|
1. Mexanik harakat nima. Yo‘lnima. Ko‘chish nima. Traektoriya nima?
|
bet | 1/7 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 22,31 Kb. | | #126794 |
Bog'liq 7-SINF IMTIHON
BILET№1
1.Mexanik harakat nima. Yo‘lnima. Ko‘chish nima. Traektoriya nima?
2. Koptok yerdan yuqoriga otildi. U 20 m balandlikka ko‘tarilib qaytib tushayotganida yerdan 5 m balandlikda ushlab olindi. Koptokning ko‘chishini toping (m).
3. Bo'ri to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanib, S = 320 m masofani t = 20s vaqtda bosib o‘tdi. Bo‘rining ( S = ? ) tezligini toping (m/s).
4. Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan avtomobilning boshlang’ich tezligi 10 m/s . 5s dan keyingi tezligi esa l6 m /s bo’lsa, shu vaqt ichida avtomobilning bosib o’tgan yo’lini toping?
BILET№2
To‘g‘ri chiziqli tekis harakat nima?
Bo'ri to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanib, S = 320 m masofani t = 20s vaqtda bosib o‘tdi. Bo‘rining ( S = ? ) tezligini toping (m/s).
Boshlang’ich tezligi 144 km/soat bo’lgan Bugatti Veyron avtomobili tekis tezlanuvchan harakat qila boshlab 10 s da 700 m yo’l bosib o’tdi. Bugattining
harakat oxiridagi tezligini toping (m/s).
Uzunligi 600m bo’lgan poyezd, uzunligi 240 m bo’lgan ko‘prikdan
2 min da o‘tdi. Poyezd tezligini toping (m/s) .
BILET№3
Notekis harakatda o‘rtacha tezlik qanday topiladi?
Lada Vesta avtomobili dastlabki 4 km ni 3 minutda, keyingi 6 km ni 7 minutda bosib o‘tdi. Lada Vestaning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligini
toping (m/s).
0,2 m/s2 tezlanish va 2 m/s boshlang’ich tezlik bilan tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan poyezdning tezligi qancha vaqtdan (s) keyin 36 km/soat ga teng bo’ladi?
Boshlang’ich tezliksiz 0,2 m /s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat
qila boshlagan poyezd 30s da qancha masofa bosib о‘tadi (m)?
BILET№4
To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda yo’l formulalarini va oniy tezlikni ayting?
Boshlang’ich tezligi 6 m/s bo’lgan kiyik, tekis tezlanuvchan harakatlanib
0,2 minutda 144 m yo’l yurdi. Kiyikning tezlanishini toping ( m / s2)
Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jismning 4-sekund oxiridagi
tezligini toping (m/s). g = 9,8 m/s2
Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism 5 m balandlikdan qancha
vaqtda tushadi (s). g = 10 m/s2
BILET№5
To‘g‘ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakatda yo’l formulalarini va oniy tezlikni ayting?
Yuqoriga 50 m/s tezlik bilan otilgan mis parchasining ko‘tarilish vaqtini
toping (s). g = 10 m/s2
Aylanish davri 40s bo’lgan disk 0,4 soatda necha marta aylanadi?
Tosh 80 m balandlikdan gorizontal yo'nalishda 36 km/soat tezlik bilan otildi. U yerga qancha vaqtdan keyin tushadi (s)?
BILET№6
Erkin tushish nima?
Disk 20 s da 400 marta aylanadi. Uning aylanish chastotasini toping (1/s)
Massasi 400kg bo’lgan jismning hajmi 0,8 m3 ga teng. Uning zichligini toping (kg/m3)
Massasi 2 kg bo‘lgan jismga 4 m/s2 tezlanish bera oladigan kuchning qiymatini toping (N)?
BILET№7
Yuqoriga tik otilgan jismning oniy tezligi va balandligi formulalari?
Avtomobil g’ildiragining aylanish chastotasi 30 s -1 ga teng. U 900 marta
aylanishi uchun qancha vaqt kerak (s).
Massasi 4 kg bo‘lgan jismga 4 m/s2 tezlanish bera oladigan kuchning qiymatini toping (N)?
BILET№8
Aylana bo‘ylab tekis harakat deb qanday harakatga aytiladi?
Mototsikl radiusi 50 m bo’lgan burilishda 90 km/soat tezlik bilan
harakatlanmoqda. Uning normal tezlanishini toping ( m / s 2) .
Massasi 6 kg bo’lgan jismning hajmi 0,001 m3 ga teng. Uning zichligini toping (kg/m3)
Massasi 20 kg bo‘lgan jismga 6 m/s2 tezlanish bera oladigan kuchning qiymatini toping (N)?
BILET№9
Aylanish chastotasi ta’rifi va formulalari ?
G’ildirak chekka nuqtasining chiziqli tezligi 10 m /s va markazga intilma
tezlanishi 5 m /s 2 ga teng. G’ildirakning radiusini toping (m).
Massalari 667 kg va 400kg bo’lgan jismlar massa markazlari orasidagi masofa 6,67 m bo’lgan jismlar bir-birini qancha kuch bilan tortadi (N) ?
Lift yuqoriga 1,5 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlanmoqda.
Undagi 60 kg massali ayolning og‘irligini toping (N), g = 10 m/s2
|
| |