|
1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha
|
bet | 1/19 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 164,16 Kb. | | #156992 |
Bog'liq 1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi t
1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar
1. Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha
Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan maʼlumotlarning ko‘rsa-tishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita taʼsir etishi or-qali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning aʼzolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qatʼi nazar, sezgi organ-lariga taʼsir qilish mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida aks etishidir. Inson at-rof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko‘rinishini, ularning xossalarini o‘ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sez-gilar orqali biladi, xolos.
Sezgilar to‘g‘risidagi ilmiy taʼlimotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o‘zi esa tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchi-larning sezgi aʼzolariga taʼsir etishining mahsulidir. Maʼlumotlar-ning ko‘rsatishicha, sezgilar moddiy (obʼektiv) borliqning, voqelik-ning haqqoniy tasvirini inʼikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko‘rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo‘lsa ular xuddi shundayli-gicha hech o‘zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo‘zg‘atuvchilarning o‘ziga mutlaq mos (adekvat) bo‘lgan analizatorlar taʼsiri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning taʼlimotlariga ko‘ra analizatorlar uch o‘zaro uzviy uyg‘unlikka ega bo‘lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylan-tirib beruvchi periferiya qismdan, yaʼni retseptordan;
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog‘lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o‘tkazuvchi asab yo‘llaridan;
3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (harakatla-ri) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po‘stidagi qismlari-dan (uchastkalaridan) iboratdir.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko‘z, quloq, teri, burun kabilar), taʼsirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamala-riga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi Ch. Sherring-tonga taaluqlidir):
tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, yaʼni eksterioretseptiv sezgilar (retseptorlar);
ichki tana aʼzolari holatlarini inʼikos etuvchi hamda retsep-torlari ichki tana aʼzolarida, to‘qimalarida joylashgan sezgilar, yaʼni interoretseptiv sezgilar;
tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida maʼ-lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mu-shaklarda joylashgan sezgilar, yaʼni proprioretseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko‘rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, taʼm-maza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko‘rish 380 dan 770 gacha milli-mikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlaridan iboratdir. Ko‘rish sezgilari bosh miya po‘stini tepa bur-masining qismida joylashgan bo‘dadi. Teri-tuyush, harakat sezgilari miya po‘stini markaziy burmasining orqa qismidan o‘rin olgandir.
Endi sezgilar klassifikatsiyasi, mohiyati va uning negizlari yuzasidan kenfoq mulohaza bildiramiz.
A. R. Luriyaning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub maʼ-nodagi sezgilar emas, balki lar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida maz-kur sezgilarning subʼektiv ravishda paydo bo‘lishi yetarli darajada chuqur o‘rganilmagan, xuddi shu bois ular «nomaʼlum hislar” doirasi-ga kiritilgandir. Ular to‘g‘risidagi bilimlar bilan tanishish, o‘zga-rib borishlarini tekshirish «kasalliklarning ichki manzarasi”ni ifodalab berishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A. R. Luriya tadqiqotlaridan).
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg‘ona-di, shuning bilan birga ularning ifodalanishi o‘ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular »олдиндан his qilish” tariqasida paydo bo‘lib, hatto inson ularni taʼriflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko‘pin-cha ushbu kechinmalar tush ko‘rishda qaysidir kasallik huruj qilayot-ganligidan darak beruvchanlik vazifasini o‘tmaydi, xolos.
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‘zgarishi-da ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Chunki, bola o‘z tana aʼzolaridagi ichki holatlarning o‘zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, xuddi shu tufayli undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilaridan buni sezish mumkin. Bu hodisalarning yorqin misoli sifatida qu-yidagi voqelikni tahlil qilamiz: bola o‘z ichki interoretseptiv sez-gilarini namoyish qilish maqsadida «kasal” bo‘lib qolgan qo‘g‘ircho-g‘ini parvarish qila boshlaydi.
Interoretseptiv sezgilarning obʼektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashtirish balansini taʼminlab turishning asosi hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan ayt-ganda, ular organizmlardagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turi-shining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan paydo bo‘ladi-gan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo‘riqish, affekt holatlarini yo‘qotish (bartaraf qilish, pasaytirish), tug‘i-lib kelayotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Oqibat natijada, ichki tana aʼzolarining faoliyatini izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Xuddi shu sababdan tibbiyot psixologiya-sida interoretseptiv sezgilar ham muhim rol o‘ynaydi. Somatik va visperal jarayonlar, ruhiy holatlar (psixosomatika) o‘rtasidagi mu-nosabatlarni o‘rganish imkonini yaratadi.
Interotseptiv sezgilarningfiziologik mexanizmlari interotsep-siya bilan birgalikda K. M. Bikov, V. N. Chernigovskiylar tomoni-dan atroflicha o‘rganilgan. Bu narsalarning barchasi shartli reflek-tor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab beril-gan.
Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavda-ning fazodagi holati to‘g‘risida signallar bilan taʼminlab turadi. Ular inson harakatining regulyatorini va afferent asosini tash-kil qiladilar.
Periferik retseptorlar muskullarda, paylarda va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, maxsus tanachalari shakliga egadirlar. Mazkur ta-nachalar Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo‘zg‘atuvchilar muskullarining ta-ranglashuvi natijasida va bo‘g‘imlar holatining o‘zgarishida, nerv tolalari (iplari) yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi (stolba-sidagi) oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo‘zg‘ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo‘limlariga yetib keladi va undan po‘stosti tugun-laridan o‘tib, bosh miya katta yarim sharining qorong‘ilashgan zonasi-da o‘z harakatini yakunlaydi.
Proprioretseptorlar harakatining afferent asosi ekanligi A. A. Orbeli, P. K. Anoxin (hayvonlarda), N. A. Bernshteyn (odamlar-da) tomonidan o‘rganilgan.
Psixologik maʼlumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati sez-girligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, o‘zaro bir-biriga perpendi-kulyar bo‘shlikda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o‘zga-rishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
a) o‘zgarish endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyator nerv;
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi;
d) miya apparatiga o‘tadi.
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni oriyentirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, av-tomobilning yo‘ldan o‘tishi (qatnovi), qalin o‘rmonni kesib o‘tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mum-kin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi.
Ekstroretseptiv sezgilar moddalikdan (5 tadan) tashqari inter-modal nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi (aʼzosi) orqali sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash — vibratsiya sezgirlik deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarning idrok qilishi, pia-ninoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda, vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Inter-modalning boshqa bir ko‘rinishi mana bunday holatda namoyon bo‘la-di:
a) hid, taʼm va maza sezgilarida;
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;
v) tricheminal, yaʼni uch xil taʼsirning uyg‘unlashgan, integrativ
holatida kabilar.
Sezgining nospetsifik shakli — terining foto sezgirligi rang larning nozik jilolarini ajratish, qo‘l uchlari bilan sezish orqa-li ro‘yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A. N. Leontev tomoni-dan kashf qilingan bo‘lib, bu narsa ko‘pgina holatlarga oqilona yonda-shish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo‘l uchiga yashil va qizil rangli yorug‘lik yuborish orqali dunyo yuzini ko‘rgan. Rang signallarining og‘riq qo‘zg‘atuvchilar bilan munosabati qiyosiy ji-hatdan olib borilganda, insonni faol mo‘ljallash (oriyentirlash) jarayonida uning qo‘l uchi terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farklashga o‘rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati hali yetarli darajada o‘rganilgani yo‘q. Shunga qaramasdan, talamitik tizim va po‘st ostining qo‘zg‘alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yorug‘lik se-zish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko‘pincha «oltinchi tuyg‘u, hissiyot” sharofat bilan inson tomonidan «masofa”ni sezish, ko‘r odamlarda to‘siqni his qilish ushbu jarayon uchun yorqin misol bo‘la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo to‘lqinlarini idrok qilish, to‘siq oralig‘ida mavjud bo‘lgan tovush to‘lqinlarini (tebranishlarini) o‘zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan izohlashga muayyan negiz (asos) bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
|
| |