• 1.2. SHo’rtan gaz kimyo majmuasi ishlash texnologik jarayoni bayoni…………14
  • Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirish




    Download 0.88 Mb.
    bet1/29
    Sana24.03.2017
    Hajmi0.88 Mb.
    #1474
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29






    Mundarija

    1.Kirish………………………………………………………………………………2

    1.1. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari asoslari……………………………………………………………………………...4

    1.2. SHo’rtan gaz kimyo majmuasi ishlash texnologik jarayoni bayoni…………14


    1.3. Masalani qo’yilishi………………………………………..............................22

    2. Asosiy qism

    2.1 Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirish...............................................24

    2.2. Avtomatik rostlash tizimini hisoblash……………………………………….31

    2.3. Texnologik jarayonni identifikatsiyalash…………………………………....40

    2.4. Dasturiy-texnik kontrollerlar to’g’risida qisqacha ma’lumotlar va tasnifi……………………………………………………………………………..44

    3. Iqtisodiy qism……………………………………………………………….…62

    4. Mehnatni muxofaza qilish………………………………………………….…68



    5. Ekologiya qismi.................................................................................................71

    6. Fuqoro muhofazasi……………………………………………………………77

    7. Xulosa………………………………………………………………………...79

    Foydalinilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………...………80



    KIRISH

    O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo’lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo’lib kelayotgani o’ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tishda naqadar og’ir sinovlardan muvaffaqiyatli o’tishga imkon yaratdi.

    Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o’tib, o’zini to’la oqlagani har qanday e’tirof va e’tiborga munosibdir.

    O’tgan 2011 yil ham mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo’ldi. Prezidentimiz I.A.Karimov 2012 yilning 19 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilning asosiy va 2013 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida o’tgan yil natijalariga atroflicha to’xtalib, joriy yil vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi.

    Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida jahonda e’tirof etilgan taraqqiyotning o’zbek modeli hamda Mamlakatimizda demokpatik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasining ustuvor yo’nalishlarini izchil amalga oshirish natijasida, dunyo iqtisodiyotida yuz berayotgan inqiroz holatlariga qaramasdan, 2011 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror o’sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi taminlangani qayd etildi.

    Bu ma’ruzaning ilmiy-nazariy ahamiyati avvalo unda bugungi kunda jahon miqyosida ko’zga tashlanayotgan iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalari, mavjud muammolar, global inqiroz holatini bartaraf etish bo’yicha amalda qo’llanilayotgan chora-tadbirlar chuqur tahlil etib berilganida ko’rinadi. Aynan ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samaradorligini ta’minlayotgan omillarning mazmu-mohiyati ochib beriladi.

    Ma’lumki, yurtimizda jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’sirlariga qarshi ko’rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Jumladan, Xalqaro valyuta jamg’armasining 2011 yil noyabr oyida mamlakatimizga kelgan missiyasining bayonotida O’zbekiston izchil o’sishga erishgani va global moliyaviy inqirozga qarshi muvaffaqiyatli choralar ko’rayotgani qayd etildi, shuningdek, o’rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari saqlanib qolishi haqida ijobiy prognoz bildirildi .

    Kimyo va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish samaradorligi hamda mehnat unumdorligini oshirishda ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lgan texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (TJABT)ni yaratish va tatbiq etishdir. Hisoblash texnikasi asosida yaratilgan TJABT lar, texnologik komplekslarni boshqarishda mahsulotning sifat va qiymat ko’rsatkich-larini ma’lum texnologik va texnika-iqtisodiy mezonlardan foydalanib, axborotlarni markazlashgan tarzda hisoblaydi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida o’zgarib turadigan tashqi muhitning ta’sirlari sharoitida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish TJABTning asosiy masalasidir [ 3,4].





    Download 0.88 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 0.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Etilen ajratib olish jarayonini avtomatlashtirish

    Download 0.88 Mb.