• D a stur i y t a ` minotning tu r kuml a nishi
  • 1-mavzu. Amaliy dasturlar paketi va ularning qо‘llanishi




    Download 1.09 Mb.
    bet1/6
    Sana06.06.2022
    Hajmi1.09 Mb.
    #23037
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-mavzu. Amaliy dasturlar paketi va ularning qî‘llanishi
    HART protokoli to'g'risida ummumiy ma'lumotlar, 129, CamScanner 11-12-2022 10.22, Umida prezentatsiya, flash xotira, UrDU Ixtissosliklar bo`yicha Kirish savollari (3), Mavzu Boshlang’ich funksiya va aniqmas integral tushunchalari-azkurs.org

    1-mavzu. Amaliy dasturlar paketi va ularning qо‘llanishi.

    .


    1. Dasturiy ta`minotning turkumlanishi.

    2. Amaliyot tizimlari (AT).

    3. Amaliy dasturlar va ularning to‘plami (paketi).

    4. Amaliyot tizimlarining vazifalari va turlari.

    5. Amaliyot tizimlarining tarkibiy qismlari.

    6. Zamonaviy arxivlash vositalari.

    Dasturiy ta`minotning turkumlanishi
    Dasturiy ta‘minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma‘lumotlarni qayta
    ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
    Dasturiy ta‘minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog‗liq holda, uni quyidagi to‘rt guruhga bo‗lish mumkin:

    1. Tizimli dasturiy ta‘minot

    2. Amalaiy dasturiy ta‘minot

    3. Xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta‘minot

    4. Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari

    Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me‘yordagi ish muhitini ta‘minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba‘zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi.
    Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‗ljallangan.
    Xizmat ko‘rsatuvchi DT tarkibiga foydalanuvchi va ShK uchun xizmat qiladigan ilova va dasturlar tushuniladi. Bunday dasturlardan foydalanish orqali ShK optimal holatda ishlashini ta‘minlash mumkin.
    Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari orqali tizimli dasturiy ta‘minot, amaliy dasturiy ta‘minot hamda xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta‘minot uchun zaruriy ilova va dasturlarni yaratish mumkin.
    Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‗rtasidagi o‗zaro aloqani ta‘minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‗g‗ri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‗lganda nima qilish zarurligi haqida ko‗rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo‗lish mumkin:

      • bir funksiyali(bir foydalanuvchili);

      • ko‗p funksiyali (ko‗p foydalanuvchili);

      • tarmoqli.













      • Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun mo‗ljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).

      • Ko‗p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo‗lib foydalanishni ta‘minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar bo‗ladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar o‗rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari - IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.

      • Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bo‗lishi bilan bog‗liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta‘minlash uchun mo‗jallangan. Tarmoqli OT larning tipik vakillari -Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir.



      • Download 1.09 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Amaliy dasturlar paketi va ularning qо‘llanishi

    Download 1.09 Mb.