1. Sanoatning ta’rifi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping




Download 48.25 Kb.
Sana03.04.2024
Hajmi48.25 Kb.
#186459
Bog'liq
Sanoat test.
3 -lab bttl Yuldashev U va Tojidinov D, malikov new, metody optimizacii v zadachah matematicheskogo modelirovaniya TARJIMAGA, rus tili 9-sinf (uzbek), Samadova Vazira, 231424 Саноат и тисодиёти фанидан тест саволлари 2024 йил, Shaxsiy topshiriq najarish NAMUNA, 9-variant, дискрет тузилмалар

1. Sanoatning ta’rifi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
A. xomashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar majmuasiga aytiladi.
B. Sanoat faqat ichlab chiqarish jarayonini o’z ichiga oladi.
C. xomashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalarning individual bir sohasiga aytiladi.
D. Sanoat nafaqat ishlab chiqarish jarayonini o’z ichiga oladi balkim noishlab chiqarish jarayonini ham o’z ichiga oladi, lekin qazib olish bundan mustasno.
2. Iqtisodiy fanlar tizimi to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan qatorni toping.
A. tarmoq iqtisodiyoti, sof iqtisodiy fanlar, iqtisodiy va уangi maxsus fundamental fanlar majmui, funksional tarmoqlar iqtisodiyoti fanlari.
B. tarmoq iqtisodiyoti, sof iqtisodiy fanlar, savdo iqtisodiyoti, iqtisodiyot nazariyasi.
C. iqtisodiy va уangi maxsus fundamental fanlar majmui, funksional tarmoqlar iqtisodiyoti fanlari, makroiqtisodiyot, mezoiqtisodiyot.
D. iqtisodiyot nazariyasi, sof iqtisodiy fanlar, iqtisodiy va уangi maxsus fundamental fanlar majmui, funksional tarmoqlar iqtisodiyoti fanlari.
3. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan.
A. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi sanoat sohasiga taalluqli iqtisodiy bilim va ilm hamda muayyan ko‘nikma bilan qurollantirishdan iboratdir.
B. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo‘lish shakllarini o’rganishdan iborat.
C. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi mamlakatda ishlab chiqarishni oshirishdan iborat.
D. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishdan iborat.
4. Asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat qaysi tarmoqlarga bo’linadi.
A. Tog’ kon sanoati, ishlab chiqarish sanoati, elektr energiyasi va gaz sanoati, suv bilan ta’minlash kanalizatsiya tizimi chiqindilarni to’plash va utilizatsiya qilish sanoati.
B. Og’ir sanoat, yengil sanoat, ishlab chiqarish sanoati, xizmatlar sohasi.
C. Qayta ishlash sanoati, ishlab chiqarish sanoati, elektr energiyasi va gaz sanoati, suv bilan ta’minlash kanalizatsiya tizimi chiqindilarni to’plash va utilizatsiya qilish sanoati.
D. Tog’ kon sanoati, ishlab chiqarish sanoati, hizmatlar sohasi, suv bilan ta’minlash kanalizatsiya tizimi chiqindilarni to’plash va utilizatsiya qilish sanoati.
5. 2023 yil yakunlariga ko’ra sanoat tarmoqlaridan qaysi sanoat tarmog’ining ulushi umumiy sanoatning katta qismini tashkil etdi va foizda ko’rsatgichi necha foizni tashkil etdi.
A. Ishlab chiqarish sanoati 84,4%
B. Ishlab chiqarish sanoati 75%
C. Ishlab chiqarish sanoati 50%
D. Ishlab chiqarish sanoati 90%
6. 2023 yil yakunlariga ko’ra sanoat tarmoqlaridan qaysi sanoat tarmog’ining ulushi umumiy sanoatning eng kam qismini tashkil etdi va foizda ko’rsatgichi necha foizni tashkil etdi.
A. Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig’ish va utilizatsiya qilish sanoati 0,5%
B. Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig’ish va utilizatsiya qilish sanoati 1%
C. Elektr, gaz bug’ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati 1%
D. Elektr, gaz bug’ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati 0,5%
7. 2023 yil yakunlariga ko’ra tog’-kon sanoati va ochiq konlarda ishlash sanoati umumiy sanoatdagi ulushi qancha summani tashkil etdi.
A. 55.2 trln so’m
B. 387, 4 trln so’m
C. 29,8 trln so’m
D. 2,1 trln so’m
8. 2023 yil yakunlariga ko’ra elektr, gaz bug’ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati umumiy sanoatdagi ulushi qancha summani tashkil etdi.
A. 387, 4 trln so’m
B. 40,6 trln so’m
C. 44.3 trln so’m
D. 2,1 trln so’m
9. 2023 yil yakunlariga ko’ra ishlab chiqarish sanoati umumiy sanoatdagi ulushi qancha summani tashkil etdi.
A. 553,3 trln so’m
B. 55,2 trln so’m
C. 44.3 trln so’m
D. 3 trln so’m
10. 2023 yil yakunlariga ko’ra respublika sanoat korxonalarida qancha summadagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
A. 655,8 trln so’m
B. 500 trln so’m
C. 553,3 trln so’m
D. 600 trln so’m
11. Metallurgiya sanoati sanoatning qaysi asosiy tarmog’ini tarkibiga kiradi.
A. Elektr, gaz bug’ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati
B. Ishlab chiqarish sanoati
C. Tog’-kon sanoati va ochiq konlar bilan ishlash
D. Suv bilan ta’minlash kanalizatsiya tizimi chiqindilarni to’plash va utilizatsiya qilish sanoati
12. “Klaster” tushunchasini fanga olib kirgan iqtisodchi kim?
A. M Porter
B. A Marshel
C. Keyns
D. A Porter
13. Maykl Porterning fikricha Klaster bu –
A. O‘zaro bog‘langan kompaniyalar, ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, tegishli tarmoqlardagi firmalar, shuningdek, ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarning geografik jihatdan to‘plangan guruhidir.
B. Ma’lum ilmiy muassasalar (tadqiqot institutlari, universitetlar va boshqalar) bilan bog‘langan turdosh tarmoqlar doirasidagi iqtisodiy faoliyatning hududiy cheklangan shakllari.
C. Vertikal ishlab chiqarish zanjirlari, ishlab chiqarish jarayonining qo‘shni bosqichlari klasterning o‘zagini tashkil etuvchi tor doirada belgilangan tarmoqlar.
D. Yuqori darajadagi yig‘ilish (masalan, «kimyoviy klaster») yoki undan ham yuqoriroq yig‘ilish darajasidagi tarmoqlar majmui (masalan, «agrosanoat kompleksi») bilan belgilanadigan tarmoqlar.
14. Eng rivojlangan klasterlarning asosiy xususiyatlari qaysi variantda to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan?
A. Raqobatbardosh korxonalarning mavjudligi, klasterni rivojlantirish uchun mintaqada raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi, klaster a’zolari o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro ta’sirlarning mavjudligi, yaqinlikning geografik konsentratsiyasi, ishtirokchilarning keng doirasi va «tanqidiy massa» mavjudligi.
B. Raqobatbardosh korxonalarning mavjudligi, klasterni rivojlantirish uchun mintaqada raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi, klaster a’zolari o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro ta’sirlarning mavjudligi, yaqinlikning geografik konsentratsiyasi.
C. Klasterni rivojlantirish uchun mintaqada raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi, klaster a’zolari o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro ta’sirlarning mavjudligi, yaqinlikning geografik konsentratsiyasi.
D. Raqobatbardosh korxonalarning mavjudligi, klasterni rivojlantirish uchun mintaqada raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi, klaster a’zolari o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro ta’sirlarning mavjudligi.
15. “Klaster” so’zi qaysi tildan olingan va nimani anglatadi?
A. “Klaster” atamasi fransuzcha so‘z bo‘lib, o‘zbekcha tarjimasi “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish” ma’nolarini bildiradi.
B. “Klaster” atamasi lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbekcha tarjimasi “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish” ma’nolarini bildiradi.
C. “Klaster” atamasi grekcha so‘z bo‘lib, o‘zbekcha tarjimasi “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish” ma’nolarini bildiradi.
D. “Klaster” atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbekcha tarjimasi “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish” ma’nolarini bildiradi.
16. Klaster nazariyasining asoschisi kim?
A. A Marshel
B. M Porter
C. Keyns
D. A Porter
17. Maxsus sanoat zonasi nima bu …..
A. boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud
B. innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar to‘plangan hudud.
C. Ishlab chiqarishga hech qanday to’siq bo’lmagan hududlar
D. innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar hamda horijiy investitsiyalar to‘plangan hudud.
18. Maxsus ilmiy texnalogik zonasi bu …
A. innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar to‘plangan hudud.
B. boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud
C. Ishlab chiqarishga hech qanday to’siq bo’lmagan hududlar
D. innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar hamda horijiy investitsiyalar to‘plangan hudud.
19. Boshqaruvning nazariy va amaliy vazifalari kim tomonidan asoslangan?
A. F.U.Teylor
B. A. Marshel
C. M. Porter
D. J. Keyns
20. F.U.Teylor boshqaruvga qanday ta’rif bergan?
A. Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati.
B. Har qanday boshqaruv o’z mazmun mohiyatiga ega.
C. Tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish uchun zarur bo’lgan ishlarni rejalashtirishdir.
D. Ma’lum jarayonga, organism va jamoaga maqsadli ta’sir ko’rsatishni o’zida ifoda etuvchi ijtimoiy faoliyat turidir.
21. Qaysi olim “Boshqaruv bu – korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal foyda olgan holda uni maqsad sari yetaklash faoliyatidur” degan fikrlarni aytib o’tgan?
A. Anri Fayol
B. Teylor
C. Alfred Marshel
D. Maykl Porter
22. Berilgan tanlov variantlari ichidan qaysi birida Menejment tiplari to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan.
A. Biznes menejmenti, davlat boshqaruvi, ishbilarmon ma’muriy boshqaruvchi
B. Kadrlar menjmenti, biznes menejment, korxona menejmenti
C. Kadrlar menjmenti, biznes menejment
D. Biznes menejmenti, davlat boshqaruvi
23. Xo’jalik va tijorat tashkilotlarini boshqarish bir so’z bilan aytganda nima deb ataladi…
A. Biznes boshqaruvi
B. Davlat boshqaruvi
C. Strategik boshqaruv
D. Operatsion boshqaruv
24. Sanoatda korxonalarida boshqaruv subyekti deganda nima nazarda tutiladi.
A. Huquqiy ta’sirga ega bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxslar nazarda tutiladi
B. Huquqiy ta’sirga ega bo’lgan jismoniy shaxslar nazarda tutiladi
C. Ishlab chiqarish va xo’jalik tizimlari, ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar nazarda tutiladi
D. Sanoat korxonalarining binosi nazarda tutiladi
25. Boshqaruv obyekti deganda nima nazarda tutiladi?
A. Boshqaruv subyektining huquqiy ta’siri ko’rsatilgan barcha narsalar
B. Sanoat korxonalarining binosi nazarda tutiladi
C. Sanoat korxonalarida mavjud bo’lgan barcha ishchilar
D. Huquqiy ta’sirga ega bo’lgan jismoniy shaxslar nazarda tutiladi
26. Sanoat ishlab chiqarishida boshqaruvning vazifalari qaysi javoblar variantida to’liq va to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Kelajakni aniq ko’rish, tashkillashtirish, personalni idora qilsih, kelishish, nazorat qilish va kuzatish
B. Kelajakni aniq ko’rish, tashkillashtirish, personalni idora qilsih, kelishish, nazorat qilish va amalga oshirish
C. Tashkillashtirish, personalni idora qilsih, kelishish, nazorat qilish va kuzatish
D. Kelajakni aniq ko’rish, tashkillashtirish, personalni idora qilsih, kelishish
27. Boshqaruv funksiyalar qaysi javoblar variantida to’liq va to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Rejalashtirish, pragnozlash, tartibga solish, tashkillashtirish, nazorat, hisobga olish, tahlil
B. Rejalashtirish, pragnozlash, tartibga solish, tashkillashtirish
C. Tartibga solish, tashkillashtirish, nazorat, hisobga olish, tahlil
D. Rejalashtirish, tartibga solish, tashkillashtirish, nazorat, hisobga olish, tahlil
28. Boshqaruv mehanizmi nimalar asosida amalga oshiriladi?
A. Qonun, tamoyillar, usullar va uslublar
B. Tamoyillar, usullar va uslublar
C. Qonun, tamoyillar va usullar
D. Qonun, usullar va uslublar
29. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining turlari qaysi javoblar variantida to’liq va to’g’ri ko’rsatilgan?
A. texnalogik
B. predmetli
C. aralash
D. barcha javoblar to’g’ri
30. Kadrlar salohiyati bu …
A. Mehnat zaxirasi yoki imkoniyatidir
B. Korxonaning salohiyatli ishchilar soni
C. Umumiy mehnatga yaroqli ishchilar soni
D. Mamlakatdagi umumiy kadrlar soni
31. Kadrlar deb qanday shaxslar jamoasiga aytiladi
A. Muayyan kasbni egallash bo‘yicha tayyorgarlikni o‘tgan, amaliy tajriba va mehnat ko‘nikmasiga ega, ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lgan kishilardir
B. Mamlakatda umumiy mehnatga yaroqli aholi soniga
C. Mamlakatda ish bilan band bo’lgan aholi soniga
D. Mamlakatdagi ishga layoqatli ammo ish bilan band bo’lmagan kishilarga
32. Sanoat ishlab chiqarish personali deb kimlarga nisbatan aytiladi?
A. Asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari, hisoblash markazi xodimlariga nisbatan aytiladi
B. Uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jaliklar, sog‘liqni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlariga nisbatan aytiladi
C. Barcha ish bialn band bo’lgan aholiga nisbatan aytiladi
D. Barcha mehnatga layoqatli ammo ish bilan band bo’lmagan kadrlarga nisbatan aytiladi
33. Noanoat ishlab chiqarish personali deb kimlarga nisbatan aytiladi?
A. Uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jaliklar, sog‘liqni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlariga nisbatan aytiladi
B. Asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari, hisoblash markazi xodimlariga nisbatan aytiladi
C. Barcha ish bialn band bo’lgan aholiga nisbatan aytiladi
D. Barcha mehnatga layoqatli ammo ish bilan band bo’lmagan kadrlarga nisbatan aytiladi
34. “Malaka” so’zi nimani anglatadi?
A. Biron-bir kasb yoki mutaxassilik bo‘yicha murakkab ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat ko‘nikmalari va bilimlar darajasidir
B. insonda ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar majmuasining mavjudligi
C. faoliyatning maxsus va tor ko‘rinishdagi turi
D. Ko’nikma
35. Mehnat salohiyati holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga nechta?
A. 5 ta
B. 2 ta
C. 4 ta
D. 10 ta
36. Mehnat salohiyatining o‘rtacha soni qanday hisoblanadi?
A. Ms = (Ms.db + Ms.do)/2
B. Ms.t = Olmx/ Ms
C. Ms = Olmx / Ms
D. Ms.t = Msi/Ms
37. Mehnat salohiyati tarkibini qaysi formula orqali hisoblaymiz?
A. Ms.t = Olmx/ Ms
B. Ms = (Ms.db + Ms.do)/2
C. Ms.ob = (Ms.q+Ms.b) / Ms
D. Ms.obk = Ms.q / Ms
38. Mehnat salohiyati oborotini qaysi formula orqali hisoblaymiz?
A. Ms.ob = (Ms.q+Ms.b) / Ms
B. Ms.t = Olmx/ Ms
C. Ms.obk = Ms.q / Ms
D. Ms = (Ms.db + Ms.do)/Ms
39. Mehnat salohiyatining qo‘nimsizligi nimani ifodalaydi?
A. umumiy mehnat salohiyatida salbiy oqibatlar natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ulushini ifodalaydi
B. Mehnat salohiyatining turg‘unligi ifodalaydi
C. Mehnat salohiyati oborotini ifodalaydi
D. Mehnat salohiyati tarkibini ifodalaydi
40. Mehnat salohiyatining sig‘imini qanday hisoblanadi?
A. Ms.sg‘= Ms/Q
B. Ms.shj.t= Ms.x/Ms.shj
C. Ms.kun = Ms.salb / Ms
D. Ms.tur = Ms 3 yildan ortik ishlaganlar / Ms
41. Mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi?
A. mehnat salohiyatining natijaviyligi
B. mehnat salohiyatining rentabelligi
C. mehnat salohiyatining daromadliligi
D. Barchasi Mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari tarkibiga kiradi.
42. Mehnat salohiyatining natijaviyligi qanday aniqlanadi?
A. Ms.n=Q/Ms
B. Ms.shj.t= Ms.x/Ms.shj
C. Ms.kun = Ms.salb / Ms
D. Ms.tur = Ms 3 yildan ortik ishlaganlar / Ms
43. Mehnat salohiyatining rentabelligi qanday aniqlanadi?
A. Ms.r=F/Ms
B. Ms.d=D/Ms
C. Ms.n=Q/Ms
D. Ms.shj.t= Ms.x/Ms.shj
44. Mehnat salohiyatining daromadliligi qanday aniqlanadi?
A. Ms.d=D/Ms
B. Ms.r=F/Ms
C. Ms.n=Q/Ms
D. Ms.shj.t= Ms.x/Ms.shj
45. Samaradorlik nima?
A. Natijaviylik, foydalilik
B. Ko’proq ishchi kuchiga ega bo’lish
C. Ko’proq texnika texnalogiyalarga ega bo’lish
D. ishlab chiqarish jarayonida yangiliklarning umumiy ko’rsatkichi
46. Samaradorlikning qanday turlilari mavjud?
A. Iqtisodiy samaradorlik hamda ijtimoiy samaradorlik
B. Real samaradorlik va moddiy samaradorlik
C. Iqtisodiy samaradorlik hamda moliyaviy samaradorlik
D. Real samaradorlik va moliyaviy samaradorlik
47. Sanoat korxonalarining iqtisodiy samarasi deganda nima tushuniladi?
A. Material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor tushuniladi
B. ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi
C. Ko’proq daromadga erishish tushuniladi
D. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tushniladi
48. Ijtimoiy samaradorlik nimani ifodalaydi?
A. Shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi
B. Material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor ifodalaydi
C. Ko’proq daromadga erishish ifodalaydi
D. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ifodalaydi
49. Mehnat sig’imi nechta turga bo’linadi va ular qaysilar?
A. 3 turga, texnologik mehnat sig‘imi, to‘la mehnat sig‘imi, xalq xo‘jaligi mehnat sig‘imi
B. 2 turga, texnologik mehnat sig‘imi, to‘la mehnat sig‘imi
C. 2 turga, to‘la mehnat sig‘imi, xalq xo‘jaligi mehnat sig‘imi
D. 2 turga, texnologik mehnat sig‘imi, xalq xo‘jaligi mehnat sig‘imi
50. Mehnat unumdorligi qanday hisoblanadi?
A. 𝑀𝑢=𝑇𝑚𝑥/𝑀𝑥
B. 𝑀s=𝑀𝑥/𝑇𝑚𝑥
C. 𝑀as=𝑀𝑟/𝑇𝑚𝑥
D. 𝐹s=𝐹/𝑀𝑥
51. Fond sig’imi qanday hisoblanadi?
A. 𝐹s=𝐹/𝑀𝑥
B. 𝑀s=𝑀𝑥/𝑇𝑚𝑥
C. 𝑀as=𝑀𝑟/𝑇𝑚𝑥
D. 𝐹𝑘=𝑀𝑥/𝐹
52. Qiyosiy samaradorlik nima?
A. Ishlab chiqarish - texnik vazifani hal etishni biror variantining ijtimoiy-iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik hisoblanadi
B. Inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir
C. Ishlab chiqarish - texnik vazifani hal etishni biror variantining ijtimoiy-iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samarasizini chiqazib tashlash
D. Yuqoridagilarning barchasi to’g’ri
53. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari keltirilgan javob variantini belgilang.
A. mehnat unumdorligini oshirish, kapital unumdorligini oshirish, mahsulotlarning moddiy sarfini kamaytirish
B. mehnat unumdorligini oshirish
C. kapital unumdorligini oshirish
D. mahsulotlarning moddiy sarfini kamaytirish
54. Rejalashtirish jarayoni qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
A. Tayyorlash bosqichi, Maqsad va vazifalarni belgilash, Tashhisni aniqlash, Tahlil va sintez, Reja siyosatni shakllantirish, Tavsiyalar, Rejani amalga oshirish, Monitoring
B. Tahlil va sintez, Reja siyosatni shakllantirish, Tavsiyalar, Rejani amalga oshirish, Monitoring
C. Tayyorlash bosqichi, Maqsad va vazifalarni belgilash, Tashhisni aniqlash, Tahlil va sintez
D. Maqsad va vazifalarni belgilash, Tashhisni aniqlash, Tahlil va sintez, Reja siyosatni shakllantirish, Tavsiyalar, Rejani amalga oshirish, Monitoring
55. Rejalashtirishning asosiy turlari qaysi javolar variantida to’liq va to’g’ri ko’rsatilgan?
A. reaktiv, inaktiv, preaktiv, interaktiv
B. preaktiv, interaktiv
C. reaktiv, inaktiv, preaktiv
D. inaktiv, preaktiv, interaktiv
56. Strategik rejalashtirish deganda . . .
A. ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik va maqsadga yo‘naltirilganlikning o‘zaro uyg‘unligi tushiniladi
B. o‘tmishdan istiqbolga, strategik rejalashtirish istiqboldan bugunga, shuning uchun ishlab chiqarilgan strategiyalar istiqbolning bugungi qarorlariga o‘z ta’siri
C. oddiy reja tushuniladi
D. o‘tmishdan istiqbolga ishlab chiqarilgan strategiyalar istiqbolning bugungi qarorlariga o‘z ta’siri
57. Strategik rejalashtirish jarayonining nechta darajalari mavjud?
A. 6 ta
B. 5 ta
C. 4 ta
D. 7 ta
58. Firmaning missiyasi bu …
A. firmaning biznesida faoliyat yo‘nalishini va asosiy qoidalarini aniq va lo‘nda aniqlab beradi
B. firmaning vaifasi
C. firmaning ko’rsatkichlari
D. firmaning tahlillar asosida kelajakda qilinishi kerak bo’lgan ishlari
59. Resurslar so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A. Resrurslar tushunchasining o‘zi fransuzcha “ressource” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, yordamchi vositani anglatadi
B. Resrurslar tushunchasining o‘zi inglizcha “ressource” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, yordamchi vositani anglatadi
C. Resrurslar tushunchasining o‘zi lotincha “ressource” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, yordamchi vositani anglatadi
D. Resrurslar tushunchasining o‘zi fransuzcha “ressource” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, asosiy vositalar degan manoni anglatadi
60. “Iqtisodiyotda resurs – bu jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xizmat yoki boshqa aktivlardir” yuqoridagi fikrlar qaysi iqtisodchi olimlarga tegishli
A. S.Makkonell, S.Bryu
B. S.Makkonell
C. S.Bryu
D. A Marshel
61. Ishlab chiqarish omillari to’liq va to’g’ri ko’rsatilgan javoblar variantini toping.
A. ishchi kuchi, yer, kapital
B. ishchi kuchi, yer, tadbirkorlik qobilyati
C. ishchi kuchi, yer
D. kapital hamda ishchi kuchi
62. “Lean production” o’zi nima?
A. Tejamkor ishlab chiqarish
B. Resurslarni isrof qilish
C. Resurslarga harajatni hamaytirish
D. Barcha javob variantlari to’g’ri
63. “Lean Production” ya’ni tejamkor ishlab chiqarish o’z ichiga nechta bosqichni oladi?
A. 5 ta
B. 4 ta
C. 3 ta
D. 6 ta
64. 5S tizimining oltin qoidalari qaysilar?
A. Sort-saralash, set in order-tartib, shine-tozalik, Standardize-standartlashtirish, sustain-takomillashtirish
B. Sort-saralash, set in order-tartib, shine-charaqlash, standardize-standartlashtirish, sustain-takomillashtirish
C. Set in order-tartib, shine-tozalik, Standardize-standartlashtirish, sustain-takomillashtirish
D. Sort-saralash, set in order-tartib, shine-tozalik, Standardize-standartlashtirish
65. Tejamkor ishlab chiqarish jarayonida SMED tizimi bu …
A. uskunalarni sozlashning tezkor usulini joriy etishni nazarda tutadi
B. tejamkor ishlab chiqarishning asosiy metodologiyasi
C. tejamkor ishlab chiqarishning alifbosi hisoblanadi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolardan himoyalanishni nazarda tutadi
D. buyumlarni kerakli va keraksizligiga qarab ajratish.
66. Tejamkor ishlab chiqarish jarayonida RP qanday tizim?
A. Resource Planning-resurslarni rejalashtirish tizimi
B. Enterprise Resource Planning-korxona resurslarini rejalashtirish
C. Customer Synchronized Resource Planning-resurslarni mijozlar bilan sinxron rejalashtirish
D. ishlab chiqarishning texnik holati tahlili
67. Asosiy fondlarni amortizastiyasi bu - ...
A. Asosiy fondlarni qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga utkazish jarayoni
B. Asosiy fondlarni eskirib buzilishi
C. Ishlab chiqarish fondlarini tiklanuvchanligi (renovastiyasi)
D. Asosiy fondlarni saqlash xarajatlari
68. Quyida berilganlardan qaysi biri asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi.
A. Maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar
B. bir yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan uskunalar
C. Texnika texnalogiyalar
D. Binolar
69. Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra asosiy vositalar qanday turlarga bo’linadi?
A. ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
B. noishlab chiqarish
C. ishlab chiqarish
D. moddiy va ma’naviy
70. Ishlab chiqarish vositalari to’liq va to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
A. ishlab chiqarish binolari va inshootlari, uzatish qurilmalari, quvvat mashinalari va uskunalari, ishchi mashinalar va uskunalar, transport vositalari
B. korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar, sport-sog‘lomlashtirish va boshqa obyektlar
C. ishlab chiqarish binolari va inshootlari, uzatish qurilmalari, oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar
D. ishchi mashinalar va uskunalar, transport vositalari, korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi)
71. Asosiy vositalarni jismoniy eskirishi bu …
A. Asosiy vositalarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo‘qotishdan yuzaga keladi
B. Asosiy vositalarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatining yo‘qotilishidir
C. Asosiy vositalarda jismoniy eskirish mavjud emas
D. Asosiy vositalarning tashqi ta’sirdan holi holatda eskirishi
72. Asosiy vositalarni ma’naviy jihatdan eskirishi bu …
A. Asosiy vositalarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatining yo‘qotilishidir
B. Asosiy vositalarda jismoniy eskirish mavjud emas
C. Asosiy vositalarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo‘qotishdan yuzaga keladi
D. Asosiy vositalarning tashqi ta’sirdan holi holatda eskirishi
73. Asosiy vositalarni baholashning qanday turlari mavjud?
A. boshlang‘ich qiymat bo‘yicha
B. tiklanish qiymati bo‘yicha
C. qoldiq qiymati bo‘yicha
D. boshlang‘ich qiymat bo‘yicha, tiklanish qiymati bo‘yicha, qoldiq qiymati bo‘yicha
74. Jismoniy eskirishni (Je) qaysi formula asosida hisoblab topish mumkin?
A. Je = Thaq/ Tme’yor
B. Avo‘r.y= Avyb+ (Avkir* T1 – Avchiq* T2)/12
C. Me1 = (Avb-Avtq)/ Avb Me2
D. Je = Tme’yor / Thaq
75. Quyida berilgan javob variantlari ichidan amartizatsiya hisoblanadigan asosiy vositalarni toping?
A. Ishlab chiqarish jarayoniga bog’liq bo’lgan texnikalar
B. arxitektura va san’at yodgorliklari
C. kutubxona fondlari
D. mahsuldor qoramollar
76. Amortizatsiya miqdorini hisoblashda quyidagi omillardan qaysi biri hisobga olinadi
A. o‘rnatilgan amortizatsiya me’yori
B. asosiy vositaning boshlang‘ich balans qiymati
C. asosiy vositaning qoldiq qiymati
D. yuqoridagilarning barchasi hisobga olinadi
77. Amartizatsiya ajratmalarini hisoblashning nech hil usuli mavjud?
A. 3 ta
B. 2 ta
C. 4 ta
D. 6 ta
78. Amartizatsiya hisoblashning usullari to’liq va to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
A. teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash, jadallashtirilgan usul, bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash
B. to‘g‘ri chiziqli, kumulyativ, tezlashtirilgan
C. to‘g‘ri chiziqli, kumulyativ, bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash
D. tezlashtirilgan hamda kumulyativ
79. Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar nechta guruhga bo‘linadi va ular qaysilar?
A. 3 guruhga, asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
B. 2 guruhga, asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
C. 2 guruhga, asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
D. 3 guruhga, asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, asosiy vositalar eskirganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
80. Asosiy vositalarni eskirish koefitsientini qanday hisoblaymiz?
A. K es k = Av es / A vbq
B. K yar = Av qq / A vbq
C. K yang = Av yang/ Av d.b.q
D. K es k = A vbq / Av es
81. Asosiy vositalar rentabelligi nimani ifodalaydi?
A. Asosiy vositalarlar o‘rtacha qiymatiga nisbatan sof foydaning ulushini ifodalaydi
B. Asosiy vositalar o‘rtacha qiymatiga necha foiz daromad to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi
C. 1 so‘m asosiy vositalar o‘rtacha qiymatiga qancha miqdorda natijaviy ko‘rsatkichning to‘g‘ri kelishini ifodalaydi
D. Asosiy vositalarlar umumiy qiymatiga nisbatan sof foydaning ulushini ifodalaydi
82. Asosiy vositalar rentabelligini qaysi fo’rmula orqali hisoblaymiz?
A. SF*100 / Av
B. D*100/Av
C. Q/Av
D. Av / Q
83. Asosiy vositalar daromadliligi qaysi fo’rmula orqali hisoblaymiz?
A. D*100/Av
B. SF*100 / Av
C. Q/Av
D. Av / Q
84. Asosiy vositalarning natijaviyligi qaysi formula orqali hisoblaymiz?
A. Avm= Q /Av
B. Av.d = D*100/Av
C. Raf = SF*100 / Av
D. K yang = Av yang/ Av d.b.q
85. Aylanma fondlar deb nimaga aytiladi?
A. ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan, butunlay yuqotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
B. ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan, butunlay yuqotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
C. ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartirmaydigan mehnat buyumlaridir.
D. to’g’ri javob keltirilmagan
86. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb nimaga aytiladi?
A. mahsulotni ishlab chiqarish, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan boqlik bo‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir
B. mahsultning bozordagi narxi
C. mahsulotning chakana savdo bo’yicha bozordagi narxi
D. mahsulotning ulgurji savdo bo’yicha bozordagi narxi
87. Investitsiya atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A. “Investitsiya” atamasi lotincha “investio” so‘zidan olingan bo‘lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi
B. “Investitsiya” atamasi fransuzcha “investio” so‘zidan olingan bo‘lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi
C. “Investitsiya” atamasi ingilizcha “investio” so‘zidan olingan bo‘lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi
D. “Investitsiya” atamasi lotincha “investio” so‘zidan olingan bo‘lib, “qarzga berish”, “pul kiritish” kabi ma’nolarni anglatadi
88. Investitsiya deb nimaga aytiladi?
A. foyda olish maqsadida ishlab chiqarish vositalariga sarflangan pul mablag’lari
B. qarzga olingan pul mablag’lari
C. transfer to’lovlari orqali olingan pul mablag’lari
D. foydalilik jihatidan qatiy nazar kiritilgan ishlab chiqarish jarayoniga kiritilgan mablag’
89. Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi?
A. kapital investitsiyalar, innovatsion investitsiyalar, ijtimoiy investitsiyalar
B. real va kapital investitsiyalar
C. moddiy va nomoddiy investitsiyalar
D. innovatsion investitsiyalar hamda ijtimoiy investitsiyalar
90. Real investitsiyalar deb qaysi turdagi investitsiyalarga aytiladi?
A. moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag‘lar real investitsiyalarni tashkil etadi
B. qimmatli qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) shakllantirishga sarflangan mablag‘lar real investitsiyalar hisoblanadi
C. faqat texnika, texnalogiya ko’rinishidagi investitsiyalar real investitsiyalar deb yuritiladi
D. yuqoridagilarning barchasi real investitsiyalarhisoblanadi
91. Moliyaviy investitsiyalarga berilgan javob variantlari ichidan qaysi biri mos keladi?
A. Obligatsiya
B. Texnika-texnalogiya
C. pul ko’rinishidagi investitsiyalar
D. binolar
92. Investitsiya siyosatining asosiy tamoyillari to’liq va to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
A. maqsadlilik, tizimlilik, samaradorlilik, murakkablilik, yetakchilik va mas’uliyat
B. maqsadlilik, tizimlilik, samaradorlilik, murakkablilik
C. tizimlilik, samaradorlilik, murakkablilik, yetakchilikva mas’uliyat
D. maqsadlilik, tizimlilik, samaradorlilik, murakkablilik, mas’uliyat
93. Korxonalarda barcha investitsiyalar qaysi manbadan shakllantirilib amalga oshiriladi?
A. korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan, chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali
B. chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali
C. korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan
D. mahalliy investitsiyalar orqali
94. Investitsiyalarni qoplash muddati qanday hisoblanadi?
A.
B.
C.
D.
95. 10 mlrd. so‘m mablag‘ investitsiyalandi va muddati 8 yilga teng. Kutilayotgan yillik tushumlar 2,5 mlrd. so‘mga teng bo‘lsa, u holda investitsiyalarning rentabellik darajasi qanchani tashkil etadi?
A. 1,25 mlrd so’m
B. 1 mlrd so’m
C. 2 mlrd so’m
D. 2,5 mlrd so’m
96. Diskonlash nima?
A. bugungi kundagi 1 so’mning qiymati ma’lum bir muddat o’tgandan so’ng o’zaro teng emasligi
B. ma’lum bir muddat tovar narxini pasaytirish
C. tayyor mahsulotni bozorda demping narx asosida sotish
D. tannarxni pasaytirish
97. Korxonadagi dastgohning boshlang‘ich qiymati 8 000 000 so‘m 5 yillik foydali xizmat muddatidan so‘ng uning qoldiq qiymati - 500 000 so‘mni tashkil etadi. Agar teng usulli amartizatsiya hisoblash formulasidan foydalanadigan bo’lsak ushbu dastgoh uchun yillik amartizatsiya summasi qanchani tashkil qiladi?
A. 1,5 mln
B. 2 mln
C. 0,5 mln
D. 1 mln
98. Korxonadagi dastgohning boshlang‘ich qiymati 8 000 000 so‘m 5 yillik foydali xizmat muddatidan so‘ng uning qoldiq qiymati - 500 000 so‘mni tashkil etadi. Agar teng usulli amartizatsiya hisoblash formulasidan foydalanadigan bo’lsak ushbu dastgoh uchun amartizatsiya foizi qanchani tashkil etadi?
A. 20 %
B. 15 %
C. 10 %
D. 25 %
99. Korxonadagi dastgohning boshlang‘ich qiymati 8 000 000 so‘m 5 yillik foydali xizmat muddatidan so‘ng uning qoldiq qiymati – 1 000 000 so‘mni tashkil etadi. Agar teng usulli amartizatsiya hisoblash formulasidan foydalanadigan bo’lsak ushbu dastgoh uchun yillik amartizatsiya summasi qanchani tashkil qiladi?
A. 1,4 mln
B. 2 mln
C. 0,5 mln
D. 1 mln
100. Korxonaning yalpi foydasi qanday hisoblanadi.
A. YAF=SST-IT
B. AFF = YAF-DX+BD-BZ
C. UF=AFF+MD-MX
D. STF=UF+FP-FZ
Download 48.25 Kb.




Download 48.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Sanoatning ta’rifi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping

Download 48.25 Kb.