izohlang

2) Eng oddiy ampermetr qanday tuzilishiga ega?

3) Eng oddiy ampermetrning ishlash prinsipini aytib bering


3. Yangi mavzu bayoni:

O'zgarmas tok elektr dvigateli ikki asosiy qism - stator va rotordan iborat qurilma bo'lib, o'zgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi.



«Stator» lotinchadan «qo'zg'almas» degan ma'noni bildiradi. Stator doimiy magnitdan (170- a rasm) yoki elektromagnitdan (170- b rasm) iborat. Stator dvigatel korpusiga mahkamlangan bo'ladi.

«Rotor» lotinchadan «aylantirmoq» degan ma'noni anglatadi. Rotor dvigatelning aylanuvchi qismlarini tashkil etadi. Rotorning asosiy qismi bir yoki bir nechta g'altakli ramkadan va kollektordan iborat. Ramka chulg'amidagi simlarning uchlari kollektor qoplamalariga ulangan

Kollektor ramka bilan birgalikda aylanadi. Ikkala kollektor qoplamalari qarshisiga qo'zg'almas qilib ikkita ko'mir cho'tka mahkamlangan. Ular maxsus prujinalar yordamida kollektor qoplamalariga zich qilib siqib qo'yiladi. Zanjirdagi elektr toki shu cho'tkalar orqali kollektor qoplamalariga o'tadi.

Elektr dvigatellarning issiqlik dvigatellariga nisbatan afzal tomonlari ko'p. Birinchidan, elektr dvigatellari issiqlik dvigatellariga qaraganda ixcham va foydalanish uchun qulaydir, ularni istalgan qulay joyga o'rnatish mumkin. Ikkinchidan, ishlaganda gaz, tutun va bug' chiqarmaydi. Uchinchidan, ular uchun yoqilg'i va suvning keragi yo'q. To'rtinchidan, elektr dvigatel­larning foydali ish koeffitsienti 80% dan ortiqdir, issiqlik dvigatellarniki esa 20% dan ortmaydi

Elektr dvigatellarning afzalliklari: ixcham va foydalanishga qulay, havoni ifloslantirmaydi, moddiy mahsulot talab qilmaydi, foydali ish koeffitsienti yuqori.

Elektr dvigatellar istalgan quvvatga mo'ljallab ishlab chiqariladi. Masalan, elektr ustaralarda dvigatel quvvati bir necha vattli bo'lsa, elektrovoz, kemalarning elektr dvigatellari bir necha megavattli boiadi.

Turli maishiy elektr asboblari - drel, charx, fen, magnitofon, ventilator, muzlatkich, tikuv va kir yuvish mashinalariga elektr dvigatellar o'rnatilgan bo'ladi. Korxonalarda elektr dvigatellari turli dastgoh va mashinalarni harakatga keltiradi. Qishloq xo'jaligida elektr dvigatellaridan nasoslarni, g'alla yanchadigan mashinalarni, elevatorlarni yurgizish uchun foydalaniladi. Transportda elektr dvigatellari tramvay, trolleybus, metro poyezdlari va elektrovozlarni harakatga keltiradi.

Trolleybus (inglizcha trolley - „g‘ildirakli tok uzatuvchi“ va lotincha omnibus - "„har yerda“, "„hamma uchun“ so‘zlaridan) tashqi manbadan beriladigan elektr tokini isteʼmol qiluvchi elektr dvigateli yordamida harakatlanuvchi avtomobildir.



4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Zinapoya o’yini

Bu o’yinda 2 o’quvchi chiqib berilgan savollarga bir boshdan javob bera boshlaydi va zinalardan yuqoriga qarab harakatlanadi. Kim birinchi piramidaga chiqsa, g’olib hisoblanadi.














3.Elektr dvigatel qo’llanilishi




3. Elektr dvigatel afzalliklari







2. Stator-?




2.Rotor - ?







1.Elektr dvigatel tuzilishi




1.Elektr dvigatel ishlash prinsipi




5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.


      1. Darslikdan 45- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.



58-dars Sana: 8-sinf



Download 1.66 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tokning quvvati formulasini belgilang

Download 1.66 Mb.