• 10.1. Ishonchlilik nazariyasining maqsadi.
  • 10-ma’ruza. Mahsulotning ishonchlilik ko’rsatkichlari. Reja




    Download 97.5 Kb.
    bet1/2
    Sana18.02.2022
    Hajmi97.5 Kb.
    #17781
      1   2
    Bog'liq
    10-маъруза
    Raqamli-analog o’zgartirgichlar Bajardi Jaloliddinov F-fayllar.org, Algebra ma\'lumot, lab3, Elektrolit eritmalar xaqidagi nazaryalar111123, lifeSkills lesson 1 (3)

    10-ma’ruza.
    Mahsulotning ishonchlilik ko’rsatkichlari.


    Reja:
    10.1.Ishonchlilik nazariyasining maqsadi.
    10.2. Mahsulot ishonchliligini oshirish.


    Tayanch so‘z va iboralar: ishonchlilik, mahsulot sifati, ishonchlilik nazariyasi, ishlashga layoqatli holat, nosoz holat, mahsulotni ishlash davri.


    10.1. Ishonchlilik nazariyasining maqsadi.

    Ishonchlilik sohasining asosiy atamasi va tuShunchalarini aniqlashda, “Texnikada ishonchlilik” Davlat standart tizimi GOST 27.002-89 va GOST 27.003-90 da keltirilgan hujjatlarga asoslangan.


    Mahsulotlarning hususiyatlari – mahsulotning ob’yektiv o‘ziga xosligi bo‘lib, u yaratilishi va ishlatish vaqtida namoyon bo‘ladi.
    Mahsulotning sifati – foydalanish uchun layoqatlilik darajasini aniqlovchi hususiyatlar yig‘indisi. Ushbu hususiyatlar jumlasiga texnologik, moliyaviy sarflar, ishlatish tavsiflari, ishonchliligi va boshqalar kiradi. Barcha ko‘rsatkichlar sonli qiymatga ega bo‘lib, har qaysi mahsulotni qo‘llanishidagi effektivligini aniqlaydi. Har bir sifat ko‘rsatkichi mahsulotning ma’lum bir hususiyatlarini aniqlaydi.
    Ishonchlilik deb, mahsulotni ma’lum bir shart – sharoitda o‘rnatilgan vaqt mobaynida o‘ziga yuklangan vazifani bajara olish hususiyatiga aytiladi. Bu fizikaviy hususiyat bo‘lib, u qanday qurilganligi, undagi elementlarning sonli va sifatli, ishlab chiqarish texnologiyasi, nazorat sonlashishi va undagi foydalanish sharoitlari bilan aniqlanadi. Har qanday elektron mahsulotlar ishonchlilik talablariga javob bera olishlari shart. Ishonchlilikka bir qator tasodifiy holatlar ta’sir etishi mumkin, Shu sababli ishonchlilik nazariyasi extimolligi nazariyasi va matematik statistikaga asoslanadi.
    Ishonchlilik nazariyasini maqsadi ishonchliligini ta’minlash va ishonchlilikni hisoblash usullarini yaratishdir. Ishonchlilik nuqtai nazaridan mahsulotlar ta’mirlanadigan va ta’mirlanmaydiganlarga ajratiladi. Ta’mirlanadigan mahsulotlar ishdan chiqqan holatda maxsus ta’mirlovchi mutaxasislarni jalb qilmagan holda ta’mirlanadi. Ta’mirlanmaydigan mahsulotlar maxsus ta’mirlovchi mutaxasislar tomonidan tiklanadi yoki umuman tiklanmaydi.
    Ishonchlilik nuqtai nazaridan mahsulotlar ikki holatda bo‘lishi mumkin:
    Ishlashga layoqatli holatda va nosoz holatda.

    1. Ishlashga layoqatli holat deb tizimning Shunday holatiga aytiladiki, asosiy chiqish tavsiflari vaqtida yuklangan vazifani bajara olish uchun qo‘yilgan talabalarga javob bera oladi.

    2. Nosoz holat deb – mahsulotni to‘g‘ri ishlashi uchun kerak bo‘lgan va texnik hujjatlarda keltirilgan biron – bir ko‘rsatkichga mos kelmasligi tuShuniladi. Ishlashga layoqatlilik nosozlik holatlari bir – biriga teskari holatlar.

    3. Tizimning buzilmay ishlashi – ayni vaqtdagi ishlatish sharoitida o‘zining ishga layoqatli holatini saqlab qolishi.

    4. Buzilish – bu tizimni ishga layoqatli holatini qisman yoki to‘liq yo‘qotishi.

    Barcha buzilishlar ikkiga ajratiladi: to‘satdan va asta sekin.
    To‘satdan buzilish – mahsulotning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichini to‘satdan o‘zgarishi orqali sodir bo‘ladi.
    Asta–sekin buzilish mahsulotning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi bilan asta sekin o‘zgarishi oqibatida sodir bo‘ladi.
    Buzilishlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.
    a) past darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lgan elektron texnikasi elementlarini natijasidagi buzilishlar;
    b) sxemaviy – konstruktiv kamchiliklar oqibatida kelib chiqqan buzilishlar (elementlarni noto‘g‘ri rejimda qo‘llash)
    v) ishlab chiqarishdagi etishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan buzilishlar (sifatsiz materiallardan foydalanish, texnologiyani buzilishi)
    g) ishlatish (foydalanish yo‘riqnomasiga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqqan buzilishlar).

    5. Uzoq davr xizmat qilish – tizimning xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qoidalarida ko‘rsatilgan davrgacha ishga layoqaytlilik holatini saqlab qolish.


    6. Ta’mirlanishga yaroqlilik – tizimning buzilishlarini topish va bartaraf etishga moslashtirilganligi hamda buzilishlarini olidini olish hususiyati.
    Ishonchlilik - buzilmay ishlash va ta’mirlanishiga yaroqlilik extimollik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. Shu bilan birga ta’mirlanishga yaroqlilik nosozlikni topish uchun ketgan vaqt va mablag‘ uni bartaraf etish va oldini olish xizmat ko‘rsatuvchilarining malakasi bilan ham tavsiflanadi.
    7. Saqlanish tizimi –buzilmay ishlashini, uzoq vaqt xizmat qilishini, ta’mirlanishga yaroqlilik ko‘rsatkichlarini ishlatilishdan oldingi saqlanish davrida yo‘qotmasligi.
    8. Mahsulotni ishlash davri.



    Download 97.5 Kb.
      1   2




    Download 97.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-ma’ruza. Mahsulotning ishonchlilik ko’rsatkichlari. Reja

    Download 97.5 Kb.