• Dasturlarni bajarilishi va bajarilish vaqtini hisoblash. Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish.
  • Algoritmlarni yaratish va tahlil qilish, masaladan dasturga o‘tish.
  • ALGORITM – so‘nggi natijani hosil qilish uchun kerakli bo‘lgan, biror harakatni amalga oshiruvchi qatiy o‘rnatilgan tartib.
  • Algoritm – bu masala yechimini hosil qilish uchun boshlang‘ich informatsiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan aniq belgilangan amallar ketma-ketligi.
  • 1-ma’ruza. Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstraktsiyasi va ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari (mat). Reja




    Download 75.66 Kb.
    bet1/20
    Sana09.02.2022
    Hajmi75.66 Kb.
    #17292
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    1-ma’ruza. Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstra
    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi

    1-ma’ruza.
    Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstraktsiyasi va ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari (MAT).
    Reja:

    1. Algoritmlarni yaratish va tahlil qilish, masaladan dasturga o‘tish.

    2. Ma’lumot tushunchasi.

    3. Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari va tarkibi.

    4. Dasturlarni bajarilishi va bajarilish vaqtini hisoblash.

    5. Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish.

    6. Ma’lumotlarni asosiy abstrakt turlari.



    Kalit so‘zlar: butun toifa, haqiqiy toifa, mantiqiy toifa, belgili toifa, ko‘rsatkichli toifa, sanaladigan toifa, ma’lumotlar tuzilmasi, ma’lumotlar toifalari, abstrakt bosqich, mantiqiy bosqich, fizik bosqich, to‘plam, ketma-ketlik, matritsa, daraxt, graf, so‘z.
    Algoritmlarni yaratish va tahlil qilish, masaladan dasturga o‘tish. Kompyuter o‘z hisoblash kuchliligi bilan birga tezkor, ozoda, aniq va shu bilan birga “butunlay befahm bajaruvchi” hisoblanadi. Turli masalalarni yechishda undan foydalanganimizda kompyuter biror nimani o‘zi o‘ylab topadi degan fikrimiz xato, kompyuter ishlashi uchun aniq va to‘liq instruksiya kerak bo‘ladi. Bu yerda biz algoritmni aniqlash to‘plamidan biriga kelyapmiz. ALGORITM – so‘nggi natijani hosil qilish uchun kerakli bo‘lgan, biror harakatni amalga oshiruvchi qatiy o‘rnatilgan tartib. Bu g‘alati tuyulishi mumkin, lekin biz real hayotda algoritmga har doim duch kelamiz. Omadli telefon qo‘ng‘irog‘i uchun kerakli bo‘lgan amallar tartibini o‘z ichiga oluvchi telefon-avtomatdan foydalanish instruksiyasi. Maishiy texnikadan foydalanish qoidalari va boshqalar qisqa, tushunarli shaklda bizga u yoki bu holda nima qilishimiz kerakligini xabar qilib, harakatlarimiz algoritmini belgilab beradi. Tarixchi matematiklarning ta’kidlashicha, (H. Zemanek ishlariga qarang, Lecture Notes in Computer Sciece 122 (1981), 1-81), «algoritm» so‘zi buyuk ajdodimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ismidan kelib chiqqan, uning mashhur “Kitob al-jabr va al-muqobola” traktasi esa yana bir mashhur “algebra” atamasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Kompyuter ishi jarayonida boshqariladigan instruksiyalarni ishlab chiqarishning asosi algoritm hisoblanadi. Biroq, biz algoritmdan o‘z yozuvlarimizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga o‘tkaza olmaymiz, chunki ular kompyuter tushunmaydigan, faqatgina insonlar tushunadigan tilda yozilgan. Kompyuter algoritmni tushunishi uchun u mashina tiliga o‘giriladi, aynan shunday mashina tilida yozilgan algoritmlar dastur yoki kompyuter dasturi deb ataladi. Quyida biz bu tushunchani joriy kurs asosida yotuvchi algoritm tushunchasi yordamida aniqlashtirishga harakat qilamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, adabiyotda umume’tirof etilgan algoritmni aniqlash tushunchasi yo‘q. Kompyuter texnologiyalari tushunchasiga adekvat bo‘lgan algoritm ifodasini beramiz:

    • Algoritm – bu masala yechimini hosil qilish uchun boshlang‘ich informatsiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan aniq belgilangan amallar ketma-ketligi.


    • Download 75.66 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 75.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstraktsiyasi va ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari (mat). Reja

    Download 75.66 Kb.