11-Mavzu: Ijro qurilmalari: ularni montaj oldi tekshirish uskunasi va usullari




Download 192.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi192.65 Kb.
#47379
  1   2
Bog'liq
11-ma\'ruza. (1)
07. Egalik olmoshlari, Banklarda buhgalteriya hisobi 23747, bmi uchun namuna maqola 2, Foziljonova Xamida Kullerlar turlari tanlash va o\'rnatish, Bayon va uning turlari, Сравнительный анализ древнегреческой и древнеримской культуры, ПЛ Pul va banklar. Darslik, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi u-fayllar.org, 10-amaliy


11-Mavzu: Ijro qurilmalari: ularni montaj oldi tekshirish uskunasi va 
usullari. 
Reja: 
1. 
Asinxron elektrodvigatelli avtomatlashtirilgan elekltr yuritma. 
2. 
O`zgarmas tok va sinxron dvigatelni avtomatik ishga tushirish. 
3. 
Elektrodvigatellarni jadal to`xtatishni avtomatlashtirish. 
 
Qisqa rutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelni ishga tushirish teskariga 
aylantirish hamda aylantirish hamda himoyalash sxemasini ko`rib chiqamiz (11.1-
rasm). 
11.1-rasm. Qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatelni avtomatik ishga tushirish, 
teskari aylantirish hamda himoyalash sxemasi. 
Boshqarish vositalari quyidagilardan iborat: reversiv magnitli ishga tushirgich, 
knopkalar, issiqlik relelari, saqlagichlar, uzgichlar. Uzgich ulangandan so`ng 
sxema ishga tayyor holatda keladi. “OL” knopka ezilishi bilan “OL” kontaktori 
g`altagi ulanadi. U ishga tushib o`zini kuch kontaktori bo`lgan “OL” kontaktlarini 
ulab dvigatelni tarmoqqa ulaydi. Shu vaqtda uni blok kontankti BK ulanib qoladi 
va shu bilan “OL” knopkasi blokirrovka qilinadi. Dvigatelni to`htatish uchun 
“to`xt” knopkasi eziladi. Natijada “OL” kontaktor g`altagi zanjiri ulanadi, dvigatel 
tarmoqdan uzilib to`xtaydi. “OL” va “OR” g`altaklari zanjirlarida mexanik aloqa 
mavjudligi evaziga bir paytni o`zida “ol” va “or” knopkalarini ezilishi mumkin 
emas. 


Dvigatelni uzoq vaqt ortiqcha yuklamada ishlashidan avtomatik himoyalash 
RT1 va RT2 bimetall issiqlik relelari orqali bajariladi. Ularni ajraluvchi kontaktlari 
ta`minlovchi manbaa zanjiriga ketma-ket ulangan. Rele qisqa vaqt ichida sodir 
bo`ladigan yurg`azish toklaridan ishlab ulgurmaydi. Ortiqcha yuklamada rele ishga 
tushib dvigatelni tarmoqdan ajratib qo`yadi. Bimetall plastinka sovigandan so`ng 
kontaktlarni avvalgi holatiga qaytarish, buzishlar bartaraf etilgandan so`ng qo`l 
orqali bajariladi. 
Dvigatellarni qisqa tutashuv tokidan eruvchan saqlagichlar himoya qiladi. 
Yurg`azish toklarida ular ishga tushmaydi. Sxemada tarmoq kuchlanishi yo`qolib 
qayta tiklanganda, hamda kuchlanish ma`lum miqdordan pasayib ketganda dvigatel 
tarmoqdan uzib qo`yiladi. 
Dvigatelni reostatli sihga tushirishni avtomatlashtirish. Reostatli ishga 
tushirishni avtomatlashtirishdan asosiy maqsad ishga tushirish reostatini qismlarini 
shunday chiqarib tashlashki, bunda yurg`azishdagi tok va momentlarni yuqori va 
pastki miqdorlari berilgan qiymatlar chegarasida bo`lish kerak. Reostatli ishga 
tushirishni avtomatlashtirish yoki tok, yoki vaqt, yoki tezlik, yoki yo`l bo`yicha 
bo`lishi mumkin. 
Yakor tezligi bo`yicha o`zgarmas tok dvigatelini ishga tushirib yuborishni 
avtomatlashtirish. 11.2-rasmda parallel qo`zg`otishli dvigatelni tezlik bo`yicha 
ishga tushirish sxemasi ko`rsatilgan. Yurg`azish reostati ikki pog`onaga ega. Ikki 
tezlanish kontaktlarini g`altaklari 1У va 2У dvigatel yakor qisqichlariga ulangan. 
G`altaklardagi kuchlanish yakor EYUKga proporsional. Kontaktlar ma`lum yakor 
tezligiga tog`ri keladigan kuchlanishlarda ishga tushirishga moslangan bo`ladi. 
“Yurg`” knopkasini ezib kontaktor L orqali yurg`azish reostati to`la kiritilgan 
holda dvigatel yuqori tarmoqqa ulanadi. Dvigatel tezligi oshgan sari yakordagi 
EYUK va kuchlanish orta boshlaydi. 


11.2-rasm. O`zgarmas tok dvigatelini tezlik bo`yicha reostatli ishga tushirishni 
avtomatlashtirilgan sxemasi. 
Ma`lum tezlikda kontaktor 1У ishga tushadi va uni kontaktlari birinchi pog`ona 
reostani tutashtiradi. Keyingi tezlikni oshishida kontaktor 2У ishga tushib uni 
kontaktlari reostatni ikkinchi pog`onasini tutashtiradi. 
Sinxron dvigatelni avtomaik ishga tushirib yuborish. 11.3-rasmda sinxron 
dvigatelni asinxronli ishga tushirib yuborish sxemasi ko`rsatilgan. 
11.3-rasm. Sinxron dvigatelni asinxronli ishga tushirib yuborish sxemasi. 
“Yurg`” knopkasi ezilishi bilan kontaktor L stator cho`lg`amini tarmoqqa 
ulaydi.
Rotorga joylashtirilgan maxsus “oy katak” tipidagi cho`g`am evaziga rotor 
aylana boshlaydi. Razryadlovchi rezistorga ulangan rotor cho`lg`amlarida 
aylanuvchi maydon avvaliga katta EYUK induksiyalaydi (chastotasi tarmoq 
chastotasiga teng bo`lgan). Bu zanjirda kechikish bilan kontakt L ulanadi. (bu 


vaqtda RN kontakti ochiq) Rotor tezligi sinxron tezlikka yaqinlashganda (sirpanish 
koeffisienti 
) RN relesi yakori qaytib kontaktor B zanjirdagi RN kontaktni 
ulaydi. U razryadlovchi resistor R ni uzib rotorni qo`zg`atish cho`lg`amini 
o`zgarmas tok manbaiga ulab qo`yadi. Dvigatel sinxronizmga kirib sinxron 
dvigatel kabi ishlay boshlaydi. 
Dvigatellarni dinamik jadal to`xtatishni avtomatlashtirish tezlik yoki vaqt 
bo`yicha bo`lishi mumkin. 
O`zgarmas tok dvigatelini tezlik bo`yicha jadal to`xtatishni ko`rib chiqamiz
(11.4-rasm). 
11.4-rasm O`zgarmas tok dvigatelini dinamik jadal to`xtatishni 
avtomatlashtirish sxemasi. 
“To`xt” knopkasi bosilishi bilan g`altak L uziladi va u yakor zanjiridagi kuch 
kontakti L ni ajratadi va u dinamik jadal to`xtatish relesi RT zanjirdagi blok 
kontakti ulaydi. Natijada u to`xtatish rezistori R yakorni ulovchi to`xtaish 
kontaktorini ulaydi. Yakor tezligi va EYUK kamayadi. Dvigatel to`xtaydi va yana 
ishga tushishga tayyor holga keladi.
Qadam elektrodvigatellari uchun ham quyida keltirilgan sxemalarni qo`llab 
ishga tushirish, jadak to`xtatish, teskariga aylantirish va boshqa operasiyalarni 
amalgam oshirish mumkin. 
 
%
5

S



Download 192.65 Kb.
  1   2




Download 192.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Mavzu: Ijro qurilmalari: ularni montaj oldi tekshirish uskunasi va usullari

Download 192.65 Kb.
Pdf ko'rish