1. Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasi. Sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasi. Sanoat




Download 54.69 Kb.
bet1/3
Sana04.12.2022
Hajmi54.69 Kb.
#33110
  1   2   3
Bog'liq
14 Mavzu Korxonaning maqsadli yo‘nalishlari (1)
13-MAVZU KORXONA FAOLIYATINI BOSHQARISH ASOSLARI (1), for download

14 Mavzu: Korxonaning maqsadli yo‘nalishlari.


Reja:


1. Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasi.
2. Sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.


1. Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasi.


Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog‘i bo‘lib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi. Unda mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, yer osti boyliklarini qazib olish amalga oshiriladi, mineral, o‘simlik va hayvon xomashyosiga ishlov beriladi hamda keng iste’mol mollari tayyorlanadi.
Sanoat iqtisodiyot tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi.
Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilim va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Sanoat asosan 3 turga bo‘linadi: og‘ir sanoat, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati.
Mehnatni ijtimoiy tashkil qilishning eng oliy turi, konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilg‘or usullari – ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish, ko‘plab ishlab chiqarish va uzluksiz potok sistemasi yordami bilan tashkil etish sanoat sohasida hukmronlik qiladi.
Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnikaning barcha yutuqlarini o‘zida to‘plab, mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va uning unumdorligini yuqori darajaga ko‘tarishi mumkin.
Sanoat va ayniqsa uning eng muhim sohasi bo‘lgan og‘ir sanoat mamlakatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishninig asosi hisoblanadi. U moddiy texnika vositalarini o‘zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib boradi.
Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali sanoat dehqon xo‘jaligini iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi muhim tafovutni yo‘qotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatinining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O‘zbekiston davlatining mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlashda sanoatning roli muhimdir.
Barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo‘jalik jihatdan hamkorligi sanoat sohasida ham o‘z ifodasini topadi. Davlatlarning tabiiy, mehnat resurslaridan, ilm-fan va texnikaning barcha yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishida sanoatning ahamiyati salmoqlidir.
Sanoat uchun uzluksiz fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish ilm-fan yutuqlari bilan qurollanishining o‘sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va ximiyalashtirish sohasidagi ilg‘or yutuqlardan keng foydalaniladi va ularning yutuqlarini tinchlik maqsadida qo‘llaydi.
Sanoat ayniqsa uning ustuvor sohalari butun ishlab chiqarishni globallashtirish muammolarini hal etishning kalitidir.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishniing bosh tarmog‘i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo‘lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan bir moddiy negizi bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, respublika sanoatining jadal sur’atlar bilan ta’minlanishi yanada yaxshilanib, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi, ya’ni bandlik darajasi anchagina yuksaladi. Jamiyatning yetakchi, bunyodkor, qudratli kuchi bo‘lgan kadrlar (xodimlar)ning asosiy qismi sanoatda xizmat qiladi. Bu tarmoqning yanada ulkan rivoji sanoat kadrlari sonining oshishiga va ularning jamiyatdagi mavqeini ko‘tarishga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, muhandis va texnik xodimlarni yaratdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston sanoatida 1,2 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 462 ming kishi oliy ma’lumotli mutaxassis, 600 mingdan ortig‘i o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlardir.
Taraqqiyot qonunlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-texnik saviyasi o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasini tinmay oshib borishidir.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – raqobat ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Tadbirkorlar, ishbilarmonlar bellashuvning bayroqdori bo‘lib maydonga chiqdilar. Respublika sanoatida ham raqobat o‘zining oddiy bosqichidan eng yuqori bosqichiga ko‘tarilib, chinakam umumiy dastakka aylanmoqda.
Mustaqillikning afzalliklari va davlat iqtisodiy siyosatining yetakchilik rolini yanada oshirmoqda. Oliy Majlisning qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va sezilarli samara bermoqda.
Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Sanoat barcha xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir.
Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo‘lmish viloyatlarning tabiiy boyliklaridan, xomashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.
Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o‘sishi, ishlab chiqarishni differensiyalash va intensivlashtirish bilan chambarchars bog‘liq.
Hozirgi zamon yirik sanoati bir biri bilan chambarchars bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tarmoqlar va ishlab chiqarishlardan tashkil topadi. Bugungi kunda respublika sanoatida 175 tarmoq, 1500 ga yaqin yirik va o‘rta sanoat korxonalari mavjud.
1991-yildan boshlab O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishidagi kamayish, boshqa sobiq ittifoq davlatlariga nisbatan past bo‘lib keldi. Buning sababi, iqtisodiyotning xomashyo va materiallarga bog‘liqligi va shu tariqa sobiq Sovet Ittifoqining tarqalib ketishidan so‘ng davlat tomonidan eksportni tez sur’atda qayta yo‘naltirishga erishilganligidadir.
Bunday o‘sishning asosiy omili davlatning o‘zi islohotlar strategiyasini sanoatlashtirish siyosati bilan barobar olib bora boshlaganidir.
Respublikada faol sanoatlashtirish siyosati olib borilishi munosabati bilan 1993-yilda u MDH davlatlari orasida o‘zining rivojlanishini qayta tiklagan, keyinchalik, 1996-yilda, birinchi bo‘lib 1991-yil darajasidan ancha o‘zgargan, 1999- yilda esa dastlabki (bazaviy) ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 15 foizga o‘sgan yagona respublika bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishining eng muhim sabablari – bu mavjud sanoat tarmoqlarining kerakli hajmda saqlab qolib, yangi tarmoqlarni yaratish strategiyasi bo‘ldi. Mustaqillikning birinchi yillaridanoq O‘zbekiston hukumati uchun real sektorni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizning o‘z-o‘zini yoqilg‘i-energetika mahsulotlari bilan ta’minlash siyosati (neft va neft mahsulotlari hamda gaz ishlab chiqarishning keskin o‘sishi) qo‘shimcha qiymat yaratuvchi (mashinasozlik, yog‘och va yog‘ochni qayta ishlash) sohalarining intensiv rivojlanishi bilan birgalikda olib borildi. Shu bilan birga, yengil va oziq-ovqat sanoatlarining rivoji ham qayd etildi.
Umuman olganda, tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish tarkibida og‘ir sanoat (yonilg‘i-energetika majmuasi, mashinasozlik, metallurgiya) salmog‘ininng oshishi yengil sanoat ulushi hisobiga bo‘lmoqda. Natijada, mustaqil iqtisodga xos bo‘lgan darajaga yaqinlashish yuz bermoqda va sobiq ittifoq mamlakatlarida qayta ixtisoslashuvdan paydo bo‘layotgan yetishmovchilik va tobelikning oldini olish ta’minlanmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va qo‘shimcha qiymat yaratuvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy strategiya respublikaga yaxshi natijalar keltirmoqda. Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xomashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2008-yilda umumiy eksport hajmida xomashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. 2008-yilda eksport hajmi 28,7 foizga, import hajmi esa 11,5 foizga ortgan. Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi hisobidan sifat jihatidan o‘zgarmoqda.
Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o‘sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimiz-ning xomashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston o‘zining oltini, paxta tolasi va ipagi, nefti va gazi, samolyot va avtomobillari, paxta terish mashinasi va paxtani qayta ishlash mashinalari bilan, ekskovator va kompressorlari, vino va konservalari hamda bir qator boshqa sanoat mahsulotlari bilan dunyoga mashhur.
O‘zbekiston respublikasining industrial qiyofasini energetika, kon-ruda, oltin qazib oluvchi, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari, elekrtotexnika va elektron sanoatlari, ko‘p tarmoqli mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati belgilab bermoqda.
Mustaqallikning 28 yilida sanoat mahsulotining hajmi ancha ko‘paydi. Bu davrda faqat miqdoriy o‘zgarishlargina emas, balki juda katta sifat o‘zgarishlari ham sodir bo‘ldi.
Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari to‘g‘risida so‘z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi O‘zbekiston hududida “Uy sanoati”ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam mezolit davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan.
Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yilning boshi) davrida kemachilik, to‘qimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan qurol yasash boshlangan.
Arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, miloddan avvalgi 3-ming yilning oxiridayoq hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan aholi misdan qurol yasashni bilgan.
Quldorlik tuzumi (m.a. 1-ming yillik o‘rtalari V asr) davrida mehnat qurollarining taraqqiy etishi, metallga ishlov berishning takomillashuvi hunarmandchilikning o‘sishiga, ayirboshlash va savdo-sotiqning kuchayishiga olib keldi.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xdan oltin, mis, temir, Iloqda qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, Shahrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
IX asrda Samarqand o‘zining sifatli qog‘ozi va lampa shishasi bilan mashhur bo‘lgan. Shosh viloyati ko‘nchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. O‘sha davrda O‘rta Osiyodan Sharqiy Yevropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo‘li orqali charm, mato, ipak, jun, kiyim–kechak chiqarilgan.
X-XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o‘rtasidagi nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o‘zgarshlar ro‘y bermagan.
XIV asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo‘lga kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi. Natijada davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravniqiga katta yo‘l ochilgan.
XV asrning oxiriga kelib Movaraunnahrda yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur yetadi va rivojlanish to‘xtab qoladi.
XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklarining vujudga kelishi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va XIX asrga kelib Turkistonda hunarmandchilikda yog‘och va metall o‘ymakorligi, idishlarga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy bezash rivojlanadi. Bu asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududida taraqqiyot tezlashib sanoat, ayniqsa ip-gazlama sanoati rivoj topdi.
XX asr boshlarida bir qancha paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari qurilib ishga tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar qurila boshlandi va birinchi bo‘lib Toshkent yaqinida qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasi 1926 yil 1 mayda ishga tushirildi.
Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiqlik elektrostansiyalari qurilishi boshlanib, 1930 yilda ularning soni 30 ga yetdi. O‘sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari qurishga imkoniyat yaratdi.
Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500 dan ortiq sanoat korxonalari jumladan, “Tashselmash”, Toshkent to‘qimachilik kombinati, Chirchiq-elektrokimyo kombinati, Kattaqo‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement korxonalari qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati mahsulotlarini tayyorlash rivoj topdi.
Urush boshlanishi bilan Respulika xalq xo‘jaligi, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi harbiy maqsadlarga qaratildi. Bu yerga nemis fashistlari egallab olgan hududlardan 100 ga yaqin sanoat korxonalari ko‘chirib keltirildi va ular qisqa vaqt ichida to‘la quvvat bilan ishlay boshladi. 1941-1945 yillar davomida Respublikaning industrial taraqqiyoti GES lar qurish bilan energetika bazasini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligi, aholi va front ehtiyojlarini qondiradigan zavod va fabrikalarni qurish yo‘lidan bordi. Bu davrda 280 ta yirik, o‘rta va kichik korxonalar qurilib ishga tushirildi. Natijada O‘zbekiston Armiyaning sanoat arsenallaridan, ya’ni aslahaxonalaridan biriga aylandi.
Urushdan keyingi yillarda ham sanoat taraqqiyotiga e’tibor qaratilgani sababli uning bir qancha yangi tarmoqlari va korxonalar vujudga keldi. Traktorsozlik, liftsozlik, elektrotexnika sanoati, gaz ishlab chiqarsh, uy ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash, yig‘ma temir beton va keramika sanoati vujudga keldi. Yengil sanoatning trikotaj, chinni ishlab chiqarish sohalari yuzaga keldi. Oziq-ovqat sanoatining tarkibiy qismlarida anchagina o‘zgarishlar ro‘y berdi. 90-yillarga kelib uning yirik va o‘rta korxonalari 300 dan ortib ketdi. 2008 yilda iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari bo‘yicha muhim ishlab chiqarish obyektlarining barpo etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy fondga ega bo‘lgan jami 423 ta ob’ekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, engil va to‘qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta ob’ekt ishga tushirildi (14.1-rasm).
O‘tgan yili faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e’tibor qaratildi.
2011-yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati 10 milliard 800 million dollardan ortiq kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2010-yilga nisbatan 11,2 foiz ko‘p demakdir. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 23,9 foizni tashkil etgani mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotimizning real sektoriga qariyb 2 milliard 900 million dollar hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, ularning 78,8 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari va ulardan foydalanish borasida ijobiy sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda.
Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig‘i mamlakatimizning ichki manbalari hisobidan - korxonalar va aholi mablag‘lari, investitsiya jarayonlarida tobora faol ishtirok etayotgan tijorat banklari kreditlari, shuningdek, davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan shakllantirilmoqda.
Jami investitsiyalarning 73,5 foizidan ortig‘i ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirilmoqda. Investitsiyalarning qariyb 45,3 foizi zamonaviy, yuksak samarali asbob-uskunalar xarid qilishga yo‘naltirilgani ayniqsa muhimdir.
Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilishi natijasida hisobot davrida o‘nlab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, “Jeneral Motors Pavertreyn O‘zbekiston” qo‘shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, avtomobil generatori va kompressorlari ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar barpo etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo‘yicha uchta loyiha amalga oshirildi.
Shular qatorida “Zenit elektroniks” qo‘shma korxonasida “Samsung” kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho‘ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida “MAN” yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga yetkazildi.
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasini barpo etish, O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining uchinchi yo‘nalishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari qizg‘in pallaga kirdi.
Navoiy shahridagi erkin industrial-iqtisodiy zona muvaffaqiyatli faoliyat yurita boshladi, uning hududida yangi tashkil etilgan korxonalarda spidometrlar, avtomobillar uchun o‘tkazgichlar, kompressorlar, raqamli televizion tyunerlar, energiyani tejaydigan lampalar, yoritish uskunalari, diodli lampalar, modemlar, polietilen va polipropilen quvurlar, kosmetika vositalari hamda tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Sanoat taraqqiyotida yoqilg‘i – energetika majmuasining o‘rni alohida e’tiborga molik. Uning tarkibiga energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko‘mir qazib olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmuaning hissasi sanoat kompleksida 23,8%dan iborat.
O‘zbekiston respublikasi jahondagi 10 ta gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Bu yerda qudratli issiqlik va gidroelektrstansiyalar mavjud.
Energetika respublika xalq xo‘jaligining negiz tarmog‘i, respublikada iqtisodiyot va fan-texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O‘zbekiston energetika tizimi umumiy o‘rnatilgan quvvati 11,7 mln kVt bo‘lgan 37 issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari yiliga 55 mlrd dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km. ni tashkil etadi. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati 42,6 MVA ga teng. Hozir respublika energetika tizimida 50 minga yaqin xodim ishlaydi.
“O‘zbekenergo” davlat kompaniyasi tarkibidagi, qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va boshqa bir qator tashkilotlarning to‘la majmui O‘zbekiston energetika tizimining ishonchli ishlashini, izchil rivojlanishini ta’minlamoqda.
Bugun O‘zbekistonda bir kunda 131 mln kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu 1940-yilda hosil etilgan elektr energiyasiga nisbatan 100 marta ko‘pdir.
Yoqilg‘i sanoati. Respublika yoqilg‘i sanoati yer qarida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, neft, gaz konlari negizida shakllangan va rivojlanib bormoqda. Respublikada 160 ga yaqin neft va gaz konlari ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro va Xiva geologik provinsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Hozir 71 neft, gaz va gaz kondensat konlari, 2 ko‘mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa kelajakda ishga tushirish uchun tayyorlab qo‘yilgan.
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy tarmog‘ini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Ular xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida xizmat ko‘rsatadi. Uning yirik korxonalari Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.
Neft sanoati yokilg‘i sanoatining eng muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi va neftni qayta ishlash korxonalaridan tashkil topadi. Hozirgi davrda sanoatning bu tarmog‘i mamlakat xalq xo‘jaligi va aholining neftga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Shu sababdan ham bu tarmoqning ahamiyati beqiyosdir.
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg‘ona, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg‘ona zavodi surkov moylar va yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish bo‘yicha 30 dan ortiq texnologik qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg‘i yo‘nalishida Ko‘kdumaloq neft-gaz koni ochilgandan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda 1993 yildan Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi va bir yilda 2,5 mln tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 1-navbati 1997 yilning avgustida ishga tushirildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg‘isi, koks, parafin, motor moylariga qo‘shilmalar, yengil mashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan va b.), mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda.
Hozirgi davrda respublika neft sanoati korxonalarining quvvati bir yilda 11 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Keyingi yillarda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida neft (gaz kondensati bilan birga) qazib olish hajmi yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda.
­Gaz sanoati. Bu tarmoq yoqilg‘i-energetika majmuasining eng yosh, juda rivojlangan sohasi hisoblanadi. Gaz yoqilg‘ining juda arzon turi, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng foydalanish imkoniyati sababli, ekologik jihatdan ham ustunligi tufayli unga bo‘lgan talab kundan-kunga o‘sib bormoqda. Agar 1940 yilda atigi 0,7 mln m3 tabiiy gaz qazib olingan bo‘lsa, hozirgi paytda u 55 mlrd m3 ni tashkil etadi. Gazning Respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 87,2 foizga teng.
Keyingi vaqtda Respublika neft va gaz sanoatini rivojlantirishning uzoq davrga mo‘ljalangan konsepsiyasi ishlab chiqilgan va u izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir sanoati. O‘zbekiston Respublikasi 2 milliard tonna qidirib topilgan ko‘mir zahiralariga ega. Ko‘mir qazib olish va yetkazib berish ishlari bilan “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi shug‘ullanadi. Angren konida qo‘ng‘ir ko‘mir, Sharg‘un va Boysun konlarida toshko‘mir qazib olinadi. Ko‘mir konlari korxonalar tomonidan turli usullarda o‘zlashtirilayotir: ochiq usulda, yer osti va yer ostini gazlashtirish usuli bilan (Nou-Xau). Ko‘mir energetika maqsadlarida va maishiy yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Ko‘mirni qayta ishlashdan chiqqan chiqindi organik va mineral o‘g‘itlarga aylantiriladi.
Konlardan chiqqan ko‘mirlar sifatli yonilg‘i, qimmatbaho hamda kamyob materiallarning turli xillarini olish uchun xomashyodir. Masalan, koks briketi, motor yonilg‘isi, kalsiy karbidi, sorbent qora va rangli metallurgiyada uglerodli qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi.
Ko‘mir qazib olish jarayonida kaolin, ohak, kvars qumlari, ko‘mir kukuni, kamyob yer elementi (germaniy), shag‘al va boshqa foydali qazilmalar olinadi.
Yaxshi xomashyo, ko‘pdan sinalgan erkin maydonlarning bisyorligi, suv hamda elektr va issiqlik energiyasi, temir yo‘llarning mavjudligi, stansiyalarning yaqinligi va xalqaro aeroportlar borligi ishlab chiqarish – sanoat kompleksini bunyod etishda qo‘l keladi. Shuningdek, qazib olingan va boyitilgan kaolin, chinni fayans va sopol buyumlar, o‘tga chidamli va qurilish g‘ishtlari, tom yopqichlar, drenaj va kanalizatsiya quvurlari, xo‘jalik va manzarali chinni buyumlar, shisha va shisha idishlar, elektr izolyatorlari ham bu ishda yordam beradi. Bundan tashqari,, kaolin qog‘ozsozlik, rezina-texnika, plastmassa sanoatida, shuningdek, kosmetika va boshqa maqsadlarda ishlatish uchun xizmat qiladi. Ayni paytda ko‘mirni qazib olish, navlarga ajratish va boyitish fabrikasi qurilishi davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston hududining geologik xususiyatlari qo‘shimcha foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va ularni qayta ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, yonuvchi slanets, ohak, bezakli tosh konlarini o‘zlashtirish ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Keramzit, absorbent, o‘g‘it va g‘isht ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli loylar tayyorlash mumkin. Ularni ishlab chiqarishga joriy etishda oddiy hisob-kitoblarga ko‘ra, energetika, kimyo, metallurgiya sanoati, qurilish va qishloq xo‘jaligi uchun yiliga 1 milliard 400 million AQSH dollari miqdorida tayyor mahsulot olish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, Angren kaolinidan, Boysun ko‘miri va ohagidan foydalanib turib loytuproq zavodini bunyod etish mumkin. Ana shunday qulay omillar va barqaror vaziyat xorijiy sheriklar bilan hamkorlik o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Metallurgiya sanoati. Hozirgi O‘zbekiston hududida rudadan metall olish 4-5 ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan. Keyinroq rudadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalarni eritish, quyish va qizdiriib ishlash o‘zlashtirilgan. Dastlabki tanga pullar zarb qilingan. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha hududlarda zargarlik, misgarlik, temirchilik, degrezlik, rixtagarlik rivojlanadi. Ruh, surma, margumush, vismut, kobalt kabi rangli metallar ma’lum bo‘lmasa-da, ularning qotishmalaridan keng foydalanilgan.
Qora metallurgiya sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yagona korxona Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya zavodidir. Zavodda qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (po‘lat va po‘lat prokatlar) ishlab chiqariladi. Ular temir –tersak, metall chiqindilaridan olinadi.
O‘rta Osiyodagi birinchi zamonaviy metallurgiya zavodi qurilishi umumxalq hashari yo‘li bilan 1942 yilda boshlanadi va 1944 yilning 5 martida dastlabki metall eritmasi olinadi.
Rangli metallurgiya – respublika metallurgiyasining eng muhim, yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning bu turi O‘zbekistonda XX asrning 25-yillaridan rivojlana boshladi. Asta-syokin rangli, nodir va qimmatbaho metall (mis, qo‘rg‘oshin, ruh, volfram, molibden, kumush, oltin, simob) konlari topildi.
Rangli metallar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalarning yangi konlarini o‘zlashtirish hisobiga rangli metallurgiya ishlab chiqarishini rivojlantirish mo‘ljallanmoqda, shu bilan birga, yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida O‘zquloq qo‘rg‘oshin-ruh koni, Surxondaryo viloyatida Xonrizm kon boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mis, ruh, sulfat kislotasi va yo‘ldosh elementlarni ishlab chiqarish ko‘paytirildi. O‘zbekiston kombinatida yirik gobaritli molibden va volfram prokati hamda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.
Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O‘zbekiston yerlarida oltin qazib olish va undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasash miloddan avval VI-V asrlardayoq mavjud bo‘lganligi arxeologik topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibtidoiy usullarda oltin zarralari aralash qumni qo‘y terisi qoplangan yog‘och tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganlagi haqida ma’lumot bor.
O‘rta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Chotqol-Qurama, Nurota tog‘larida, markaziy Qizilqumdagi konlardan tug‘ma oltin kon lahimlari hozirgacha saqlanib qolgan. O‘zbekistonda ma’lum bo‘lgan konlarning ko‘pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar.
Markaziy Osiyoning mineral xomashyo resurslarini o‘rganishda jonlanish XIX asrning 80-yillarida, Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgan davrda yuz berdi; o‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik kartalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. Oktabr to‘ntarishigacha Chirchiq, Piskom va Chotqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchi korxonalari oltin olish bilan shug‘ullanganlar, 1913-1917 yillarda Obirahmat darasi (Toshkent viloyati) dagi oltin konidan foydalanilgan.
O‘zbekistonning mineral xomashyo boyliklarini aniqlash, uni qazib olish va aksari qismini Markazga tashib ketish Oktabr to‘ntarishidan keyin ham davom etgan. Noyob metall konlarini qidirib topish va undan foydalanish muammolarini hal qilish ishlarida markaziy ilmiy muassasalar faol ishtirok etdilar. 30-yillar boshida «O‘zbekoltinnoyobmet» tresti tashkil etildi. O‘sha yillari Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar oltinni qumni yuvish usulida ajratib olganlar, Lekin yillik oltin olish bir necha o‘n kg. dan oshmagan. Keyinchalik o‘sha joylarda rudali oltin konlari topildi va ishga solindi.
1941-45 yilarda oltin izlovchilik (artel) yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyb 50 kg ga yetdi. 1950 yilda sochma oltin izlash ishlari to‘xtatildi. Rudali oltin izlash va qidiruv bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, Pirmurob, /o‘saksoy, so‘ngra Ko‘chbuloq, Muruntov, Chormiton, Marjonbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa rudali oltin konlari topildi. 1965 yilda Metallurgiya vazirligiga bo‘ysinuvchi «O‘zbekoltin» birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Birlashma qazib olgan flyus rudalaridan Olmaliq kon metallurgiya kombinatining kimyo eritish zavodida oltin ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. 1970 yil Chodak oltin koni ishga tushirildi. O‘sha vaqtdan respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillarga nisbatan uch marta ko‘paydi. 1972 yilda Ko‘chbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yil Kauldi, 1980 yil Marjonbuloq oltin qazib olish majmui, 1989 yil Zarafshon va Qizilolmalisoy konlari foydalanishga topshirildi.
Respublika mustaqillikka erishishi bilan O‘zbekiston hukumati uzoq yillar davomida sobiq Ittifoqi ixtiyorida bo‘lgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida, rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tashkiliy choralar ko‘rdi. «O‘zbekoltin» birlashmasi negizida O‘zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar Davlat Qo‘mitasi tashkil etildi(1992 yil). Bu qo‘mita 1994 yil O‘zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi («O‘zolmosoltin»)ga aylantirildi. «O‘zolmosoltin» uyushmasi (Toshkent shahrida) va boshqaruvchi Navoiy shahrida bo‘lgan «Qizilqum-kamyobmetaloltin» kotserni (1991) faoliyat ko‘rsatmoqda. «O‘zolmosoltin» uyushmasi tarkibida Angren, Marjonbuloq (Jizzax), Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), Zarmiton (Samarqand) oltin qazib olish konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati) va boshqa tashkilotlar bor.
Respublikada oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi “Qizilqumkamyobmetaloltin” konsernining bosh korxonasi – Navoiy kon metallurgiya kombinatidir. Kombinat Muruntov va boshqa oltin konlarini ishga tushirish maqsadida 1958 yildan boshlab qurila boshlagan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. Yangi quvvatlarni ishga tushirish jadal olib borilmoqda. Kombinatda zargarlik buyumlari zavodi ishga tushirilgan. Zarafshonda 1993 yilda tashkil etilgan oltin qazib olish bo‘yicha O‘zbekiston- AQSH “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasi 1995 yilning may oyidan mahsulot bera boshladi.
Buyuk Britaniyaning ­­“Lonro” firmasi bilan birgalikda Markaziy Qizilqumda oltin rudalari koni ishga tushirildi va oltin ajratib olish bo‘yicha katta korxona – “Amatayti Goldfildz” qo‘shma korxona loyihasi amalga oshirildi.
Respublikada 40 ta oltin koni aniqlangan bo‘lib, hozir bu konlarning faqat 12 tasi qazilmoqda. Oltinnig asosiy zahiralari Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida mujassam. Shu bilan birga o‘zbek oltini jahonning eng yuqori sifat standartlariga mos bo‘lib, to‘rtta to‘qqiz raqami bilan baholanadi va u oxirgi 20 yilda reklamatsiya olgani yo‘q. So‘nggi yillarda u sifati uchun bir necha bor xalqaro sovrinlar bilan taqdirlandi.
Yevroosiyo kontinentida eng katta hisoblanadigan, ruda tarkibida oltin ko‘p bo‘lgan Muruntov koni dunyodagi gigantlar jumlasiga kiradi. Ushbu konning topilishi xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan oltin qazib chiqarish bo‘yicha XX asr ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb e’tirof etildi.
Muruntovdagi affinit korxonasida zamonaviy oltin tozalash texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, u bir qancha nou-xauni o‘z ichiga oladi. Bu esa juda yaxshi tovar ko‘rinishiga ega bo‘lgan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi.
Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida infratuzilmasi yuqori darajada rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va razvedka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali provinsiyasi bo‘lgan Qizilqumdagi Muruntov bilan bir qatorda Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aritontov, Turbay va boshqa yangi konlar aniqlandi va o‘rganildi.
Hozirgi O‘zbekistonning oltin zahiralari dunyoning eng mashhur va ishonchli banklarida saqlanmoqda. Ular orasida nemis «Doyche bank»i va Shveytsariyaning “YUBS” banki bor. Respublika hukumati katta daromad olish uchun bu oltinni ma’lum vaqtga valyutaga aylantirmoqda. Oltin zahiralarini garovga olib, O‘zbekistonga strategik iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratilmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, oltin qazib chiqarish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Natijada O‘zbekiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘ringa, MDH da esa ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘ringa chiqib oldi. Aholi jon boshiga oltin ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda birinchi va dunyoda beshinchi o‘rinda turadi.
Mustaqillik yillarida oltin qazib olish va uni iste’mol qilish bo‘yicha erishilgan darajani quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Respublika kumush konlariga ham ega. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovolnoye, O‘qjetpes, Kosmonachi va Namangan viloyatidagi Oqtepa konlaridir. Katta miqdordagi tasdiqlangan zahiralar oltin va mis-porfir konlarida mavjud. Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo‘yicha eng istiqbolli va chet ellik investorlar uchun jozibali kondir.
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar ishlab chiqarish bilan bir qatorda uran ham qazib olinadi. Uni olish uchun mineral xomashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya nuqtai nazaridan optimal hisoblangan usul - yer ostida ishqorlar yuvish usuli bilan olinadi.
Mis, qo‘rg‘oshin-ruh sanoati asosan Ohongaron-Olmaliq kon sanoati rayonida Qo‘rg‘oshinkon-Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog‘ining yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega bo‘lgan Olmaliq kon metallurgiya kombinati hisoblanadi. Kombinatning mis majmuasi Qalmoqqir mis koni, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodidan, qo‘rg‘oshin - ruh majmuasi Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopgan, Chalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan tozalangan misni eksport qilmoqda. Har yili bir necha o‘n ming tonna mis ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston mis zahiralari bo‘yicha 10-o‘rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar qatlamlari asosan Toshkent viloyatining Olmaliq rudali maydonida joylashgan. Bu yerdagi uchta konda bir necha mis zahiralari bor deb taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, Dalneye koni razvedka qilingan. Zahiralarning kattaligi, qazib chiqarish tannarxi, rudadagi misning tarkibi jihatidan MDH mamlakatlarida hali unga teng keladigan kon yo‘q.
Volfram, molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘ta chidamli Chirchiq metallar kombinati hisoblanadi. Kombinat ingichka volfram (Samarqand) va Quytosh volfram, molibden (Jizzax) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Kombinatda birinchi molibden quyilmasi 1956 yili olingan. 1957 yildan esa qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi.
Respublikada yana bir qator nodir va sochma metallar – reniy, selen, tellur, skandiylar ishlab chiqariladi. O‘zbekistonda rangli metallarning ikkilamchi quyilmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan. Alyuminiy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o‘n ming tonna ikkilamchi alyuminiy xalq xo‘jaligiga yetkazib berilmoqda.
Kimyo sanoati. Ushbu sanoatning shakllanishi 1932 yilda SHo‘rsuv oltingugurt koni (Farg‘ona) ishga tushirilishi bilan boshlangan. Bu korxona sobiq Ittifoqda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57 foizini bergan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalariga Chirchiq elektr kimyo kombinati, Navoiy kimyo birlashmasi va Qo‘qon superfosfat zavodi kiradi.
Kimyo sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri – bu mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sohasidir. Unda qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan ammafos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbonit, suyultirilgan ammiak, azotli va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Chirchiq kimyo kombiniti, Farg‘ona azotli o‘g‘itlar, Navoiy kimyo birlashmasida asosiy turdagi azotli o‘g‘itlar, Qo‘qon superfosfat zavodi, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq “Ammafos” birlashmasida ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammoniy kabi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari bir yilda 717 ming tonna azotli, 117 ming tonna fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. 2000 yilda O‘zbekistonda 834 ming tonna mineral o‘g‘itlar, 300 ming tonna oltingugurt, 823,3 ming tonna sulfat kislotasi, 986 ming tonna suyultirilgan ammiak ishlab chiqarildi.
Kimyo sanoatida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmi respublika qishloq xo‘jalik ehtiyojlarini to‘la ta’minlaydi, ularning bir qismi chetga chiqariladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida kaliy o‘g‘itlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj asoslangan meyorlar bo‘yicha (100% oziq modda hisobida) 800 ming tonnadan iborat. Qashqadaryo viloyatidagi kaliy tuzlari konlarini o‘rganish va uning negizida kaliy o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan Tubagaton kaliy zavodi qurilishi rejalashtirilgan.
Sulfat kislotasi kimyo sanoati tarmoqlari uchun muhim xomashyodir. Respublikamizda sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq “Ammofos” birlashmasi, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Muborak gazni qayta ishlash majmuasida barpo etilgan.
Soda sanoatining Markaziy Osiyo mamlakatlarida yagona bo‘lgan korxonasi - Qo‘ng‘irot soda zavodi qurilishi 1995 yildan boshlandi (yillik loyiha quvvati 210 ming tonna soda).
O‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsiy, insektitsid, fungitsidlar) “Farg‘onaazot” birlashmasida (1965 yildan; magniy xlorot defolianti), Navoiy kimyo zavodida (1960 yildan; gerbitsitlar, insektitsidlar) ishlab chiqariladi. Bu korxonalarning yillik quvvati magniy xlorit defolianti bo‘yicha 60 ming tonna, gerbitsit va insektitsitlar bo‘yicha 5 ming tonnadan ortiq.
Respublika qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan kimyoviy himoya qilishda qo‘llaniladigan oltingugurt kukuni SHo‘rsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak gaz majmuasida ishlab chiqariladi. Mahalliy resurslardan oltingugurt ishlab chiqarishni yiliga 50 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. «Elektrokimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida kaprolaktam (yillik quvvati 80 ming tonna), Farg‘ona kimyoviy tolalar zavodida atsitat iplar, “Navoiyazot” birlashmasida nitron akril tolalari (yiliga 40 ming tonnadan ko‘proq), “Farg‘onaazot” birlashmasida sellyulaza atsetati (yillik quvvati 42 ming tonna) ishlab chiqariladi. Farg‘ona furan birikmalari zavodida sellyulaza mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha paxta lintidan yiliga 30 ming tonna sellyuloza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilmoqda.
Respublika kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan 32,6 ming tonna kimyoviy tola va iplarning 27,4 ming tonnasini nitron tola va iplari, 5,2 ming tonnasini atsetat iplari tashkil etadi. Kaprolaktamning yuz foizi (yiliga 65-70 ming tonna), atsetat va nitron tolalarining deyarli qismi respublikadan tashqari,ga jo‘natiladi. Farg‘ona kimyoviy tolalar zavodida 23 ming tonna kaprolaktamni qayta ishlab 20 ming tonna kapron va iplar tayorlashga imkon beradigan quvvatlar qurilmoqda.
Kimyo sanoatida gidroliz korxonalari urushdan keyingi yillardan qurila boshladi. Farg‘ona furan birikmalari, Yangiyo‘l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida asosiy xomashyo – chigit shulxasi, sholi qobig‘idan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (xamirturishlar), furil spirti, ksilit, laprol, katalizatorlar va boshqa mahsulot ishlab chiqarilgan. 90-yillar boshida ushbu zavodlarda g‘alladan oziq-ovqat (etil) spirti ishlab chiqarish o‘zlashtirildi: Andijon biokimyo zavodida yillik quvvati 915 ming dal, Qo‘qon ishlab chiqarish birlashmasida 1800 ming dal etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlarini respublikamizning o‘zida ishlab chiqarilgan spirt bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming tonnaga yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi. Andijon biokimyo zavodida quruq xlorella biomassasini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Rezina mahsulotlari. Angren “O‘zbekrezinatexnika” birlashmasi va Toshkent rezinatexnika mahsulotlari zavodida ishlab chiqariladi. Ilgari asosan maxsus rezina mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “O‘zbekrezinatexnika” birlashmasi 1987 yildan boshlab xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishga o‘tdi. 1992 yildan birlashmada yengil avtomobil shinalari tayyorlsh o‘zlashtirildi. 1996 yildan yiliga yengil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi. Bundan tashqari, “O‘zbekrezinatexnika” birlashmasi va kimyo sanoatining boshqa korxonalarida (Samarqand kimyo) kalishlar ishlab chiqarish 10 mln. juftga yetdi. Shuningdek, bu tarmoq korxonalari respublika avtomobil sanoati uchun rezina-texnika mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Respubilka plastmassa va propilen mahsulotlarini qayta ishlovchi (Ohangaron “Santexlit”, Jizzax plastmassa quvurlari zavodi), turli markadagi lak – bo‘yoq mahsulotlari (Toshkent «Rangli lak» firmasi-lak bo‘yoq zavodi), mebel sanoati uchun sintetik smolalar (Farg‘ona furan birikmalari zavodi), ro‘zg‘or kimyosi mahsulotlari (“O‘zro‘zg‘orkimyo” birlashmasi, Olmaliq ro‘zg‘or kimyosi zavodi, Namangan kimyo zavodi), Toshkent yog‘-moy kombinati tarkibida sintetik yuvish vositalari ishlab chiqaradigan yirik korxonalar ishlab turibdi.
Yiliga 125 ming tonna polietilen plyonkasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurildi.
Atir-upa mahsulotlari “Lola” firmasi (Toshkent), dori-darmonlar “O‘zkimyofarm” birlashmasi (Toshkent kimyo-farmatsevtika zavodi)da “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni korxonalarida ishlab chiqariladi.
Tarmoqdagi bir necha korxonalarda g‘o‘zapoyadan mebel va qurilishi sanoatida keng qo‘llaniladigan yog‘och tolali taxtalar (orgalet) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Istiqbolda kimyo sanoatini rivojlantirish fosforit, sellyuloza, kaustik va kalsiy sodasi, kaliy o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya vositalari, toluol, polimerlar kabi eng muhim xomashyo turlari bo‘yicha respublikamizning mustaqillikka erishish, mahalliy xomashyodan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, chet mamlakatlardan olinayotan kimyo mahsulotlarining ko‘p qismini, ya’ni asosiy turlarini respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, xorijiy texnologiyalardan foydalanish, ekologik muammolarni hal etish, kimyo sanoatining eksport imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishlarida ish olib borilmoqda. Kimyo sanoati korxonalarida Xitoy, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya korxonalari bilan o‘zaro fan-texnika, savdo-sotiq sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, xorijiy sheriklar ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda. Kimyo sanoati korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va ularni asosan hissadorlik jamiyatiga aylantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Respublika mustaqillikka erishgunga qadar kimyo sanoati korxonalari ham bevosita sobiq Ittifoq Kimyo sanoati vazirligi tomonidan boshqarilgan. O‘zbekistondagi kimyo korxonalari negizida 1991 yilda davlvt kotserni tashkil etildi. 1994 yildan konsern “O‘zkimyosanoat” uyushmasiga aylantirildi.
Uyushma tarkibida 22 ta ishlab chiqarish krxonasi va birlashma, 8 qo‘shma, 3 ilmiy-tadqiqot, 1 loyiha institutlari, tashqi savdo firmasi va tashkilotlar bor.
Navoiy shahridagi “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi malakatimiz kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda jamoada 260 xil mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 2000 yilda korxona 6300 tonna nitron tolasi, 470 tonna metanol, 1000 tonna uksus kislotasi va 900 ming tonna ammiak silitrasi ishlab chiqargan. Korxona mahsuotlari 20 dan ortiq mamlakatlarga, jumladan, Vengriya, Pokiston, Iroq, Turkiya, Hindiston, Afg‘oniston, Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga jo‘natiladi.
“Navoiyelektrkimyo” zavodi hissadorlik jamiyati mamlakatimizdagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda “Trilan”, “Fozalon”, “Kotoran” qatoriga “Go‘zal”, “Sipermatin”, “Ustine”, “Bug‘dordir”, “Neoron”, “Danibol”, “Sumpalfs” singari chet el preparatlaridan qolishmaydigan o‘ndan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Mashinasozlik sanoati - xalq xo‘jaligi uchun mashina va mexanizmlar, jihozlar, agregat va apparatlar, asbob uskunalar, madaniy-maishiy mollar, shuningdek, mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og‘ir sanoat tarmoqlari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiy-madaniy farovonligi va mamalakat quvvati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bog‘liq. Uning ahamiyati, eng avvalo, hozirgi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar hayotining barcha sohalariga joriy etish asosida qo‘l mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, mashinani mashina bilan yaratish, tejamkorlikni ta’minlash, yengillashtirish va mehnatning mazmuni va xarektirini o‘zgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarishga imkoniyat yaratadi. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi milliy iqtisodning barcha sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mehnat qurollari ya’ni mehnat vositalari bilan ta’minlashdan iborat. Ular turli tarmoqlar va korxonalarda tayyorlanadi. Hozirgi kunda mashinasozlik sanoatining 15 tarmog‘i mavjud bo‘lib, ular tasarrufida 100 dan ortiq yirik korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari keskin o‘zgardi. Uni quyidagi jadvalda keltirilgan raqamlardan ko‘rish mumkin (9 - jadval).
Mashinasozlik sanoati tarkibida metall ishlash sohasi ham mavjud bo‘lib, bu soha o‘z navbatida, metall buyumlar tayyorlash, metall kostruksiyalar hamda mashina va asbob-uskunalar remonti tarmoqlaridan iborat. Bunday faoliyat bilan 2,5 mingdan ortiq korxonalar shug‘ullanadi.
O‘zbekiston mashinasozligiga avtomobilsozlik, samolyotsozlik, traktorsozlik va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, elektro-texnikasozlik va motorsozlik, asbobsozlik va kabelsozlik kabi yirik tarmoqlar kiradi.
Mashinasozlik ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati va xodimlarini soni jihatidan O‘zbekiston sanoat tarmoqlari orasida yuqori o‘rinlarda turadi. Bu holatni 10-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.
Avtomobil sanoati – mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning korxonalarida avtomobillar, tirkama (pritsep) va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar va boshqa ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, mototsiklar, motorollerlar, mopedlar, velosiped ishlab chiqarish korxonalari ham avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi. 1931 yil “Toshqishloqmash” zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod paxtachilik uchun xilma-xil texnika ishlab chiqara boshladi. Hozirgi paytda bu tarmoq korxonalari qishloq xo‘jaligi uchun mashinalar sistemasiga tegishli barcha mashina- mexanizmlarni yetarli darajada ishlab chiqarmoqda.
Paxta tozalash sanoati mashinasozligi “O‘zbekpaxtamash” birlashmasida jamlangan. Uning tarkibida Toshkent mashinasozlik zavodi (bosh korxona), Andijon “Tojmetall” zavodi va Kattaqo‘rg‘on “Paxtamash”, Chustdagi “Olmospaxtamash” zavodlari, Toshkent davlat maxsus paxta tozalash uskunalari konstruktorlik byurolari bor. Bu sohaning asosiy mahsulotlari – paxta tayyorlash punktlari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik qurilmalar, arrali va jo‘vali (valikli) paxta tolasi ajratish (jun) mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigit saralash va tozalash mashinalari, transportyorlar, g‘aram buzgichlar, paxta uzatkichlar, tunnel ochish mashinalari, paxta g‘aramlarini shamollatish va chang tutish mashinalari, shuningdek, kanopni qayta ishlash mashina va qurilmalari – jami 50 xil dan ortiq mahsulot turlarini o‘z ichiga oladi.
Qurilish materiallari sanoati. Respublika qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ko‘p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopqich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog‘lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigena jihozlari, polimer xomashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir –beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. O‘zbekistonda tabiiy xomashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ayniqsa binolar qurilishida xom g‘isht, guvala, yog‘och sinch, oddiy tuproq(loy)dan, tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bo‘lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g‘isht, sopol, chinni koshin, ganch, yo‘nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo‘llanilgan.
Hozirgi davrda ushbu tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. Jumladan, 2000 yilda 3,3 mln. tonna sement, 235 mln. shartli taxta asbest-sement shiferlari, 1,7 mln. m2 deraza oynalari, 1,2 mln. m2 lenolium ishlab chiqarildi.
Yengil sanoat. Hozirgi davrda O‘zbekiston yengil sanoati ko‘p tarmoqli industrial kompleks bo‘lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlaridan tashqari, to‘qimachilik, trikotaj, shoyi to‘qish, tikuvchilik, ko‘npoyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 142 ta yirik va o‘rta korxonalar bor. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida yengil sanoat hissasi 20,5% ni tashkil etadi. Bu tarmoqda 200 mingdan ortiq xodim ish bilan band. Yengil sanoat tarmog‘ining eng muhim sohasidan biri bo‘lgan paxta sanoati korxonalarida har yili 1,2 mln. tonnadan ortiq paxta tolasi, 100 ming tonnadan ortiq lint, 22,5 ming tonna chigit, 200 ming tonna urug‘lik chigit tayyorlanadi. To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish maqsadida AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya va boshqa mamlakatlar firmalari bilan ip gazlamalar ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda. Tikuvchilik korxonalarida 36 kompleks mexanizatsiyalashgan liniya va potoklar joriy etilgan. 20-asr boshlarida O‘zbekistonda yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat bo‘lib, yalpi sanoat mahulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga to‘g‘ri kelgan. 1920 yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-to‘quv, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari qurila boshladi. 2000 yilda respublika yengil sanoati tarmoqlarida 474,4 mln. m2 gazlama, shu jumladan, 424,9 mln. m2 ip gazlama ishlab chiqarildi.
Oziq-ovqat sanoati. O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligida oziq-ovqat sanoati eng muhim mavqeni egallaydi. Sanoatning bu tarmog‘ida asosan xomashyoni qayta ishlashga asoslangan bo‘lib, Respublika umumiy sanoati mahsuloti hajmida oziq-ovqat sanoati 1994 yilda 9,7%, 1995 yilda 9,8% va 1998 yilda 12,3%, 2002 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 13,3%ni tashkil etgan. Oziq-ovqat sanoati tarmog‘ida go‘sht-sut, yog‘-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, non, makaron, meva-sabzavot konservalari, qandolat, choy qadoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq, tamaki, pivo, chanqoqbosar ichimliklar, sovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan ko‘plab sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublika mustaqillikka erishganidan so‘ng oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘pgina korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan vazirliklar tugatilib, “Oziqovqatsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni, “O‘zmevasabzavot-xolding” kompaniyasi, “O‘zgo‘shtsanoat” davlat-aksiyadorlik uyushmasi, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zbaliq” davlat-aksiyadorlik korporatsiyalari tashkil etildi.
Sanoat milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi va ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, aholining turmush-darajasi oshirishda uning ahamiyati beqiyosdir.
O‘zbekiston sanoati juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan va istiqlol yillarida, XX asrning Oxirgi 10 yilida tubdan o‘zgarib, bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlana boshladi. 80-yillarning o‘rtalaridan boshlangan sanoat inqirozi tugatilib, 1995 yildan boshlab uning o‘sishi sur’ati kuchaya boshladi. 2001 yildagi o‘sish 1991 yilga nisbatan 300 foizni tashkil etadi.
Sanoatning eng muhim sohasi og‘ir sanoat bo‘lib, u boshqa tarmoqlarga nisbatan juda tez o‘sadi. Ayniqsa, uning yoqilg‘i-energetika, mashinasozlik, metallurgiya va qurilish materiallari tez rivojlandi. Chunki bu sohalar respublikaning boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarga qaramligini yo‘qotish va bu borada mamlakat mustaqilligini ta’minlash kerak edi.
4. O‘zbekiston sanoati fan-texnika taraqqiyoti, boshqaruvi va tashkil etilishining takomillashuvi va kadrlar salohiyatining yuqori darajaga ko‘tarilishi hamda xorijiy investitsiyalarning ko‘plab jalb etilishi tufayli izchil rivojlana boshladi. Mustaqillik yillarida uning tarmoq strukturasi tubdan o‘zgardi va natijada yangidan-yangi tarmoqlar yuzaga keldi.
5. Sanoat sohasida ajoyib yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklar va hal etilmagan muammolar mavjud. XXI asrda bu muammolarning yechimini topish uchun O‘zbekistonda barcha imkoniyatlar, ya’ni juda katta moddiy, mehnat, moliyaviy va intellektual resurslar mavjud. Ana shu resurslardan oqilona foydalanish asosida O‘zbekistonning juda qudratli va samamarali sanoatini yanada yuqori darajaga ko‘tarish mumkin.



Download 54.69 Kb.
  1   2   3




Download 54.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasi. Sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasi. Sanoat

Download 54.69 Kb.