• 24. Transport vositalarini boshqarishni orgatish.
  • 25. Odam tashish.
  • Mexanik transport vositalarini shatakka olish




    Download 0.67 Mb.
    bet8/27
    Sana26.12.2019
    Hajmi0.67 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27

    23. Mexanik transport vositalarini shatakka olish.


    23.1

    Qattik yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakda olib yurish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi bo'lgandagina amalga oshirilishi kerak. Qattik ulagichning tuzilishi (konstruktsiyasi) shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan borishini ta'minlagan hollar bundan mustasno.

    23.2

    Qattik yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukhonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukhonasida, shuningdek, shatakka olgan transport vositasining yukhonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.

    23.3

    Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4-6 metr oralig'ida bo'lishi, qattiq ulagich yordamida esa 4 metrdan ko'p bo'lmasligi kerak. Egiluvchan ulagichga Qoidalarning 28.4 bandiga muvofik taxtacha yoki bayroqcha qo'yilishi kerak.

    23.4

    Shatakka olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
    rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
    ikki va undan ko'prok transport vositalarini;
    shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 24 metrdan ortiq bo'lsa;
    to'xtatish tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
    kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni;
    yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan hollarda egiluvchan ulagichda.

    24. Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish.


    24.1

    Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o'rgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o'tkazilishi kerak.

    24.2

    Yo'llarda boshqarishni o'rgatishga faqat yo'riqchi ishtiroqida, o'rganuvchi dastlabki boshqaruv malakasini etarlicha egallagandan so'nggina ruxsat etiladi. O'rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.

    24.3

    Boshqarishni o'rgatayotgan yo'rikchi o'rgatish huquqini beruvchi hujjatga, shu toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va u bevosita 3 yillik haydovchilik faoliyatiga ega bo'lishi kerak.

    24.4

    Haydovchilarni tayyorlash mashg'ulotlari o'quv yakunida avtomobil' boshqarishni o'rganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va trolleybus boshqarishni o'rganuvchi 21 yoshga, mototsikl boshqarishni o'rganuvchi esa 16 yoshga to'ladigan shaxslar bilan olib boriladi.

    24.5

    Boshqarishni o'rgatish uchun mo'ljallangan mexanik transport vositalari Boshqarishni o'rgatish transport vositasi taniqliq belgisi va yo'riqchi uchun orqani ko'rsatuvchi ko'zgu bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari boshqarishni o'rgatish transport vositalarida yo'riqchi uchun qo'shimcha ulovchi (stsepleniye) va to'xtatish tepkilari ham bo'lishi kerak.

    24.6

    Boshqarishni o'rgatish yo'nalishlari Davlat avtomobil' nazorati organlari bilan kelishilishi shart. Boshqa Yo'llarda boshqarishni o'rgatish taqiqlanadi.

    25. Odam tashish.


    25.1

    Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish �C� toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan, odamlar soni kabinadagilarni ham qo'shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo'lganda esa �C� va �D� toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
    Eslatma: Harbiy haidovchilarning yuk avtomobillarda odam tashishiga yo'l qo'ish Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    25.2

    Odam tashish uchun mo'ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan o'rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa bortdagi o'rindiqlar mustahkam suyanchiqqa ega bo'lishi kerak.

    25.3

    Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o'rindiqlar sonidan oshmasligi kerak.

    25.4

    Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo'lovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi hakida tushuntirish berishi kerak.
    Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo'lovchilarni havfsiz tashish sharoiti ta'minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

    25.5

    Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgan o'rindiqlar bilan ta'minlanishlari kerak.

    25.6

    Avtobuslarda yoki furgon-yukxonali yuk avtomobillarida bolalarni tashishda katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa kamida ikki nafar katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs bo'lishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga Bolalar guruhini tashish taniqliq belgisi o'rnatilishi kerak.
    Bolalarni yuk avtomobillarida tashishda esa ushbu talablarga qo'shimcha ravishda bort balandligi 1 (bir) metrdan kam bo'lmasligi kerak.

    25.7

    Haydovchi transport vositasi to'la to'xtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan so'nggina harakatlanishni boshlashi va to'la to'xtamaguncha ularni ochmasligi shart.

    25.8

    Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
    avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);
    traktorlar va boshqa o'zi yurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
    mototsikllarning konstruktsiyasida ko'zda tutilgan joylaridan tashqarida;
    12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsiklning orqa urindig'ida, shuningdek engil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan bo'lsa, uning oldingi o'rindig'ida;
    12 yoshga to'lmagan bolalarni hisobga olmaganda transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortik.
    Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan to'la vazndan ortmasligi kerak.


    Download 0.67 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanik transport vositalarini shatakka olish

    Download 0.67 Mb.