• Darsning borishi: Tashkiliy qism
  • Nazariy qism
  • 1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy




    Download 15.84 Mb.
    bet40/172
    Sana19.06.2021
    Hajmi15.84 Mb.
    #15142
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   172
    Dars turi: Yangi bilim berish.

    O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:

    O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.

    O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

    O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,

    Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.

    Darsning borishi:

    Tashkiliy qism:

    O’quvchilar bilan salomlashish

    Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

    Yo’qlamani aniqlash

    Navbatchi axboroti.

    Siyosiy daqiqa.

    Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

    Tayanch bilimlarning faollashtirish.

    Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

    To‘g‘ri chiziqli arqon uskunasidan qanday foydalaniladi?

    Yuqorida berilgan mashqlami kompyuterda bajaring.

    Прямолинейное лассо (To‘g‘ri chiziqli arqon) uskunasi yordamida suratdagi binoni airatib olishni mashq ailing.



    Nazariy qism:

    Ajratishni tugatish uchun sichqonchani ajratish boshlangan nuqtaga olib kelish yoki bu nuqta atrofida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bo- sish yetarli. Mashq sifatida o‘rdakchani fondan magnitli arqon yordamida ajratib olaylik. Yuqoridagi rasmlarda tugun nuqtalaming joylashishi va tas­viming ajratish tugallandan keyingi holati ko‘rsatilgan.

    Sehrli tayoqchani tanlash uchun klaviaturada Ctrl+W qo‘shtugmasini bo- sish ham mumkin. Tayoqchani o‘rdakcha rasmidagi fon rangidagi biror nuq­taga olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosamiz.

    Bu rasmdagi fon bir xil bo‘lgani uchun ham fonni ajratib olish oson bo‘ldi. Odatda, rasmdagi fon bir-biriga yaqin bo‘lgan turli ranglardan ibo­rat bo‘ladi. Yaqin ranglardan qanchasini ajratib olishni parametrlar satrida ko‘rsatish mumkin. Oldingi sahifadagi rasmda 30 soni turgan maydonchada bu parametr qiymati ko‘rsatiladi. Bu qiymat kattalashsa, ajratib olinadigan ranglar soni ham ortadi. Bu parametmi kattalashtirgandan ko‘ra, fonni bir necha joyini tanlab ajra­tish yaxshiroq natija beradi. Bunda forming keyingi nuqtasini tanlashda Shift tugmasi bosib turilsa, ajratib olingan bo‘lak oldingisi bilan birlashtiriladi.

    Quyidagi rasmda fonni sehrli tayoqcha bilan ajratib olsak, o‘ng tomonda- gi bulut va daraxtlar oldidagi forming bir qismi ajralmay qoladi. Ulami ham ajratib olish uchun Shift tugmasini bosib turib, qolib ketgan sohalami sehrli tayoqchani bu sohalar ustida bosib, qo‘shib olamiz.

    Быстрое выделение (Tezkor ajratish) uskunasi ham shunga o‘xshash tarzda ishlaydi. Lekin unda soha qadamma-qadam tanlab boriladi. Bunda navbatdagi tugmani bosib tanlash o‘miga, sichqonchani chap tugmasini bo­sib turib sudrash bilan kattaroq sohani qo‘shib olish mumkin

    Amaliy ish:


    1. Magnitli arqondan qanday foydalaniladi?

    2. Sehrli tayoqchaning ishlash tamoyilini tushuntirib bering.

    3. Tezkor ajratish uskunasi qanday ishlaydi?

    4. Pasport uchun tushgan fotosuratingizni yuklang. Магнитное лассо (Magnitli arqon) uskunasi bilan rasmingizni fondan ajratib oling. Ajratmani inversiyalab fonni ajrating va uni o‘chirib tashlang.

    5. Oldingi mashqdagi topshiriqni Волшебная палочка (Sehrli tayoqcha) uskunasi yordamida bajaring.




    Download 15.84 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   172




    Download 15.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy

    Download 15.84 Mb.