Mavzu:Pedagogik mahorat va uning asosiy komponentlari. O`qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Pedagogik takt va pedagogik etika. Pedagogik texnika
Reja:
1.Pedagogik mahurat tushunchasi.
2.O`qituvchi faoliyatida pedagogic qobiliyatni o`rni
3. Pedagogik takt qoidalari
O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlaming davomchisi bo'lgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasidagi obro'-e'tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart. O'qituvchi ota-ona bilan birgalikda barkamol avlod ta'lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo'lib, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bolish, o'qituvchi uchun ta'lim-tarbiya samaradorligini ta'minlovchi zamin bo’libgina qolmasdan, ayni vaqtda, uning jamiyatdagi obro'- e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi
Yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lgan o'qituvchi bolani tushuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lishi, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholashi, yuzaga kelishi ehtimoli bo'lgan ziddiyatlarni o'z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda hamisha ilg'orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda o'quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g'oyalarni hayot bilan bog’lay olishi lozim..
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat: 1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi. 2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish. 4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
O’qituvchi faoliyatida muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi-pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur.Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi,o’z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo’ladi. Pedagogik ishga qobliyatli,istedodli kishigina loyiq bo’ladi va pedagogik mahoratga erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq va o’qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste’dod va zehn inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va uni rivojlantirib borilmog’i lozim. 1. Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va boshqalarga oid) qobiliyatlar.Bunday qobiliyatlarga ega o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmdagina emas,balki ancha keng va chuqurroq biladi. O’z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi,unga nihotda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini ham bajaradi. 2. Tushuntira olish qobiliyati-o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish,material yoki problemani aniq tushunarli qilib gapirib berish, o’quvchilarga mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyati.O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi,soddalashtira olishi,qiyin narsani oson,murakkab narsani oddiy,noaniq narsani tushunarli qilib o’quvchilarga yetkaza olishi lozim.Qobiliyatli o’qituvchi o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi,ularning nimani bilishlari-yu,nimani bilmasliklarini,nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi.Ba’zi o’qituvchilarga ,ayniqsa tajribasi kam o’qituvchilarga o’quv materiali oddiy, tushunarli, alohida izohni talab etmaydigan tuyiladi.Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchi o’rniga qo’yadi,U kattalarga aniq va tushunarli bo’lgan narsani o’quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo’lishi mumkinligiga ishonib,unga asoslanib ish tutadi. 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati-o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qoiliyati,o’quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni kuzata olish qobiliyati.Bunday o’qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo’lmagan tashqi belgilar asosida, o’quvchining ruhiyatidagi ko’z ilg’amas o’zgarishlarni ham fahmlab oladi. 4. Nutq qobiliyati- nutq yordamida, shuningdek imo- ishora vositasida o’z fikr hamda his- tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik qobiliyati uchun juda muhim. 5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan,o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishda ruhlantirishni ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri tushuntirishni nazarda tutadi. 6. Obru orttira olish qobiliyati -o’quvchilarga bevosita emotsional -irodaviy ta’sir ko’rsatish va shu asosda obru qozona olishdir. Obru faqat shu asosda emas, balki o’qituvchining fanni yaxshi bilish, mehribonligi, nazokatliligi va boshqa asosida ham qozonadi. Bu qobiliyat o’qituvchi shaxs sifat bir majmuasiga,xususan irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat’iyligi talabchanligi va boshqalarga) o’quvchilarga ta’lim tarbiya berish mas’uliyatini his etishga ham bog’liqdir.O’quvchilar qo’pollik qilmaydigan, qo’rqitmaydigan to’g’ri talab qo’ya oladigan o’qituvchilarni bolalar yoqtirmaydilar. Bolalar bilan to’g’ri muomala qila olish, bolalar bilan do’stlasha olish, ular bilan samiymiy munosabat o’rnata olish pedagogik nazokatning mavjudligidan darak beradi.
7. Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati - o’z harakatlarining oqibatini ko’ra bilish, o’quvchining kelajakda qanday odam bo’lishini tasavvur qilish.Bolani kelgusida qanday qobiliyatlarini rivojlantirsa, qanday kasb egasi bo’lib chiqishi oldinda bashorat qilib aytishda ( pedagogik diagnostika ) 8. Diqqatning taqsimlay olish qobiliati - o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari- hajmi, kuchi, ko’chuvchanligi, iroda qila olishi, safarbarli taraqqiy etgan bo’lishi bo’lishi juda muhimdir. 9. Kommunikativ qobiliyat - kishilar bilan bo’ladigan munosabatni yaxshilaydigan, bir - biri bilan til topib ishlashni ta’minlaydigan qobiliyat. Bundan tashqari konstruktiv - o‘qituvchining o’z ishini loyihalashi rejalashtirishi pertseptiv - idrok jarayonining obyektlarini birinchi bo’lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiya va boshqa kishilarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish, didaktik qobiliyat- o’quvchi va boshqa kishilar bilan muloqot qilishda pedagogikaning qonun-qoidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.
Pedagogi k takt - o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quv chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quv chilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida peda gogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi tuvchi uchun juda zarurdir.
Tаktikа tаnlаsh turli vаziyatlаrdа хilmа-хil rоllаrni bаjаrish bilаn bоg’liq. Bu hаqidа mа’lumоtni psiхоtеrаpеvt А.B.Dоbrоvich kitоblаridаn оlish mumkin. Bu to’rttа pоzitsiya bo’lib, ulаr quyidаgichа: “yuqоridаn pаstgа”, “pаstdаn yuqоrigа”, “yonmа-yon” vа “аrаlаshmаslik” pоzitsiyasi.
“Yuqоridаn pаstgа” pоzitsiyasidа o’qituvchi mustаqil hаl etishni nаmоyish etаdi, mаs’uliyatni o’z zimmаsigа оlаdi. Bu pоzitsiya “оtа-оnа” pоzitsiyasi.
“Pаstdаn yuqоrigа” pоzitsiyasi tоbеlik, shахsning o’zigа ishоnmаsligi. А.B.Dоbrоvich so’zi bilаn аytgаndа, bu “tа’lim оluvchi” pоzitsiyasi.
“Yonmа-yon” pоzitsiyasidа fаrоsаtlilik vа vаzminlik, vаziyatgа qаrаb ish tutish, bоshqаlаrning hаm mаnfааtini o’ylаsh, o’zi vа ulаr o’rtаsidа mаs’uliyatni to’g’ri tаqsimlаsh ifоdа etilаdi. Bu “kаttа оdаm” pоzitsiyasi.
«Аrаlаshmаslik» pоzitsiyasi – аrаlаshmаslik, fаоllikni nаmоyon etmаslik.
Pedagogik etikada muomola odobining biror jihati, masalan, o’qituvchining o’z kasbiga munosabati, burchi alohida tahlil etilishi mumkin. O’qituvchilik kasbi kishiga ma‘lum talablarni qo’yadi, lekin muallim bu talablarni qanday bajarayotgani bu talablarda hali aks etmaydi
|