Yong‘inga qarshi kurash xizmatini tashikil qilish




Download 38.57 Kb.
bet6/9
Sana03.02.2021
Hajmi38.57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3. Yong‘inga qarshi kurash xizmatini tashikil qilish

Sanoat korxonalarida yong‘inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalarning yong‘inga xavflilik darajasiga qarab, korxona ma'muriyati belgilaydi. Agar sanoat korxonasi yong‘inga xavfli bo‘lsa, unda yong‘inga qarshi kurash bo‘limi tashkil qilinadi. Bunday bo‘lim o‘zining maxsus yong‘inga qarshi kurash komandalarini tashkil qiladi.

Agar sanoat korxonasining yong‘inga xavflilik darajasi past bo‘lsa, unda yong‘indan muhofaza qilish ishlarining asosiy yo‘nalishi yong‘in chiqib ketmasligini va chiqqan taqdirda ham kattalashib ketmasligini ta'minlashga qaratilgan ehtiyot chora-tadbirlari hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda davlat yong‘inga qarshi qurash nazoratini ichki ishlar vazirligining yon’indan muhofaza qilish boshqarmasi amalga oshiradi.

Uning asosiy vazifasi-sanoat korxonalarida yong‘in va portlashga olib keladigan sabablarni yo‘qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat. Bu ishlarni yong‘inga qarshi kurash inspektorlari bajaradi. Ular xohlangan vaqtda sanoat korxonalarini, omborlarni, bino va qurilmalarni ko‘zdan kechirishi, xohlangan sanoat korxonasi yoki ayrim shaxslardan yong‘in xavfsizligiga taalluqli hujjatlar va ma'lumotlarni talab qilishi, binolarda yong‘in bo‘lgan taqdirda uni tezda bartaraf qilish imkoniyatlarini beradigan yong‘inga qarshi kurash birlamchi vositalarining tayyorligini va shuningdek, majburiy qarorlar, qoida va normalar qanday bajarilayotganligini tekshirishi mumkin.

Davlat yong‘inga qarshi kurash nazorati organlari yong‘in xavf sizligi qoida, norma va talablarini bajarmagan va shuningdek, yong‘inga qarshi kurashning birlamchi vositalari hamda kerakli asbob-anjomlarni noto‘g‘ri saqlagani va boshqa maqsadlarda foydalangani uchun sanoat korxonasi rahbar xodimlariga, sex boshliqlari va boshqa javobgar shaxslarga jarima solish huquqiga ega.




Download 38.57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 38.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yong‘inga qarshi kurash xizmatini tashikil qilish

Download 38.57 Kb.