• Elektrotexnika va elektronika fanining hozirgi zamon fani va texnikasidagi o‘rni
  • 1-mavzu. Muhandislik tushunchasi va energiya Reja




    Download 451.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana24.01.2023
    Hajmi451.66 Kb.
    #39320
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    elektr1-ma\'ruza
    Жураев А


    1-mavzu. Muhandislik tushunchasi va energiya 
     
    Reja: 
    1. Elektrotexnika va elektronika fanining hozirgi zamon fani va texnikasidagi 
    o‘rni. 
    2. Zamonaviy elektrotexnik qurilmalarini tavsifi hamda ishlab chiqarishdagi 
    ahamiyati. 
    Elektrotexnika va elektronika fanining hozirgi zamon fani va texnikasidagi o‘rni 
    Hozirgi zamon elektr energetikasi – mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-
    texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab-chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi 
    rolni o‘ynaydi. 
    Inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr 
    energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi: 
    a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug‘lik, atom) energiya turlaridan 
    olinishi nihoyatda sodda; 
    b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsienti (FIK) bilan uzatish va 
    yuklamalarga oson taqsimlash mumkin; 
    v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin; 
    g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin; 
    d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o‘zgartirish sodda; 
    e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya, 
    radioaloqa). 
    Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat elektro 
    energetikanig asosiy masalalarini, balki noelektr texnikalarni yangisi fat darajaga 
    ko‘tarishga imkon berdi. Elektro texnika fanining zamirida elektro texnik, radio texnik, 
    elektro mexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash texnikasi tez sur’atlar 
    bilan rivojlandi. 
    Elektro texnikaning yuzaga kelishi o‘zgarmas tok manbaining yaratilishi va 
    elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog‘liq. 
    Qadim o‘tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog‘ru 
    dalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani 
    magnetizm deb atadilar. 
    Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda noq qahra boishqalanish 
    natijasida elektrlanishi va unda elekt rmaydon paydo bo‘lishini ta’kidlagan. Elektr va 
    magnit hodisalar qadim dunyo dan ma’lum, lekin bu hodisalar to‘g‘risidagi fan 1600 
    yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magni thodisalar to‘g‘risida tadqiqotlarini e’lon 
    qilgandan keyin boshlandi. Elektr to‘g‘risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr 
    hodisalarning tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. 
    Franklino, Sh. Kulonlarning amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. 
    Elektr va magnit hodisalarni o‘zaro bog‘langanligini rus olimi F. Yepinus 1758 
    yilda o‘z ma’ruzasida aytib o‘tgan.1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o‘z nomi bilan 
    atalgan qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. 
    Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A. Volta tomonidan kiritilgan. Volt ustuni esa 


    1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya bo‘yicha 
    birinchi tadqiqotlarini o‘tkazgan va u elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi. 
    Magnit strelkaga tokning ta’siri X. Ersted tomonidan 1819 yilda, toklarning 
    o‘zaro ta’siri yesa A. Amper tomonidan 1820 yilda o‘rganilgan. Amper birinchi bo‘lib 
    elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish atamalarini kiritgan. Magnit maydonining 
    dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o‘tkazilgan va Laplas tomonidan 
    matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio - Savar – Laplas qonuni). 
    Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalarni fransuz matematigi S. Puasson tadqiq 
    etgan. Elektromagnit maydonning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey 
    tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq yetish uchun kuch 
    va yekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan.1782 y. Laplas o‘z nomi bilan 
    ataladigan tenglamalarni og‘irlik nazariyasiga tegishli asarlarida qo‘llagan. 
    Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz fizigi M. Faradey tajriba yo‘li bilan 
    kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi bor o‘rgangan. Elektromagnitli 
    telegraflar rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 yili yaratilgan. Rus akademigi B. 
    Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om 
    qonuni 1826 yilda nemis olimi G. Om tomonidan kashf etilgan.Elektromagnit o‘lchash 
    birligi absolyut tizimini nemis olimlari K.F. Gauss va T. Veber 1831-1833 yillari 
    yaratdilar. 
    Tokning issiqlik ta’siri - Joul-Lens qonunini ingliz fizigi D. Joul 1841 yili va rus 
    akademigi Ye. Lens 1842 yilda ta’riflab berishgan. 1844 yil Ye. Lens elektromagnit 
    inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga 
    oid ikkita muhim qonunga ta’rif bergan.Vektor potensiali, induktivlik va o‘zaro 
    induktivlikni birinchi bor 1845 yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz 
    olimi D. Maksvell 1873 yili siljish toklari tushunchasini kiritdi, hamda hozirda uni 
    nomi bilan ataladigan o‘zgaruvchan elektromagnit maydon tenglamalarini tuzdi. 
    Bundan faqat 25 yildan keyingina elektromagnit maydon mustaqil tarzdagi materiya 
    deb isbot etildi.Elastik muhitda energiya harakati rus olimi N.Umov tomonidan 1874 
    yilda nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Rus injeneri F. Piroskiy 1875 yilda quvvati 4,4 
    kVt o‘zgarmas tokni 1 km masofaga uzatish tajribasini o‘tkazgan.Cho‘g‘lanish lampasi 
    1875 yil A. Lodigin tomonidan kashf etilgan. 1884 yil ingliz olimi D. Poyting 
    elektromagnit maydon energiyasini uzatishni nazariy jihatdan tadqiq etgan. 
    1889-91 yillarda rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy elektr energiyaning uch 
    fazali tizimi qism(generator, transformator, motor) larini ishlab chiqqan va kuchlanishi 
    15 kV, quvvati 150 kVA bo‘lgan elektr energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga 
    oshirgan.1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda 
    birinchi bo‘lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan.1887-88 yillarda nemis olimi 
    G. Gers elektromagnit to‘lqinlarni mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi. 
    Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905-1908 yillarda G. Lorens va 
    G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog‘liq.O‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasi nemis 
    olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 1911 yilda kashf etilgan.Fransuz matematigi 
    J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi akademiklari L. Eyler va D. Bernullilar bilan 
    birgalikda to‘lqin tenglamalari nazariyasini hamda matematik fizika asoslarini 
    yaratishdi.Laplasning to‘g‘ri o‘zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan. Hajm 
    integralini sirt integraliga o‘zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828 yilda 


    bergan.Differensial tenglamalarni operator usulida integrallashni rus matematigi M. 
    Vashenko-Zaxarchenko taklif etgan. O‘rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. 
    Chebishev tomonidan 1867 yil, Dyuamel integrali yesa 1883 yil berilgan. Ma’lum 
    harakatning turg‘unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator 
    usuli elektrotexnika faniga O. Xevisayd tomonidan 1892-1912 yillarda tadbiq etilgan. 
    Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika olimi 
    Ch. Shteynmes 1894 yilda taklif etgan. Garmonik balans usulida nochiziq elektr 
    zanjirlarni hisoblash usulini fransuz olimi M. Joli 1911 yil joriy etgan. Sekin 
    o‘zgaradigan amplitudalar usulini 1927 yil golland olimi B. Vander-Pol taklif etgan. 
    Kichik parametrlar usulini esa 1928 yil fransuz olimi G. Puankare taklif etgan.Nochiziq 
    tebranishlar nazariyasidagi fundamental ishlarni akademiklar L. Mandelshtamm, N. 
    Papaleksi va A. Andronov 1937 yil amalga oshirdilar.Nochiziq zanjirlarni chastotaviy 
    usulda tahlil yetishni rus olimlari N.M. Krilov va N.N. Bogolyubov birinchi bo‘lib 
    taklif etdilar. Elektr zanjirlar sintezini birinchi bor nemis olimlari I.O. Sobel (1924 y.), 
    amerika olimi R. Foster (1924 y.) rus olimlari S. Yevlanov (1937 y) hamda B.V. 
    Bulgakov (1949 y.) nazariy jihatdan asosladilar. 
    Elektr zanjirlarni signal graflar bilan tahlil qilishni rus olimi B.N. Petrov (1945 
    y.) va amerika olimi S. Mezon (1953 y.) taklif etishgan. 
    Maydon nazariyasi masalalarini yechishda integral tenglamalarni qo‘llashni rus 
    olimlari G.A. Granberg, V.M. Alexin, O.V. Tozoni, Ye.V. Kotel nikovlar (1948 y.) 
    taklif etdilar. 
    1904 yilda Peterburg politexnika institutida professor V.F. Mitkevich "Elektr va 
    magnit xossalari" fanidan, 1915 yilda Moskva Bauman oliy texnika o‘quv yurtida 
    professor K.A. Krug "O‘zgaruvchan toklar nazariyasi" fanidan ma’ruzalar o‘qidi. 
    O‘zbekistonda energetika va elektrotexnika fanlarini o‘rganish va rivojlantirish 
    XX-asrning 30 yillaridan boshlandi. Respublikadagi energetika va elektrotexnikaning 
    asosiy ilmiy yo‘nalishlari N. Shcherdin va akademik X. Fozilov rahbarligida belgilandi 
    va elektr stansiyalar elektr tizimi va jihozlarini takomillashtirish, puxtaligini oshirish, 
    samaradorligini ko‘tarishga qaratildi. Elektr tizimlarini hisoblashning ixcham usullari 
    (X.Fozilov, K.R. Allaev, T.X. Nosirov, 1960-70 yillar) taklif etildi.Elektr tizimlari 
    rejimini ifodalaydigan katta o‘lchamli nochiziq tenglamalarni yechish (S. Solihov) 
    masalalari tadqiq qilindi. An’anaviy energiya hamda tiklanuvchi energiyadan 
    kompleks foydalanish (R.A. Zoxidov) masalalari xalq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyat 
    kasb etadi.1970-1980 yillarda akademik J.Abdullaev tomonidan energetika tizimlarida 
    o‘lchash texnikasi aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim 
    tadqiqotlar amalga oshirildi. Shu yillarda o‘zbek olimlari (M.Z.Xomidxonov, 
    S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjaev, M.Xusanov, O.O.Xoshimov, K.Mo‘minov) 
    avtomatlashgan elektr yuritmalarning yangi avlodini hamda ko‘p rotorli asinxron 
    motorlarni (A.Dadajonov) yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Elektr tarmoqlari optimal 
    rejimlarini boshqarish asoslari (Ye. Payziev) yaratildi. 
    Nazariy elektrotexnika sohasida nochiziq elektr zanjirlari va tizimlari nazariyasi 
    (G.R. Raximov, Z.I. Ismoilov, P.F. Xasanov) hamda avtoparametrik tebranishlar 
    zanjirlarida o‘zgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini o‘zgartirish nazariyasi 
    (A.S.Karimov, M.I. Ibodullaev) takomillashtirildi. 


    Tarqoq parametrli zanjirlar nazariyasi va ular asosida elektrotexnik hamda elektr 
    o‘lchash o‘zgartkichlarini takomillashtirish (M.F. Zaripov) yo‘nalishlarida ijobiy 
    natijalarga erishildi. Elektr o‘lchashlar fanida yangi xarakteristikalarga ega chastotasi 
    o‘zgaruvchan o‘zgartgichlar va o‘lchash ko‘priklari nazariyasi Sh.Sh. Zoxidov 
    tomonidan takomillashtirildi. 

    Download 451.66 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 451.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Muhandislik tushunchasi va energiya Reja

    Download 451.66 Kb.
    Pdf ko'rish