12-ma’ruza. Sanoat korxonalarida ro‘y beruvchi yong‘inlar. Konlarida yong‘inlarni aniqlash usullari. Qazilma konlarida yong‘inlardan ogohlantirish va uni o‘chirish Reja




Download 38.57 Kb.
bet9/9
Sana03.02.2021
Hajmi38.57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yonish turlari. Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

1) Chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o'chishi. Bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyor-lanishining imkoniyati yo'q.

2) Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.

3) Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi.

4) O'z-o'zidan yonish-moddalar ichida asosan organik mod-dalarda ro'y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o'z-o'zidan yonib ketishi.

5) O'z-o'zidan alangalanish o'z-o'zidan yonishning alanga bilan davom etishi.

6) Portlash-o'ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o'tishi.

Yonuvchi modda ma'lum haroratlarda o'zidan yonuvchi bug'lar ajratib chiqarishi natijasida alangalanish ta'minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi.

Ba'zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq paxta, ko'mir mahsulotlari, qora mollarning chiqindilari) o'z-o'zidan yonib ketish xususiyatiga ega. Chunk ular g'ovak asosga ega, oksidlanishi mumkin bo'lgan yuzasi juda katta bo'lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda ma'lum miqdorda tushib qolsa, ob-havo sharoiti ta'sirida qizib yonib ketadi.

Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va ularning rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik moddalarning o'z-o'zidan qizish jarayoni deb ataladi.

Bunday hodisalar ba'zi bir kimyoviy moddalarda ham bo'lishi mumkin. Masalan, ishqoriy yer metallar, kalsiy karbid, so'ndirilmagan ohak uncha ko'p bo'lmagan suv ta'siridan qizib alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko'pincha yong'in chiqishiga bevosita sababchi bo'ladi.

Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining kislorod molekulari bilan birikish hodisasi hisoblanadi.



Yonish jarayonini akdemik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya nazariyasi asosida tushuntiradi. Oksidlanish reaksiyasi odatda is-siqlik ajralish bilan boradi va bu hodisa ma'lum sharoitda tezlashib ketishi mumkin. Oksidlanishning mana shu tezlanish davri yon-ishga o'tgan davriga to'g'ri kelib, bun o'z-o'zidan alangalanish hodisasi deb yuritamiz. O'z-o'zidan alangalanish issiqlik ta'sirida yoki zanjir tartibda yuz berishi mumkin.

O'z-o'zidan yonish issiqlik ta'sirida bo'lganda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitga tarqalayotgan is-siqlikdan katta bo'lgan taqdirdagina vujudga keladi. Zanjir tartibi esa molekulalar zanjiri uzluksiz davom etishi va zanjirning tarmoq-lari keskin ortib ketishi natijasida sodir bo'ladi.

Download 38.57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 38.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-ma’ruza. Sanoat korxonalarida ro‘y beruvchi yong‘inlar. Konlarida yong‘inlarni aniqlash usullari. Qazilma konlarida yong‘inlardan ogohlantirish va uni o‘chirish Reja

Download 38.57 Kb.