1. Moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligi haqida. Bugungi kunda




Download 29.59 Kb.
Sana05.04.2024
Hajmi29.59 Kb.
#188467
Bog'liq
REJA
5-sinf shartnoma (3) (3), Darsliklar va, 11-sinf sharnoma, IPDA Market Cycle, JAHON-AXBOROTRESURSLARI, 14-mavzu. Komplementar invertorlar. Reja, 14-mavzu. Komplementar invertorlar. Reja, Улыума пед лекция


REJA:

1.Moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligi haqida.

2.Bugungi kunda davlatimizda farovon turmush ,yurt tinchligi ,jamiyat rivoji uchun amalga oshirilgan ishlar haqida.


Ma’naviy xayot moxiyatiga kura insonning Foyaviy nuktai nazardan kamol topishini taminlovchi muxit bulib, unda shaxs ruxiyati, xissiyoti, ongi, tafakkuri va dunyokarashi shakllanadi, uning ma’naviy extiyojlari kondiriladi. Shaxs ma’naviy xayotining tashkil etilishida fan, madaniyat, san’at, din, axlok, siyosat xamda xukuk yetakchi urin tutadi.
Moddiy xayot moxiyatiga kura, insonni tabiiy va sun’iy ravishda urab oluvchi muxit bulib, u moddiy ishlab chikarish, ishlab chikarish tajribasi, texnika, texnologiya xamda boshka moddiy kadriyatlar majmui asosida xosil buladi.
Moddiy va ma’naviy xayot uygunligiga erishish - shaxs tomonidan ma’naviy va moddiy extiyojlarni kondirish yulida amalga oshirilayotgan jismoniy xatti-xarakat xamda Foyaviy-ruxiy jarayonlarning mazmunan bir-biriga mos kelishi;
ma’naviy va moddiy xayotning uzaro mutanosibligidir, mazkur jarayonning mox,iyatini moddiy ne’matni yaratish yulida tashkil etilayotgan jismoniy xarakatlarning ezgu Foyalar bilan ragbatlantirilishi tarzida talkin etilishidir.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonlari yoki auditoriya, ta’lim muassasalaridan tashkarida tashkil etiladigan tarbiyaga yunaltirilgan faoliyatlarda talabalarda moddiy boylikka (uning ekvivalent kurinishi bulgan pul) ijobiy munosabat mavjud bulsa, uni yaratish ja-rayoniga x,am ijobiy yondashuv zarurligini uktirib borish talab etiladi. Ana shundagina talaba xam ma’naviy jixatdan usadi, xam moddiy farovonlikka erishadi.
Mamlakatimizda mustaqillikning oxirgi taraqqiyot yillarida barcha sohada ulkan oʻzgarishlar amalga oshirildi. Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi yuksalib, farovonligi, turmush tarzi yana-da yaxshilandi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Bugungi kunda amalga oshirayotgan islohotlarimiz, xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani tufayli jamiyatimizda ochiqlik va erkinlik muhiti tobora kuchayib bormoqda. Prezident virtual qabulxonasi, hududlarda xalq qabulxonalari ochilib, odamlarimiz tashabbus koʻrsatib, nafaqat oʻz shaxsiy muammosi, balki koʻpchilikning dardu tashvishlarini hal qilish uchun davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlashga oʻrganayotir.
“Yangi Oʻzbekiston” davlat siyosatida tub burilishlar, jadal islohotlarni boshlab berdi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini taʼminlash asosida Oʻzbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʻoya mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga koʻtarish gʻoyasi biz uchun dasturilamal boʻlib xizmat qilyapti.
Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻziga xos tizim shakllanmoqda. Bu borada “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlarimiz aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol oʻynamoqda. Buning natijasida yuzlab tuman, shahar va qishloqlarning meʼmoriy qiyofasi tubdan yangilanmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri — “Ekonomist” jurnali Oʻzbekistonni 2019-yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat — “Yil mamlakati” deb eʼtirof etgani har birimizga cheksiz gʻurur, iftixor va kuch bagʻishladi.
Birgina ijtimoiy himoya sohasini oladigan boʻlsak, keyingi yillarda kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan insonlar, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy islohotlar uzviy davom etmoqda. Birinchi navbatda, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bosh vazifalardan biri boʻlib qoldi.
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning yanvar oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yoʻllagan Murojaatnomasida birinchi marta “kambagʻallik” tushunchasining ilgari surilishi mamlakatda ijtimoiy himoya sohasida keskin burilish yasadi. Kambagʻallikni kamaytirish uchun aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda. Har bir xalq, millat hamisha erkin yashashni xohlaydi va shunga intiladi. O’zbek xalqi ham o’zining ko’p yillik orzusiga 1991- yil 31-avgustda erishdi. Mustaqillik xalqning asrlar davomida ro’yobga chiqmagan orzu-maqsadlarining amalga oshishiga yo’l ochib berdi,/ Shunday orzularimizdan biri — ona tilimizning Davlat maqomiga ega bo’lishi edi. Garchand «Davlat tili haqida»gi Qonun mustaqillikgacha qabul qilingan bo’lsa-da, istiqlol yillarida ona tilimizning rivojlanishiga keng imkpniyatlar yaratildi, uni o’rganishga e’tibor ortdi.
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan— bu oila, men tug’ilib voyaga yetgan go’sha, qo’ni-qo’shni, mahalla, qishloq, maktab, qo’yinki, men yashab turgan zamindagi hamma-hamma narsaj Vatanni onaga qiyoslaydilajci Onaning muqaddasligini la’riflashga so’z ojizlik qiladi. Shuning uchun ham Vatanni e’zozlab, uning har bir qarich tuprog’ini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi, tinchligi uchun hissa qo’shish, hamisha ogoh bo’lib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz.
Har bir xalq o’z Vatanini nechun sevadi? Yer yuzida shunday yurtlar borki, yil — o’n ikki oy yoz bo’lmaydi yoki aksincha. O’shan-day yurtlarda yashovchilar ham Vatanini boshqa yurtga alishmaydilar. Nima uchun? Chunki bu yerda Vatan tuyg’usi, degan buyuk bir tushuncha bor. Har kimning kindik qoni to’kilgan joy — muqaddas, uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyg’u bilan biz O’zbekistonni sevamiz.
O’zbekiston — tabiiy boyliklarga serob diyor. Bu boyliklarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Istiqlol davrida sanoatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqdaj Xorij sarmoyalarini jalb etgan holda qo’shma korxonalar qurilmoqda. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni yo’lga qo’yishga harakat qilinmoqda. Tarixdan bilamizki, har bir davrning ijodkorlari Vatanni kuylashgan, madh etishgan. Mustaqillik yillarida istiqlol madh etilgan bir qator asarlar yaratildi.
O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Uni biz har qadamda, yurti-mizning har kunlik faoliyatida sezib, ko’rib turibmiz. O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod bo’lib yetishishimizga bog’liq. Shu ma’noda, milliy istiqlol g’oyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o’rganishimiz, ularga sodiq bo’lishimiz kerak bo’ladi. Vatanni seving, ardoqlang. Chunki u ona kabi muqaddasdir!
Xulosa qilib aytganda , xalqimizning iqtisodiy va manaviy jihatdan yuksalishi , vatanimizda yashayotgan har bir fuqarolarning vatanga bolgan chuqur hurmati bilan ham belgilanadi . Biz O’zbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o’zgarishlarda o’zimizning ham hissamiz borligini doimo his qilib turamiz. Bu esa bizni jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishga, o’z Vatanimizning haqiqiy vatanparvari, ongli fuqarosi bo’lish. Mustaqillik – bu avvalo, ruhiy ozodlik, fikriy erkinlik bilan bog‘liq insonning eng oliy qadriyatlaridan biridir. O‘zbekiston xalqi ham uzoq yillar kutgan, orzu qilgan istiqlol xalqimizga eng avvalo, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini, suverenitetini, ma’naviy qadriyatlarini, iqtisodiy erkinlikni taqdim etdi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 31 avgust kuni Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasidagi nutqida ham mustaqillikning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. Istiqlol yillarida xalqimiz o‘z irodasi va salohiyati tufayli asrlarga teng taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani ta’kidlandi. Yangi O‘zbekiston bog‘ida tashkil etilgan tantanalar o‘zgacha shukuhda o‘tkazildi. Ayniqsa, bog‘dagi Mustaqillik monumenti o‘zining mustaqillikka erishish yo‘lidagi tarixiy jarayonlarni to‘liq aks ettirishi, tomoshabinda jarayon haqida aniq taassurotlar qoldirishi, o‘zgacha salobat to‘kib turishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston taraqqiyotning yangi yo‘liga tushib oldi, erkin va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlari shiddat bilan kechmoqda. Xalqimizni tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash eng yuqoridan to quyi davlat idoralarigacha bo‘lgan butun bir tizim faoliyatining bosh mezoniga aylangan. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo, inson huquqlarini ta’minlash, xalq davlatning birdan bir manbai ekanligini amalda ta’minlash, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, jahon savdosiga teng huquqlar asosida qo‘shilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, sarmoyaviy jozibadorlikni oshirish va ta’lim tizimini chuqur isloh etish orqali uni taraqqiyot lokomotiviga aylantirishga kirishildi.
Prezidentimiz ta’lim tizimini isloh qilish masalasiga alohida to‘xtalib, “...agar biz ta’limni o‘zgartirsak, ta’lim insonni o‘zgartiradi. Inson o‘zgarsa – butun jamiyatimiz o‘zgaradi.”, - deya fikr bildirdi. Darhaqiqat, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlarning bosh ijrochisi ham biz o‘zimiz, O‘zbekiston fuqarolari. Islohotlar natijasi ham bevosita fuqarolarimiz hayotini farovon etish uchun xizmat qiladi. Bu jarayonda yuksak bilim va salohiyatga ega kadrlar hal qiluvchi kuch sifatida maydonga chiqadilar. Uzluksiz sifatli ta’lim tizimigina aynan shunday kadrlarni yetkazib bera oladi. So‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlari, jumladan, oliy ta’lim tizimini uyg‘otish, mustaqil fikrlovchi, bilimli kadrlarni tayyorlash masalasida qator amaliy ishlar qilindi.
Birinchi navbatda, Oliy ta’limni rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi bizga asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi. Konsepsiya asosida o‘qishga kirishda adolatli va shaffof tizimni yaratildi. Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 28 foizga yetkazildi. Yurtimizda so‘nggi 5 yilda 64 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkazildi. Qabul kvotasi 3 barobar oshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun alohida kvotalarning ajratilishi yo‘lga qo‘yildi. Masalan, joriy yilda 3 ming 155 ta, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari uchun – 1 ming 580 ta, kam ta’minlangan oilalarga mansub xotin-qizlar uchun – 2 mingta qo‘shimcha davlat granti ajratildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich moliyaviy va akademik mustaqillik berish yo‘lga qo‘yildi va 10 OTM moliyaviy mustaqillikka ega bo‘ldi. Oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish izchil amalga oshirilib, 2021/2022 o‘quv yilidan aksariyat OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tdi. Bu dunyoning yetuk o‘quv yurtlari bilan akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratdi. O‘quv jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar esa, ta’lim jarayonini tashkiliy jihatdan osonlashtirish, optimallashtirish va pirovardida sifatli ta’limni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Yurtimizdagi OTMlararo hamda xorijiy OTMlar bilan integratsiyalashuv bir necha karra oshdi, 60 dan ortiq xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilib, yetuk xorijiy OTM o‘quv dasturlari o‘zlashtirilmoqda. Yana bir muhim yangiliklardan biri mamlakatimizdagi OTMlarni xalqaro reytinglarda yuqorilashi uchun kompleks dastur ishlab chiqildi va dastlabki qadam sifatida 10 OTMni TOP-1000 talikka kiritish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Andijon davlat universitetida ham so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida kechayotgan islohotlarga hamohang tarzda bir qancha amaliy ishlar qilindi. Birinchidan, zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari ochildi, masalan, 2016 yilda universitetda 23 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlangan bo‘lsa, bu yil 50 ta ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, qabul kvotalari 2016 yilda 1160 tani tashkil etgan bo‘lsa, 3800 taga yetdi. Shu yillarda mos ravishda talaba soni 7600 tadan 22500 taga yetib, uch baravar o‘sishga erishildi. Talabalar soni oshishi bilan tabiiy ravishda professor-o‘qituvchilar soni ikki barobarga oshganiga qaramay universitet ilmiy salohiyat darajasi nafaqat saqlab qolindi balki, 3 foizga oshib, 30.1% ga yetdi. Xorijiy talabalar qabuli uch karra o‘sdi. Bugungi kunda universitetimiz dunyoning 42 ta oliy ta’lim muassasalari bilan akademik va ilmiy hamkorlikda ish olib bormoqda. Hozirda 3 ta: Rossiyaning Mordoviya va Tomsk davlat universitetlari hamda Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti kabi yetuk xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 7 ta yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlari ochilgan bo‘lib, ularda 250 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Hamkor OTMlardan biri Tomsk davlat milliy tadqiqot universiteti QS xalqaro reytingida 250 o‘rinda turadi.
Talabalarni ijtimoiy himoya qilishda ham mutlaqo yangicha tizim yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2021 yilning o‘zida universitet tomonidan "temir daftar" ga kiritilgan oila farzandlari, "ayollar daftari" va "yoshlar daftari" ga kiritilgan talabalardan 56 nafariga shartnoma pullarning bir qismi to‘lab berildi.
So‘nggi yillarda talabalarni turar joylar bilan ta’minlash masalasi ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu og‘riqli masalani yechish uchun joriy yilda universitetda 500 o‘rinli TTJ qurilishi boshlandi. 2025 yilga qadar esa, ana shunday 6 ta TTJ qurilishi belgilab olindi. Ushbu o‘quv yilidan boshlab ijarada turuvchi talabalarning 50% ijara pulini to‘lab berilishi katta yangilik bo‘ldi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi ham chuqur islohotlarni boshdan kechirmoqda. Masalan, bunda ikki bosqichli tizim yaratilib, tayanch doktorantura va doktorantura uchun qabul kvotalari keskin oshirildi. Ularning moddiy ta’minotini yaxshilash maqsadida stipendiyalar tayinlandi. 2018 yilda doktoranturaga qabul kvotalari 17 ta bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich deyarli uch barobar oshib 50 tadan oshdi. Bunday amaliy ishlarni yana uzoq davm ettirishimiz mumkin. 
Biroq, Mustaqillik bizga bergan keng imkoniyatlardan to‘liq foydalana olganimizcha yo‘q. Kelajakda bizning oldimizda qator vazifalar kutib turibdiki, ularni amalga oshirmasdan turib farovon hayotga yeta olmaymiz.
Birinchidan, qabul kvotalarini oshirishni davom ettirish va bitiruvchilarni 50-60 foizga yetkazish lozim. Ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalari tom ma’noda ilm-fan markaziga, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining lokomativiga aylanishi universitetlar qoshida yuksak texnologiyalar bilan ta’minlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etishimiz lozim. Uchinchidan, oliy ta’lim tizimida ham xususiy oliy ta’lim tashkilotlarini ko‘paytirish va ularga davlat OTMlari bilan sof raqobat muhitini shakllantirishimiz lozim. To‘rtinchidan, zamonaviy dunyo talab qiladigan ta’lim yo‘nalishlarini ochishimiz lozim. Beshinchidan, zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratishni rag‘batlantirish, tan olingan xorijiy o‘quv adabiyotlarini tarjima qilish tizimini yo‘lga qo‘yishimiz lozim.
Download 29.59 Kb.




Download 29.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligi haqida. Bugungi kunda

Download 29.59 Kb.