• 2. Davlat tilida ish yuritish kursi va ish yuritish asoslari.
  • 3. Hujjat turlari.
  • 1-topshiriq fanning maqsad va vazifalari




    Download 15.06 Kb.
    Sana15.02.2022
    Hajmi15.06 Kb.
    #17551
    Bog'liq
    1-TOPSHIRIQNI JAVOBI
    trigonometriya elementlari, 3-4-sinflarda sifatlarni o\'rganish usullari, 3-mavzu, 1908-1909- yillarda Tabriz qo’zg’oloni, 10 sinf Informatika Olimpiada test (2), КОБУСНОМА (2)

    1-TOPSHIRIQ




    1. Fanning maqsad va vazifalari

    “Davlat tilida ish yuritish” fanini o‘qitishdan maqsad talabalarni nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi davlat tilida ish yuritish asoslari bilan yaqindan tanishtirish, rasmiy hujjatlar haqida bilim berish uchun xizmat qiladi.


    “Davlat tilida ish yuritish” fanining vazifalari:
    – o‘zbek adabiy tili me’yorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish bu sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash;
    – ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar hujjat turlari va ish yuritish asoslari ish yuritish tili va uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida ma’lumot berish;
    – farmoyish hujjatlari va ularning turlari,shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi. muassasalarda ish yuritishni tashkil etish texnologiyalari, ish yuritishni takomillashtirish asosiy yo‘nalishlari haqida bilim olish;
    – filologik bilim asoslari, o‘zbek tilining har bir sathi haqida bilimga ega bo‘lishi;
    – hujjatchilik tarixi, xususan, sharq hujjatchiligi, hujjat turlari va hujjat ish yuritish asoslari, hujjat tili va uslublari, o‘zbek tilida farmoyish hujjatlari ish yuritish qog‘ozlarini yoza olish uni o‘z qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;
    – ish yuritishga oid atamalarni bilish va amalda qo‘llay olishdan iborat.

    2. Davlat tilida ish yuritish kursi va ish yuritish asoslari.

    O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni o‘zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8,9,10-moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallash, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishishi uchun hujjat matnlarini tuzish ko‘nikmalari shakllantiradi. Jumladan, “Davlat tilida ish yuritish” darslari joriy etildi.



    3. Hujjat turlari.

    Har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur – bu tildir. Ayni paytda hujjatchilikda til axborotni faqat qayd etish vazifasinigina bajarib qolmasdan, boshqaruv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham avvalo, o‘z qadimiy an’analarimizdan kelib chiqib va dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalangan holda, hujjatchiligimizni takomillashtirish yo‘lidan bormoq kerak.


    Hujjatlarning sof o‘zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, bular bilan bog‘liq atamalarning bir xilligiga erishish borasida ish olib borish lozim. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham zamonaviy xodim zaruriy axborotni rasmiy ish tilining tegishli shakllarida bemalol ifodalay olishi, idoraviy ish yuritish malakalarini puxta egallagan bo‘lishi zarur.
    Download 15.06 Kb.




    Download 15.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-topshiriq fanning maqsad va vazifalari

    Download 15.06 Kb.