1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi




Download 1.66 Mb.
bet3/15
Sana24.03.2017
Hajmi1.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

5.O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning darsga qatnashishlariga qarab baholanadilar.

6. Uy vazifalari. O’tilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu yakunida keltirilgan savollarga javob topish

10-dars sana: 8-sinf

Masalalar yechish

Darsning maqsadi.

a) I bob bo'y'icha o'tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilar xotirasini mustahkamlash



Dars turi: Bilimlarni mustahkamlash

Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

Dars rejasi.

        1. Tashkiliy qism - 2 minut.

        2. O'tilgan mavzularni takrorlash - 10 minut.

        3. Masalalar yechish - 25 minut.

        4. O’quvchilarni baholash-5 minut

        5. Uyga vazifalar berish - 3 minut.

Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

          2. O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida I bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «I bob yuzasidan xulosalar”dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

          3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan I bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o'quvchilar javob beradilar, javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e'tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o'qituvchi tanlaydi. Faol o'quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi.

1. Bir-biridan 5 sm masofada joylashgan sharchalarning biriga —810"8 C, ikkinchisiga esa 410"8 C zaryad berilgan. Zaryadlar qanday kuch bilan tortishishadi?

    1. Biri ikkinchisidan 1 sm uzoqlikda joylashgan ikkala sharchaga bir xil 10"8 C dan zaryad berilgan. Zaryadlar qanday kuch bilan itarishishadi?

    2. Bir-biridan 5 sm uzoqlikda joylashgan ikkita bir xil zaryadlangan sharchalar 210"4 N kuch bilan itarishishmoqda. Ular qanday miqdorda zaryadlangan?

    3. Ikki sharchaga bir xil 510"8 C zaryad berilgan. Zaryadlar 310"4 N kuch bilan itarishishmoqda. Sharchalar orasidagi masofani toping.

    4. Zaryadlardan biri 4 marta orttirilganda, ularning o'zaro ta'sir kuchlari awalgidek qolishi uchun oraliq masofani necha marta o'zgartirish lozim?

    5. Ikkita elektron orasidagi elektr itarishish kuchi ularning bir-biriga gravitatsion tortishish kuchidan necha marta katta?

    6. Ikkita bir xil sharcha bir-biridan 10 sm masofada turibdi. Ular bir xil miqdorda manfiy zaryadga ega bo'lib, 0,23 mN kuch bilan o'zaro ta'sirlashadi. Har qaysi sharchadagi «ortiqcha» elektronlar sonini toping.

    7. Ikkita metall sharcha shunday zaryadlanganki, ulardan birining zaryadi ikkinchisinikidan 5 marta ortiq. Sharchalar bir-biriga tekkizilib, yana awalgi masofaga surib qo'yildi. Agar sharchalar bir xil ishorali zaryad bilan zaryadlangan bo'lsa, bunda o'zaro ta'sir kuchi (modul bo'yicha) necha marta o'zgargan?

    8. Bir xil ishorali q va 4q zaryadlar bilan zaryadlangan ikkita bir xil metall sharcha bir- biridan r masofada turibdi. Sharchalar bir-biriga tekkiziladi. O'zaro ta'sir kuchi awalgidek qolishi uchun ularni qanday x masofaga surish lozim?



    1. 10 va 16 nC zaryadlar bir-biridan 7 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan 3 mm va katta zaryaddan 4 mm masofada bo'lgan nuqtaga joylashtirilgan 2 nC zaryadga qancha kuch ta'sir qiladi?

    2. 90 va 10 nC zaryadlar bir-biridan 4 sm masofada joylashgan. Uchinchi zaryad muvozanatda turishi uchun uni qayerda joylashtirish lozim?

    3. Bir nuqtaga mahkamlab qo'yilgan, uzunliklari bir xil ipga massalari 400 mg dan bo'lgan ikkita bir xil sharcha osilgan. Ular bir xil ishorali zaryadlar bilan zaryadlandi. Bunda sharchalar bir-biridan 15 smga qochib, iplar to'g'ri burchak hosil qildi. Har qaysi sharchaning zaryadini toping.



5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

6.Uyga vazifalar.

            1. «I bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni yechishlari uqtiriladi.

11-dars Sana: Sinfi:

Mavzu: O’tkazgichlarda elektr zaryadlarning taqsimlanishi

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga o'tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi haqida ma'lumotlar berish;

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish;

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyati va tasavvularini kuchaytirish.



Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Bahs-munozara», «Modifikatsilangan ma'ruza», «Kichik guruhlarda ishlash» interfaol metodlari.

Dars jihozlari: elektrofor mashina, plakatlar.

Tayanch so'zlar: Faradey qafasi, elektr «shamol».
Dars rejasi.

      1. Tashkiliy qism - 3 minut.

      2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

      3. Yangi mavzuning bayoni - 15 minut.

      4. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

      5. O’quvchilarni baholash- 4 minut

      6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

        1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun kartochkalaкiga oldindan yozilgan savollarni tayyorlab qo'yadi.

        2. Otilgan mavzuni eslash: O'qituvchi va o'quvchi orasida erkin bahs- munozara uchun quyidagi savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi:

          1. Kondensator deb nimaga aytiladi?

          2. Kondensatoming vazifasi nimadan iborat?

          3. Elektr doimiysi qanday qiymatga teng?

          4. Kondensatorlarning qanday turlarini bilasiz?

          5. Kondensatordan qayerlarda foydalaniladi?

        3. Yangi mavzuning bayoni.

«Modifikatsiyalangan ma'ruza» metodi asosida yangi mavzu yoritiladi. Bunda quyidagi asosiy tushunchalaxga e'tibor berish lozim:

  • o'tkazgichda zaryadlarning joylashishi;

  • Faradey qafasi;

  • o'tkazgich sirtida zaryadlar taqsimoti.

Metal sharga musbat zaryad berildi, deylik. Bilamizki, bir xil ishorali zaryadlar bir – biridan itariladi. Shu sababli shar ichida zaryad bo’lgan taqdirda ham, ular o’zaro itarishib, imkon qadar bir – biridan uzoq masofaga joylashishga intiladi. Natijada, sharning butun hajmidagi zaryadlar uning sirtiga chiqib qoladi. Shu bois metal sharga berilgan musbat zaryadlar sharning sirti bo’ylab joylashadi.

Ikkita elektrometr olib, ularning biriga ichi kovak va tepasida teshigi bo’lgan metall shar o’rnatiladi. Sharga elektr zaryadi berilsa, elektrometr ko’rsatkichi ma’lum burchakka buriladi. Izolatorli tayoqcha uchini kovakli shar ichiga kirgizib, tayoqcha uchiga mahkamlangan sharchani sharning ichki sirtiga, so’ngra tayoqcha sharchasiga tekkizamiz. Bunda ikkinchi elektmetrning ko’rsatkichi joyidan qo’zg’almaydi.

Demak, shar ichida zaryad bo’lmas ekan.

Yakkalangan o’tkazgichda elect zaryadlari uning sirti bo’ylab taqsimlanadi. O’tkazgich ichida zaryad bo’lmaydi.

Faraday qafasi

M.Faradey o’tkazgich ichida elektr zaryadlari bo’lmasligini isbotlash uchun yog’ochdan qafas yasagan. Qafasning tashqi sirtini yupqa folga bilan qoplagan. Faraday qo’liga elektroskop olib, qafas ichiga kirib olgan. Uning yordamchilari qafasni ipak arqonlar bilan osishgan, so’ngra qafasga elektr zaryadlari berishgan.

Ipak, pilla tolasi - ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak - ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat.
Qafas ichidagi elektroskop ham, Faradey ham qafasning zaryadlanishini sezmagan.

Faraday o’tkazgan bu tajriba ham o’tkazgich ichida zaryad bo’lmasligi, elektr zaryadlari faqat o’tkazgich sirti bo’ylab joylashishini isbotlaydi.


    1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

«Kichik guruhlarda ishlash» interfaol metodidan foydalaniladi. Bunda o'quvchilar kichik guruhlarga bo'linadi, o'quvchilar orasidan yetakchi tanlanadi. Bunda:



Iguruh: «Bilag'onlar».

Ilguruh: «Tanqidchilar».

Ill guruh: «Hakamlar».

Ushbu metod o'quvchilarni mustaqil va tanqidiy fikrlashga, to'g'ri xulosa chiqarishga yordam beradi. «Bilag'onlar» yangi mavzu bo'yicha olgan bilimlarini bayon qiladilar.

«Tanqidchilar» guruhi ularning fikrlarini to'g'rilab, to'ldiradilar.

«Hakamlar» muhokama qilib, xulosa chiqaradilar. O'qituvchi fikrlarni umumlashtiradi.



    1. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

    2. Uyga vazifalar.

      1. Darslikdan 7- § ni o'qish.

      2. Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.


12-dars Sana: Sinf:

Mavzu: Tabiatdagi elektr hodisalari. Tabiatdagi xavf.

Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga tabiatdagi elektr hodisalardan chaqmoq, momaqaldiroq, yashin haqida tushuncha berish.

b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiat hodisalaridan ogoh etish

d) O’quvchilarning firklash qobiliyatini rivojlantirish

Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Modifikatsiyalangan ma'ruza», «Kichik guruhlarda ishlash» interfaol metodi.

Dars jihozlari: slaydlar, plakatlar, kodoskop.

Tayanch so'zlar: chaqmoq, momaqaldiroq, yashin, yashin qaytargich.
Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 3 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 15 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 4 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun kartochkalarga oldindan yozilgan savollarni tayyorlab qo'yadi.

  2. Otilgan mavzuni eslash: O'qituvchi va o'quvchi orasida erkin bahs- munozara uchun quyidagi savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi:

    1. O'tkazgichda zaryadlar qanday joylashadi?

    2. Faraday qafasi ichida elektroskop nima uchun elektr maydonni sezmagan?

    3. O'tkazgich sirtida zaryadlar qanday taqsimlangan bo'ladi?

    4. Elektr «shamol» nima va u qanday vujudga keladi?

  3. Yangi mavzuning bayoni.

«Modifikatsiyalangan ma'ruza» metodi asosida yangi mavzu yoritiladi. Bunda quyidagi asosiy tushunchalaiga e'tibor berish lozim:

  • chaqmoq;

  • momaqaldiroq;

  • yashin;

  • yashin qaytargich.

Odamlar qadimda chaqmoq chaqishi va momaqaldiroq gumburlashi sabablarini bilolmaganlar.

  • Chaqmoqning hosil bo'lishini turli ishorali elektr zaryadlarining o'zaro ta'siri asosida tushuntirish mumkin. Bir jism ikkinchi jismga ishqalanganda, elektr zaryadi hosil bo'lishini bilasiz. Shunga o'xshash, bulut qatlamlarining bir-biri bilan ishqalanishi natijasida ularning bir qatlami musbat, ikkinchi qatlami manfiy zaryadlanib qoladi. Zaryadlangan bulut to'plami boshqa bir zaryadlangan bulut to'plamiga yaqinlashganda ular o'z elektr maydonlari orqali ta'sirlashadilar.

  • Musbat va manfiy zaryadlarning bir-biriga tortilishini ham bilasiz. Turli ishora bilan zaryadlangan bulutlar kuchli zaryadlanganda va ular bir-biri bilan yaqinlashganda, bir bulutdagi manfiy zaryadlar ikkinchi bulutdagi musbal zaryadlar tomon harakat qiladi. Qarama-qarshi ishorali zaryadlarning to'satdan qoshilishi natijasida kuchli elektr uchqun – chqomoq hosil bo’ladi

  • Chaqmoq - bu turli ishora bilan zaryad­langan bulutlar orasida yoki bulut bilan yer sirti orasida sodir bo'ladigan kuchli elektr uchquni.

Momaqaldiroq - bu chaqmoq paytida sodir bo'ladigan havodagi (atmosferadagi) tovush hodisasi bo'lib, u chaqmoq yo'lida havoning qizishi, bosimi ortishi kengayishi tufayli yuz beradi

Yashin - zaryadlangan bulut bilan ye г orasida sodir bo'ladigan chaqmoq paytida bulutdagi zaryadlarning yerga bir zumda o'tish jarayoni. Yashin juda xavflidir. Zaryadlangan bulutga yerdagi elektr o'tkazuvchi narsalardan qaysi biri yaqin bo'lsa, shunga o'zining zaryadini beradi, ya'ni yashin uradi. Shuning uchun yer sirtidan baland ko'tarilgan tog' cho'qqisi, minora, bino, daraxt, elektr ustunlarini birinchi galda yashin urishi va vayron qilishi mumkin


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.
    Minora (arab. - mayoq) - gorizontal (eni) oʻlchamiga nisbatan vertikal (tik) oʻlchami ortiq boʻlgan baland in-shoot. M.lar aylana, koʻp qirrali yoki toʻrtburchak shaklida barpo qilinib, yuqoriga tomon ingichkalashib boradi.
    «Kichik guruhlarda ishlash» interfaol metodidan foydalaniladi. Bunda o'quvchilar kichik guruhlarga bo'linadi, o'quvchilar orasidan lider tanlanadi. Bunda:

Iguruh: «Bilag'onlar».

II guruh: «Tanqidchilar».

Illguruh: «Hakamlar».

Ushbu metod o'quvchilarni mustaqil va tanqidiy fikrlashga, to'g'ri xulosa chiqarishga yordam beradi. «Bilag'onlar» yangi mavzu bo'yicha olgan bilimlarini bildiradilar.

«Tanqidchilar» guruhi ularning fikrlarini to'g'rilab, to'ldiradilar.

«Hakamlar» xulosa qilib muhokama qiladilar. O'qituvchi fikrlarni umumlashtiriladi.



  1. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomidagi savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi.

  2. Uyga vazifalar.

      1. Darslikdan 8- § ni o'qish.

      2. Mavzular oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

13-dars Sana: Sinfi :

Mavzu: Elektr toki haqida tushuncha. Тоk manbalari

Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarga elektr toki haqida tushuncha berish, tok manbalari va ulardan foydalanishni o'rgatish;

b) O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish;

d) O’quvchilarning fanga qiziqishini oshirish.



Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Aqliy hujum», «Modifikatsiyalangan ma'ruza», «Blits savollar» interfaol metodlari, «Mustaqil ish» o'tkazish.

Dars jihozlari: elektrofor mashina, turli tok manbalari, eng sodda elektr zanjir yig'ish uchun jihozlar, plakatlar, slaydlar, kodoskop.

Tayanch so'zlar: elektr toki, tok manbayi, o'zgarmas tok, o'zgarmas tok manbayi, galvanik element, akkumlator, batareya, elektr zanjir, elektr sxema.
Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.



  1. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

  2. Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut.

  4. O’quvchilarni baholash- 2 minut

  5. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

      1. Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

      2. O’tilgan mavzuni eslash: «Aqliy hujum» interfaol metodidan foydalanish uchun o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

        1. Tabiatda elektr zaryadlar cheksiz ko'p bo'lishi mumkinmi?

        2. Zaryadlarning mavjudligini qanday aniqlash mumkin?

        3. Kulon qonunining kashf etilishi haqida nimalarni bilasiz?

        4. Elektr maydon kuch chiziqlari haqida nimalarni bilasiz?

        5. O'tkazgichlarning dielektriklardan farqi nimada?

        6. Kondensatorlarning vazifasi nimadan iborat?

        7. Tabiatda qanday elektr hodisalari yuz beradi?

      3. Yangi mavzuning bayoni.

«Modifikatsiyalangan ma'ruza» asosida yangi mavzu bayon etiladi. Bunda quyidagi asosiy tushunchalarni ochib berishga e'tibor qaratish lozim

  • elektr toki;

  • o'tkazgichda elektr tokining vujudga kelishi;

  • tok manbayi haqida tushuncha;

  • o'zgarmas tok manbayi;

  • galvanik element;

  • akkumulatorlar;

  • eng sodda elektr zanjir.

O'quvchilarni qiziqtirish uchun quyidagi qo'shimcha materiallarni ham ularga bayon etib berish tavsiya etiladi.

Ba'zi tirik organizmlar ham elektr tokining manbayi bo'la oladi. Masalan, baliqlaming elektr razryad hosil qiluvchi juft organ lari bor. Har qanday baliq tanasi atrofida, odatda, kuchsiz elektr maydon hosil bo'ladi. Elektr organlar konvergent usulda bir qancha baliqlar (olabuqa, ilonbaliq, skat, laqqa va boshqalar)da vujudga kelgan.

Baliqlar (Pisces) - umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan B.ning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi.
Hozirgi paytda 300 dan ortiq tur baliqlarda elektr organlari bor. Elektr organlar turli baliqlarda turlicha joylashadi. Har bir elektr organ ustunchaga o'rnashgan ko'p sonli elektr plastinkalar (EP)dan tuzilgan. EP shaklan o'zgargan muskul, nerv yoki bezli hujayralardan iborat. Hujayralar membranasida kimyoviy reaksiyalar natijasida elektr zaryadlari to'planadi. Plastinkalarning ostki qismi manfiy, yuqori qismi musbat zaryadlanadi. Elektr organlar plastinkalari va ustunchalari soni har xil: elektrli skatlarda 500 ga yaqin ustunchalarning har qaysisida 400 tadan EP bo'ladi. Har bir ustunchadagi EP ketma- ket, elektr ustunchalar esa parallel joylashgan. Elektr organlar reagentlar kelib turadigan va kimyoviy reaksiyalar mahsuloti chaqirilib turiladigan bo'lsa, elektr generator singari to'xtovsiz ishlab turadi. Elektr organlar ishini adashgan, yuz va til-tomoq nervlari boshqaradi. Elektr organlar uchida hosil bo'ladigan elektr potensiallar farqi skatlarda 300 V, elektli ilonbaliqlarda 650 V gacha, impuls razryadi quwati 1 kW dan 6 kW gacha yetadi.

Elektr razryadlardan o'ljasiga hujum qilish, tur ichidagi signalizatsiya va loyqa suvda mo'ljal olish vositasi sifatida foydalanadi.

Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.
Baliqlar boshida joylashgan lorens kapsulalari elektr retseptorlar vazifasini bajarishi taxmin qilinadi. Lorens kapsulalari ingichka naylar orqali teri sirtiga va yon chiziqlari nayiga ochiladi.
Teri - odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi.
Boshqa baliqlarni o'limga olib keladigan tok kuchi elektr organlarga ega baliqlar uchun xavf tug'dirmaydi.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Quyidagi «Blits savollar» beriladi.

    1. Elektr toki deb nimaga aytiladi?

    2. O'zgarmas tok deb nimaga aytiladi?

    3. Galvanik elementni kim kashf etgan?

  • Akkumulatorning tuzilishi va ishlashini aytib bering.

  • Eng sodda elektr zanjiri nimalardan tashkil topadi?

Наг bir savolga javob berish uchun 1-2 minut vaqt beriladi.

Shundan so'ng 5 minutlik «Mustaqil ish» o'tkaziladi. O'quvchilar o'tgan mavzularni esdan chiqarib yubormasliklari uchun quyidagi fikrlashga oid masala yechiladi.


Masala. Sig'imi bir xil bo'lgan 3 ta kondensator avval ketma-ket, so'ng parallel ulanganda ularning umumiy sig'imi qanday o’zgaradi?

Berilgan: С, = C2 = C3 = C; n = 3.

Topish kerak: Cpar/C k.k - ?

Formulasr. Ck/k = C/n va Cpai. = nC dan CparCm= nC/(C/n) = n2

Hisoblash: Cpa/Ck/k= 32 = 9.

Javob: 9 marta ortadi.

5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomida berilgan savollarga bergan javoblariga qrab baholanadi

6. Uyga vazifalar.


    1. Darslikdan 9- va 10- § larni o'qish.

    2. Har bir mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

    3. Mavzular oxirida keltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarish.

14-dars sana: 8-sinf



Download 1.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

Download 1.66 Mb.