• Avtomagistral 5.1 belgi bilan belgilangan yol. Belgilangan yonalishli transport vositasi
  • Imtiyoz Moljallangan yonalishda boshqa yol harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi. Majburiy toxtash
  • Mexanik transport vositasi
  • Ogohlantiruvchi ishoralar Falokatli holatlarning oldini olish maqsadida, harakatlanish yonalishini ozgartirishda qollaniladigan ishoralar. Piyoda
  • Piyodalar yolkasi Yolning piyodalar harakatlanishi uchun moljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi
  • Qatnov qismi Yolning relssiz transport vositalari harakati uchun moljallangan qismi. Qorongi vaqt
  • Ruxsat etilgan tola vazn
  • Temir yol kesishmasi Yolning temir yol bilan bir sathda kesishgan joyi. Tirkama
  • Toxtash Transport vositasining harakati 10 daqiqadan kam vaqtga toxtatish (harakatsiz holatga keltirish). Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi
  • Transport vositasi Odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moljallangan qurilma. Transport vositasining egasi
  • Yol harakati qatnashchisi
  • Yol harakati xavfsizligini taminlash
  • Yol harakatini tashkil etish Yollarda harakatni boshqarish boyicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui. Yol
  • Yolovchi Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs. Yol-transport hodisasi
  • 3. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari. 3.1
  • 4. Yol-transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning fazifasi.
  • 5. Piyodalarning fazifalari. 5.1
  • 6. Yolovchilarning fazifalari . 6.1
  • 1. Umumiy qoidalar




    Download 205.4 Kb.
    bet1/27
    Sana26.12.2019
    Hajmi205.4 Kb.
    #5392
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

    1. Umumiy qoidalar.

    1.1

    Usbu Yo'l harakati qoidalari (keyingi o'rinlarda - "Qoidalar" deb ataladi) respublika hududidagi yo'llarda harakatlanishning yagona tartibini belgilaydi.

    1.2

    O'zbekiston Respublikasi yo'llarida transport vositalarining o'ng taraflama harakatlanish tartibi belgilangan.

    1.3

    Yo'l harakati qatnashchilari "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo'l belgilari (1-ilova), qatnov qismidagi chiziqlar (2-ilova)ning o'zlariga tegishli bo'lgan talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, o'zlariga berilgan huquq doirasida yo'llarda harakatni boshqarayotgan tartibga soluvchilarning ko'rsatmalarini so'zsiz bajarishlari shart.

    1.4

    Yo'l harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tug'dirmasligi kerak. Vakolati bo'lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo'l qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yo'l belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o'zboshimchalik bilan olib tashlash, o'rnatish, to'sib qo'yish, shikastlantirish, yo'llarda harakatlanishga to'sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.




    Harakatga to'sqinliq tug'dirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni ko'rishi, agarda buning iloji bo'lmasa, o'zida bo'lgan barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va militsiyaga xabar berishi shart.

    1.5

    Mazkur Qoidalarni buzgan shaxs

    2. Qoidalarda qo'llanilgan asosiy tushuncha va atamalar.

    Aholi yashaydigan joy
    Kirish va chiqish yo'llari 5.22 - 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.

    Ajratuvchi bo'lak
    Yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, relssiz transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan alohida qismi.
    Ajratuvchi bo'lak yotiq chiziq, yo'l sathidan baland qurilma, ko'kalamzorlashtirilgan joylar ko'rinishida bo'lishi mumkin.

    Arava
    Ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo'shib tortiladigan, yoki odam mushak kuchi bilan tortib (itarib) harakatga keltiriladigani yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mu'ljallangan qurilma.

    Asosiy yo'l
    Tuproqli yo'lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va tsement betonli, tosh yotqizilgan va shunga o'xshashlar), kesishayotgan yoki tutashgan yo'lga nisbatan 2.1, 2.3.1-2.3.3 yoki 5.1 belgilari bilan belgilangan yo'l yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yo'lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi.

    Avtomagistral
    5.1 belgi bilan belgilangan yo'l.

    Belgilangan yo'nalishli transport vositasi
    Belgilangan yo'nalishi va bekatlari bo'lgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo'nalishli taksi).

    Chorraha
    Yo'lning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
    Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari ohiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burila boshlagan joylarini tutashuvchi hayoliy chiziqlan bilan aniqlanadi.
    Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.
    Yo'l harakati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha deb hisoblanadi.
    Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorraha tartibga solimanagan chorraha deb hisoblanadi.

    Etarli ko'rinmaslik
    Yomg'ir, qor yog'ishi, tuman tushishi va shunga o'xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g'ira-shira vaqtida yo'lning ko'rinishi 300 metrdan kam bo'lishi.

    Harakatlanish bo'lagi
    Avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun kengligi etarlicha bo'lgan, yo'l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanda bo'ylama bo'lagi.

    Haydovchi
    Yo'llarda biron-bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs.
    Boshqarishni o'rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni etaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydam borayotgan shaxslar ham haydovchiga tenglashtiriladi.

    Imtiyoz
    Mo'ljallangan yo'nalishda boshqa yo'l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

    Majburiy to'xtash
    Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi, yo'lovchining holati, yo'ldagi biror to'siq tufayli xavf tug'ilganda yoki ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatlanishining to'xtatilishi.

    Mexanik transport vositasi
    Yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o'ziyurar moslamalarga ham taalluqlidir.

    Moped
    Ish hajmi 50 santimetr kubgacha bo'lgan yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan, eng yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch gildirakli transport vositasi.
    Osma yurgizgichli velosipedlar va yuqoridagi ta'rifga ega bo'lgan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi.

    Motosikl
    Kajavali yoki kajavasiz ikki g'ildirakli mexanik transport vositasi.
    Yuklanmangan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch g'ildirakli mexanik transport vositalari ham motisikllarga tenglashtiriladi.

    Ogohlantiruvchi ishoralar
    Falokatli holatlarning oldini olish maqsadida, harakatlanish yo'nalishini o'zgartirishda qo'llaniladigan ishoralar.

    Piyoda
    Yo'lda transport vositasidan tashqarida bo'lgan va ish bilan band bo'lmagan shaxs.
    Velosiped, moped, motosikl va chana etaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib ketayotgan, nogironlarning yugizgichsiz aravasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.

    Piyodalar o'tish joyi
    Yo'lning qatnov qismini piyodalar kesib o'tishi uchun mo'ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 belgilari va 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan ajratilgan qismi.
    Chiziqlar bo'lmasa piyodalar o'tish joyining kengligi 5.16.1, 5.16.2 belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.

    Piyodalar yo'lkasi
    Yo'lning piyodalar harakatlanishi uchun mo'ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.

    Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi
    Qoidalarning 5.2 band talablariga muvofiq yo'lda bir yo'nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.

    Qatnov qismi
    Yo'lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qismi.

    Qorong'i vaqt 
    Kechki g'ira-shiraning ohiridan tonggi g'ira-shiraning boshlanishi orasidagi vaqt.

    Quvib o'tish
    Egallagan harakatlanish bo'lagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan o'zib ketish.

    Reversiv harakat
    Yo'l qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35-5.37yo'l belgilari, 1.19 chiziqlar bilan belgilangan yoki ustida reversiv svetofor o'rnatilgan bo'lagida harakat yo'nalishining qarama-qarshi tomonga o'zgarishi.

    Ruxsat etilgan to'la vazn
    Aslahalangan transport vositasining yuki, haydovchi va yo'lovchilari bilan birga, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan eng yuqori vazni (miqdori). 
    Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruxsat etilgan to'la vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan to'la vaznlari yig'indisi kiradi.

    Tartibga soluvchi
    Tegishli guvohnomasi va belgisi (maxsus kiyimi yoki taniqlik belgilari: qo'l bog'ichi, zhezl, qizil ishorali yorug'lik qaytargich yoki yorug'lik qaytargichsiz gardish, qizil chiroq yoki bayroqcha) bo'lgan militsiya, harbiy avtonazorat xodimi, yo'ldan foydalanish idoralarining xizmatchisi, temir yo'l kesishmasi, sol kechuvlari (parom) navbatchisi, janoatchi avtonazoratchi va militsiyaning shtatdan tashqari xodimi.

    Temir yo'l kesishmasi
    Yo'lning temir yo'l bilan bir sathda kesishgan joyi.

    Tirkama
    Mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo'ljallangan, yurgizgich bilan jihozlanmagan transport vositasi.
    Bu atama yarim tirkama va uzaytirilgan tirkamalarga ham taalluqlidir.

    To'xtab turish
    Transport vositasining, unga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish.

    To'xtash
    Transport vositasining harakati 10 daqiqadan kam vaqtga to'xtatish (harakatsiz holatga keltirish).

    Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi
    Bevosita bir-birining ketidan bitta harakatlanish bo'lagida faralarini doimiy yoqib kelayotgan, oldida yalt-yalt etuvchi ko'k rangli yoki ko'k va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan uch va undan ortiq mexanik transport vositalari guruhi.

    Transport vositasi
    Odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo'ljallangan qurilma.

    Transport vositasining egasi
    Transport vositasiga mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

    Trotuar
    Yo'lning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan qismi.

    Velosiped
    Odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq g'ildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari).

    Yo'l bering
    Yo'l harakati qatnashchisiga nisbatan imtiyozi bo'lgan boshqa yo'l harakati qatnashchilarining harakat yo'lnalishini yoki tezligini o'zgartirishga majbur etishi mumkin bo'lgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biron-bir manyovr mumkin emasligini bildiruvchi talab.

    Yo'l harakati qatnashchisi
    Yo'l harakati jarayonida transport vositasi haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosida ishtiroq etayotgan shaxs.

    Yo'l harakati xavfsizligi
    Yo'l harakati qatnashchilarining yo'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo'l harakati holati.

    Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash
    Yo'l-transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarini engillashtirishga qaratilgan faoliyat.

    Yo'l harakati
    Odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo'llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.

    Yo'l harakatini tashkil etish
    Yo'llarda harakatni boshqarish bo'yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.

    Yo'l
    Transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladigan er mintaqasi yoxud sun'iy inshoot yuzasi. Yo'l o'z ichiga avtomobil yo'llarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yo'llarini), shaharchalar, shaharchalar va qishloq aholi yashash joylarining ko'chalari va yo'lkalarini, shuningdek, shahar elektr transporti yo'llarini oladi.

    Yo'lovchi
    Transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs.

    Yo'l-transport hodisasi
    Transport vositasining yo'ldagi qatnovi jarayonida sodir bo'lib, odamlarning o'limi yoki ularning sog'ligiga zarar etishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar etkazilishiga sabab bo'lgan hodisa.

    Yondosh hudud
    Bevosita yo'lga tutashgan va transport vositalari o'tib ketishi uchun mo'ljallangan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil to'xtab turish joylari, yonilg'i quyish tarmoqlari, korxona va shunga o'xshashlar).

    3. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.

    3.1

    Mexanik transport vositasining haydovchisi:
    haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yoki transport vositasini vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talonni, haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qo'yilgan bo'lsa, uning talonini, haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qo'yilgan hollarda vaqtinchalik ruxsatnomani;
    vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruhsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda esa haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti va h.k.);
    transport vositasi ro'yxatdan o'tkazilgani haqidagi hujjatni, transport vositasining egasi bo'lmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini beruvchi, tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, belgilanga hollarda yo'l varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini yonida olib yurishi, militsiya xodimlari talab qilganda tekshirish uchun berishi shartdir.

    3.2

    Tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lgan shaxs o'ziga qarashli bo'lmagan transport vositasini, uning egasi, yoxud tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lgan shaxs ishtiroqidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin.

    3.3

    Mototsiklda harakatlanayotganda haydovchi maxsus bosh kiyimini kiyib olishi, tugmalashi, yo'lovchilar ham maxsus bosh kiyimini kiygan va u tugmalangan holda bo'lishi shart.

    3.4

    Halqaro yo'llardagi harakatlanishda ishtiroq etayotgan mexanik transport vositasi haydovchisining yonida "Yo'l harakati haqidagi" Konventsiya talarlariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining ro'yxatdan o'tganligi haqidagi hujjat, transport vositasida esa ro'yxatdan o'tgan davlatning raqamli va taniqlik belgisi bo'lishi shart.

    3.5

    Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga amal qilishga majburdir:
    harakatlanishdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to'liq jihozlanganligini tekshirishi;
    harakatlanish vaqtida transport vositasining texnik holatini soz holda bo'lishini ta'minlashi;
    harakatlanishni boshlashdan oldin yo'lovchilarning transport vositasiga to'liq chiqib joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, yo'lovchilar tashish uchun maxsus jihozlangan yuk avtomobillarida yo'lovchilar tashiyotganda ushbu Qoidalarning 6.2 bandi talablari bajarilganligiga ishonch hosil qilishi;
    harakatlanish jarayonida piyodalar, ayniqsa bolalar, nogironlar, qariyalarga va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi;
    militsiya xodimlarining talabiga ko'ra mastlik holatini aniqlovchi maxsus tekshiruvdan o'tishi; yo'l-transport hodisasi tufayli shikastlangan transport vositasini shatakka olish (faqat yuk avtomobilida), tabiiy ofatlar sodir bo'lgan joylarga etib borish, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan xizmat fazifalarini bajarish zarurati tug'ilgan hollarda militsiya xodimlariga, yo'lakay yo'nalishda tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga, zudlik bilan tibbiy yordamga muxtoj bo'lgan fuqarolarni davolash muassasasiga olib borish uchun tibbiyot va militsiya xodimlariga, militsiyaning shtatdan tashqari xodimlariga va jamoatchi avtonazoratchilarga transport vositasidan foydalanishga imkon berishi.
    Eslatma: tibbiy hizmatlar uchun transport vositasidan foydalanishga imkon berishdan boshqa hollar fuqarolarga tegishli transport vositalariga taalluqli emas.
    Transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yo'l varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib o'tilgan masofani, o'z ismi sharifi, mansabi, ish joyi nomini, yo'l varaqasi bo'lmagan taqdirda tegishli namunadagi ma'lumotnoma yozib berishi lozim.
    Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs haydovchining talabiga muvofik o'z xizmat guvohnomasini ko'rsatishi shart.

    3.6

    Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
    transport vositasini har qanday mastlik (alkogol', giyohvand modda va boshqalar) holatida, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati havfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblikda boshkarish;
    har qanday mastlik holatida sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati havfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik va betoblikda bo'lgan, shuningdek, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan tegishli toifadagi guvohnomasi bo'lmagan yoki yo'l varaqasida ismi-sharifi ko'rsatilmagan shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish;
    texnik nosoz transport vositasini, moped, motoroller va mototsikllarni tovush pasaytirgichsiz boshqarish;
    transport vositasining tormoz tizimi yoki boshqaruvi ishdan chiqsa, ulagich moslamasi (avtopoezd tarkibida) nosoz bo'lsa, korong'i vaqtda yoki etarlicha ko'rinmaslik sharoitida - faralar va orqa gabarit chiroklari yonmasa, yomg'ir, qor yog'ayotgan vaqtda esa haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamay qolsa, bunday transport vositalarida harakatlanish;
    Eslatma: ishchi tormoz tizimi yoki boshqaruvi sekin harakatlanayotgan transport vositasini to'htashi yoki manyovr qilishiga imkon bermasa, ular ishlamayotgan hisoblanadi.
    transport vositalariga tegishli ruhsatsiz mahsus texnik jihozlar (ratsiya, sirena va h.k.)ni o'rnatish;
    transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (shuningdek, piyodalar jamlanmalari) harakatiga xalaqit berish va ular orasiga kirish.

    4. Yo'l-transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning fazifasi.

    4.1

    Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda unga dahldor haydovchilar kuyidagilarni bajarishlari shart:
    transport vositasini darhol to'xtatishi, falokat yorug'lik ishoralarini yoki falokat sababli to'xtash belgisi (miltillovchi qizil chiroq)ni o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga dahldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi;
    shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zarur bo'lgan choralarni ko'rishi, �Tez tibbiy yordam"ni chaqirishi, shoshilinch hollarda esa shikast-langanlarni yaqin oradagi davolash muassasasiga yo'lakay transportda jo'natishi, buning iloji bo'lmagan hollarda o'z transport vositasida olib borishi, u erda o'z ismi-sharifini, transport vositasining raqamli belgisini bildirishi (haydovchilik guvohnomasini yoki o'z shaxsini tasdiqlovchi, transport vositasining ro'yhatdan o'tganlik hujjatini ko'rsatishi) va hodisa ro'y bergan joyga qaytib kelishi;
    agar boshqa transport vositalarining harakatiga to'sqinlik kilsa, avvalo transport vositasi, hodisaga aloqador buyumlar va izlarning holatini kayd etib (imkoniyati bo'lgan hollarda guvohlar ishtiroqida), ularning yo'qolmasligini ta'minlashi, so'ngra qatnov qismini bo'shatishi yoki hodisa ro'y bergan joyni aylanib o'tishni tashkil qilishning o'ziga bog'lik bo'lgan barcha choralarini ko'rishi;
    hodisa hakida militsiyaga habar berishi, guvohlarning ismi sharifini va manzilgohini yozib olib, militsiya xodimlarining kelishini kutishi.

    4.2

    Agar yo'l-transport hodisasida shikastlanganlar bo'lmasa va haydovchilar hodisa vaziyatiga baho berishda o'zaro kelisha olsalar, oldindan hodisa chizmasini tuzib va uni imzolab, yaqin oradagi DAN maskani yoki militsiya organiga hodisani rasmiylashtirish uchun borishlari mumkin.




    5. Piyodalarning fazifalari.

    5.1

    Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo'lkasidan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan yurishlari kerak. Qo'pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo'l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
    Trotuarlar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi bo'lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo'lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo'lagi bor yo'llarda qatnov qismining o'ng chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin.
    Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.
    Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak.
    Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo'lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o'rnatish man etiladi.

    5.2

    Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda to'rt kishidan ortiq bo'lmasdan yo'lning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yunalishi bo'ylab o'ng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
    Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoronri vaqtda yoki etarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko'targan kuzatuvchilar bo'lishi kerak.
    Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruhsat etiladi.

    5.3

    Piyodalar yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek, er osti va er usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab kesib utishlari kerak.
    Ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi bo'laksiz va to'siqsiz yo'llarda piyodalarga yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tishlariga ruhsat etiladi.

    5.4

    Piyodalar yo'l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforlarning, ular bo'lmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.

    5.5

    Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan piyodalar o'tish joylarida, yaqinlashib kelayotgan transport vositasigacha bo'lgan masofani va uning tezligini chamalab ko'rib, o'tish o'zlari uchun havfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so'ng yo'lning qatnov qismiga chiqishlari mumkin.
    Shuningdek, ular yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan tashqarida kesib o'tishda transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yo'qligiga ishonch hosil kilmasdan turib kurinishni cheklovchi to'xtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror to'sik panasidan chiqmasliklari kerak.
    Piyodalar to'xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo'lni kesib o'tishlari shart.

    5.6

    Agar yo'l harakati havfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lmasa, qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to'xtamasliklari kerak.
    O'tishga ulgurmagan piyodalar qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to'xtashlari lozim.
    Keyingi harakatlanish havfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan so'ng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda o'tishni davom ettirishlari mumkin.

    5.7

    Yalt-yalt etuvchi ko'k rangli yoki ko'k va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va (yoki) maxsus tovush ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo'lsa, piyodalar qatnov qismidan o'tmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yo'l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo'shatishlari kerak.

    5.8

    Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular bo'lmagan taqdirda esa trotuarlar yoki yo'l yoqasida kutish kerak.
    Maxsus jihozlangan bekatlari bo'lmagan to'xtash joylarida transport vositasi to'la to'xtagandan so'ng unga chiqish uchun yo'lning qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan yo'lning qatnov qismini bo'shatishlari shart.
    Bekatlarga borayotgan yoki undan kaytayotgan piyodalar Qoidalarning 5.4-5.7 bandlari talablariga amal qilishlari kerak.

    6. Yo'lovchilarning fazifalari.

    6.1

    Yo'lovchilar transport vositasiga faqat u to'la to'xtagandan so'ng trotuar yoki yo'l yoqasi tomonidan chiqishga va tushishga, mototsiklda harakatlanganda esa maxsus bosh kiyimini tugmalashga mazhburdirlar.
    Yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo'l yoqasi tomonidan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda qatnov qismida amalga oshirilishi mumkin, bunda boshqa yo'l harakati qatnashchilariga halaqit berilmasligi va havf tug'dirilmasligi kerak.

    6.1

    Yo'lovchilarga:
    transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg'itish va unga halaqit berish;
    bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlar sathidagi yoki undan yuqoridagi yuk ustida utirish;
    transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish taqiqlanadi





    Download 205.4 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 205.4 Kb.