• 1.Magnit materiallar haqida umumiy ma`lumot 2.Yumshoq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi 3.Qattiq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi
  • 1. Magnit materiallar haqida umumiy ma`lumot Yumshoq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi




    Download 363.78 Kb.
    bet1/7
    Sana01.08.2021
    Hajmi363.78 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7

    Buxoro davlat universiteti

    Fizika-matematika fakulteti





    Mavzu: Magnit materiallarning qo`llanishi

    Bajardi: Murodullayeva Gulfiya

    Tekshirdi: Niyozxonova

    Magnit materiallarini qo`llanishi.

    Reja:

    1.Magnit materiallar haqida umumiy ma`lumot

    2.Yumshoq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi

    3.Qattiq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi
    Magnit materiallar yordamida magnit oqimi keskin kuchaytiriladi. Magnit oqimidan past kuchlanishli toklar yuqori kuchlanishli toklarga, yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o’xshash tarzda generatsiyalashda foydalaniladi.

    Tashqi magnit maydoni ta’sirida magnitlanish xossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo’ladi. Texnika ahamiyatga ega magnit materiallarga ferromagnit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi.

    Materiallarning magnit xossalari elektr zaryadlarining ichki harakatida bo’lib, bunda zaryadlar elementar aylanma tok ko’rinishida ifodalanadi. Bunday aylanma toklar elektronlarning o’z o’qi atrofida aylanishi (elektron spinlar) hamda ularning atom ichida orbita bo’ylab aylanishidan hosil bo’ladi. Ferromagnit hodisasi ba’zi materiallarning ichki mikroskopik qismida kristall strukturalar tashkil qilishi bilan bog’liq bo’lib, bunday strukturalar magnit domenlari deyiladi. Bunda elektron spinlar o’zaro parallel ravishda bir tomonga yo’nalgan bo’ladi.

    Jismning ferromagnitlik holatda bo’lishini ifodalovchi xususiyati tashqi magnit maydoni ta’sirida uning o’z-o’zidan (spontan) magnitlashishidan iboratdir. Ferromagnit magnit momentlarining ba’zi domenlari ichidagi spinlar turli yo’nalishga ega bo’lishi mumkin. Tashqi muhitda bo’lgan bunday materiallarning umumiy magnit oqimi nolga teng bo’ladi.

    Ba’zi materiallar (qatlam chegaralari orasidagi qalinlik bir necha o’n-yuz atom masofasiga teng bo’lganda) da domenlarning o’lchami taxminam 0,001-10 mm3 oralig’ida bo’ladi. O’ta toza materiallarda esa domenlarning o’lchami yuqorida keltirilgan qiymatdan ham kattaroq bo’ladi.

    Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o’qlar yo’nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi.

    Polikristall magnetiklarda anizotropiya keskin ifodalangan hollarda ferromagnetik magnit teksturaga ega bo’ladi. Kerakli magnit tekstura olish orqali materialda ma’lum yo’nalishda yuqori magnit xarakteristikaga erishishi mumkin.

    Tashqi magnit maydoni ta’sirida ferromagnit materialning magnitlanish jarayoni quyidagicha kechadi: 1)magnit momenti maydon yo’nalishi bilan kichik burchak hosil qilgan domenlar kattalashadi va boshqa domenlar o’lchami kichrayadi; 2) magnit momentlari maydon yo’nalishi uzra buriladi va bir xil yo’nalishga ega bo’ladi. Magnit to’yinishi domenning kattalashishi to’xtaganda va o’z-o’zidan magnitlangan barcha monokristall qismlarning magnit momenti maydon uzra yo’nalganida sodir bo’ladi.

    Ferromagnit monokristallari magnitlanayotganda ularning chiziqli o’lchamlari o’zgaradi. Bu hodisa magnit-striksiya deyiladi. Temir monokristallining magnit-striksiyasi kristallning har xil yo’nalishlarida turlicha bo’ladi.

    Ferromagnit materialining magnitlanish jarayoni gisterezis egri chizig’i B (H) bilan ifodalanadi va u barcha ferromagnitlarda bir-biriga o’xshash bo’ladi.



    Materiallarning nisbiy magnit singdiruvchanligi magnit induktsiyasi (B) ning magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati bilan aniqlanadi:


    Magnit materiallarning magnit singdiruvchanligi birdan yuqori 01(r=0, 0=1,256610-6 Gn/m) bo’ladi.

    Ferromagnit materiallarning magnit singdiruvchanligi haroratga bog’liq bo’lib, Kyuri nuqtasiga yaqin qiymatlarda r o’zining yuqori qiymatiga erishadi. Kyuri nuqtasidan yuqori haroratlarda spontan magnitlanish sohasida issiqlik harakati buzilib, materialning magnit xossasi yo’qoladi. Chulg’amda magnit o’zak bo’lmaganda magnit induksiya qiymati undan o’tayotgan tok hisobiga sodir bo’ladi. Agar chulg’amga magnit o’zak kiritsak, elektr toki hisobiga sodir bo’ladigan magnit maydoni o’zakni yanada magnitlab, qo’shimcha kuch chiziqlari hosil bo’lishi natijasida magnit induksiyasining yoki magnit oqimining keskin oshishiga olib keladi. O’zak kesim yuzasidan hosil bo’ladigan qo’shimcha kuch chiziqlari qayta magnitlanish deyiladi va i bilan belgilanadi.



    Bu qiymat magnit maydon kuchlanganligi (H) va magnit materiali sifati (x) ga yoki jismning magnit qabul qilish koeffitsienti j=xH ga bog’liq. Chulg’amga magnit o’zak kiritilgandan so’ng magnit induksiyasining ko’paygan qiymati quyidagicha bo’ladi:

    bunda: = 0 (1+x) – magnit materialining magnit singdiruvchanligi.

    Magnit materiali sifatini aniqlashda nisbiy magnit singdiruvchanlik kattaligidan foydalaniladi:


    Magnit singdiruvchanlik chulg’amga magnit o’zak kiritilganda magnit oqimining ko’payishini bildiradi. Bu yuksalish bir necha o’n ming martagacha ortadi.



    Uzunligi L, kesim yuzasi S bo’lgan o’zakning magnit qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:


    Shunday qilib, g’altakka o’zak kiritilishi natijasida magnit qarshiligi  ga bog’liq ravishda kamayadi.

    Magnit singdiruvchanligi bo’yicha barcha qattiq jismlar sust (diamagnit 1, paramagnit 1) va kuchli magnit materiallarga (ferromagnit 1) bo’linadi. Magnit materiallari sifatida kuchli magnit materiallar qabul qilinib, ular magnit maydon kuchlanganligiga kuchli ravishda bog’liq bo’ladi. Magnit induksiyasi B va magnit maydon kuchlanganligi H o’rtasidagi bog’liqlik B=f(H) magnit materialining magnitlanish egri chizig’i deb ataladi. Bunda magnit materiali H=HT qiymatda to’yinadi.



    Magnit singdiruvchanlikning haroratga qarab o’zgarishi magnit singdiruvchanlikning harorat koeffitsienti bilan aniqlanadi:

    Agar ferromagnit tashqi magnit maydoni ta’sirida asta-sekin magnitlansa va ma’lum qiymatdan so’ng maydon kuchlanganligi pasaytira borilsa, induksiya ham kamaya boradi. Lekin bu kamayishi asosiy chiziq bo’ylab emas, balki ma’lum kechikish bilan (gisterizis hodisasi tufayli) ro’y beradi. Maydon kuchlanganligi teskari yo’nalishda oshirilganda material magnitsizlanishi, o’ta magnitlanishi mumkin va magnit maydon yo’nalishi yana o’zgartirilsa, induksiya yana asl holatiga qaytadi, ya’ni gisterizis halqasi paydo bo’ladi.

    Magnit materiali bo’lmaganda o’ramlari soni n ta bo’lgan sim chulg’amidan tok o’tkazish orqali magnit oqimi hosil qilish mumkin. Agar o’ramdagi simning kesim yuzasi S, chulg’am uzunligi L bo’lsa, magnit oqimi F quyidagicha aniqlanadi:



    yoki boshqacha ko’rinishda:


    bunda: F – magnit yurituvchi kuch, A; R= L/ 0 S – magnit qarshilik, Gn-1.

    Magnit oqimining zichligi yoki magnit induksiyasi:






    Magnit materiali uchun chizilgan B=f(H) xarakteristikadan foydalanib, magnit singdiruvchanlik r ning magnit maydon kuchlanganligi (H) ga bo’lgan bog’liqligi aniqlanadi.

    Agar magnit maydon kuchlanganligi va magnit induksiyalari nolga teng bo’lsa, ularning nisbati mavhum bo’lib qoladi. Tajribadan aniqlanishicha, kuchsiz magnit maydonida r qiymati ma’lum boshlang’ich singdiruvchanlik rb ga intiladi. Magnit maydonining ma’lum qiymatida magnit singdiruvchanlik (rmax) o’zining yuqori qiymatiga erishadi. Maydon kuchlanganligi yanada oshirilsa, magnit materialining qiymati pasaya boradi.

    Demak, magnit materialida magnit singdiruvchanlik o’zining aniq bir qiymatiga ega bo’lmay, balki magnit maydon kuchlanganligiga juda ham bog’liq ekan. Shu sababli, magnit materialining r qiymati keltirilganda magnit maydon kuchlanganligi (H) ham ko’rsatilishi shart.

    Magnit maydon kuchlanganligi o’zining Hm qiymatidan kamaytirilsa, (induksiya Bm gacha), gisterezis hodisasi kuzatiladi, ya’ni magnit induksiyasining kechikishi maydon kuchlanganligining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Maydon kuchlanganligi nolga teng bo’lganida magnit induksiyasi qandaydir qoldiqqa ega bo’lib, u induksiya qoldig’i (Br) deyiladi. Induksiya qoldig’iga magnit maydon kuchlanganligining teskari yo’nalishida, unung Hc=0 qiymatida erishiladi, bunda Hc koersitiv kuch deb ataladi.



    Agar xarakteristikada maydon kuchlanganligi – Hmax qiymatidan + Hmax qiymatigacha qaytarilsa, magnit maydonining gisterezis halqasi kelib chiqadi. Gisterezis hodisasida atomlarining o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida materialda ichki ishqalanish sodir bo’ladi. Bu hodisa, gisterizisda sodir bo’luvchi energiya isrofi deb ataladi. Ferromagnitiklarning o’zgaruvchan magnit maydonida qayta magnitlanishi issiqlik energiyasi isrof bo’ladi. Magnit materiali massasida induksiyalangan quyuq tok dielektrik isroflarni keltirib chiqaradi. Quyuq tokda sodir bo’ladigan isroflar ferromagnetikning elektr qarshiligiga bog’liq magnit materialidagi umumiy energiya isrofi quyidagicha aniqlanadi:

    Kuchsiz toklar sohasida quyidagi qiymatdan foydalaniladi:

    bunda: - burchak chastota, Gs; L – chulg’am induktivligi, Gn; r-o’zakdagi ekvivalent qarshilik, Om.

    Magnit materialidagi energiya isrofining qiymati B=f(H) xarakteristikasidagi gisterezis halqa yuzasi bilan aniqlanadi. Magnit materialidagi energiya isrofi chastota ortishi bilan keskin ko’payadi. Bu esa yuqori chastotaga mo’ljallangan magnit materiallari ishlab chiqarishda katta qiyinchiliklar tug’diradi. Pm ni kamaytirish maqsadida qiymati yuqori bo’lgan magnit materiallar qo’llaniladi. Magnit materialining asosiy xarakteristikasini ifodalovchi r qiymati maydon kuchlanganligiga bog’liq bo’lib, material qizishi natijasida bu qiymat keskin kamayadi. Kyuri nuqtasida material o’zining ferromagnitlik xossasini yo’qotadi r0. Bundan tashqari, chastota ortishi natijasida materialda sodir bo’ladigan quyun toki hisobiga magnitsizlanish ro’y beradi.

    Ferromagnit turkumdagi asosiy materiallarning magnit xususiyatlari 18-jadvalda keltirilgan.

    1-jadval


    Metall

    max

    0jmax, Bb/m2



    Hc,A/m

    Br,B0/m2

    Kyuri nuqtasi, C

    Temir

    10000-15000

    2,163

    0,0015-0,004

    1,1

    787

    Nikel

    1120

    0,64

    0,012

    0,33

    358

    Kobalt

    174

    1,77

    0,10

    0,34

    1115




    Download 363.78 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 363.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Magnit materiallar haqida umumiy ma`lumot Yumshoq magnit materiallar va ularning qo`llanilishi

    Download 363.78 Kb.