Laboratoriya ishi: O’zgarmas tok elektr dvigatelini o’rganish




Download 1.66 Mb.
bet14/15
Sana24.03.2017
Hajmi1.66 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Laboratoriya ishi: O’zgarmas tok elektr dvigatelini o’rganish

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarning o’zgarmas tok elektr dvigatelini o’rganish bo'yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash

b) O’quvchilarga aqliy,estetik tarbiya berish

d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash

Dars turi: O’quvchilarning bilim,konikma,malakalarini rivojlantirish

Dars uslubi:demonstratsiya

Kerakli jihozlar: akkumulator, kalit, ulovchi simlar, o'zgarmas tok elektr dvigateli modelini yig'ish uchun zarur detallar.



Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi:



1.Tashkiliy qism: O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2.Ish haqida tushuncha berish.

3. Ishni bajarish tartibi



    1. O'zgarmas tok elektr dvigateli detallarining har birini ko'rib chiqing. Har bir detaining nomini va vazifasini daftaringizga yozing.

    2. O'zgarmas tok elektr dvigatelining modelini yig'ing.

    3. Tok manbayi, elektr dvigatel va kalitdan iborat elektr zanjirni yig'ing.

    4. Yig'ilgan elektr zanjirning sxemasini chizing.

    5. Kalitni ulang. Bunda dvigatel rotori aylanishi kerak. Agar rotor aylanmasa, sababini topib tuzating.

    6. Rotor harakatini kuzating. Bunda dvigatelning qaysi qismlari qo'zg'almas va qaysi qismlari aylanayotganiga, cho'tka, kollektor va ramkalar vaziyati bir- biriga nisbatan qanday o'zgarayotganiga e'tibor bering. Kuzatganlaringizni daftaringizga yozing.

    7. Tadqiqot natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring.

.

4.Mustahkamlash: Laboratoriya ishi bajarib bo'lingandan so'ng olingan natijalar yuzasidan xulosa chiqariladi.

Laboratoriya daftarlari terib olinadi



5. Uyga vazifa: O’tilgan mavzular yuzasidan krosvord tuzib kelish

59-dars Sana: 8-sinf



Mavzu: 7 –nazorat ishi

Darsning maqsadi.

a) O’tilganlarni takrorlash, masalalar yechish orqali o'quvchilarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini mustahkamlash.



b) O’quvchilarga aqliy,estetik tarbiya berish

d) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash

Dars turi: nazorat qilish darsi

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, test sinovi.

Dars rejasi.

1. Tashkiliy qism - 2 minut.

2.Nazorat ishi - 40 minut.

4.Darsni yakunlash — 3 minut.

Darsning borishi

1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni, test sinovi uchun test topshiriqlarni tayyorlab qo'yadi.

2. Nazorat ishi.

O'qituvchi tomonidan avvaldan tuzib qo'yilgan test topshiriqlar asosida test sinovi o'tkaziladi.

1. Magnitni Beruniy qanday ta’riflagan?

A) ohanrabo B) chu – shu C) somon tortuvchi D) adamas



2. Magnit maydon qanday zaryadlarga ta’sir qiladi?

A) manfiy zaryadlarga B) harakatsiz zaryadlarga

C) harakatdagi zaryadlarga D) musbat zaryadga

3. Temir o’zakka bir necha qavat qilib izolyatsiyalangan sim o’rab, hosil qilingan qurilma…deyiladi

A) transformator B) elektromagnit C) reostat D) ampermetr



4. Tokning quvvati qaysi asbob yordamida o’lchanadi?

A) Voltmetr B) ampermetr C) rheostat D) vattmetr



5. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javbni qo’ying

To’g’ri magnitning bir xil qutblari bir – biridan………., turli qutblari bir – biriga……”

A) ….tortiladi, …itariladi B) ….itariladi, …tortiladi

C) ….tortiladi, …ta’sirlashmaydi D) ….itariladi, …..ta’sirlashmaydi



6. Gapni davom ettiring

Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi elektr mashinasiga …….deyiladi

A) Induktiv g’altak B) elektromagnit C) solenoid D) elektrodvigatel

7. Yerning shimoliy magnit qutbi qayerda joylashgan?

A) Yerning shimoliy geografik qutbida

B) Yerning 75˚ shimoliy kenglik va 99˚ g’arbiy uzunlik yaqinida

C) Yerning janubiy geografik qutbida

D) Yerning 66,5˚ janubiy kenglik va 140˚ sharqiy uzunligida
8. Yerning janubiy magnit qutbi qayerda joylashgan?

A) Yerning janubiy qutbida

B) Yerning 66,5˚ janubiy kenglik va 140˚ sharqiy uzunligida

C) Yerning shimoliy geografik qutbida

D) Yerning 75˚ shimoliy kenglik va 99˚ g’arbiy uzunlik yaqinida

9. O’zbekiston hududida 1 – GES qayerda va qachon qurilgan?

A) Bo’zsuv, 1926 y B) Tovoqsoy, 1940 – 1941 y C) Bo’zsuv, 1923 y D)Toshkent, 1913 y



10. O’zining magnitlangan holatini uzoq vaqt yo’qotmaydigan jismga…deyiladi?

A) sun’iy magnit B) ohanrabo C) doimiy magnit D) magnit kuch chiziqlari



11. Tok o’tayotgan o’tkazgich atrofida magnit maydon mavjudligini kim aniqladi?

A) Ersted B) Faradey C) Amper D) Gilbert



12. Temir o’zakka bir necha qavat qilib izolyatsiyalangan sim o’rab hosil qilingan g’altakka……deyiladi

A) magnit B) elektrodvigatel C) elektromagnit D) induksion tok



13. Elektromagnitning temir yakorni tortish kuchi formulasini belgilang

A) F = μ B) F = K C) F μ D) F = ma



14. “Rele” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A) olib kelish B) almashtirib qo’shish C) tarqatish D) qo’zg’almas



15. Tok kuchi formulasini belgilang

A) I =  B) J = U∙R C) R =  D) R = ρ


Nazorat daftarlarini terib olish

3.Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlash. Mavzular yuzasidan skanvord tuzish

60-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Induksion tokni hosil qilish

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga induksion tokni hosil qilish, faraday tajribasi, induksion elektr maydon haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga ekologik va mehnat tarbiyasini berishd ahamkorlik qilish

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash



Dars turi: yangi bilim berish darsi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob, demosntartsion usul

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) O'zgarmas tok elektr dvigatelida qaysi turdagi energiya qanday turdagi energiyaga aylanadi?

2.Elektr dvigatelning tuzilishini tushuntirib bering.

3.Elektr dvigatelning ishlash prinsipi nimaga asoslanadi?

4.Elektr dvigatelning ishlash prinsipini aytib bering.

5.Elektr dvigatel qanday afzalliklarga ega?

6.Elektr dvigatelning qo'llanilishi haqida nimalarni bilasiz?

3. Yangi mavzu bayoni:

Elektr toki magnit maydonni vujudga keltirar ekan, bunga teskari hodisa — magnit maydon yordamida o'tkazgichda elektr tokini hosil qilib bo'lmasmikan?

Ingliz olimi Maykl Faradey (1791-1867) 1822- yilda magnit maydon yordamida o'tkazgichda elektr toki hosil qilish masalasini hal etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Shu maqsadda qator tajribalarni o'tkaza boshladi. Faqat 1831 - yilga borib o'tkazilgan tajribalar o'z natijasini berdi. To'qqiz yil davomidagi izlanishlardan so'ng Faradey magnit maydon yordamida o'tkazgichda elektr tokini hosil qildi. Bu hodisa elektromagnit induksiya hodisasi deb ataldi.

Faradeyning bu kashfiyoti XIX asr birinchi yarmining eng buyuk kashfiyotlaridan biridir.

O'sha davrda tok kuchini sezish yoki o'lchash uchun galvanometr ham, ampermetr ham yaratilmagan edi. Shu bois, bunday tajribalardan natija olish mushkul bo'lgan.

Hozirgi davrda Faradey o'tkazgan tajribalarni maktab fizika xonasida ham o'tkazish mumkin. Buning uchun galvanometrdan foydalanamiz.

O'tkazgich olib, uning uchlarini galvanometr qisqichlariga ulaymiz. Agar bu o'tkazgich magnit qutblari orasida pastga va yuqoriga harakatlantirilsa, galvanometr o'tkazgichda tok hosil bo'lganini ko'rsatadi . Magnit ichida o'tkazgich harakatsiz bo'lsa yoki magnit kuch chiziqlariga parallel ravishda harakatlantirilsa, unda tok hosil bo’lmaydi.

Faradey o'tkazgichni kesib o'tayotgan magnit maydon kuch chiziqlari vaqt o'tishi bilan o'zgarganda, unda tok hosil bo'lishini isbotladi. Magnit kuch chiziqlari vaqt bo'icha qancha tez o'zgarsa, o'tkazgichda shuncha ko'p elektr toki hosil bo'ladi.

Magnit maydonning vaqt bo'yicha o'zgara- yotgan kuch chiziqlari berk o'tkazgichni kesib o'tayotganda, o'tkazgichda elektr tokining hosil bo'lish hodisasi elektromagnit induksiya deb ataladi. Bu hodisa natijasida hosil bo'lgan tok induksion tok deyiladi.

«Induksiya» so'zi lotinchada «uyg'otish» ma'nosini bildiradi.

O'tkazgichda elektr maydon ta'sirida elektr toki hosil bo'ladi. Yuqorida o'tkazilgan tajribalarda o'tkazgich yoki g'altakning chulg'amlari magnit maydonning o'zgaruvchan kuch chiziqlarini kesib o'tganda elektr maydon hosil bo'ladi. Bu elektr maydon o'tkazgichda (g'altak chulg'amlarida) induksion tokni vujudga keltiradi.


4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

X” va “O” o’yini



Elektromagnit

Induksiya



Om qonuni

Tok hosil bo’lish sababi

Induksiya


Maykl Faradey

Galvanometr

Induksion elektr

maydon


Magnit kuch

chiziqlari



Faradey tajribasi

5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi


6. Uyga vazifalar.

      1. Darslikdan 47- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.


61-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: O’zgaruvchan induksion tok

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga o’zgaruvchan induksion tokning yo’nalishi, o’zgaruvchan tok, mikrofon, ovozli karnay va telefon haqidagi nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash



Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Faraday tajribalarining maqsadi nimalardan iborat?

2) Elektromagnit induksiya deb nimaga aytiladi?

3) Induksion tok nima?

4) Induksion elektr maydon deb qanday maydonga aytiladi?

5) Induksion maydon kuchlanishi qanday kattaliklarga bog’liq?


3. Yangi mavzu bayoni:

Induksion tokni hosil qilish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar induksion tokning yo'nalishi magnit kuch chiziqlarining vaqt bo'yicha o'zgarish yo'nalishiga va o'tkazgich harakatining yo'nalishiga bog'liq ekanini ko'rsatadi.

Galvanometrga ulangan o'tkazgich taqasimon magnit orasida pastga harakat qilsa, hosil bo'lgan induksion tok bir tomonga, o'tkazgich yuqoriga harakat qilganda esa induksion tok qarama-qarshi tomonga yo'naladi (182- rasm). Xuddi shuningdek, g'altak ichida magnitni pastga va yuqoriga harakatlantirilganda, g'altak chulg'amlarida hosil bo'ladigan induksion tok qarama-qarshi tomonga yo'nalgan bo'ladi (183- rasm).

Galvanometrga ulangan o'tkazgichda hosil bo'ladigan induksion tokning yo'nalishini o'ng qo'l qoidasi orqali aniqlash mumkin (186- rasm).

Agar o'ng qo'lning kaftini unga magnit kuch chiziqlari kiradigan qilib ochib, 90° ga kerilgan bosh barmoqni o'tkazgich harakati yo'nalishida tutilsa, yoyilgan to'rt barmoqning yo'nalishi o'tkazgichda, hosil bo'lgan induksion tokning yo'nalishini ko'rsatadi.

O'zgaruvchan tok

Agar galvanometrga ulangan g'altak ichida magnit yuqoriga va pastga navbatma-navbat harakatlantirilsa, g'altak o'ramida yo'nalishini galma-gal o'zgartiruvchi induksion tok vujudga keladi. Buni galvanometr ko'rsatkichining 0 raqamidan goh o'ng tomonga, goh chap tomonga og'ishiga qarab aniqlash mumkin. O'zgaruvchan induksion tokni to'g'ridan to'g'ri o'zgaruvchan tok deb yuritish mumkin.

Vaqt o'tishi bilan kattaligi va yo'nalishi davriy o'zgaradigan elektr toki o'zgaruvchan tok deb ataladi. Bunday tokni «ossillograf» deb ataluvchi asbob yordamida o'rganish mumkin.

Ossillograf o'zgaruvchan elektr toki tebranishlarining grafik tasvirini ko'rsatib beruvchi asbobdir.

187- rasmda eng oddiy ossillograf tasvirlangan. Ilmiy tadqiqot institutlarida murakkab ossillograflardan foydalaniladi

Ovoz karnayi mikrofonda elektr tebranishlarga aylantirilgan tovushni qaytadan mexanik tebranishlarga aylantirib beradi, ya'ni mikrofonga berilgan ovozni tiklaydi.

193- rasmda ovoz karnayi namunalari va ulardan eng oddiysining tuzilishi tasvirlangan. Ovoz karnayi ichiga (1) magnit joylashtirilgan. Uning qutblari orasidagi tirqishga (2) g'altak o'rnatilgan. G'altak (3) difiuzorning bir cheti bilan tutashtirilgan. Difiuzorning ikkinchi cheti (4) korpusga biriktirilgan. Difiuzorning sirti (5) to'r bilan berkitilgan.



Telefonning ovoz qabul qiladigan qismi mikrofon kabi, quloqqa tutib eshitiladigan qismi esa ovoz karnayi kabi ishlaydi.

Telefonning mikrofoniga gapirsangiz, sizning ovozingizni boshqa telefonning eshitish trubkasi orqali suhbatdoshingiz eshitadi. Va aksincha, suhbatdoshingiz telefonning mikrofoniga gapiiganida, Siz telefonning eshitish trubkasi orqali uning ovozini eshitib turasiz.



4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi. Qurilmalar tuzilishi va ishlashini tushuntirib beradi. Sxematik tarzda chizib ko’rsatadi:

1 – guruh: Mikrofon

2 – guruh: Ovoz karnayi

3 – guruh: Telefon
5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi
6. Uyga vazifalar.


      1. Darslikdan 48- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

62-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Induksion tok generatori

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga induksion tok generatori, generatorning tuzilishi va ishlash prinsipi, qo’llanilishi haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash



Dars turi: aralash

Dars uslubi: suhbat, savol – javob

Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Induksion tokning yo'nalisliini tajribada qanday aniqlash mumkin?

2) O'ng qo'l qoidasini aytib bering.

3) O'zgaruvchan tok deb qanday tokka aytiladi?

4) Ossillografning maqsadi nimadan iborat? Unda o'zgaruvchan tokning grafigini qanday hosil qilish mumkin?

5) Mikrofonning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirib bering.


3. Yangi mavzu bayoni:

194- rasmda induksion tok generatorining modeli tasvirlangan. Uning tuzilishi va ishlashi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslangan. Generator modeUda magnit orasiga chulg'amli ramka o'rnatilgan bo'lib, u o'z o'qi atrofida erkin aylana oladi. Ramkada chulg'amlar uchlari halqalar va cho'tkalar orqali galva- nometrga ulangan.

Qo'l bilan ramka aylantirilganda, ramka chulg'amlari magnit kuch chiziqlarini kesib o'tadi va chulg'amlarda induksion tok hosil bo'ladi. Ramka bir marta aylanganda, o'tkazgichda hosil bo'lgan induksion tokning yo'nalishi ham bir marta o'zgaradi. Agar ramka bir sekundda 5 marta aylansa, tokning yo'nalishi ham shu vaqt ichida 5 marta o'zgaradi. Tokning vaqt bo'yicha o'zgarishini ossillograf ekranida ko'rish mumkin. Bunda ekranda kattaligi va yo'nalishi vaqt bo'yicha o'zgaruvchi sinusoidal grafik kuzatiladi. Ossillograf o'zgaruvchan tok hosil bo'lganligini ko'rsatadi.

Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi asbob induksion tok generatori deyiladi.

Amalda qo'llaniladigan tok generatorining tuzilishi murakkabdir. Generator, asosan, stator va rotordan iborat bo'ladi. Stator generatorning qo'zg'almas qismi, rotor esa aylanuvchi qismidir.

Stator maxsus po'lat listlardan yasalgan ichi kovak silindrdan iborat. Silindrning ichki devorlaridagi ariq- chalariga o'tkazgichlar o'rami joylash- tiriladi. Bu o'ramda generator ishla- yotgan vaqtda induksion tok hosil bo'ladi. 195- rasmda po'lat silindrning ariqchalariga joylashgan bitta o'ram ko'rsatilgan.

Rotor elektromagnitdan iborat bo'lib, u generator ishlayotgan vaqtda halqalar va cho'tkalar yordamida o'zgarmas tok manbayiga ulanadi .

Elektr energiyani ishlab chiqarishda induksion tok generatori qo'llaniladi. Bunda generator rotori bug', suv, sbamol yoki ichki yonuv i dvigateli yordamida aylantiriladi.

Generatorning samaradorligini oshirish uchun stator silindrning ichki devorlariga ko'plab ariqchalar qilinadi va o'tkazgichlar o'rami joylashtiriladi.

Ichki yonuv dvigateli yordamida elektr tokini hosil qilishda yoqilg'i j energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi.

Bunday generatorlar kam quvvatli bo'lib, bir nechta xonadonni elektr toki bilan ta'minlab tura oladi, xolos.

Elektrostansiyalarda elektr energiyani ishlab chiqarishda qo'llaniladigan generator statoridagi chulg'amlar soni 10 dan ortiq bo'Iadi. Masalan, gidroelek- trostansiyalardagi generatorlar statorida 24 ta chulg'am bo'lib, ularning rotorlari minutiga 125 marta aylanadi va 50 Hz chastotali elektr toki ishlab chiqariladi.

O'zgarmas tok o'tganda o'tkazgich qizigani kabi, o'zgaruvchan tok o'tganda ham o'tkazgich qiziydi. O'zgarmas tokdagidek o'tkazgichdan o'zgaruvchan tok o'tganda, o'tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo'Iadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.


    1. Generator statori 10 ta chulg'amli bo'lsa, 50 Hz chastotali elektr tokini hosil qilish uchun rotor sekundiga necha marta aylantirilishi lozim?

    2. Generator rotori minutiga 120 marta aylanmoqda. 50 Hz chastotali elektr tokini hosil qilish uchun statordagi chulg'amlar soni nechta bo'lishi kerak?

    3. Ishlab chiqarilayotgan elektr toki kuchlanishining maksimal qiymati 500 V bo'lsa, uning ta'sir qiymati qancha bo'ladi?




5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.



      1. Darslikdan 49- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

63-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektrostansiyalar

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga elektrstansiyalar, issiqlik elektrostansiyalari, gidroelektrstansiyalar, atom elektrostansiyalari, shamol slektrostansiyalari haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga ekologik va axloqiy tarbiya berish, mustaqil ishlash ko’nikmasini shakllantirish

d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash




Download 1.66 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya ishi: O’zgarmas tok elektr dvigatelini o’rganish

Download 1.66 Mb.